MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
140
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISI FAOLIYATIDAGI
INNOVATSION YONDASHUVLARNI ILMIY NAZARIY TAHLILI
Andijon davlat pedagogika instituti
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi
katta o‘qituvchisi Raximova Mohinora
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226930
Annotatsiya
. Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda maktabgacha ta’lim
tashkiloti otarbiyalanuvchilari ota- onalari bilan olib boriladigan hamkorlik ishlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
hamkorlik, ota-ona, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tarbiyalanuvchi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarning ishtiroki tarbiya va bolalar uchun ham
juda yaxshi natija olib keladi. Bola tarbiyasida oilaning oʻrni beqiyos. Oila bolaga qattiq taʼsir
koʻrsatadi, uni atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy
ishigina boʻlib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga
jalb etish masalan, yumshoq oʻyinchoq tayyorlash, suv va qum bilan oʻynashi uchun oʻyinchoqlar
yasash, maydonchalarni koʻkalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida oʻz aksini topgan boʻlishi kerak. Tanlov
shartlarini umumiy ota-onalar yigʻilishlarida muhokama qilish va maʼqullab olish kerak. Faol
ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma eʼlon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham
maslahatlariga quloq tutmoq lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun boʻlishi
kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini
tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini koʻrsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq-
atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil
harakat qilish lozimligini uqtirish [
Ошибка! Источник ссылки не найден.
] kerak. Ota-
onalarni maktabgacha taʼlimga jalb etish maqsadida turli xil toʻgaraklar, tadbirlar, davra
suhbatlari, savol-javob kechalari, guruhiy va umumiy ota-onalar yigʻilishlari, ochiq eshiklar kunini
tashkil etish diqqatga sazovor holatlardir.
Uydagi taʼlim muhitini mustahkamlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari oilada,
uyda yoki jamoatchilikda foydalanish uchun chora-tadbirlar hamda materiallarni taqdim etish
bilan ular oʻz farzandlarini oʻqitib-oʻrgatishlari [
Ошибка! Источник ссылки не найден.
]
jarayonini yaxshilashlariga yordam bera oladi. Bu tadbirlar oʻz ichiga oila aʼzolari bolalar bilan
birga oʻtkazishlari mumkin boʻlgan nutq va savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha mashgʻulotlarni
oladi. Ular shu jumladan, birgalikda oʻqish uchun kitoblar, interfaol jurnallar, kulinariya tadbirlari
yoki tabiat kuzatishlari yoxud parkda hamda bolalar maydonchalarida yasashlari mumkin boʻlgan
har xil narsalardan iborat boʻlishi mumkin. Agarda bolalar guruhda biron-bir aniq mavzuni
oʻrganayotgan boʻlsalar, ular oila aʼzolaridan bu mavzuda intervyu olishlari, birgalikda rasm
chizishlari, hikoya tuzishlari va uni birgalikda yozishlari ham mumkin.
Oilaning dastlabki pedagog sifatidagi rolini mustahkamlash Maktabgacha taʼlim
tashkilotlari pedagoglari ota-onalarga ularning oʻz farzandlari uchun dastlabki ilk pedagoglar
sifatidagi rollarini mustahkamlash maqsadida resurslarni topishga yordam berishlari va tadbirlarda
ishtirok etishlariga koʻmaklashadi[
Ошибка! Источник ссылки не найден.
]. Oilaviy yigʻinlar,
huquq va imkoniyatlarni kengaytirish dasturlari, noformal uchrashuvlar va oilani qoʻllab-
quvvatlash guruhlari – mana shular biz oilalarga axborotlarni bera olishimiz va ular bilan bogʻlana
olishimiz mumkin boʻlgan usullardan ayrimlaridir. Ular shuningdek, oilalarga oʻzaro bir-birlari
bilan muloqot qilishlariga ham koʻmaklashadi. Bu chora-tadbirlarning maqsadi oilani toʻgʻrilash
emas, balki ularni qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam koʻrsatishdir. MTT oilaga yordam
koʻrsatganida va oila ular oʻz farzandlarini tarbiyalashda murojaat qilishlari mumkin boʻlgan
koʻplab resurslar mavjudligini tushunganlarida oila oʻz farzandlarining uyda va maktabgacha
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
141
taʼlim tashkilotida tarbiyalanishning butun davri mobaynida ham taʼlim olishlarini
koʻproq darajadagi ehtimollik bilan davom ettiradilar.
Aksar pedagoglarning oʻzlariga oʻxshash tajribaga ega boʻlgan va pedagoglardan xuddi
shunday narsani kutadigan oila bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatishi osonlashadi. Bu
koʻpincha maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida muntazam faol ishtirok etadigan oilalar,
masalan, bayram tadbirlarida, guruhlarda koʻngilli ravishda qatnashadigan, materiallarni taqdim
etish va yigʻilish va konferensiyalarda ishtirok etadigan ota-onalar boʻlib, pedagoglar ulardan
nimani kutayotganliklarini bilishadi [
Ошибка! Источник ссылки не найден.
].
Fikrlari biznikidan farq qiladigan oilalar yoki pedagoglar kutganidek har xil tadbirlarda
ishtirok etmaydigan oila bilan hamkorlik oʻrnatish juda qiyin boʻlishi mumkin. Biz hatto bu oilalar
oʻz farzandlari va ularning taʼlim olishlari xususida kamroq gʻamxoʻrlik qilishlariga yoki oʻz
farzandlarini tarbiyalashda nisbatan kam bilimga ega ekanligiga ishonishimiz mumkin [
Ошибка!
Источник ссылки не найден.
].
Oila bilan ishlashining innovatsion usullari, maktabgacha taʼlim tashkiloti va ota-onalar
oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish usullarini koʻrib chiqamiz [
Ошибка! Источник ссылки
не найден.
]:
Loyiha faoliyati:
ota-onalarni bolalarni rivojlantirish va ularning taʼlim va tarbiya
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish
[
Ошибка! Источник ссылки не найден.
].
Mahorat darslar:
oʻqituvchilar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashadigan va bolalarni
tarbiyalash va rivojlantirishning turli jihatlari boʻyicha amaliy tavsiyalar beradigan ota-onalar
uchun mahorat darslarini tashkil etish.
Interaktiv shakldagi ota-onalar yigʻilishlari:
oʻquv jarayoni va oila bilan hamkorlik
bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun oʻyin texnikasi, munozaralar, davra suhbatlari
va boshqalar kabi interaktiv usul va texnologiyalardan foydalanish.
Oilaviy bayram va tadbirlarni tashkil etish:
oila va oʻqituvchilar oʻrtasidagi
hamkorlikni, shuningdek, bolalarning rivojlanishini ragʻbatlantiradigan qoʻshma bayram va
tadbirlarni tashkil etish.
Masofaviy aloqa shakllarini yaratish:
oʻqituvchilar va ota-onalar oʻrtasida maʼlumot
va tajriba almashish, shuningdek maslahat va seminarlar oʻtkazish uchun zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish[
Ошибка! Источник ссылки не найден.
].
Hamkorlik boshqa tomonni hurmat qilishni, ularning ehtiyojlariga javob berishni va nima
ishlayotganini va nima ishlamayotganligiga oʻz munosabatini bildirishni talab qiladi. Bunday
munosabatlarni boshlash uchun pedagoglar oʻzlari tarbiyalaydigan bolalarning oilasi toʻgʻrisida
maʼlumotlarni bilishlari kerak. Oila farzandlarning birinchi va eng muhim tarbiyachisidir.
Maktabgacha taʼlim boshlanganda oilalar bolalarga aksar koʻnikmalarni shakllantirgan:
ovqatlanishdan va ichishdan tortib to oʻzlariga va boshqalarga qarashgacha oʻrgatgan boʻladi.
Ularning aksariyati bolalarga oʻz ehtiyojlarini qanday qondirish kerakligini, ularning yoshiga va
madaniyatiga qarab oʻzlarini qanday tutishni, shuningdek, ona tilida ogʻzaki va ogʻzaki
boʻlmagan muloqot qilishni oʻrganishda yordam berishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O’RQning 595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni. 16.12.2019
yil.
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning DAVLAT STANDARTI” 22.12.2020 yil.
3. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo’latova, N.M. Qayumova, M.N.A’zamova “ Maktabgacha
pedagogika” T-2019 132-133 b
4. Asqarova.D.Q. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi”T-2020 13-17b
5. Qurbonova. Z.I.The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the
Development of the Child's Personality in Preschool Education.” nomli Ilmiy maqola -
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
142
International Journal of Culture and Modernity” ISSN 2697-2131, Volume 11
47,48,49 b. Испания 2021
6. Ш.Мирзаева З.И.Курбанова “Aрт-педагогические технологии коррекции страхов у
детей дошкольного возраста” SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021.1206-
1212b.
