Mualliflar

  • Azizaxon Mamadaliyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91837

Kalit so‘zlar:

G'alla zararkunandalari xasva shudgorlash mineral o'g'itlar chidamli navlar

Annotasiya

Mazkur tezisda g'alla zararkunandalariga, xususan, xasva zarariga qarshi kurashishning samarali usullari muhokama qilinadi. Tadbirlar qatorida shudgorlash, erta baxorda mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish va yuqori sifatli urug‘lar ekish, xasva zararini kamaytirishda samarali hisoblanadi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

90

93

Mamadaliyeva Azizaxon Sidig‘ali qizi

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya.

Mazkur tezisda g'alla zararkunandalariga, xususan, xasva zarariga qarshi kurashishning

samarali usullari muhokama qilinadi. Tadbirlar qatorida shudgorlash, erta baxorda mineral o'g'itlar bilan

oziqlantirish va yuqori sifatli urug‘lar ekish, xasva zararini kamaytirishda samarali hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

G'alla zararkunandalari, xasva, shudgorlash, mineral o'g'itlar, chidamli navlar.

Аннотация:

В диссертации рассматриваются эффективные методы борьбы с вредителями

зерновых культур, в частности с долгоносиками. Среди мер, эффективных для снижения ущерба

урожаю, считаются вспашка, ранняя весенняя подкормка минеральными удобрениями и посадка

высококачественных семян.

Ключевые слова:

Вредители зерновых культур, Урожай, Вспашка, Минеральные удобрения,

Устойчивые сорта.

Abstract:

This thesis discusses effective methods for combating grain pests, in particular, weevils.

Among the measures, plowing, early spring feeding with mineral fertilizers, and planting high-quality seeds

are effective in reducing weevil damage.

Keywords:

Grain pests, crop, plowing, mineral fertilizers, resistant varieties.

Language:

Uzbek

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

G'ALLA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 14.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

9

1

Citation:

Mamadaliyeva , A. (2025). GRAIN PESTS AND THEIR CONTROL. Universal

International

Scientific

Journal,

2(5),

90–93.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1864

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Qishloq

xo‘jalik

ekinlarining

hosildorligini pasaytiradiganasosiy tabiy
bo‘lmaganomillardan biri zararli
hasharotlardir. Shuning uchun o‘simliklarni
zararkunandalardan himoya qilish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib Respublikamiz

g‘allazorlarida 50 turdan ortiq zararkunanda
hasharotlar

g‘allaga

zarar

yetkazishi

kuzatilgan. Katta maydonlarga eng ko‘p
tarqalib, jiddiy zarar yetkazadigan asosiy
zararkunandalardan zararli xasva, shira, trips,
shilimshiq qurt, shved va gessen pashshalari,
vizildoq qo‘ng‘iz, ola saraton(sikada), poya
arrakashi va boshqalar xisoblanib, ayrim
yillarda qulay sharoit paydo bo‘lganida
ommaviy ko‘payib, keng maydonlarga
tarqaladi hamda sezilarli darajada hosilga
zarar yetkazadi.

G‘alla zararkunandalar bilan sezilarli,

ba’zan

kuchli

darajada

zararlanadigan

o‘simliklar qatoriga kiradi.

Bug‘doy bu zararkunandalar bilan

zararlanganda hosildorlik 30-50% kamayishi
mumkin. Respublika sharoitida bu asosiy
zararkunandalarga qarshi samarali kurashish
uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati 8-10°S
daraja bo‘lganda maysalarning tuplanish
davridan

boshlab

har

haftada

zararkunandalarning tarqalishini nazorat qilib
borish talab etiladi.

G‘alla

zararkunandalari

qishloq

xo'jaligida eng jiddiy tahdidlardan biri bo'lib,
ular butun dunyo bo'ylab g'alla ekinlarini

sezilarli

darajada

zarar

qilmoqda.

Zararkunandalar nafaqat hosilni kamaytiradi,
balki

qishloq

xo'jaligi

mahsulotlarining

sifatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. G‘alla
zararkunandalari

bilan

kurashish

samaradorligi esa o'zgaruvchan omillarga,
jumladan, iqlim o'zgarishlari, ekin navlari,
zararkunandalarning biologik xususiyatlariga
va agrotexnik tadbirlarga bog'liqdir.

Zararli xasva bug‘doyning tuplanish, nay

tortish, boshoq tortish va pishish fazalarida
poya va boshog‘ini zararlaydi. Zararkunanda
ko‘proq tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida
uchraydi.

Kurash choralari. Zararli xasvaga karshi

agrotexnik-

seleksiya,

biologik

xamda

kimyoviy kurash tizimi tavsiya etiladi.

1. Xasvaga karshi kurashda agrotexnik

tadbirlar aloxida o‘rin tutadi. Bunga eng
avvalo xosil yigilganidan keyin birinchi galda
xasva bilan zararlangan dalalarni shudgorlash
kiradi. Zudlik bilan o‘tkazilgan bu tadbir
natijasida xasva uchun qo‘shimcha yem
bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘kilgan don va
qushimcha oziklanayotgan xasvalar yerga
ko‘milib nobud bo‘ladi. Erta baxorda kuzda
ekilgan g‘alla ekinlarini mineral o‘g‘itlar bilan
oziqlantirish va suspenziya qo‘llash: baxorgi
donln ekilarni ekishdan oldin yukori saviyada
agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish - yerga ishlov
berish, o‘g‘itlash, yukori sifatli urug‘ni erga
muddatlarla ekish

xam xasva zararini

birmuncha kamaytiradi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

9

2

2. Chidamli navlar tanlash. Erta pishar

navlar ekilganda xasva ularga to‘liq rivojlanib
ulgurmaydi. Xozirgi davrda xasva zarariga
bardosh beradigan xamda zararkunanda
rivojlanishi

uchun

yokimsiz

navlar

yaratilganki, bularni ekish qo‘shnmcha
mablag‘ sarfisiz ekinlarni ximoya kilishni
taminlaydi Shunday navlar xam mavjudki, ular
xasva so‘lagiga ferment ta’siriga uchramaydi
va iztirob chekmanli.

3. Kechiktirmay yig‘im-terim o‘tkazish

Bu tadbir shundan iboratki, agarda g‘alla
yig‘amini boshoqlar sutmum davrida ayrim
qilib, yani oldin o‘rib, keyin yanchilsa.
zararkunanda to‘liq oziqlaniga ulgurmaydi va
fiziologik zaif bo‘lib qshplab kiriladi. Bundan
tashqari. ko‘pgina xasva lichinkalari mexanik
ravishda ezilib o‘ladi.

4. Biologik usul. Xasvaga qarshi

kurashda

tuxumxo‘r

telenomuslarning

ahamiyati kattadir. Shuning uchun bularning
rivojlanishi uchun kuzda dala atrofila to‘p-to‘p
poxol koldirib, sharoit yaratilishi kerak. Don
ekiladigan xo‘jaliklarla biolaboratoriyalar
tashkil etib, ularda boshqa kushandalar
qatorida telenomusni ham maxsus usul
bo‘yicha

ko‘paytirib

dalaga

chiqarish

mumkin.

G'alla zararkunandalari, xususan, xasva

bilan kurashishda bir qator samarali choralar
mavjud. Shudgorlash, erta baxorda mineral
o'g'itlar bilan oziqlantirish va yuqori sifatli
urug'lar ekish, xasva zararini kamaytirishda
muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, chidamli
navlar tanlash va kechiktirmay yig‘im-terim
o‘tkazish

bu

zararkunanda

zararini

kamaytirishga

yordam

beradi.

Biologik

usullar, masalan, tuxumxo‘r telenomuslar
yordamida

kurashish,

ekologik

jihatdan

samarali va barqaror echimlar taqdim etadi. Bu

tadbirlar yordamida g'alla hosilini himoya
qilish va iqtisodiy zararlarni kamaytirish
mumkin.

XULOSA
Qishloq xo‘jalik ekinlarining, xususan,

g‘alla ekinlarining hosildorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bu
zararkunanda hasharotlardir. Respublikamizda
g‘alla ekinlariga zarar yetkazuvchi 50 dan
ortiq hasharot turlari aniqlangan bo‘lib, ular
orasida zararli xasva, shira, trips, shilimshiq
qurt, shved va gessen pashshalari, vizildoq
qo‘ng‘iz, ola saraton (sikada), poya arrakashi
kabi turlar eng xavflilari hisoblanadi. Ular
ayrim yillari qulay iqlimiy sharoitda ommaviy
ko‘payib, katta maydonlarga tarqaladi va
hosildorlikka jiddiy zarar yetkazadi. Ayniqsa,
zararli xasva bug‘doyning barcha vegetatsiya
bosqichlarida o‘simlikka zarar yetkazib,
hosilni 30–50% gacha kamaytirishi mumkin.

Zararkunandalarga

qarshi

kurashda

agrotexnik, seleksion, biologik va kimyoviy
choralarning uyg‘un holda qo‘llanilishi
samaradorlikni oshiradi. Jumladan, dalalarni
o‘z vaqtida chuqur shudgorlash, sifatli
urug‘likdan foydalanish, mineral o‘g‘itlar
bilan oziqlantirish, bardoshli navlarni tanlash,
kechiktirmay

yig‘im-terim

ishlari

va

tuxumxo‘r telenomuslardan foydalanish orqali
zararli xasva va boshqa zararkunandalarning
tarqalishi va rivojlanishiga samarali qarshi
kurashish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, g‘alla ekinlarini

zararkunandalardan himoya qilish – nafaqat
hosildorlikni barqaror saqlash, balki ekologik
xavfsizlik

va

iqtisodiy

barqarorlikni

ta’minlashning ham muhim omilidir. Mazkur
masalaga

tizimli

va

ilmiy

asoslangan

yondashuv orqali qishloq xo‘jaligida yuqori
natijalarga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.

Kimsanboyev X.X., Sulaymonov B.A., Rashidov M.I., Boltaev B.S. “G‘o‘za


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

9

3

zararkunandalariga qarshi biolaboratoriyalarda hasharotlarni ko‘paytirish va qo‘llash asoslari” -
Toshkent. “Talqin”, 2007 y.

2.

Hamroyev A., Xasanov B., Azimov J., Ochilov R. “Boshoqli don, sholi, makkajo‘xori

ekinlari zararkunanda kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashtirilgan kurash tizimiga
oid yon daftarcha” – Toshkent, 1998. 81-b.

3.

Xo‘jaev Sh.T. “Insektisid, akarisid, biologik faol moddalar va fungisidlarni sinash

bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” - Toshkent 2003.-103 b.

4.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan

pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati. – Toshkent, 2013. 336 b.

5.

Mirakbarova, M., Xojamshukurov, N., Otajonov, A., Abdullayev, X., & Abdutolibov, M.

(2024). TENEBRIO MOLITOR LICHINKASIDAN OLINGAN YOG’NING MIKROBIOLOGIK
TAHLILI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(2), 60-66.

6.

Salomova, S. S., Abdixoliqova, F. N., Abdutolibov, M. Z., K. D., & Xo'jamshukurov, N. A.

(2023). DUNYODAGI ORGANIK BODRING. Iqlimning davom etayotgan oʻzgarishi sharoitida oziq-
ovqat xavfsizligiga erishish uchun agrobiologik xilma-xillikni oʻrganish, saqlash va barqaror foydalanish
muammolari, 801-803.

7.

Salomova, S., Abdutolibov, M., Kuchkarova, D., Feruzakhon, A., Razikova, M., Ismoilova,

N., & Khujamshukurov, N. (2023). TENEBRIO MOLITOR BIOMASSASINING BAKTERIAL
MIKROFLORASI. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (7), 189-202.

Bibliografik manbalar

Kimsanboyev X.X., Sulaymonov B.A., Rashidov M.I., Boltaev B.S. “G‘o‘za zararkunandalariga qarshi biolaboratoriyalarda hasharotlarni ko‘paytirish va qo‘llash asoslari” - Toshkent. “Talqin”, 2007 y.

Hamroyev A., Xasanov B., Azimov J., Ochilov R. “Boshoqli don, sholi, makkajo‘xori ekinlari zararkunanda kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashtirilgan kurash tizimiga oid yon daftarcha” – Toshkent, 1998. 81-b.

Xo‘jaev Sh.T. “Insektisid, akarisid, biologik faol moddalar va fungisidlarni sinash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” - Toshkent 2003.-103 b.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati. – Toshkent, 2013. 336 b.

Mirakbarova, M., Xojamshukurov, N., Otajonov, A., Abdullayev, X., & Abdutolibov, M. (2024). TENEBRIO MOLITOR LICHINKASIDAN OLINGAN YOG’NING MIKROBIOLOGIK TAHLILI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(2), 60-66.

Salomova, S. S., Abdixoliqova, F. N., Abdutolibov, M. Z., K. D., & Xo'jamshukurov, N. A. (2023). DUNYODAGI ORGANIK BODRING. Iqlimning davom etayotgan oʻzgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun agrobiologik xilma-xillikni oʻrganish, saqlash va barqaror foydalanish muammolari, 801-803.

Salomova, S., Abdutolibov, M., Kuchkarova, D., Feruzakhon, A., Razikova, M., Ismoilova, N., & Khujamshukurov, N. (2023). TENEBRIO MOLITOR BIOMASSASINING BAKTERIAL MIKROFLORASI. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (7), 189-202.