Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 226
OʻSIMLIKLAR DUNYOSI. NOYOB OʻSIMLIKLARNING
YO‘Q BOʼLIB KETISHIGA SABAB
Tilavoldiyeva Sarvinozxon, Qaxxorova Diyoraxon,
Yoqubova Husnidaxon, Moʻminova Fotimaxon
Andijon davlat pedagogika instituti
pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
305- guruh talabalari
Matkarimov Joxongir Solaydinovich,
Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Keyingi vaqtlarda tabiatda turli tabiiy va antropogen jarayonlarning keng miqyosda
rivojlanishi munosabati bilan tabiatdan foydalanish mexanizmi yanada chuqurroq va
atroflicha tahlil qilina boshlandi.
Ushbu maqolda o‘simliklar dunyosi va
o‘simliklar hamda
noyob oʻsimliklarning yo‘q
boʼlib ketishiga bo‘layotgan sabablar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
o‘simlik, tabiat, antropogen jarayon, kislorod, fotosintez, flora, sintez.
АННОТАЦИЯ
В последнее время в связи с масштабным развитием различных естественных и
антропогенных процессов в природе все глубже и всесторонне стал анализироваться
механизм природопользования.
В данной статье рассматривается растительный мир и причины исчезновения
растений и редких растений.
Ключевые слова:
растение, природа, антропогенный процесс, кислород,
фотосинтез, флора, синтез.
ANNOTATION
In recent times, in connection with the large-scale development of various natural and
anthropogenic processes in nature, the mechanism of using nature has begun to be analyzed
more deeply and comprehensively.
This article discusses the plant world and the reasons for the extinction of plants and
rare plants.
Keywords:
plant, nature, anthropogenic process, oxygen, photosynthesis, flora,
synthesis.
KIRISH.
O‘simliklar dunyosi yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga
380 mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. tonna dengiz va okean
o‘simliklaiga, 38 mlrd. tonna o‘rmonlarga, 6 mlrd. tonna o‘tloqlarga to‘g‘ri keladi. Bundan
tashqari o‘simliklar, ya’ni yashil o‘simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro‘y beradi,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 227
Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo‘lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez
jarayoni bo‘lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko‘payib kishilar va
hayvonlar nobud bo‘lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan
o‘sha SO
2
gazi o‘simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o‘simliklar
atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali yer sharidagi suv 5,8
mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO
2
7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonnig kundalik hayotida o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o‘simliklar
muhim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzasida suv oqimiga, bug‘lanishga, tuproqda
nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo‘nalishiga,
hayvonlarning hayotiga ham ta’sir etadi.
O‘simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta’sir etib, havosini tozalab, uni kislorod
bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O‘simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi.
O‘simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha estetik zavq beradi.
O‘simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta
tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon
tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun hom ashyo
resursidir.
O‘simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo‘lgan tabiiy resurs hisoblanib, yer shari
geografik qobig‘ida muhim rol o‘ynaydi. Chunki o‘simliklar sayyoramiz yuzasining
qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning
gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa
moddalar yetkazib berishda va inson hayoti uchun normal gigiyenik sharoit yaratishda
muhim vazifani bajaradi.
Yer sharida o‘simliklar turi juda ko‘p bo‘lib, ularning juda oz qismidan kishilar
xo‘jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar. Yer sharidagi 300 ming o‘simlik turidan faqat
6000 turini inson kundalik hayotida foydalansa, shuning 1500 turi esa dorivor
o‘simliklarga to‘g‘ri keladi.
dunyosi xilma-xil
boʻlib, xalq
xoʻjaligida muhim
ahamiyatga ega. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida olib
borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, oʻlkada 166 oilaga mansub 4500 ga yaqin
yuksak oʻsimlik turlari borligi maʼlum boʻldi.
Oʻzbekiston florasi paydo boʻlishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarining ummumiy
oʻxshashligi
jihatidan Markaziy
Osiyodagi boshqa mamlakatlar,
xususan, Eron, Afgʻoniston oʻsimliklar dunyosiga juda yaqin turadi. Oʻzbekiston florasi
uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika xududida quruqlikdagi yuksak
oʻsimliklarning
(ksilofitlardan
tortib)
barcha
evolyutsion
davrlarga
oid
oʻsimlik qoldiqlari borligini koʻrsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum choʻllaridan bir vaqtlar bu
yerlarda oʻsgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 228
Oʻzbekistonda oʻsimliklar oʻsmaydigan joy yoʻq.
Ularni tekislikdagi qumli choʻllardan tortib, qorli baland togʻlargacha boʻlgan
turli relʼyef va tuproq sharoitida
uchratish
mumkin.
Oʻzbekiston oʻsimliklarning
tarqalishini yoritish uchun tavsiya etilgan 4 tik mintaqa asos qilib olindi. Har bir mintaqa
oʻziga xos relʼyef, iqlim, tuproq va oʻsimliklar dunyosiga ega.
Ayni vaqtda sayyoramizda o‘simliklar 350 baravar tez yo‘qolib bormoqda.
Tadqiqot doirasida Avstraliya, Ispaniya, AQSh, Fransiya va JAR yetakchi ilmiy-
tadqiqot markazlari botaniklari o‘simlik turlarining asosiy yo‘qolish sabablarini
o‘rganishdi.
Unda sayyoramizning bioxilma-xillik nuqtai nazaridan boy va kambag‘al
hududlaridagi yo‘qolayotgan turlar tekshirildi. Dunyoning bio xilma-xillik yuqori bo‘lgan
hududlarida o‘simliklar turi yo‘qolib ketmoqda va bu jarayon jadalroq kechmoqda.
«O‘simlik turlarining yo‘qolishi ekotizim uchun halokatli oqibatlarga, o‘simlik turlari
bilan bog‘liq hasharot va boshqa tirik organizmlarning qirilib ketishiga olib keladi», —
deya noxush xulosa chiqargan olimlar.
«Current Biology» jurnalida chop etilgan maqolada tadqiqotchilar shunday xulosa
chiqarishadi: bunday qirilib ketishga atrof-muhit, jumladan, sayyoramiz hayotining
zamonaviy bosqichlarida qishloq xo‘jaligi va urbanizatsiya buzilishlari sabab bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston yoki uning boshqa hududlarida kamyob, yo‘qolib
borayotgan, endem va muhofaza chora-tadbirlariga muhtoj bo‘lgan o‘simlik turlarini
saqlab qolishning yangi usullari va mexanizmlari ustida yangi zamonaviy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Tadiqiotlarning bir qismi ayrim tabiiy-geografik hududlarning floristik
tarkibini o‘rganish, floralarning yangi zamonaviy konspektini tuzishga qaratilgan bo‘lsa,
qolgan qismi flora tarkibidagi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar populyatsiyalarining
zamonaviy holatini aniqlashga va ularni muhofaza etish chora tadbirlarini ishlab chiqishga
qaratilgan. Keyingi paytda rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri alohida ahamiyatga
ega botanik hududlarni tanlash va ularda izlanishlar olib borish keng ko‘lam yozib
bormoqda. Bunday hududlar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ya’ni oddiy qilib
aytganda qo‘riqxonalardan farq qilishi mumkin. Ular ekologik balansni ushlab turishda,
qo‘riqxonalar qamrab olmagan hududlardagi kamyob, endem va yo‘qolib borayotgan
o‘simlik va hayvon turlarini saqlab qolishda va shu orqali mahalliy bioxilma-xillikdagi
yo‘qolishlarni oldini olishga ham xizmat qiladi.
XULOSA.
Aholining tabiatga notо‘g‘ri munosabati ham о‘simliklarning kamayib
ketishiga sabab bо‘lmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qizil lola, sallagul, shirach va shunga
о‘xshash nafis gulli о‘simliklarning juda kamayib ketganligining guvohi bо‘lib turibmiz.
Bunday qirilib ketishga atrof-muhit, jumladan, sayyoramiz hayotining zamonaviy
bosqichlarida qishloq xo‘jaligi va urbanizatsiya buzilishlari sabab bo‘lmoqda.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 229
О‘simlik dunyosini muhofaza qilish jarayonida keng omma ishtirok etgan
taqdirdagina ijobiy natijalarga ega bо‘lish mumkin. Shundagina, biz kelgusi avlodlar
uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bо‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O’zbekistonning o’simliklar dunyosi. Toshkent, O’qituvchi, 1997 y.
2.
Sahobiddinov S. S. O’simliklar sistematikasi. T., 1996 y.
3.
Yoziyev L. H. Botanika. Qarshi, 2003 y.
4.
Hamdamov I. H., Abilova S. A. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. T., 2007 y
5.
Matkarimov, J. S. (2024). PREZI SAYTIDA TAQDIMOT TAYYORLASHNING
DASTLABKI TUSHUNCHALARIGA OID. INTERNATIONAL SCIENCES,
EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES, 1(12), 42-46.
6.
Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG ‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY
AXBOROT KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DASTURLARINI QO
‘LLASH.
7.
Matkarimov, J. S. (2024). TA’LIM MASHG ‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY
KOMPYUTER DASTURLARINI QO ‘LLASH.
8.
Solaydinovich, M. J. (2024). THE VIEWS OF UZBEK AND FOREIGN
SCIENTISTS
ON
THE
FORMATION
OF
NATURAL
SCIENCES.
Multidisciplinary and Multidimensional Journal, 3(3), 44-48.