Universal International Scientific Journal
62
Kamalov Muhammadali Dilmurodjon o’g’li
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
ergashevmuhammadali35@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada Oʻzbek xalq cholgʻularining kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi va musiqiy-
madaniy hayotdagi oʻrni ilmiy asosda tahlil etiladi. Asosan torli, urilma va puflama cholgʻular guruhiga
mansub dutor, rubob, tanbur, doira, karnay, surnay, nay singari an’anaviy asboblarning tuzilishi, ijro
texnikasi va amaliy qoʻllanilishi yoritiladi. Maqola san’at yo’nalishida tahsil olayotgan talaba va
o’quvchilar, pedagoglar, milliy musiqa sanʼatini o’rganishga qiziquvchilar uchun nazariy va amaliy
ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Oʻzbek xalq cholgʻulari, dutor, tanbur, rubob, doira, karnay, surnay, nay, milliy meros.
Аннотация:
В статье на научной основе анализируются происхождение, историческое
развитие и роль узбекских народных инструментов в музыкальной и культурной жизни.
Рассматриваются структура, техника исполнения и практическое применение традиционных
инструментов, таких как дутар, рубаб, танбур, дойра, карнай, сурнай и най, которые в основном
относятся к группе струнных, ударных и духовых инструментов. Статья представляет
теоретическую и практическую значимость для студентов и учащихся художественных вузов,
преподавателей, а также всех интересующихся изучением национального музыкального искусства.
Ключевые слова:
узбекские народные инструменты, дутар, танбур, рубаб, дойра, карнай,
сурнай, най, национальное достояние.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 05.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
6
3
Abstract:
The article analyzes the origin, historical development and place of Uzbek folk instruments
in musical and cultural life on a scientific basis. The structure, performance technique and practical
application of traditional instruments such as dutor, rubob, tanbur, doira, karnay, surnay, and nay, which
mainly belong to the group of stringed, percussion and wind instruments, are covered. The article is of
theoretical and practical importance for students and pupils studying in the field of art, teachers, and those
interested in studying national music.
Keywords:
Uzbek folk instruments, dutor, tanbur, rubob, doira, karnay, surnay, nay, national
heritage.
Language:
Uzbek
Citation:
Kamalov , M. (2025). UZBEKISTAN FOLK INSTRUMENTS. Universal International
Scientific
Journal,
2(5),
62–65.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1834
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish: Oʻzbek xalq cholgʻulari asrlar
davomida shakllanib, rivojlanib kelgan bo‘lib,
xalqning ijtimoiy-tarixiy tajribasi, madaniy
qadriyatlari va estetik qarashlarini oʻzida
mujassamlashtiradi. Har bir cholgʻu nafaqat
musiqiy vosita, balki xalqning ruhiy holatini
ifodalovchi, ichki kechinmalarini tarannum
etuvchi, maʼnaviy olamini namoyon etuvchi
sanʼat asbobidir. Oʻzbek xalq cholgʻularining
kelib chiqishi va shakllanishi qadimgi So‘g‘d,
Baqtriya va Xorazm sivilizatsiyalarida mavjud
bo‘lgan musiqa madaniyati bilan bevosita
bogʻliq. Arxeologik va tarixiy manbalar,
devoriy rasmlar va ogʻzaki rivoyatlar orqali
aniqlanishicha, bu hududlarda qadimdan turli
xil torli, urma va puflama cholgʻular
ishlatilgan. Xalq cholgʻulari oʻzbek xalqining
kundalik hayotida hamisha muhim oʻrin
egallab kelgan. Toʻy, bayram, marosim, hosil
yigʻimi, diniy tantanalar, ziyoratlar kabi turli
ijtimoiy-madaniy
tadbirlarda
musiqaning
ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan
shu tadbirlarda xalq cholgʻulari oʻzining
funksional vazifasini bajarib, ijtimoiy birlikni
mustahkamlash,
maʼnaviy
uygʻonishni
taʼminlashga xizmat qilgan.
Asosiy
qism:
Oʻzbek
xalq
cholgʻularining shakllanishi va rivojlanish
tarixini chuqur oʻrganish, ularning qadimiy
madaniyatlar bilan uzviy bogʻliqligini ochib
beradi. Oʻrta Osiyo hududida olib
borilgan
qazilmalar
davomida
topilgan
devoriy rasmlar, haykallar va sopol buyumlar,
qabrtosh tasvirlari, fresco va miniatyuralar
xalq
cholgʻularining
qadimda
mavjud
bo‘lganligini
tasdiqlaydi.
Xususan,
Samarqand yaqinidagi Afrosiyob devoriy
suratlarida (VII–VIII asrlar) nay, doira va torli
cholg‘ularni
chalayotgan
musiqachilar
tasvirlangan. Bu tasvirlar buddaviy va
zardushtiy marosimlar bilan bogʻliq boʻlib,
musiqaning diniy va marosimiy hayotdagi
oʻrnini koʻrsatadi. Shuningdek, Varaxsha
saroyidagi (Buxoro vohasi) devoriy suratlarda
musiqachilar
tasviri
uchraydi.
Ayrim
suratlarda ikki torli cholgʻu asbobini
Universal International Scientific Journal
6
4
chalayotgan erkak va ayol obrazlari mavjud
boʻlib, ular dutorga o‘xshash cholg‘ularni
eslatadi. Bundan tashqari, Qoratepa va
Dalvarzintepa
kabi
qadimiy
shahar
xarobalaridan
topilgan
haykaltaroshlik
namunalari orasida puflama va torli cholg‘ular
bilan bogʻliq sahnalar uchraydi. Bularning
barchasi milodiy birinchi asrlarda ham Oʻzbek
hududida musiqiy ijrochilik va cholg‘u san’ati
mavjud bo‘lganini tasdiqlaydi. Mazkur
topilmalar faqat tarixiy fakt bo‘lib qolmay,
balki
O‘zbekiston
hududida
musiqiy
madaniyat qadimdan yuqori rivojlangan,
o‘zining shakl-shamoyili va ijro an’analariga
ega
bo‘lgan
xalq
cholgʻulari
tizimi
mavjudligini ilmiy asosda isbotlaydi.
Islom davlatchiligi rivojlangan XI–XIII
asrlarda esa musiqa ilmi bilan shug‘ullangan
allomalar – Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino va
Safiyuddin Urmaviy
kabi
mutafakkirlar
cholg‘u asboblarining nazariy asoslarini ishlab
chiqdilar. Forobiyning “Musiqa ilmi” asarida
turli xil cholg‘ularning fizik xususiyatlari,
tovush chiqarish mexanizmi va ijro texnikasi
batafsil bayon etilgan. Temuriylar davrida
(XIV–XV asrlar) musiqiy ansambllar, maqom
ijrochiligi rivojlandi. Bu davrda rubob, tanbur,
nay kabi cholgʻular professional musiqachilar
tomonidan
asrlar
davomida
mukammallashtirildi.
Musiqa
san’atining
saroy madaniyatida tutgan oʻrni ortdi, bu esa
cholg‘ular rivojiga kuchli turtki bo‘ldi. Xiva
xonligi va Buxoro amirligi davrida (XVIII–
XIX
asrlar)
xalq
cholgʻulari
saroy
madaniyatida alohida mavqega ega bo‘lgan.
Xiva xonligi hududida ham dutor, gijjak va
nay keng tarqalgan boʻlib, xon saroyida
hofizlar, sozandalar, raqqosalar ishtirokidagi
musiqa ansambllari faoliyat yuritgan. Buxoro
amirligi esa maqom sanʼatining
markazlaridan biri sifatida tanilgan. Bu
yerda “Shashmaqom” anʼanasi rivojlandi va
bu musiqiy uslubni ijro etishda tanbur, gijjak,
doira kabi xalq cholgʻulari muhim rol
o‘ynagan. XX asrning birinchi yarmida va
milliy cholg‘ularni o‘rganish, tasniflash va
saqlash yo‘lidagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar
boshlandi. XX asrning 20-30- yillarining
boshlarida
O’zbek
xalq
cholg’ularini
modernizatsiyalashtishirishning ilk qadamlari
boshlandi. Ushbu g’oyani birinchi bo’lib
Toshkantlik
mashhur
hofiz
Shorahim
Shoumarov,
Xorazmlik
ustoz
sozanda
Matusuf Xarratov, Toshkentlik mashhur
sozgar Usta Usmon Zufarovlar tomonidan
amalga oshirilgan.1930-yilning o’rtalarida A.
Petrosyans rahbarligi ostida bir guruh musiqa
ustalari (V. Romanchenko, A. Kevxoyans, S.
Didenko) V. Andreyev ish tajribasiga
tayangan holda (torli-chertma) cholg’ularni 12
bosqichli teng tempertasiyalangan prinsip
asosida modernizatsiyalashtirshga kirishdilar.
1930–1940 yillarda sobiq SSSR miqyosida
musiqa
folklorini
o‘rganish
bo‘yicha
ekspeditsiyalar tashkil qilindi. 1991-yildan
keyin O‘zbekiston mustaqillikka erishgach,
milliy
madaniyatga,
xususan,
xalq
cholgʻulariga bo‘lgan e’tibor kuchaydi.
Yurtimizda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari”,
“Maqom san’ati” kabi xalqaro festivallar xalq
cholg‘ularining xalqaro maydonga chiqishiga
imkon berdi. Milliy cholg‘ular asosida
maktablar, o‘quv qo‘llanmalari, raqamli
audio-arxivlar yaratildi.
Oʻzbek xalq cholgʻulari uch asosiy
guruhga bo‘linadi:
Torli cholgʻular: Bu toifaga dutor,
tanbur, ruboblar kiradi. Ularning asosiy
xususiyati – torlarni barmoq yoki mediator
yordamida chertish orqali tovush hosil
qilinadi. Har bir cholgʻuning tembri, chalish
texnikasi va ohang salohiyati turlicha.
Urilma cholgʻular: Doira, nogʻora, kabi
cholgʻular ritmik asboblar boʻlib, ko‘pincha
Universal International Scientific Journal
6
5
raqs, to‘y va marosimlarda ishlatiladi. Ular
yordamida kuylarning ichki dinamikasi va
ritmik asosi belgilanadi.
Puflama cholgʻular: Karnay, surnay, nay
puflama cholgʻular toifasiga kiradi. Bular,
asosan, tantanali marosimlar, bayramlar va
xalq yigʻinlarida ishlatiladi. Tovushi kuchli va
baland bo‘lgan bu cholgʻular ma’lum bir muhit
va kayfiyat yaratadi.
Xalq
cholgʻulari
turli
ijtimoiy
marosimlarda – to‘y, bayram, hosil tantanasi,
diniy va tasavvufiy marosimlarda muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, ular doston,
ashula, raqs va maqom ijrosida ham keng
foydalaniladi. Har bir cholgʻu o‘ziga xos
ramziy maʼnoga ega bo‘lib, u xalqning ruhiy
dunyosini ifodalaydi. Bugungi kunda xalq
cholgʻularini asrab-avaylash, ularni yosh
avlodga oʻrgatish dolzarb vazifalardan biridir.
Davlat konservatoriyalari, san’at maktablari
va folklor ansambllari bu borada muhim ishlar
olib bormoqda. Shu bilan birga, cholgʻu
yasash
san’ati,
usta-hunarmandlarning
tajribasini o‘rganish ham madaniy merosni
saqlashning muhim qismidir.
Xulosa: Oʻzbek xalq cholgʻulari — bu
xalqimizning asrlar davomida shakllangan
maʼnaviy va madaniy boyligini mujassam
etgan noyob sanʼat yodgorligidir. Ular nafaqat
musiqa asbobi, balki xalq ruhiyatining, tarixiy
xotirasining,
urf-odatlari
va
estetik
qarashlarining ifodachisidir. Har bir cholgʻu
asbobi oʻzining shakli, tuzilishi, tovush tembri
va ijro texnikasi bilan oʻziga xos boʻlib, ular
xalq hayoti va musiqa madaniyatining
ajralmas bo‘lagiga aylangan.
Mazkur maqolada koʻrib chiqilganidek,
o‘zbek xalq cholgʻularining har biri o‘ziga xos
tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Ularning shakllanishida qadimiy arxeologik
madaniyatlar, diniy va dunyoviy musiqiy
an’analar, shuningdek, qo‘shni xalqlar bilan
bo‘lgan madaniy aloqalar muhim rol
o‘ynagan. Ayniqsa, rubob, dutor, tanbur kabi
cholgʻular nafaqat ijro asbobi, balki butun
boshli musiqa maktablarining tayanch vositasi
sifatida ham xizmat qilgan.
Bugungi kunda o‘zbek xalq cholgʻulari
zamonaviy musiqa tizimiga uyg‘unlashgan
holda, an’anaviy kuylar bilan bir qatorda
sahnaviy va akademik yo‘nalishlarda ham faol
qo‘llanilmoqda. Ularni o‘rganish, saqlash va
rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy,
amaliy va ta’limiy ishlar milliy musiqa
madaniyatining
barqaror
ravishda
rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, o‘zbek xalq cholg‘ulari
haqida ilmiy izlanishlar olib borish, ularning
zamonaviy san’atdagi o‘rnini aniqlash va
yangi avlodga yetkazish nafaqat madaniy
merosni asrash, balki xalqimizning musiqiy
tafakkurini yanada
chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Bu
borada har bir tadqiqot, har bir maqola bu
bebaho boylikni ilmiy va amaliy jihatdan
yoritishda katta hissa bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. https://ziyouz.uz
2. https://uzencyclopedia.uz
3. https://musiqueclassique.uz
4. https://sanat.uz
4. Karimov M. Oʻzbek xalq cholgʻulari. Toshkent-2004.
5. Islomov B. Musiqa tarixi. Toshkent-2012.
6. Xidoyatov N. Maqom sanʼati va xalq cholgʻulari. Buxoro-2018.
7. Tashmatova A. Ijrochilik san’ati tarixi. Toshkent-2017
8. Axmedov A. O’zbek xalq cholg’ulari. Toshkent-20078.
