Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 146
IMOM DORAQUTNIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
Nishonova Hadichabegim Oybek qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi,
Ilmiy rahbar:
Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish
ICESCO” dotsenti vazifasini bajaruvchisi,
Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Imom Doraqutniyning hadis ilmida tutgan o‘rni va
uning ilmiy me’rosi tahlil qilingan. Doraqutniyning hadislarni to‘plash, ularni tasniflash
va ilmiy jamoatchilikka yetkazishdagi yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, uning
metodi va ilmiy faoliyati hadis ilmi rivojida muhim ahamiyat kasb etganligi ochib berilgan.
Imom Doraqutniyning hadis ilmida tutgan o‘rni, uning ilmiy yondashuvlari va metodikasi
hamda hadis tarixida qoldirgan izlari batafsil tahlil qilinadi. Shu bilan birga, uning ilmiy
merosi bugungi kun musulmon olimlari tomonidan qanday baholanayotgani ham ko‘rib
chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Imom Doraqutniy, isnod, matn, Sunan, diroyat, rivoyat.
Kirish
Hadis ilmi islom madaniyatida eng muhim sohalardan biri bo‘lib, u Muhammad
(s.a.v)ning so‘zlari, amallari va taqrirlarini aniqlash, o‘rganish hamda saqlashni o‘z ichiga
oladi. Ushbu ilm musulmon ummati uchun Qur’oni karimni to‘g‘ri tushunish va sharhlab
berishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Hadis ilmining rivojlanishida buyuk
muhaddislarning hissasi beqiyos. Shu jumladan, Imom Abu Hafs Umar ibn Ahmad ad-
Doraqutniy (hijriy 306–385) hadis ilmida o‘zining ulkan xizmatlari va yuksak salohiyati
bilan o‘chmas iz qoldirgan olimlardan biri hisoblanadi.
Imom Doraqutniyning ilmiy faoliyati uning hadislarni yig‘ish, tasniflash va ilmiy
jamoatchilikka yetkazishdagi o‘ziga xos metodlari orqali ajralib turadi. U hadislarni
isnodlari, matnlari va ularning ishonchliligi bo‘yicha chuqur tahlillarni amalga oshirgan,
bu esa uni hadis tanqidi sohasida yetakchi mutaxassis sifatida tanitgan. Doraqutniyning
“Sunani Doraqutniy” nomli asari nafaqat uning ilmiy salohiyatini, balki hadis ilmiga
qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi muhim manba hisoblanadi.
Olimning faoliyati nafaqat hadis ilmiga, balki islomiy ilmiy an’analarni
rivojlantirishga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 147
Asosiy qism
Abulhasan Ali ibn Umar ibn Ahmad ibn Mahdiy ibn Mas’ud ibn Noʻmon Bag‘dodiy
Doraqutniy
1
hijriy 306-yil, zulqa’da oyining beshinchisida Bag‘dod shahrining mashhur
“Doral-qutn” mahallasida tug‘ilganlar. U zotning oilalari haqida biror bir manbada to‘liq
ma’lumot berilmagan. Lekin otasi Umar ibn Ahmad ibn Mahdiy Bag‘dodiy haqida “Doral-
qutn” qishlog‘ining ilmli kishilaridan biri bo‘lganligi, shu bilan birga Doraqutniyning
qiro’at shayxlaridan biri ekanligi rivoyatlar va manbalarda ko‘rsatilgan. Shuningdek, u
hadis ilmidan birinchi saboqlarini ham otalaridan olgan. Zero, Imom Doraqutniy o‘zinin
“Sunan”ida bir necha hadislarni otalaridan rivoyat qilgan.
Imom Doraqutniy e’tiqod borasida salafi solihlarga ergashgan va bid’atchilarning
bid’atlaridan uzoqda bo‘lgan. Bu narsa u zotning kitoblari va u kishidan hadis hamda uning
ilmi borasida rivoyat qilingan so‘zlarida bilinib turadi. Abulhasan Doraqutniy aqidani o‘z
masdari, ya’ni Allohning kitobi va Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlaridan olgan. Imom
Doraqutniy aqida borasida bir necha kitoblar yozgan. Jumladan “Kitob ahodisu-s-sifot”,
Kitobu-n-nuzul”, “Kitobu-r-ru’ya” kabi kitoblarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Mazkur kitoblarda muallif aqidaviy masalalarni salaflarning yo‘llariga mos tarzda bayon
qilgan. Imom Doraqutniy yoshligidan o‘zining ziyrakligi va zehnining o‘tkirliligi va o‘ta
kuchli fahmi bilan nom qozongan. Hatto u zot haqida aytilgan ba’zi rivoyatlarda aqli va
zakovati insonlarni hayron qoldiradigan darajada o‘tkir ekanligi ta’kidlangan. Xatib
Bag‘dodiy u haqida: “O‘z asrining eng yuksak ilm sohibidir”, degan.
Olim hadislarni yod olishda benazir bo‘lgani sabab “Hadis ilmining amiri” degan
unvon olgan. Imom Doraqutniy ilm olishni salaflarning sunnatlariga va odatlariga muvofiq
avval o‘z shahri olimlaridan hamda shu shaharga ilm safari bilan tashrif buyurgan buyuk
shayxlardan o‘rgangan. Yigitlik yoshiga yetgach ilm olish maqsadida turli diyorlarga safar
uyushtira boshlagan. Lekin, ahamiyatlisi shundaki, ilm izlab borgan diyorlaridagi ko‘p
tolibi ilmlar va hatto ba’zi olimlar ham u zotdan ilm olganlar.
Doraqutniy
2
o‘zining “Sunan” kitobida zikr qilgan shayxlarining soni ikki yuzdan
ortib ketadi. Quyida Doraqutniyning ustozlari bo‘lgan olimlarning ba’zilari haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tiladi:
Yahyo ibn Muhammad ibn So’id. Hijriy 228-yilda tavallud topgan. Yoshlari o‘n bir
yoshga yetganda hadis yoza boshlagan. 318-hijriy yilda Kufada vafot etgan va o‘sha yerga
dafn qilingan. Yahyo ibn Muhammad ibn So’idning ustozlari Muhammad ibn Sulaymon
Luvayn, Ahmad ibn Mani’ Bag‘aviy, Savvor ibn Abdulloh Anbariy, Yahyo ibn Sulaymon
ibn Nazla, Abu Humom Sakkuniy, Horun ibn Abdulloh Hammol, Abu Ammor Husayn ibn
Hurayslardir. Yahyo ibn Muhammad ibn So’id haqida olimlar ko‘plab ijobiy fikrlarni
bildirganlar. Jumladan, Ahmad ibn Abdon Sheroziy u haqida: “U hadisni Bog‘andiydan
1
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot, Zuhd va Raqoiqlar. – Toshkent: Sharq, 2012. – B. 130.
2
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Xislatli hikmatlar sharhi. – Toshkent: “Hilol nashr”, 2019. – B. 126.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 148
ko‘p bilar edi. Diroyat borasida biror kishi uning oldiga tusha olmas edi“, degan. Abu Ali
Naysoburiy aytadi: “Yahyo ibn Muhammad ibn So’id davrida fahm borasida undan
o‘zadigani yo‘q edi. Fahm esa bizda hifzdan ko‘ra yaxshiroqdir. Yahyo ibn Muhammad
ibn So’id fahm va hifz borasida Abu Dovuddan ustun edi”.
Abu Bakr Naysoburiy. Hijriy 237-yilning boshida Naysobur shahrida dunyoga
kelgan. Ilm izlab Iroq, Shom, Misr kabi shaharlarga safar qilgan. So‘ng Bag‘dodni o‘ziga
maskan qilib, o‘sha yerda istiqomat qilgan va shu joyda hadis fanidan dars bergan. U 324-
yili vafot etgan
3
. Abu Bakr Naysoburiyning ustozlari Muhammad ibn Yahyo, Ahmad ibn
Yusuf Sulamiy, Ahmad ibn Azhar, Ahmad ibn Hafs ibn Abdulloh ibn Hoshim Tusiy,
Muhammad ibn Husayn, Hasan ibn Muhammad Za’faroniy, Ahmad ibn Mansurlar
hisoblanadi. Abu Bakr Naysoburiy haqida imom Doraqutniyning o‘zi quyidagilarni
aytgan: “Shayxlarimizning orasida uning mislini ko‘rmaganmiz. Matn va sanadlarni ham
u kabi yodlaganlar yo‘q edi. Matnlardagi ziyodalarni bilar edilar”. Xatib Bag‘dodiy aytadi:
“Abu Bakr Naysoburiy fiqhni yaxshi biladigan puxta hofiz va shu bilan bir qatorda
rivoyatda o‘ta ishonchli edi”
4
.
Xulosa
Yuqoridagilarga asosan aytish mumkinki, Imom Doraqutniy hadis ilmi tarixida
yuksak ilmiy darajasi, o‘ziga xos metodikasi va chuqur tahliliy yondashuvi bilan ajralib
turadigan ulug‘ muhaddislardan hisoblanadi. U hadislarni yig‘ish, tasniflash va isnodlarini
tekshirish orqali hadis ilmiga ulkan hissa qo‘shgan. Doraqutniyning “Sunani Doraqutniy”
kabi muhim asarlari hadislarni ishonchlilik darajasini aniqlashda asosiy manbalardan biri
sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Uning ilmiy yondashuvlari va tanqidiy qarashlari hadis sohasiga ilmiylik va xolislik
tamoyillarini olib kirdi. Doraqutniyning isnodlar tahliliga katta e’tibor qaratishi hadislar
to‘g‘riligini aniqlashda inqilobiy yondashuv bo‘ldi. Bu esa hadis ilmida yuqori sifatli va
aniqlik talab qiladigan metodikani shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Imom Doraqutniyning ilmiy merosi nafaqat uning zamondoshlari, balki keyingi davr
olimlari tomonidan ham yuksak baholangan. Bugungi kunda uning asarlari hadis ilmida
asosiy manbalar qatorida o‘rganilmoqda va ilmiy jamoatchilik orasida qadrlanmoqda.
Shunday qilib, Imom Doraqutniyning ilmiy faoliyati hadis ilmi rivojiga ulkan ta’sir
ko‘rsatgan va bu sohaning keyingi taraqqiyotiga yo‘l ochgan.
Foydalanilgan manba adabiyotlar ro‘yxati:
1. Alimov U. Sunnat va Hadis. – Toshkent: Sharq, 2012.
2. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. –
Toshkent: TIU, 2007.
3
Zahiruddin Bayhaqiy. Tarixi hukamo al-islom. – Damashq: Matba’a at-taraqqiy, 1946. – B. 132
4
Ibn Abbod Rundiy. Sharh al-hikam al-atoiyya. – Qohira, 1988. – B. 36.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 149
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Oltin silsila. – Toshkent: Hilol nashr,
2013.
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. – Toshkent: Hilol
nashr, 2008.
5.
Imom Buxoriy. Aljome’ assahih. – Qohira: Dorushsha’b, 1987.