Universal International Scientific Journal
94
Rafiqjonova Mohlaroyim Azamjon qizi
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Hasharotlar tabiatda keng tarqalgan va turli tuzilishlarga ega organizmlardir. Hozirgi
vaqtda 1 milliondan ortiq hasharot turi ma'lum bo‘lib, ular muhitga moslashish darajasiga qarab
o‘rganilmoqda. Bu o‘rganish zararkunandalar bilan kurashish va foydali hasharotlarni saqlash imkonini
beradi. Markaziy Osiyoda bedaning turli bitlari, xususan, no‘xat biti va xoldor bitining o‘simliklarga zarar
yetkazishi aniqlangan. Ushbu matnda bitlarning turli turlari, ular yaratadigan zarar va ularning tarqalish
hududlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Hasharotlar, bitlar (Aphidodea), no‘xat biti, xoldor bit, zararli hasharotlar.
Аннотация:
Насекомые — широко распространенные в природе организмы, имеющие
разнообразное строение. В настоящее время известно более 1 миллиона видов насекомых, которые
изучаются на основе степени их адаптации к окружающей среде. Это исследование позволяет нам
контролировать вредителей и сохранять полезных насекомых. В Средней Азии обнаружено, что
различные виды люцерновой тли, в частности гороховая и клеверная тли, наносят вред растениям.
В этом тексте рассматриваются различные виды вшей, наносимый ими вред и ареалы их
распространения.
Ключевые слова:
Насекомые, тля (Aphidodea), тля гороховая, вредители.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
O’SIMLIKLARGA ZARAR KELTIRUVCHI ZARARKUNANDA HASHAROTLAR
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 14.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
9
5
Abstract:
Insects are organisms that are widespread in nature and have a variety of structures.
Currently, more than 1 million insect species are known, and they are studied according to their degree of
adaptation to the environment. This study allows us to combat pests and preserve beneficial insects. In
Central Asia, various alfalfa aphids, in particular, the pea aphid and the sorghum aphid, have been found to
cause damage to plants. This text discusses the different types of aphids, the damage they cause, and their
distribution areas.
Keywords:
Insects, aphids (Aphidodea), pea aphid, aphid, pests.
Language:
Uzbek
Citation:
Rafiqjonova , M. (2025). PESTS THAT CAUSE DAMAGE TO PLANTS. Universal
International
Scientific
Journal,
2(5),
94–97.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1865
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Hasharot turlari tabiatda juda keng
tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega.
Hozirgi vaqtda 1 mln ga yaqin hasharot turi
borligi ma’lum. Ular 1,5 mln. dan kam emas
degan fikrlar ham bor. Chunki kam
o‘rganilgan oblast va tropik zonalardan har yili
7-8 mingga qadar yangi turi topilib turadi.
MDHda 100 mingga yaqin hasharot turi
borligi taxmin etiladi. Lekin hozircha ma’lum
bo‘lganlari bu raqamdan kam. Umuman
hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma
hayvon turlari bilan o‘simlik turlarini qo‘shib
hisoblagandan ham ko‘p. Har bir tur, o‘ziga
xos tuzilishga va xususiyatga ega.
Hasharotlarning tuzilishidagi o‘ziga xos
belgilarini muhitga moslanish darajasini,
tablitsada tutgan o‘rni, odamlar uchun
ahamiyatini boshqa tomonlarini o‘rganish
muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlari
chuqurroq o‘rganish zararli hasharotlarni
yo‘qotishni
va
ayni
vaqtda
foydali
hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish
imkoniyatini beradi. Hasharotlarga bo‘lgan
qiziqish qadim zamonlarda boshlangan.
Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida
qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik,
dehqonchilik
yulga
qo‘yilgach,
zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi.
SHunda ular orasida foydali hasharotlar ham
borligi ma’lum bo‘ldi. Natijada entomologiya
fani shoxobchalari bo‘lmish ipakchilik va
asalarichilik vujudga kelgan.
Bitlar-Aphidodea Markaziy Osiyoda
bedaga o‘simlik bitlarining to‘rtta turi zarar
yetkazadi. Ular jumlasiga Acyrthosiphon
onobrychis Fonse nomli, ko‘pincha sinonimi
A. pisi Klntb. deb atalgan no‘xat biti, Aphis
medicaginis Koch, nomli akatsiya biti,
Therioaphis ononidis Kltnb. nomli xoldor bit
va Trifidaphis faseoli Pass, nomli ildiz biti
kiradi. Bundan tashqari, bedaga Aphis incerta
Ners. deb atalgan bitlar ko‘plab tushganligi
ham aniqlandi.
Zarari. Bitlar so‘rishi natijasida beda
o‘simligi juda kuchsizlanib qolib, xashak va
urug‘ hosili kamayadi, bit tushgan beda
poyalari gullash davriga kelib sog‘lom
poyalarga nisbatan Z-15% gacha, bitlar
Universal International Scientific Journal
9
6
ko‘plab tushganida esa 31% gacha o‘sishdan
orqada qoladi. Xoldor bitning zarari xashaki
bedada 21-57% gacha, urug‘lik bedada esa 25-
77% gacha boradi.
No‘xat biti yevropa va Amerikada
bedaning eng ashaddiy kushandalaridan biri
hisoblanadi. Bu bit Markaziy Osiyoda bedani
kamroq zararlaydi. Markaziy Osiyoda bedaga,
ayniqsa uning keyingi o‘rimlariga xoldor bit,
beda ko‘klamda ko‘karib o‘sayotganida esa
akatsiya biti ancha katta zarar yetkazadi.
Tarqalishi. No‘xat biti Markaziy Osiyo,
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, SHarqiy
Sibirda,
shuningdek
yevropa,
Afrika,
Amerika, Hindiston va YAponiyada uchraydi.
Ta’rifi. No‘xat biti o‘simlik bitlarining eng
yirik turlaridan biri bo‘lib, qanotsiz turlarining
uzunligi 3,5-4,9 mm, qanotlilariniki 2,3-3,5
mm keladi. Tanasi oqish g‘uborli yashil tusda.
Mo‘ylovlari tanasidan uzunroq; oyoqlari va
shira naychalari uzun; dumi nishtarsimon
bo‘lib, uning uzunligi shira naychalarining
yarmiga yetib turadi. Xoldor bit qanotsizining
tanasi ko‘pincha sarg‘ish rangda tovlanib
turadigan rangpar yashil tusda bo‘lib, uzunligi
1,7-2,2 mm keladi. Kallasi va orqasining old
qismi sariq, mo‘ylovlari qoramtir tusda. Qorin
tergitlarida qo‘ng‘ir halqalar bilan o‘ralgan 6
qator bo‘rtmalar bor; bu bo‘rtmalarda
yelpig‘ichsimon joylashgan qora tukchalar
bo‘ladi. SHira naychalari kichkina, tsilindr
shaklda. Mo‘ylovlari tanasidan salgina
kaltaroq. Uzun oyog‘ining uchi bukilib turadi.
Qanotli urg‘ochi bit mo‘ylovlarining
tanasidan
uzunroq
bo‘lishi
bilan
qanotsizlaridan farq qiladi. Qorin tergitlaridagi
yelpig‘ichsimon qora tukchalar qo‘ng‘ir
tusdagi dumaloq dog‘larning chegarasidan
tashqariga
chiqib
turadi.
Umuman
olganimizda, qanotli bitlarning katta-kichikligi
qanotsiz bitlarnikidan farq qilmaydi, biroq
ularning ayrim nusxalari birmuncha kichikroq
yoki yirikroq-1,6 dan 2,4 mm gacha bo‘lishi
mumkin. Hayot kechirishi. No‘xat va xoldor
bitlar beda barglarining pastki tomonida
hamda
bedaning
poyalarida
galalashib
yashaydi. Bitlarning so‘rishi natijasida barglar
qovjiraydi va ba’zan to‘kiladi, beda o‘sish va
rivojlanishdan qoladi. No‘xat biti Markaziy
Osiyoda bedadan tashqari no‘xat va xushbo‘y
chirmov gulga ham tushganligi aniqlandi.
Aftidan, bu bit ba’zi kapalakgulli begona
o‘simliklarda ham oziqlansa kerak. No‘xat biti
migratsiya
qilmaydigan
turlarga
kiradi.
Markaziy Osiyoda bu bit qanday stadiyada va
qaerda qishlashi hozircha aniqlangan emas.
No‘xat biti bedada sovuqlar tushguncha
uchraganligidan
(Nevskiy),
uning
bedapoyalarda
voyaga
yetgan
hamda
lichinkalik stadiyalarida qishlashi ehtimol
tutiladi. Bu hasharot shimoliy mintaqalarda
kapalakgulli o‘simliklarga joylashib tuxumlik
stadiyasida, ancha janubroq mintaqalarda esa
tuxum va voyaga yetgan partenogenetik
urg‘ochi bitlik stadiyasida qishlaydi; nihoyat
eng janubiy mintaqalarda no‘xat bitining
tuxumi va erkaklari ko‘rinmaydi, butun yil
bo‘yi
partenogenetik
urg‘ochilarigina
uchraydi. Xoldor bit bedadan tashqari
kapalakgulli yovvoyi o‘simliklarda hamda
sebargada yashaydi. Bu hasharotning beda va
sebarga dalalari yonidagi g‘o‘za ekinlariga
o‘tganligi ham aniqlanadi, lekin u g‘o‘zaga
jiddiy zarar yetkazmaydi.
Xoldor bit ko‘chmanchilik qilmaydigan
turlarga kiradi. Bu bitning ikki jinsli bo‘g‘ini
oktyabr-noyabrda paydo bo‘ladi. U bedapoya
betidagi o‘simlik qoldiqlarida, qisman
bedaning barg yonliklari va barg bandlarida
tuxumlik
stadiyasida
qishlaydi.
Manina
tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan
kuzatish natijalariga qaraganda, bahorgi bitlar
martning uchinchi dekadasida tuxumdan
chiqadi. Bitlarning rivojlanishi erta ko‘klam va
Universal International Scientific Journal
9
7
kuz davrlarida 16-17 kun, yozgi issiq
davrlarda esa 5-6 kun davom etadi. Beda
gullay boshlagan davrdan e’tiboran xoldor bit
galalaridagi qanotsiz bitlar orasida qanotlilari
ham paydo bo‘ladi va ular tezda uchib boshqa
yerlardagi bedapoyalarga tushadi. Qanotsiz
bitlar qanotlilariga nisbatan ancha serpusht
bo‘ladi. Qanotsiz bitlar o‘z umrida o‘rta
hisobda 103 (eng ko‘pi 229) lichinka, qanotli
bitlar esa-62 (eng ko‘pi 79) lichinka tug‘adi.
Voyaga 57 yetgan qanotsiz bitlar o‘rta hisobda
35 sutka, qanotli bitlar esa 22 sutka yashaydi
(Manina).
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Plant protection Entomologi Nmatologi Plant Pathologi- Edication Division Indian
Council of Agricultural Research New Delui. April 2009.*
2.
Xamraev A.Sh.va boshqalar. O‘simliklarni himoya qilish.Xayot nashriyoti. Andijon
2017-yil.
3.
Sulaymonov B.A.,Kimsanboev.X.X.,Anarboev A.R va boshqalar O‘simliklarni
kimyoviy himoya qilish.Toshkent.2020 yil.
4.
Sulaymonov B.A va boshqalar.Qishloq xo‘jalik entomologiyasi.(o‘quv qo‘llanma)
Toshkent.2019 yil.
5.
Xamrayev A.Sh., Xasanov.B.O., Sulaymonov.B.A., Kojevnikova.A.G.O‘simliklarni
biologik himoya qilish vositalari. Toshkent-2012 yil.
