MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
102
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM
OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanni
3-DMTT direktori O‘.I.Axmadjonova
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226678
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
davlat
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, belgilangan sanitariya qoidalari,
normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish, ovqatlanishga
qo‘yiladigan talablar, ovqatlanishni tashkil etishda sanitariya-gigiyena talablari, sog‘lom
ovqatlantirishning maqsadlari va qoidalarini bajarilishi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar
:Autsorsing, autsorser, keytring, taomnoma, oshpaz, oziq-ovqat, oqsil, uglevod,
taom, tashkilot , taminotchi, ovqatlanish rasioni, kalloriya, energiya.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning ovqatlanishida shu narsaga e’tibor berish kerakki, ular
asosiy ovqatlar oraligida biror narsa yeb qo‘ymasligi kerak. Bunday bolalar shirinliklarga juda uch
bo‘lishadi. Ovqatlanguncha shulardan oz bo‘lsada tamaddi qilgan bolada asosiy ovqatga ishtaha
yo‘qoladi, chunki me’daga tushgan konfet yoki shokolad tegishli me’da shirasini ajratib, bu yerda
ovqat hazm bo‘lish jarayonining «qizg‘in» vaqtini o‘tkazib yuboradi, tanaga so‘rilgan shirinlik
bilan ishtaha «aldanadi». Bunday holni katta odamlarda ham ko‘rish mumkin, ularda ishtahani
«o‘ldirish» yoki «jilovlash» uchun ovqatdan oldin bir oz shirinlik iste’mol qilish, salat yeyish,
sharbat ichish va 15 - 20 daqiqa sabr etish kifoya qiladi. Ularning ovqati biologik jihatdan to‘la
qiymatli, quvvat jihatdan esa muvozanatlashtirilgan bo‘lmog‘i kerak. Bu narsa ovqat tayyorlashda
tegishli mahsulotlarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, oqsillar va yog‘lar
bobida hayvon mahsulotlari me’yoridan oshib ketmasligi, ovqatga to‘la qiymatli o‘simlik
yog‘laridan, kletchatkaga boy meva va sabzavotlardan ko‘proq ishlatish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Oziq ovqatlar yog‘lar almashinuvini buzmaydigan, mineral moddalar va vitaminlarga boy
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunday moddalarning tabiiy manbalari baliq, mol, quy va parrandalar
go‘shti, sut-qatiq, pishlok, o‘simlik yog‘lari, grechka va suli yormasi, ko‘katlar, meva va
sabzavotlardir. Bolalarning energiya sarfi ularning yoshi, yashash sharoiti va faoliyatiga bog‘liq
bo‘ladi. Energiya sarflari bolalarning mashg‘ulot turlari xamda xaraktlariga bog‘liq bo‘lib, hayot
faoliyati davomida sarflanib turadi. Bu energiya bola iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari
hisobiga to‘ldirib borilishi lozim, aks holda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj organizmning ichki
resurslari hisobidan qoplanilishiga to‘g‘ri keladi. Natijada tana vazni kamayadi, o‘sishi to‘xtaydi,
organizmning himoya ta’siri tushib, bola asta-sekin toliqishni boshlaydi. Ko‘rsatilgan bolalar
guruhida energiyaning iste’mol nisbatini aniqlash mezoni barcha faoliyat turida (o‘yinlar,
mashg‘ulotlar, jismoniy tarbiya, musiqa, rasm va boshqalar) aniqlanadi, asosiy xajm kattaligi
(AXK)–orom olish holatidagi energiyaning sarflanishi va jismoniy faollik koeffisiyenti (JFK)
hamda yetim, kam ta’minlangan oilalar bolalarining ruhiy va jismoniy rivojlanishi, umumiy
kasallanishining o‘sishiga olib keladi. 2 yoshdan 3 yoshgacha va 3 yoshdan 7 yoshgacha
bolalarning ovqatlanishidagi farq, asosiy oziq moddalarning miqdori, kundalik rasion hajmi,
shuningdek bir porsiya ovqat xajmining farq qilishidan iboratdir. Baliqli kotlet, go‘shtli sufle
berilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 9 soat mobaynida bo‘lgan bolalarga uch martalik ovqat
berilishi lozim. Bunday holatda ikkinchi tushlikdagi ovqatlantirishning energetik qiymati (kkal)
15% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida taomnomani oqilona shakllantirishda kunlik rasionga
shunday taomlar tanlab olinishi lozimki, unda bolalarning asosiy oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoji
va ularning yoshiga qarab talab etilgan energiya to‘liq ta’minlanishi, tarbiyalanish sharoiti va
sog‘lom bo‘lishi, shuningdek, ovqatlanishning iqlimiy va milliy xususiyatlari hisobga olinadi.
Bolalar ovqat rasionini to‘g‘ri shakllantirishda mahsulotlarni kun davomida to‘g‘ri taqsimlanishini
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
103
oldindan hisobga olish zarur. Oqsilga boy mahsulotlar, ayniqsa ular moy bilan birikib
kelsa, ular bola oshqozonida uzoq saqlanib turadi va ko‘proq miqdorda hazm qildiruvchi suyuqlik
talab etadi, shuning uchun go‘sht, baliq, tuxum kabi mahsulotlar bor ovqatlarni kunning birinchi
yarmida-nonushta va tushlikka berish tavsiya qilinadi. Kechki ovqatga bolalarga sutli va
o‘simlikdan tayyorlangan yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar berish maqsadga muvofiqdir, chunki
tunda uyqu paytida hazm qilish jarayoni sekinlashadi.
Taomnoma tuzilayotganda sut, go‘sht, sariyog‘ hamda don mahsulotlari, non, shakar kabi
biologik qimmatli mahsulotlar kundalik ovqatlanish rasioniga kiritilishi shartligini hisobga olish
kerak.
Baliq, tuxum, pishloq, smetana, tvoroglarni har kun ham berib bo‘lmaydi. Chunki ularning
ozgina miqdoriga bo‘lgan kundalik ehtiyoj ulardan alohida ovqat tayyorlashga imkon bermaydi.
Lekin o‘n kun davomida ko‘rsatilgan mahsulotlarning belgilangan miqdori berilishi shart. Bola
kun davomida ikkita sabzavotli taom va faqat bir marta yormali taom yeyishi maqsadga
muvofiqdir. Har xil sabzavotlardan aralashma garnirlar tayyorlash ham tavsiya qilinadi.
Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi o‘n kunlik istiqbol taomnomasiga ega bo‘lishi va
taomlarning maxsus ishlab chiqilgan kartotekasiga ega bo‘lishi shart.
Bu kartotekalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati (kaloriyasi), oqsil,
yog‘lar, uglevodlarning miqdori ko‘rsatiladi. Tayyor kartochkalarni foydalanish ovqatning
kimyoviy tarkibini osongina hisoblab chiqishga, kerak bo‘lganda bir taomni o‘zi bilan teng
qiymatga ega bo‘lgan boshqa taom bilan almashtirishga, bolalar ovqatlanishi sifatini kundalik
nazorat qilishga imkoniyat beradi. Maktabgacha ta’dlim tashkilotlarida ovqatdan zaharlanishning
oldini olishda quyidagilarga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Ovqatga ishlatiladigan
mahsulotlar va ulardan tayyorlanadigan taomlar sifatli bo‘lishini ta’minlash lozim. Tashqi muhit
ta’sirida sifati tez buziladigan ovqat mahsulotlarini oshxonaga yetkazib kelish vaqtida va
saqlashda tegishli sharoitlarni ta’minlash kerak. Sifati tez buziladigan ovqat mahsulotlaridan
zudlik bilan taom tayyorlash. Oziq-ovqat mahsulotlariga dastlabki va issiqlik ishlovi berishda va
ularni tarqatishda gigiyena talablariga to‘la amal qilish muhim ahamiyatga ega. Oshxonalarda
albatta yetarli miqdorda sovutgichlar bilan ta’minlash kerak. Oshxonada talab darajasida sanitariya
madaniyati bo‘lishi lozim. Oshxona jixozlari doimo toza-pokiza bo‘lishini ta’minlash lozim.
Oshxonaga terisida yiringli yaralar jarohati bo‘lgan, tez shamollab turadigan shaxslarni kiritmaslik
lozim.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
Roʻziyeva Sh.M. Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish. Toshken – 2020.
2.
Roʻziyeva Sh.M. “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom
ovqatlantirishni ahamiyati” Toshken – 2022.
3.
Sogʻlom ovqatlanish – salomatlik mezoni Sh.I. Karimov taxriri ostida.
