Mualliflar

  • Dilnura Novshadbekova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91527

Kalit so‘zlar:

intellektual kreativ mantiqiy tahlil tanqidiy fikrlash infografika kasbiy rivojlanish ilmiy salohiyat startap loyiha sun’iy intellect kritik.

Annotasiya

Ushbu maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual va kreativ fikrlash ko’nikmalarini rivojnlantirish bosqichlari, muammolari va majvud imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi chuqur yoritilgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

270

TALABALARDA INTELLEKTUAL VA KREATIV KOMPETENSIYALARNI

SHAKLLANTIRISHNING MAVJUD IMKONIYATLARI

Novshadbekova Dilnura Zafarbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15354706

tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual

va kreativ fikrlash ko’nikmalarini rivojnlantirish bosqichlari, muammolari va majvud imkoniyatlari
haqida fikr yuritilgan. Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi chuqur yoritilgan.

Kalit so’zlar:

intellektual, kreativ, mantiqiy tahlil, tanqidiy fikrlash, infografika, kasbiy

rivojlanish, ilmiy salohiyat, startap loyiha, sun’iy intellect, kritik.

Аннотация

:

В

данной

статье

рассматриваются

этапы

развития

интеллектуальных

и

креативных

навыков

мышления

студентов

в

педагогических

высших

учебных

заведениях

,

проблемы

и

существующие

возможности

.

Глубоко

освещена

методика

развития

креативных

компетенций

.

Ключевые

слова

:

интеллектуальный

,

креативный

,

логический

анализ

,

критическое

мышление

,

инфографика

,

профессиональное

развитие

,

научный

потенциал

,

стартап

-

проект

,

искусственный

интеллект

,

критика

.

Annotation:

This article discusses the stages, issues, and existing opportunities for developing

students' intellectual and creative thinking skills in pedagogical higher education institutions. The
methodology for developing creative competencies is thoroughly explored.

Keywords:

intellectual, creative, logical analysis, critical thinking, infographics, professional

development, scientific potential, startup project, artificial intelligence, critique.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar,

innovatsion o‘zgarishlar, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sifati va samaradorligini
takomillashtirish yo‘lida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun zaruriy hamda y e tarli shart-
sharoitlarni yaratib berilishi oliy o‘quv yurtlari talabalari va rrofessor-o’qituvchilariga ham o‘ziga
xos katta mas’uliyat yuklaydi.

Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standrrtlarga

integratsiyalash, mehnat bozori talablariga mos keluvchi malakali kadrlarni tayyorlash hamda
Uchinchi Renessans g‘oyasini amalga oshiradigan yangi avlodni voyaga yetkazish maqsadida katta
islohotlar amalga oshirilmoqda.

Pedagogika oliy o‘quv yurtlari oldiga kasbiy va kundalik hayoti faoliyatida ijodiy mahorat

ko‘rsatishga qodir bo‘lgan kreativ kompetensiyaga ega yoshlarni tayyorlash O‘zbekistonda yangi
bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevordir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Prezidentimiz
ta’biri bilan aytganda, “Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham
kechagi xalq emas”.

Shu ma’noda mamlakatimizda ham, chet elda ham jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi

shaxsiy rivojlanishning yangi usullarini faol izlash, uning ijodiy tashabbusi, mustaqilligi,
harakatchanligini rivojlantirish davri sifatida belgilanadi.

Har bir shaxs potensial ravishda kreativ rivojlanish ehtiyojlariga ega. O‘zining va xalqining

kelajagini buyuk bo‘lishiga intilgan inson borki, har doim o‘zini yangidan yaratishi, kashf etishi
lozim.

Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 25 dekabr O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif

buyurib, yoshlar bilan uchrashur jarayonida bugungi yoshlar xalq kelajagining katta kuchi ekanligiga
ishonch bildirib “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, s iz kabi yoshlarga,
sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z
oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga
kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

271

bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu
sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi
poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib
hissa qo‘shadilar”, deb nutq so‘zlarilar.

Mazkur fikrlar jamiyatimizda yoshlar qatlamini har jihatdan raqobatbardosh etib

tarbiyalash, dunyo o‘zgarishlarga jonli tarzda javob beradigan, buyuk

yurt kelajagini o‘z

aql-zakovati,

shaxsiy

kreativ xususiyatlari, o‘z ma’naviyati, madaniyati, tashkilotchiligi va

tadbirkorligi bilan rivojiga xissa qo‘sha oladigan tarzda ta’lim-tarbiya berish darkor.

Bugungi kunda ijtimoiy jamiyat raqamlashtirish tizimiga o‘tayotgan bir pallada, ta’lim sohasi

ham unga moslashishi, uning afzalliklaridan foydalanishi lozim. “Buning uchun esa jamiyatga
raqamli ko‘nikmalarga ega va ilg‘or texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kreativ
kadrlarni yetishtirishni talab etadi”.

Bu, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalari talabalari xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilariga kreativlik va uning mazmun- mohiyati, ahamiyati haqida, ya’ni shaxsda kreativlik
komretensiyalarining rivojlanishi natijasida, shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, har qanday muammoli
vaziyat yoki holatda ijobiy y e chim topa olishishga erishishi, buguni va kelajak hayotini xavas
qilarlik darajadagi yutuqlarga boyitishi, buning natijasida jamiyat rivojiga hissa qo‘shishi haqidagi
tushunchalarning berish zaruriyatini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi

munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, ushbu Qonunda Davlat ta’lim standartlari oliy
ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilashi bayon etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsersiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida, O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishda xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning
ilg‘or standartlari joriy etilishi, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan
ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma- bosqich
o‘tilishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi

355-sonli “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 1-
ilovasida

“Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” (OT DTS) kadrlar tayyorlash

sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar, ta’lim oluvchilarning tayyorganligining
yetarli va zarur bo‘lgan bilim darajasi, oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy
malakaviy talablar, o‘quv yuklamasining hajmi, ta’lim muassasasi faoliyati va kadrlar tayyorlash
sifat darajasini baholash tartibotlari va mexanizmlarini belgilagan bo‘lib, ushbu standart oliy
ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishning va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
O‘zbekiston Resrublikasi hududida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy
sanaladi.

Bugungi kundagi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan OT DTSning qabul qilinishi,

avvalo, oliy ta’lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat, fan hamda ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan
Milliy modelning ba’zi qismlaridagi muhim yangilanishlar, ya’ni davlat va jamiyatning tubdan
o‘zgarishi, jamiyat xayotiga kirib kelgan innovatsion axborot-kommunikasiya vositalar, fanning
so‘ngi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnika va texnologiyalari, kechagi
yoshlardan farqli bugun o‘zgacha fikr yurituvchi, yuqori salohiyatga ega yoshlar vujudga kelishi
bilan izohlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Milliy istiql

о

l g‘

о

yasi: as

о

siy tushuncha va tam

о

yillar, 49-bet.

2.

О

’zbekist

о

n Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-n

о

yabrdagi “

О

’zbekist

о

nning yangi riv

о

jlanish davrida

ta’lim va fanni riv

о

jlantirish ch

о

ra-tadbirlari t

о

’g’risida”gi PF-6108-s

о

n qar

о

ri

3. N

о

vshadbek

о

va, D. (2022). B

о

’lajak b

о

shlang’ich sinf

о

’qituvchilarini tarbiya fanini

о

’qitishga met

о

dik

tayy

о

rlashni tak

о

millashtirish. Science and inn

о

vati

о

n, 1(B6), 202-205

Bibliografik manbalar

Milliy istiqlоl g‘оyasi: asоsiy tushuncha va tamоyillar, 49-bet.

О’zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-nоyabrdagi “О’zbekistоnning yangi rivоjlanish davrida ta’lim va fanni rivоjlantirish chоra-tadbirlari tо’g’risida”gi PF-6108-sоn qarоri

Nоvshadbekоva, D. (2022). Bо’lajak bоshlang’ich sinf о’qituvchilarini tarbiya fanini о’qitishga metоdik tayyоrlashni takоmillashtirish. Science and innоvatiоn, 1(B6), 202-205