Mualliflar

  • Gulshoda Nasirdinova
    Andijon davlat pedagogika institi
  • Madinaxon Turaboyeva
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91517

Kalit so‘zlar:

yetakchilik yetakchilik qobiliyati boshqaruv ko‘nikmalar rahbarlik ijtimoiy faollik boshqaruvlik menejmenntlik va kasbiy yo‘nalish.

Annotasiya

Ushbu maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishning bugungi kunda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’riflanadi. Maqolada, shuningdek, talabaning o‘z qobiliyatlari va zamonning taqdim etayotgan imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar haqida ma’lumot beriladi. Maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish uchun pedagogik va psixologik usullarni o‘rganish, shuningdek, ularga tavsiyalar berish masalalari ko‘rib chiqiladi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

304

TALABALARDA YETAKCHILIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

METODIKASI.

Nasirdinova Gulshoda Donyorbek qizi

Andijon davlat pedagogika institute Pedagogika fakulteti

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi.

ORCID ID: 0009-0005-7183-1703

Gmail:

gulshodanasriddinova7@gmail.com

педагогического

института

.

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15355759

Turaboyeva Madinaxon Rahimjon qizi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishning bugungi kunda qanday

muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’riflanadi. Maqolada, shuningdek, talabaning o‘z qobiliyatlari va
zamonning taqdim etayotgan imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar haqida ma’lumot beriladi.
Maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish uchun pedagogik va psixologik
usullarni o‘rganish, shuningdek, ularga tavsiyalar berish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Annotation

This article describes the current importance of developing leadership qualities in students. It also
provides information on the relationship between students' personal abilities and the opportunities
offered by the time. The article explores pedagogical and psychological methods for shaping
leadership skills in students, as well as providing recommendations on how to develop these abilities.

Аннотация

В

данной

статье

рассматривается

важность

развития

лидерских

качеств

у

студентов

в

современном

контексте

.

Также

в

статье

приводится

информация

о

связи

между

личными

способностями

студентов

и

возможностями

,

которые

предоставляет

время

.

Рассматриваются

педагогические

и

психологические

методы

формирования

лидерских

качеств

у

студентов

,

а

также

даются

рекомендации

по

их

развитию

.

KALIT SO`ZI:

yetakchilik, yetakchilik qobiliyati, boshqaruv ko‘nikmalar, rahbarlik, ijtimoiy

faollik, boshqaruvlik,menejmenntlik va kasbiy yo‘nalish.

MAQDAS:

talabalarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish va yangi zamon talabiga javob

beradigan va ayni paytda jamiyatimizda muvaffaqiyatli yetakchilarni shakillantirish uchun juda
muhim hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda talabalaridan kelib chiqqan holda, yetakchilik qobiliyati
nafaqat individual muvaffaqiyatga, balki jamoaning rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

MATERIALLAR VA METODLAR:

Talabalarning bilimlarini kengaytirish va ularni

yetakchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishga tayyorlash uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali
liderlikka oid tushunchalar, boshqaruv metodlari va yetakchilik xususiyatlarini o‘rgatish muhimdir.
Bu jarayon talabalarga analitik fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularga samarali
rahbarlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni oshiradi..

Muhokama va natijalar

: talabalarda yetakchilik-rahbarlik, qobiliyatlarini oldindan tarbiyalab

borish natijasida ular nafaqat yetakchi tizimning mohiyatini chuqurroq anglashi, ammo, yetakchilik,
boshqaruv uchun eng muhim hisoblangan tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql tafakkut, idrok
qobiliyat va eng muhimi, ko‘ngil pokligi, o‘z ishiga mehr, qalbi tozalik, xushmaomalalik, kabi
fazilatlarni ham ertaroq tarbiyalash imkoni bo‘ladi. Eng asosiysi esa, uning rasmiy rahbar lavozimini
egallashidan oldin maxsus tashkil etilgan, kichik guruh yoki tashkilotlarda o‘z tajribasini oshirish
imkoniyatini ham bo‘ladi.

Kirish.

Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning har bir sohasida, shu jumladan iqtisodiyot, siyosat,

turizm, tibbiyot va ta’limda katta ahamiyatga ega. Ularning faolligi faqat kasb-hunarni egallashda
emas, balki jamiyatni rivojlantirishda va zamon talablariga moslashishda ham namoyon bo‘ladi.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

305

Yoshlar o‘z qobiliyatlarini ijtimoiy faollikda namoyish etadi va bu, ularning shaxsiy o‘sishiga ham
ta’sir ko‘rsatadi.

Bugungi kunda yoshlar orasida ijtimoiy faollikni shakllantirish va ularga zarur imkoniyatlar

yaratish davlat siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yoshlarning o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish
va ularni jamoat hayotiga faol qo‘shish orqali jamiyatimizga katta hissa qo‘shishlari mumkin.
Talabalar esa o‘zlarining bilim va qobiliyatlarini kasbiy faoliyatlarida qo‘llab, boshqalarga ham
yordam bera olish imkoniyatiga ega. Bu jarayon oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalarning
faolligi va ularning liderlik sifatlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Yoshlar, ayniqsa, ilmiy va ijtimoiy
faoliyatda rivojlanish uchun o‘zlarini anglashlari, davlat siyosati va ijtimoiy tashkilotlarning yordami
bilan o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon eta olishlari zarur. Shu bilan birga, yoshlar orasidagi ishsizlik
masalasi hali ham dolzarb, chunki ularning tarbiyasi, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga etarli
e’tibor berilmayapti.

Talabalar, o‘zining kasbiy yo‘nalishida yetakchilik qobiliyatini shakllantirib, kelajakda

jamiyatni boshqarishga tayyor bo‘lishlari kerak. Buning uchun, ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqur
o‘rganish, yoshlarni turli ehtiyojlar va omillarni hisobga olgan holda rag‘batlantirish muhimdir.
Talabalarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda ularga individual yondashuv, psixologik va
pedagogik uslublarni qo‘llash zarur. Bu jarayon o‘qituvchilardan sinchkovlik va e’tibor talab etadi.
Shuningdek, talabalarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda ijodiy muhitni yaratish, ta’lim
jarayoniga yangi pedagogik uslublarni kiritish va talabalarga individual yondashish ham muhimdir.
Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarni samarali yetakchilar sifatida tarbiyalashga yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Karimova, V.M. "Psixologiya." Toshkent: Sharq, 2002 2. Abralova Z.D. Oliy ta’lim tizimida

zamonaviy menejerning rahbarlik qilish uslublari// Xalq ta’limi, 3/2011. 3. Azamat Ziyo. Yetakchilik
mezoni// Milliy tiklanish. 2012 yil, 15 fevral. 4. Ismailov B. R Yoshlarda faollik holati va amalga
oshirish shakllari- Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences 2021
254-258 5. Ikramov R.A TVCHDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti y.f.n, Hojiyev R.B TVCHDPI
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Academic research in educational sciences “Yoshlarda liderlik
qobiliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” 2021.

6. Rayimbayeva G.S Talaba va talabalar o`rtasidagi shaxslararo munosabatlar: muhimligi

nimada?- QUALITY OF TEACHER EDUCATION UNDER MODERN CHALLENGES”IFTE
2023: UZBEKISTON 222-224.

7. Dilbar A. Raxmatova. (2024) ‘Building leadership skills in students - as a need and demand

of the new time’, Inter education & global study, (7), pp. 53-58. (In Uzbek)

Bibliografik manbalar

Karimova, V.M. "Psixologiya." Toshkent: Sharq, 2002 2. Abralova Z.D. Oliy ta’lim tizimida zamonaviy menejerning rahbarlik qilish uslublari// Xalq ta’limi, 3/2011. 3. Azamat Ziyo. Yetakchilik mezoni// Milliy tiklanish. 2012 yil, 15 fevral. 4. Ismailov B. R Yoshlarda faollik holati va amalga oshirish shakllari- Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences 2021 254-258 5. Ikramov R.A TVCHDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti y.f.n, Hojiyev R.B TVCHDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Academic research in educational sciences “Yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” 2021.

Rayimbayeva G.S Talaba va talabalar o`rtasidagi shaxslararo munosabatlar: muhimligi nimada?- QUALITY OF TEACHER EDUCATION UNDER MODERN CHALLENGES”IFTE 2023: UZBEKISTON 222-224.

Dilbar A. Raxmatova. (2024) ‘Building leadership skills in students - as a need and demand of the new time’, Inter education & global study, (7), pp. 53-58. (In Uzbek)