Mualliflar

  • Xamraqulova M.M.
  • Maxmudova Sh.R.
  • Rustamova M.R.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106640

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim alohida ehtiyojli bolalar ta’limga teng imkoniyat ijtimoiy moslashuv samarali o‘qitish sinf rahbari roli bag‘rikenglik psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash moslashtirilgan ta’lim muhiti ijtimoiy adolat.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning asosiy maqsad va vazifalari, ta’lim jarayonida alohida ehtiyojga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash zarurati yoritilgan. Inklyuziv ta’lim barcha bolalar, jumladan, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning umumiy ta’lim maktablarida sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘qishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuv orqali bolalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat kabi fazilatlar shakllanadi. Maktab jamoasi, xususan o‘qituvchilarning samimiy yondashuvi inklyuziv muhitning muvaffaqiyatli tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 109

INKLYUZIV TA`LIM KURSINING PREDMETI ,MAQSADI,

VAZIFALARI VA OBYEKTI.

Xamraqulova M.M., Maxmudova Sh.R., Rustamova M.R.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq sh., O‘zbekiston

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning asosiy maqsad va

vazifalari, ta’lim jarayonida alohida ehtiyojga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash zarurati
yoritilgan. Inklyuziv ta’lim barcha bolalar, jumladan, imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarning umumiy ta’lim maktablarida sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda
o‘qishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuv orqali bolalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik,
ijtimoiy adolat kabi fazilatlar shakllanadi. Maktab jamoasi, xususan o‘qituvchilarning
samimiy yondashuvi inklyuziv muhitning muvaffaqiyatli tashkil etilishida muhim
ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim, alohida ehtiyojli bolalar, ta’limga teng imkoniyat,

ijtimoiy moslashuv, samarali o‘qitish, sinf rahbari roli, bag‘rikenglik, psixologik-
pedagogik qo‘llab-quvvatlash, moslashtirilgan ta’lim muhiti, ijtimoiy adolat.

Абстрактный.

В статье рассматривается понятие инклюзивного образования,

его основные цели и задачи, а также необходимость поддержки детей с особыми
потребностями в образовательном процессе. Инклюзивное образование
гарантирует, что все дети, включая учащихся с ограниченными возможностями,
учатся вместе со своими здоровыми сверстниками в обычных школах. Такой подход
помогает детям развивать такие качества, как толерантность, гуманность и
социальная справедливость. Искренний подход школьного сообщества, особенно
учителей, имеет решающее значение для успешного создания инклюзивной среды.

Ключевые слова:

Инклюзивное образование, дети с особыми потребностями,

равные образовательные возможности, социальная адаптация, эффективное
обучение, роль классного руководителя, толерантность, психолого-педагогическая
поддержка, адаптированная образовательная среда, социальная справедливость.

Abstract.

The article discusses the concept of inclusive education, its main goals and

objectives, as well as the need to support children with special needs in the educational
process. Inclusive education ensures that all children, including students with disabilities,
study together with their healthy peers in regular schools. This approach helps children
develop such qualities as tolerance, humanity and social justice. A sincere approach of the
school community, especially teachers, is crucial for the successful creation of an inclusive
environment.

Keywords:

Inclusive education, children with special needs, equal educational

opportunities, social adaptation, effective teaching, role of the class teacher, tolerance,
psychological and pedagogical support, adapted educational environment, social justice.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 110

Kirish.

Inklyuzivlik-inglizcha soʻz boʻlib, inclusif- qoʻshish, birlashtirish ma’nolarini

anglatadi. Mazkur atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan oʻquvchilarni umumta’lim
maktablarida sogʻlom bolalar bilan qoʻshib birgalikda oʻqitish jarayonini ifodalaydi.
Inklyuziv ta’lim – oʻquvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson
va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir.
Shuningdek, inkluziv ta’lim davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi
toʻsiqlarni bartaraf etish, inklyuziv ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari
yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga
yoʻnaltirilgan umumta’lim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.

Inklyuziv ta’limning maqsadi

- alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun

maktabda maxsus vosita va metodlarni qoʻllash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan
holda toʻsiqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali
moslashuvi hamda toʻlaqonli uygʻunlashuviga xizmat qiladigan sifatli ta’lim berishni
ta’minlashdan iborat.

Inklyuziv ta’limning vazifalari

quyidagilardan iborat: rivojlanishning turli

imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan,
barcha bolalarga teng munosabatda boʻlishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan
ijtimoiy muhitni yaratish; jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik
munosabatini shakllantirish; ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida
ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish; barcha
oʻquvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq maktabgacha, umumiy oʻrta, kasb-
hunar va oliy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratish; oʻquvchilarning
har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish,
ijtimoiy koʻnikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; alohida
ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish
hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, ta’lim-
tarbiya metod va vositalarini qoʻllash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni
psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllabquvvatlash.

Inklyuziv ta’lim jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega boʻlgan oʻquvchilar sogʻlom

bolalar bilan birga bir maktabda, sinfda oʻqitiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar maktabga
qadam qoʻygan kunlaridan boshlab alohida qoʻllabquvvatlashga muhtoj boʻladilar.
Bunday qoʻllab-quvvatlash ularning butun hayotlari davomida zarur hisoblanadi. Shuning
uchun ham maktab ta’limining dastlabki boʻgʻinlaridan boshlab, bunday oʻquvchilarning
ijtimoiy rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talab etiladi.

Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan

birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq
tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 111

bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini, nogiron bolalarga
nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar.

Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish,

tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi kafolatlanadi.

Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyati

darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga muhtoj bolalar
ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy hayotda teng huquqliligini, o‘z tengdoshlari
bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.

Umumta’lim maktablariga inklyuziv ta’limni joriy etishda sinf rahbari va

o’qituvchilar asosiy paradigma vazifasini o’taydi. Chunki sinfga yangi bola yoki alohida
ehtiyojli bola bo’lsa, sinfdagi o’quvchilar jamoasi o’qituvchi hatti- harakatlariga qarab
o’sha o’quvchiga munosabat bildiradi. Shu bois alohida ehtiyojli bolalarning oddiy
sinflarda o’qitilishi o’qituvchiga yana bir ma’suliyat yuklaydi. O’qituvchining alohida
ehtiyojli bolalarga bo’lgan samimiy munosabati sinfdagi sog’lom bolalarga ham ijobiy
ta’sirini o’tkazadi. O’quvchilarda nogiron insonlarga bo’lgan munosabat shakllanadi.
Ularda nogiron shaxslarni jamiyatda ajratmaslik, bunday insonlar hayotda o’z o’rnilarini
topishlari uchun ko’mak berish kabi insoniy fazilatlar shakllantiriladi.

Xulosa.

Inklyuziv ta’lim – bu nafaqat alohida ehtiyojli bolalarga ta’lim berish usuli,

balki ularni jamiyatga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy
harakatdir. Bunday ta’lim tizimi orqali barcha o‘quvchilarga teng imkoniyatlar yaratiladi,
sog‘lom bolalarda esa mehr-shafqat, bag‘rikenglik va ijtimoiy mas’uliyat hissi shakllanadi.
O‘qituvchining roli bu jarayonda beqiyos bo‘lib, u sinfdagi muhit va munosabatlar orqali
inklyuziv qadriyatlarni singdirishda asosiy vositachiga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Shahnigor, Rakhimova Khurshidakhon Sadikovna Khomidova. "Formation of

knowledge, skills and competences in the process of training children with hearing defects
to work." Confrencea 3.03 (2023): 188-192.

2. Sadikovna, Rakhimova Khurshidakhon. "cochlear implantation: an innovation in

the development of technology, medicine, deaf pedagogy and speech therapy." Open
Access Repository 4.2 (2023): 321-330.

3. Sadikovna, Rakhimova Khurshidakhon, and Rustamova Feruzabanu. "contribution

of charles mikhail epe to the education of deaf children." Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal 11.3 (2023): 563-566.

4. O'ghiloy, Rakhimova Khurshidakhon Sadikovna Kurbanuva. "CHILDREN WITH

LOCAL MOVEMENT DEFECTS." Confrencea 3.03 (2023): 226-230.

5. Abdulatif, Raximova Xurshidaxon Sadikovna Abduhalimova Zulxumor,

Ravshanova Durdonaxon Dilmurod qizi, and RO‘ZIYEVA Umidaxon Muzaffar Qizi.
"principles of inclusive education." Confrencea 5.05 (2023): 278- 282.

Bibliografik manbalar

Shahnigor, Rakhimova Khurshidakhon Sadikovna Khomidova. "Formation of knowledge, skills and competences in the process of training children with hearing defects to work." Confrencea 3.03 (2023): 188-192.

Sadikovna, Rakhimova Khurshidakhon. "cochlear implantation: an innovation in the development of technology, medicine, deaf pedagogy and speech therapy." Open Access Repository 4.2 (2023): 321-330.

Sadikovna, Rakhimova Khurshidakhon, and Rustamova Feruzabanu. "contribution of charles mikhail epe to the education of deaf children." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.3 (2023): 563-566.

O'ghiloy, Rakhimova Khurshidakhon Sadikovna Kurbanuva. "CHILDREN WITH LOCAL MOVEMENT DEFECTS." Confrencea 3.03 (2023): 226-230.

Abdulatif, Raximova Xurshidaxon Sadikovna Abduhalimova Zulxumor, Ravshanova Durdonaxon Dilmurod qizi, and RO‘ZIYEVA Umidaxon Muzaffar Qizi. "principles of inclusive education." Confrencea 5.05 (2023): 278- 282.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари