MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
115
KOMPYUTER O‘YINLARI VA BOLALAR INTELLEKTI : ILMIY
YONDASHUVLAR VA TARIXIY BOSQICHLAR
Andijon davlat pedagogika
instituti tayanch doktoranti
G’ulomova Muxlisa
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226720
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual
rivojlanishida kompyuter texnologiyalarining ahamiyati, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanishi va
samaradorligi haqida so‘z boradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kompyuter o‘yinlari bolalarning
mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirishga, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
va ta’lim jarayonini qiziqarliroq qilishga yordam beradi. Dunyoning turli mamlakatlarida olib
borilgan ilmiy izlanishlar natijalari kompyuter texnologiyalarining bolalar ta’limi va tarbiyasiga
ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, kompyuter o‘yinlari an’anaviy o‘yinlarni to‘liq
almashtira olmasligi, balki ularga qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatida qaralishi kerakligi
ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
Maktabgacha ta’lim, intellektual rivojlanish, kompyuter texnologiyalari,
kompyuter o‘yinlari, ta’lim jarayoni, axborot texnologiyalari, mantiqiy fikrlash, pedagogika,
psixologik tayyorgarlik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektini rivojlantirishda kompyuter
texnologiyalardan foydalanishning afzallaiklari to’g’risida pedagog-olimlar tomonidan tadqiqot
ishlari olib borilgan bo’lib va ushbu jarayon metadologik asoslangan. 1980 – yildan boshlab
insoniyat turmush tarziga kompyuter texnologiyalari, so’ngra sekin - asta kompyuter o’yinlari ham
kirib keladi. Kompyuter texnologiyalarining ta’lim jarayoniga olib kirishning zarurati xalqaro
eksportlar tomonidan ta’kidlab o’tilgan bo’lib, 1999-2000 yillarda YUNESKO tomonidan axborot
va kommunikatsiya xalqaro ma’ruzasi tayyorlangan va “Biznes - Press” agentligi tomonidan
chop etilgan. Yangi texnologiyalar, “yaxshi dunyoni” yaratishga, xizmat qiladi har bir inson
texnologiyadan faqatgina foyda oladi deb yozadi ma’ruzaning muqaddimasida, YuNESKOning
bosh direktori Fediriko Mayo. Bolalar dunyosiga kompyuterning olib kirishning asosiy maqsadi -
jamiyatimizda, ta’lim, fan, iqtisodiyotda keng foydalanib kelinayotgan axborot -
texnologiyalaridan foydalanishda psixologik tayyorgarligini shakllantirishdan iborat. Jamiyatning
sifatli yangilanishining zarur shartlaridan biri – intellektual potensiyasining oshirish hisoblanadi.
Bunday vazifani bajarish sifatli ta’lim jarayonini qurilishiga bog’liq. Barcha tadqiqotchilarning
fikrlari bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya jarayonining bir qismini
kompyuter vositasida, mantiqiy kompyuter o’yini yordamida amalga oshirish mumkin.
Kompyuter texnologiyalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar orasida ilk
bor 1971 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachuti instituti tomonidan qo’llanilgan.
Rossiya Federatsiyasidф maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mashg’ulot jarayoniga kompyuter
texnologiyasi 1980-yilning o’rtalarida kirib kelgan.
1986- yilda Moskva shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk bor kompyuter-
o’yin kompleksi ochiladi. Bunday yangilik bir qator olimlarni o’ziga jalb qilib, shu yildan boshlab
qator ilmiy izlanish va kuzatuvlar olib borilishiga turtki bo’ladi. Bu manbaa ortida A.V. Zaporojets
nomidagi “Maktabgacha yosh” markazi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,
“Elektronika” tashkilotining bir qancha olim va mutaxassislari turadi va 1990 yilda ular birlashgan
holda “Kompyuter va bolalik” mustaqil assosiatsiyasini tuzadilar. Kompyuterga doir asosiy
tushunchalar, u tomonidan bajaraladigan funksiyalar hamda ta’lim jarayoni bolalar hayotiga
rivojlantiruvchi o’yinlar orqali bosqichma – bosqich kiritilishi za’rurligi ta’kidlanadi. Shu bilan
birga, bolalarning kompyuter vositasi bilan tanishuvi oson va qiziqarli bo’lishi uchun o’yin
shaklidagi ta’limiy yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi ham qayd etiladi. Kompyuter vositasi
bolaning mustaqil rivojlanishida yordam beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Shunga qaramay
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
116
u an’anaviy o’yinlarning o’rnini to’laqonli ravishda egallay olmaydi. Olib borilgan
izlanishlar shuni ko’rsatdiki an’anaviy va kompyuter o’yinlarini hamkorlikda qo’llanilishi
bolaning iqtidorini yuzaga chiqarib beradi. O’yin jarayonida har bir bola o’zining tajriba, bilim,
taasurotlariga tayanadi. Buyuk Britaniyada o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ta’lim
jarayonida kompyuter o’yinlardan foydalanish bolalarning intellectual salohiyatini oshirishga
ijobiy hissa qo’shadi. Tadqiqot doirasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra,
qatnashchilarning 82 foizi hozirgi bolalar avvalgi avlod vakillariga nisbatan keng dunyoqarash va
bilimga ega ekanligini ta’kidlab o’tishgan. Buning asosiy sababi sifatida esa zamonaviy kompyuter
vositalarini qo’llanilishi keltirib o’tilgan. Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy
fikrlash doirasi va yuzaga kelgan muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlanishiga xizmat qilishi
ham aytib o’tilgan. 34 foiz ishtirokchilar kompyuter o’yinlari bolalarning ta’lim – tarbiya
jarayonini yengillashtirishiga ishinishadi. Fransiyalik mutaxassislar kompyuter o’yinlari
bolalarning mantiqiy fikrlashini o’sishiga, so’z boyligini oshirishga yordam beradi deya
ta’kidlaydilar. Fransuz tadqiqotchilarni kuzatuvlari shuni ko’rsatadiki, kompyuter o’yinlarida
yaxshi natija ko’rsatishi bolalarning emotsiyalariga, shuningdek o’quv jarayonini oson kechishiga
yordam beradi. Maktabgacha katta yosh guruhlaridagi bolalarda kompyuter o’yinlari yordamida
sabr, chiniqish kabi hislatlar shakkalana boshlaydi, aslida bunday hislatlar bu yosh vakillari uchun
xos bo’lmasada, ammo kompyuter vositasi yordamida sekin shakllana boshlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Майор Ф. Всемирный доклад ЮНЕСКО по коммуникации и информации, 1999-
2000 гг. - М. - 2000. - 168 с.
2. Новые информационные технологии в дошкольном образовании / под ред.
Ю.М.Горвица. – М.: Линка-Пресс, 2008. – 328
3. Венгер Л.А., Марцинковская Т.Д., Венгер А.Л. Готов ли ваш ребенок к школе. – М.:
Знание, 2004. – 192 с
4. Новоселова С.Л., Петку Г.П., Пашелите И. Новая информационная технология в
работе с дошкольниками. Применима ли она? // Дошкольное воспитание. – 2019. – №9. –
С.73-76.
