Mualliflar

  • Muzaffarjon Soliyev
    Andijon davlat tibbiyot instituti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86400

Kalit so‘zlar:

Klaster insert

Annotasiya

O‘tkir pielonefrit buyrak va yuqori siydik yo‘llarining infektsion yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, uni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu texnologiyalar talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishiga, tahliliy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Quyida pielonefritni o‘qitishda klaster, INSERT va SWOD texnologiyalaridan qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqiladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

98

UROLOGIYADA O‘TKIR PIELОNEFRIT O’QITISHDA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALAR

Soliyev Muzaffarjon Baxtiyorjon o’g’li

Andijon davlat tibbiyot instituti o’qituvchisi

soliyevmuzaffar@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226675

O‘tkir pielonefrit buyrak va yuqori siydik yo‘llarining infektsion yallig‘lanish

kasalligi bo‘lib, uni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu texnologiyalar talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishiga, tahliliy fikrlash va
amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Quyida pielonefritni o‘qitishda
klaster, INSERT va SWOD texnologiyalaridan qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib
chiqiladi.

1. Klaster texnologiyasi orqali pielonefritni o‘rganish
Klaster – bu tarmoq shaklidagi grafik tasvir bo‘lib, asosiy tushuncha atrofida bog‘liq

ma’lumotlarni guruhlashga yordam beradi. Pielonefrit mavzusida quyidagi klaster
modelidan foydalanish mumkin:



Bu klaster talabalarga mavzuni tizimli o‘rganish va tushunchalar orasidagi

bog‘liqlikni anglashga yordam beradi.

2. INSERT texnologiyasi bilan pielonefritni chuqur tahlil qilish
INSERT (Interactive Noting System for Effective Reading and Thinking)

texnologiyasi orqali talabalarga yangi ma’lumotlarni chuqurroq tushunishga yordam berish
mumkin. Talabalar matnni o‘qib, quyidagi belgilar bilan belgilashadi:

√ – oldindan bilgan ma’lumot
+– yangi ma’lumot
-– avvalgi bilimiga zid ma’lumot
? – tushunarsiz yoki qo‘shimcha izohlash talab qilinadigan joy


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

99

Masalan, pielonefritning etiologiyasi haqidagi matnni o‘qiyotganda,

talabalar bilgan ma’lumotlarini belgilab, yangi yoki tushunarsiz qismlarni ajratishlari
mumkin. Bu texnologiya talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

3. SWOD texnologiyasi orqali pielonefritni tahlil qilishda
SWOD texnologiyasi pielonefritni chuqur tahlil qilishga yordam beradi va quyidagi

yo‘nalishlarda qo‘llanilishi mumkin:

S (Strengths) - Kuchli jihatlar
Pielonefritni erta tashxislash mumkinligi
Samarali antibiotik terapiya mavjudligi
W (Weaknesses) - Zaif tomonlar
Davolash kechiktirilganda og‘ir asoratlar yuzaga kelishi
Diagnostik jarayon qimmatga tushishi
O (Opportunities) - Imkoniyatlar
Zamonaviy tibbiy texnologiyalar yordamida tashxisni aniq qo‘yish
Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish orqali kasallikni yaxshiroq o‘rganish
D (Dangers) - Tahdidlar
Antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning rivojlanishi
Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslarning yetishmovchiligi
SWOD tahlili orqali talabalar pielonefrit bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish va

echimlarni topish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Pielonefritni o‘qitishda klaster, INSERT va SWOD kabi pedagogik texnologiyalardan

foydalanish talabalarning mavzuni puxta o‘zlashtirishiga, tahliliy tafakkurini
rivojlantirishga va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shu sababli,
ushbu texnologiyalarni tibbiyot ta’limida keng joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.

Quyidagi matnda pielonefrit patogenezi bo‘yicha ma’lumotlar pedagogik

texnologiyalarga moslashtirildi. Interfaol yondashuvlar yordamida bu mavzuni tushuntirish
samaradorligini oshirish mumkin:

1. Klaster texnologiyasi orqali tushuntirish klaster – asosiy tushunchalarni tarmoqlash

va ularni vizual ko‘rinishda tasvirlash imkonini beradigan grafik usuldir. Quyidagi klaster
orqali pielonefrit patogenezining asosiy jihatlarini yoritish mumkin:

- Infeksiyaning gematogen yo‘li:
- Bakterial yallig‘lanish o‘choqlari: tonzillit, sinusit, bakterial endokardit.
- Infeksiya qon oqimi orqali buyrak tomirlarining terminal qismlariga tushadi.
- Immunitet pasayganda mikroorganizmlar interstitsial to‘qimalarga kirib boradi.
- Infeksiyaning ko‘tarilish yo‘li:
- Infeksiyalangan siydik orqali yuqoriga tarqalish.
- Siydik yo‘llarida reflyuks bo‘lishi.
- Buyrak parenximasidagi gemodinamik o‘zgarishlar.
2. INSERT texnologiyasi yordamida o‘zlashtirishni mustahkamlash orqali talabalarga

pielonefrit patogenezi bo‘yicha matn berilib, undagi asosiy tushunchalarni belgilash uchun
quyidagi belgilardan foydalanish taklif etiladi:

– oldindan bilgan ma’lumotlar.

– yangi o‘rganilgan tushunchalar.

– tushunarsiz yoki chuqurroq o‘rganish kerak bo‘lgan joylar.

– kutilmagan yoki hayratlantirgan ma’lumotlar.

3. Swod (taqqoslash jadvali) texnologiyasi orqali farqlarni aniqlash orqali pielonefrit

patogenezi gematogen va urinogen yo‘llar orqali rivojlanishi mumkin. Quyidagi jadval
yordamida talabalarga ikki yo‘lning farqli jihatlarini ko‘rsatish mumkin:

Xususiyat

Gematogen yo‘l

Ko‘tarilish

(urinogen) yo‘li


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

100

1

Infeksiya manbai

Qon

orqali

(masalan,

bakterial

endokardit)

Siydik

orqali

yuqoriga ko‘tariladi

2

Patogenezga

ta’sir

etuvchi omillar

Immunitet zaifligi,

qon

aylanishining

buzilishi

Siydik

yo‘llari

tutilishi, reflyuks

3

Mikrob turlari

Gram-musbat

va

gram-manfiy bakteriyalar

Gram-manfiy

enterobakteriyalar


Bu texnologiyalar yordamida pielonefrit patogenezi aniq, tushunarli va ta’lim

jarayonida samarali o‘zlashtirilidi.

Quyidagi pedagogik texnologiyalar yordamida VUR (veziko-ureteral reflyuks) va

pielonefrit patogenezi tushuntirilishini takomillashtirish mumkin:

1. Aqliy hujum (Brainstorming) orqali tahlil qilish

Dastlab, talabalarga quyidagi savollar beriladi:

VUR qanday omillar tufayli rivojlanadi?

PMS (pufak-mochetochnik segmenti) disfunksiyasining asosiy sabablari qanday?

Pielonefritning rivojlanish bosqichlari qanday?

Keyin, talabalar jamoalarda muhokama qilib, turli taxmin va javoblarini taqdim etishadi.
O‘qituvchi muhokama natijalarini umumlashtiradi va to‘g‘ri tushunchalarni shakllantiradi.

2. Keys-stadiya (Case-study) metodi orqali real holatlar tahlili

Talabalarga klinik holatlar taqdim etiladi. Masalan:

Klinik holat:

6 yoshli bola, tez-tez siyish va bel sohasida og‘riqdan shikoyat qiladi. Siydik tahlilida
leykotsituriya aniqlangan. Ultrasonografiya natijalarida buyrak jomida kengayish, siydik
pufagidan siydik yo‘liga qaytishi kuzatilgan.

Savollar:

Ushbu bolada qanday tashxis qo‘yish mumkin?

VUR va pielonefrit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring.

Davolash va profilaktika qanday amalga oshiriladi?

Bu usul talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi va real klinik holatlar orqali mavzuni

chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.

3. Rolli o‘yin (Role-playing) orqali mavzuni o‘zlashtirish

Talabalar quyidagi rollarga bo‘linadi:

Shifokor:

bemorga tashxis qo‘yadi va davolash rejasini ishlab chiqadi.

Bemor:

shikoyatlarini tasvirlaydi va shifokor bilan suhbatlashadi.

Laborant:

diagnostika usullarini tushuntiradi.

Tibbiy konsultant:

VURning oldini olish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Bu usul talabalarga kasbiy muhitni his qilish va bemor bilan ishlash ko‘nikmalarini

shakllantirishga yordam beradi.

4. “Fikrlar zanjiri” (Chain of thoughts) orqali sababiy bog‘lanishlarni tahlil qilish

Talabalarga quyidagi asosiy holatlar beriladi:

PMSning rivojlanish nuqsonlari

PMSning yopilish funksiyasi buzilishi

Yuqori intravezikal bosim

VUR rivojlanishi

Siydik yo‘llarining infektsiyasi

Pielonefrit rivojlanishi

Talabalardan ushbu bosqichlarni sabab-oqibat munosabatida joylashtirish talab qilinadi. Bu

usul orqali patologik jarayonlarning rivojlanish mexanizmi yaxshiroq tushuniladi.

5. “O‘zaro o‘qitish” (Peer teaching) orqali bilim almashish


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

101

Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga quyidagi mavzulardan

biri beriladi:

VUR etiologiyasi va patogenezi

Pielonefrit rivojlanish bosqichlari

VUR va pielonefritning diagnostikasi

Davolash usullari

Har bir guruh o‘z mavzusini o‘rganib, boshqa guruh a’zolariga tushuntiradi. Shu yo‘l bilan

talabalar bir-biridan o‘rganishadi va mustaqil izlanishga undaladi.

REFERENCES

1.

Allazov S.A. Umumiy urologiya. – Toshkent: Tibbiyot ko‘zgusi, 2021. e-library

SamMU

2.

Baymuradov R.R. Tibbiy fundamental fanlarni o‘qitishda anatomiya fani misolida

zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish. // Fundamental va klinik tibbiyot
axborotnomasi, 2024 (2), №8.

3.

Shadmanov M.A. Tibbiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani tashkil etish

metodikasini takomillashtirish (urologiya fani misolida). – 2023. ZiyoNET

4.

“Urologik kasalliklarni davolashda innovatsion yondashuv” mavzusida xalqaro

ilmiy-amaliy anjuman materiallari. // Andijon davlat tibbiyot instituti, 2022. Adti

5.

Ilmiy maqola qanday yoziladi? // O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va

innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, 2023.