Universal International Scientific Journal
86
Luqmonova Davlatxon Sodiqjon qizi
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu tezisda, don dukkakli ekinlarga zarar yetkazuvchi asosiy zararkunandalar va
ularga qarshi kurashish usullari tahlil qilinadi. Axoli sonini ortib borishi va yildan yilga oziq ovqatga
bo‘lgan talablarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Axoliga eng ozuqbob maxsulaotlardan Bug‘doy, arpa va
suli juda katta axamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
M. frolovi Germ., M. biguttata Gebl., M. cincta OI., M. quadripunctata L., M.,
scabiosae OI., M. calida Pall., M. turcestanica Esch.
Аннотация:
В диссертации анализируются основные вредители, повреждающие зерновые и
бобовые культуры, и методы борьбы с ними. Население увеличивается, и спрос на продукты
питания увеличивается с каждым годом. Пшеница, ячмень и овес являются одними из самых
питательных культур для населения.
Ключевые слова:
M. frolovi Germ., M. biguttata Gebl., M. cincta OI., M. quadripunctata L., M.,
scabiosae OI., M. calida Pall., M. turcestanica Esch.
Abstract:
This thesis analyzes the main pests that damage grain and leguminous crops and methods
of combating them. The increasing population and the increasing demand for food from year to year are
the reasons for this. Wheat, barley and oats, which are the most nutritious crops for the population, are of
great importance.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
DON DUKKAKLI EKINLAR ZARARKUNANDALARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 14.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
8
7
Keywords:
M. frolovi Germ., M. biguttata Gebl., M. cincta OI., M. quadripunctata L., M., scabiosae
OI., M. calida Pall., M. turcestanica Esch.
Language:
Uzbek
Citation:
Luqmonova , D. (2025). PESTS OF CEREAL LEGUME CROPS. Universal International
Scientific
Journal,
2(5),
86–89.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1863
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Don dukkakli ekinlar-bug'doy, arpa,
jo'xori va boshqa asosiy oziq-ovqat va sanoat
ekinlari-dunyo
bo'ylab
oziq-ovqat
ta'minotining muhim qismini tashkil etadi. Bu
ekinlar nafaqat iste'mol maqsadida, balki turli
sanoat tarmoqlari uchun ham zarur xom ashyo
sifatida keng qo'llaniladi. Biroq, don dukkakli
ekinlarga nisbatan zararli organizmlar, shu
jumladan zararkunandalar, kasalliklar va
begona o'tlar, sezilarli darajada qiyinchiliklar
yaratishi mumkin. Zararli organizmlar nafaqat
hosilni kamaytiradi, balki mahsulot sifatiga
ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun,
ushbu ekinlarga qarshi kurashish muhim
ahamiyatga ega.
Dukkakli don ekinlarida oziqlanuvchi
zararkunanda hasharotlarning asosiy turlarini
aniqlash va ularga qarshi ekologik zararsiz
biologik kurash choralarini ishlab chiqish va
bu bilan atrof muhitini zararli pestisidlar bilan
ifloslanishining oldini olish dolzarb masala
bo’lib hisoblanadi. Dukkakli don ekinlarini
zararkunandalardan himoya qilishda tabiiy
entomofaglar faoliyatidan foydalanish ayniqsa
muhimdir.
Entomofaglarni
biolaboratoriyalarda
sun’iy
ko’paytirib
dalalarga chiqarish ular samaradorligini
yanada oshiradi.
Markaziy
Osiyoda
malhamchi
qo’ng’izlarning bir necha turlari zarar
yetkazadi. Ular: M. frolovi Germ., M.
biguttata
Gebl.,
M.
cincta
OL.,
M.
quadripunctata L., M., scabiosae OL., M.
calida Pall., M. turcestanica Esch., M.
andecimpunctata Gebl., M. sedecimpunctata
Gebl. lardan iborat. Zarari. Malhamchi
qo’ng’izlar
lichinkalik
stadiyasida
zararsizgina emas, balki qizil bosh shpanka
singari, chigirtka ko’zachalarida parazitlik
qilib foyda ham keltiradi. Voyaga yetgan
qo’ng’izlar no’xat, beda, zig’ir, xantal, soya,
indov gullarini, ba’zan barglarini ham
kemiradi. Biroq bu qo’ng’izlar lalmikor
ekinlardagina
sezilarli
darajada
zarar
yetkazadi.
Tarqalishi.
Frolov
malhamchisi
(Mulabris frolovi Germ.) Markaziy Osiyo,
Qozog’iston va Sibirda uchraydi; Mulabris
biguttata Gebl. O’zbekiston, Tojikiston va
Shimoliy Afg’onistonda borligi aniqlandi;
belbog’li malhamchi (Mylabris cincta Olivier,
1795) Gresiya, Kichik Osiyo, Suriya, Eron,
Misr, Jazoirda tarqalgan. Markaziy Osiyoda
bu turning alohida kenja turi Mulabris cincta
Shrenki Gebl. uchraydi. To’rt nuqtali
malhamchi (Mulabris guadripunetata L.)
Markaziy va Old Osiyoda hamda O’rta va
Janubiy
Yevropada
uchraydi;
Mulabris
Scabiosae. Markaziy Osiyoda, Yaqin Sharq
mamlakatlarida, Kavkaz ortida, Volganing
Universal International Scientific Journal
88
qo’yi qismlarida hayot kechiradi; Turkiston
malhamchisi (Mulabris turkestanica Esch.) va
o’n olti nuqtali malhamchi (Mulabris
sedecimpunctata
Gebl.)
O’zbekistonda
tarqalgan; o’n bir nuqtali malhamchi
(Mulabris undecimpunctata Gebl.) Markaziy
Osiyo respublikalarida uchraydi.
Malhamchi
qo’ng’izlarning
tanasi
cho’zinchoq bo’lib, yon tomonlari birmuncha
siqilib
turadi.
Oldingi
ko’kragi
qanotustliklarining tubiga qaraganda torroq.
Mo’ylovlari to’g’nag’ich 26 shaklida bo’lib,
tasbehsimon bo’g’imli, oldingi va o’rtancha
oyoq panjalari besh bo’g’imli, keyingi
oyoqlariniki to’rt bo’g’imli; qalqonchasi
yaqqol ko’rinib turadi. Mulabris frolovi Germ.
tanasining uzunligi 11-16 mm, rangi metalldek
yaltirab turadigan qopa tusda, qora tuklar bilan
qoplangan. Qanotustliklarining rangi ko’kish
qora,
tublarida
qizil
dog’
bor;
qanotustliklarining o’rtasi yonida qizil dog’ va
uchlari yonida tishsimon belbog’ bor. Tanasi
rangi qora, metalldek yaltirab turmaydi.
Qanotustligining uchi, mo’ylovlari va oyoqlari
qora rangli, kallasi va orqasining oldi qopa
tuklar bilan qoplangan. Mulabris biguttata
Gebl.- tanasining uzunligi 12-15 mm.
Qanotustligi qopa, asosida sariq dog’, uchlari
yonida belbog’ bor, ba’zan o’rta qismi yonida
sariq dog’ ham bo’ladi. Qanotustligi qizil
tusda, qora belbog’li va dog’li. Mylabris cincta
Olivier, 1795 tanasining uzunligi 15-27 mm.
Qanotustligining tubi o’rtasi va uchida qopa
rangli uchta serbar belbog’ bor. M.
quadripunctata L. Tanasining uzunligi 10-16
mm, qanotustligida to’rtta qopa dumaloq dog’
bor, ularning ikkitasi qanotustligining asosiga
va
ikkitasi
o’rtasiga
joylangan,
qanotustligining uchining cheti tishsimon
hoshiya bilan o’ralgan.
No’xat qo’ng’izi (Bruchas pisorum S.).
Zarari. Bu qo’ng’iz no’xat donlari — urug’lari
ichidagi moddani kemirib yeyishi bilan zarar
yetkazadi. Masalan, Qamashidagi no’xat
ekinlarida urug’larning 5 % dan ziyodroq
qismi nobud bo’lganligi aniqlandi
XULOSA
Don dukkakli ekinlar - jumladan,
bug'doy, arpa, jo'xori va ayniqsa no’xat —
nafaqat oziq-ovqat, balki sanoat uchun ham
muhim ahamiyatga ega ekinlar hisoblanadi.
Biroq ushbu ekinlar turli zararli organizmlar,
xususan, hasharot zararkunandalar, kasalliklar
va begona o'tlarning ta’siriga uchraydi.
Ayniqsa, malhamchi qo’ng’izlar (Mulabris
turkumiga mansub turlar) va no’xat qo’ng’izi
(Bruchas pisorum) kabi zararkunandalar
dukkakli ekinlar hosiliga sezilarli zarar
yetkazadi. Zararkunandalar nafaqat hosil
miqdorini kamaytiradi, balki mahsulot sifatiga
ham jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois
ularni aniqlash, biologik xususiyatlarini
o’rganish va ularga qarshi ekologik xavfsiz,
biologik kurash choralarini ishlab chiqish
muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tabiiy
entomofaglardan foydalangan holda kurashish
usullari pestisidlar o‘rnini bosuvchi, atrof-
muhitga zarar yetkazmaydigan alternativ
choralar sirasiga kiradi. Entomofaglarni
biolaboratoriyalarda sun’iy ko’paytirib, ularni
dalalarga
chiqarish
bu
yo’nalishdagi
samaradorlikni oshiradi. Hududiy tahlillar
shuni ko’rsatadiki, malhamchi qo’ng’izlarning
bir nechta turlari Markaziy Osiyoda, jumladan
O’zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, ularning
hayot tarzi va morfologik xususiyatlarini
aniqlash
orqali
ularga
qarshi
kurash
strategiyalarini aniq rejalashtirish mumkin.
Ushbu
tadqiqotlar
dukkakli
ekinlar
yetishtirishda barqarorlikni ta’minlash va
oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Universal International Scientific Journal
8
9
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Кимсанбоев Ҳ.Ҳ ва бошқалар. Умумий ва қишлоқ хўжалик энтомологияси.
Тошкент – 2003
2.
Муродов С.А. Умумий энтомология курси. Тошкент – 1988.
3.
Насруллаев Д.Н., Файзуллаев Б. Ўсимликлар ҳимоясининг уйғунлашган
тизимини такомиллаштириш. Самарқанд – 2014.
4.
Fayzullayev B., Ahmedov S.I., Xudoyqulov A.M. Qishloq xo’jalik entomologiyasi
va karantin asoslari fanidan laboratoriya mashg’ulotlari. Samarqand – 2014.
5.
Ҳамраев А. ва бошқ. Агроэнтомологик картограмма. Ташкент – 1994.
