Mualliflar

  • Avazbek Marjonaxon
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Avazbek Marjonaxon, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti  Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86382

Kalit so‘zlar:

oltin stafilokok

Annotasiya

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yin metodining ahamiyati va uning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘yin metodi bolalar uchun eng samarali o‘rgatish vositasi sifatida qaraladi, chunki u bolalarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi va emotsional holatini yaxshilaydi.  Maqolada, o‘yin metodining turlari, ularni maktabgacha ta’limda qanday qo‘llash mumkinligi haqidagi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, o‘yin metodining bolalar bilan muloqotda, ularning o‘zaro aloqalarida va muhitga moslashuv jarayonidagi o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

146

MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA – O‘YIN METODI

Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

1-bosqich talabasi Asranboyeva

Marjonaxon Avazbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226954

Annotatsiya

: ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yin metodining ahamiyati

va uning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘yin metodi bolalar uchun eng samarali
o‘rgatish vositasi sifatida qaraladi, chunki u bolalarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini
rivojlantiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi va emotsional holatini yaxshilaydi. Maqolada,
o‘yin metodining turlari, ularni maktabgacha ta’limda qanday qo‘llash mumkinligi haqidagi
yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, o‘yin metodining bolalar bilan muloqotda, ularning
o‘zaro aloqalarida va muhitga moslashuv jarayonidagi o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi .

Kalit so‘zlar

: maktabgacha ta’lim, o‘yin, bola, ijodiy o‘yinlar, qoidali o‘yinlar, o‘yinchoq,

pedagog, psixolog, mehnat, rivojlanish, diqqat, xotira.

O‘yin faoliyati - bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajriba egallashning faol shakli bo‘lgan,

ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi.
Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun inson, avvalo, yetarli darajada nutqni egallashi, malaka,
uquv va sodda tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalarga bolalar o‘yin
faoliyati orqali erishishadi. O‘yin har bir yosh bosqichida bolaning tevarak – atrofdagi hayotni va
boshqa kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyat
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyati mazmun jihatidan har kungi
vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv
usuli. Shuning uchun uni “bolalikning hamrohi”, - deb, bejizga aytishmaydi. “Farzandlarimiz
milliy hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o‘yinchoqlarni o‘ynashsa, ularning tarbiyasiga
ijobiy ta’sir etgan bo‘lar edik”,- deb, birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytib o‘tgan edilar.
Shunday ekan, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etib,
mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo‘lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf olimlar diqqatini o‘ziga tortib
kelgan. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchililik, urush, dehqonchilik ishlarini aks
ettirganlar. Misol sifatida, o‘sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o‘yinlar bilan
tantana qilib o‘tkazilar edi. Shu tariqa o‘yin tarixiy taraqqiyot jarayonida, mehnat faoliyati
natijasida paydo bo‘lgan ekan. O‘yin faoliyati asosida boladagi o‘quv faoliyati rivojlanib boradi.
Bola qanchalik yaxshi o‘ynasa, u maktabda ham shunchalik yaxshi o‘qiydi .

Bolalar o‘yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma – xildir.

bola o‘yinlarining turkumlari ikkiga bo‘linadi :

1) ijodiy o‘yinlar
2) qoidali o‘yinlar
Ijodiy o‘yinlarni bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar . Unda oldindan belgilangan

qoidalar bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilaydilar. Bunday
o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo‘l ochilib boradi.

Qoidali o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilab beriladi. Bunday

o‘yinlar bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqat va xotirasini, har xil
harakatlarini muntazam ravishda mustaqil mashq qildirish imkonini beradi .

Yan Amos Komenskiy o‘yinni “bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga tog’ri

keladigan zarur shakli”,- deb hisoblar edi. Ushbu olimning fikricha, o‘yin – bolaning barcha
qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq, dunyo haqidagi
tasavvurlar kengayadi va boyib boradi, nutq ham tobora rivojlanib boradi. Bola o‘yin davomida
tengdoshlari bilan do‘stlashadi. Ya.A.Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

147

rivojlanishi sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli

munosabatda bolishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar
o‘z o‘yinlarida tevarak – atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat
bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shunday qilib, o‘yinning ijtimoiy voqea
ekanligini, o‘yinda tevarak atrofdagi borliq aks ettirilishini yetuk olim hamda pedagoglar o‘z
kuzatishlari va ilmiy izlanishlari orqali isbotlab berdilar.

Xulosa qilib aytganda, o‘yin metodi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning bilim olish

jarayonini yanada qiziqarli va foydali qiladi. Ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib, ular
uchun muvaffaqiyatli kelajak poydevorini yaratib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

F.Qodirova , Sh.Toshpo‘latova , N.Kayumova , M.A’zamova –

“Maktabgacha pedagogika” darslik (2019)

2.

I.Oxunov – “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” o‘quv -

uslubiy majmua (2024)

3.

D.Fatidinova – “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” o‘quv –

uslubiy majmua (2024)

4.

I.A.Karimov – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari (2008)


































Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

F.Qodirova , Sh.Toshpo‘latova , N.Kayumova , M.A’zamova –

“Maktabgacha pedagogika” darslik (2019)

I.Oxunov – “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” o‘quv - uslubiy majmua (2024)

D.Fatidinova – “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” o‘quv – uslubiy majmua (2024)

I.A.Karimov – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari (2008)