Mualliflar

  • I Ubaydullaev
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91468

Kalit so‘zlar:

boshlang`ich ta`lim samaradorlik innavatsion pedagogik texnologiyalar.

Annotasiya

aqolada   hozirgi kunda maktab va maktab o`qituvchilarining asosiy maqsadi o`quvchilarga yangi noan`anaviy dars usullaridan foydalanib ta’lim berish va tarbiyalash ekanligi, barcha maktablar boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib, boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish hozirgi zamon talabi ekanligi xususida so‘z boradi.   


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

477

BOSHLANG`ICH TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Andijon davlat pedagogika instituti

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15358141

dotsenti I.Ubaydullayev.

Annotatsiya. Maqolada

hozirgi kunda maktab va maktab o`qituvchilarining asosiy

maqsadi o`quvchilarga yangi noan`anaviy dars usullaridan foydalanib ta’lim berish va tarbiyalash
ekanligi, barcha maktablar boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib,
boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda innovatsion va zamonaviy pedagogik
texnologiyalaridan foydalanish hozirgi zamon talabi ekanligi xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: boshlang`ich ta`lim, samaradorlik, innavatsion pedagogik texnologiyalar.

Har bir ishning poydevori mustahkam bo’lsa ko’zlangan maqsadga oson erishiladi. Kelajak

avlodimiz bo`lgan yoshlarga hozirgi zamon talablariga mos, dunyo yoshlari bilan har sohada
tenglasha oladigan o`zining iqtidori, qobilyati, salohiyati bilan O`zbekiston deya atalmish
vatanimizning nomini yanada yuksaklarga ko`taradigan darajada ta`lim tarbiya berishni boshlang`ich
ta`limdan boshlashimiz juda ham muhimdir. Shu maqsadni inobatga olib barcha maktablar
boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Boshlang`ich ta`lim
samaradorligini oshirishda innovatsion va zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish
hozirgi zamon talabiga juda mos keladi.

Har bir o`quvchi o`ziga hos iqtidor va qobilyatga ega. Ularni iqtidor va qobiliyatini yuzaga

chiqarish va yanada rivojlantirish o`qituvchining kasb mahoratiga ijodkorligiga va o`z ustida tinmay
ishlashiga va dars o`tish metodiga bog`liq. O`qituvchi pedogogik mahoratiga erishishi uchun avvalo
ijodkor bo`lishi kerak. Ijodkor o`qituvchi albatta boshlang`ich ta`lim samaradorligini oshirishda
innovatsion texnologiyalardan unumli foydalana oladi va har bir dars o`quvchilar ongida muxrlanib
qoladi. Yangi pedogogik texnologiyalaridan foydalanib ta`lim berish o`quvchilarni erkin fikrlashga,
qobilyatlarini namoyon qilishga, nutqini rivojlantirishga, bilim olish va unga erishish uchun tinmay
izlanishga, vatanparvarlikga, tengdoshlari bilan do`stona munosabatda bo`lib ular bilan o`z fikrlarini
almasha olishga o`rgatadi.

Bu jarayonni amalga oshirish uchun har bir darsda o’qituvchi mavzuga oid bo’lgan turli

nostandart testlardan va didaktik o’yinlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. O’qish darsida
quydagi nostandart test topshiriqlari o’quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini oshirishi bilan
birgalikda ob’yekt va uning qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmalarini
nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi.

Ertakli rasm qahramonlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos

raqamlarni yozing:

1) “Ayoz bobo” ertagi; 2) “Ur to‘qmoq”ertagi; 3) “Qizil qalpoqcha”ertagi; 4) “Maugli”ertagi;

5) “Maqtanchoq quyon”ertagi; 6) “Bo‘g‘irsoq”ertagi; 7) “Uch og‘ayni botirlar”ertagi

Rasmli va ko‘p javobli nostandart test javobi quyidagicha bo‘ladi:


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

478

2

3

6

1

7

5

4

Yuqorida berilgan nostandart test orqali har bir o’quvchining mustaqil fikrlash bilan birgalikda

muammoning yechimini bir necha usullar bilan topish malakasini o’zlashtiradi. Bu testing yana bir
afzalligi o’qituvchi uchun o’quvchilarning bilim darajsini aniqlashi osonlashadi. Sababi e’tibor
beradigan bo’lsak, rasmlar chalkash holatda bo’lgani uchun har bir o’quvchi to’g’ri javobni topib
rasmning ostiga belgilashi shart. Bunda tabiiyki bir nechta o’tilgan mavzular yoki ertaklarni
takrorlash imkoniyati yaratiladi. Bu testlarning darajasini o’qituvchi sinf o’quvchilarining bilim
darajasiga qarab murakkablashtirishi yoki soddalashtirishi mumkin.

Rasmda berilgan ertaklarni aniqlab mos raqamlarni yozing

Javobi: 1,2,3,4.

Asarlar nomi

Raqamlar

“O‘g‘irlangan quyosh”
ertagi

1

“Bo‘g‘irsoq”ertagi

2

“Uch og‘ayni botirlar”
ertagi

3

“Suvarakxon” ertagi

4

Bu rasmli test ham o’quvchilarning zukkologi va eslab qolish qobiliyatini oshirish imkonini

beradi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nostandart test topshiriqlari o’quvchilarning mavzu bo‘yicha olgan

bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma, malakalar hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ertak va uning
qahramonlari, badiiy asar va undagi voqea rivoji, asar muallifi yuzasidan ma'lumotlar beradi. Ta'lim-
tarbiya jarayonida Blum taksonomiyasiga binoan o‘quv topshiriqlarining bajarilishiga erishish -
talabalarning bilim darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan
foydalanish nazoratning haqqoniyligi va keng qamrovliligini ta'minlaydi.

Hozirgi zamonaviy ta’limda har bir o’qituvchi o’zida boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega

bo’lishi zarur. Chunki noan’anaviy ta’lim jarayonida o’qituvchining darsdagi ro’li ancha kamaygan.
Endi o’quvchilar mustaqil fikrlash orqali dars mavzusini o’zlashtirishi talab etilmoqda. O’qituvchi
faqatgina yo’naltiruvchi, aniqlovchi, xato va kamchiliklarni tuzatib to’g’ri yo’lga boshlovchi
maqomida turibdi. O’qituvchi endi har bir darsni qiziqarli o’tkazish va o’z oldiga qo’ygan
maqsadlarni amalga oshirishi zarur. Bu jarayonni tashkillashtirish uchun darslarda interfaol
usullardan foydalanish ham katta samara beradi. Chunki bu o’yinlar har bir o’quvchini mustaqil
fikrlashga o’rgatadi. Darslarni turli xil harakatli o’yinlar bilan tashkil etish jarayoni boshlang’ich sinf
o’quvchilarining yosh xususiyatlariga ham mosligi bu jarayonga katta imkoniyat yaratib beradi.

Alifbe o’rgatish davri.

“Nima yetishmaydi o’yini”

O’yinning maqsadi:

O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish lug’atini boyitish,

o’quvchilarning kuzatuvchanligini, diqqatini oshirish.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

479

O’yin uchun jihozlar:

sinf xonasi burchagidagi stol ustiga qopqog’i yo’q choynak, qalamdon

(ichidagi qalamlar sochilgan holda), ruchka (siyohi yo’q), ruchka qopqog’i, muqovasi alohida turgan
kitob va bir oyog’i yo’q stul.

O’yinni o’tkazish tartibi:

Bu o’yinda o’qituvchi o’quvchilarni ikki guruhga bo’ladi. Har bir

guruhdan bir o’quvchi chiqib, stol ustidagi buyumlarning nimasi kamligini aytishi va ularni
joylashtirishi kerak bo’ladi. Agarda o’quvchi narsaning nomini to’g’ri ayta olmay yoki uning nimasi
kamligini bilmasa, unda shu o’quvchi o’z gurihiga jarima baho olib beradi.

O’yin shu tariqa davom etadi. O’yin so’ngida har bir guruh bahosi hisoblab ko’riladi, yuqori

baho olgan guruh g’olib deb e’lon qilinadi.

“Nima” o’zgardi o’yini

O’yinni maqsadi:

o’quvchilarni lug’at boyligini oshirish, sezish va eslab qolish qobiliyatini

o’stirish, og’zaki nutqini faollashtirish.

O’yin uchun jihozlar:

Stol ustiga o’yinchoqlardan 6 dona ( qo’g’irchoq, piramida, mshina,

ayiqcha, kubik, koptok). O’yinchoq turlari har bir sinfning sharoiti va imkoniyatiga qarab tanladi.

O’yinni o’tkazish tartibi:

o’qituvchi o’quvchilarga stol ustidagi hamma o’yinchoqlarning

nomi va ularning joylanishi bilan tanishtiradi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan bittasini chaqirib,
unga stol ustidagi o’yinchoqlarni yaxshilab ko’rib olsihni taklif etadi. O’qituvchi tanishib
chiqqanidan so’ng orqasiga o’grilib turadi. keyin shu o’qituvchi stol ustidagi narsalarning o’rnini
alamshtirib qo’yadi.

O’quvchi stoldagi qaysi narsaning joyi o’zgarganligini aytib beradi. Agar bola o’zgarishni

bilmasa, yordamga boshqa o’quvchini chiqaradi. O’yin shu tariqa davom etadi. O’yin
o’quvchilarning o’zlashtirishiga qarab murakkablashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. S.Matjonov va boshqalar. Boshlang’ich sinf o’qish darslarini pedagogik texnalogiyalar orqali

tashkil etish. T. 2008 y

2. A.Suyumov, M.Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 1995 y
3. M Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 2009 y
4. M Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 2010 y

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

S.Matjonov va boshqalar. Boshlang’ich sinf o’qish darslarini pedagogik texnalogiyalar orqali tashkil etish. T. 2008 y

A.Suyumov, M.Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 1995 y

M Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 2009 y

M Jumaboyev. Bolalar adabiyoti. T. 2010 y