Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 131
ТAFSIR TURLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Satvaldiyeva Zebo Mahmudovna
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi,
Telefon raqami: +998993736944
Ilmiy rahbar:
Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish
ICESCO” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi,
Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Qur’oni Karim mazmun jihatidan ma’nosi keng bo‘lib, uni turli
zamonlarda har xil olimlar o‘z bilim va dunyoqarashlari doirasida tushunganlar. Xuddi
shuningdek, mufassirlarning o‘z uslublari, har bir uslubning o‘z yondashuvlari ham
bo‘lgan. Tafsir uslublari orasidagi farqlarni bir-biriga zid deb qabul qilmaslik lozim.
Chunki mufassir bir uslubni asos qilib olishi bilan boshqa uslubdan ham foydalanadi.
Demak, tafsir uslublari bir-biri bilan bog'langan deb to'laqonli ravishda aytish mumkin.
Har bir tafsir uslubi Qur’onni tushunish va uning ma‘nolarini ochib berishda o'ziga xos
yondashuvga ega.
Tayanch so‘zlar:
tafsir, tahliliy, ijmoliy, muqorin, mavzuviy tafsir.
Tafsirga berilgan ta’riflarni umumlashtirib shunday deyish mumkin:
“Fasr – bu bayon (aniq tushuntirish)dir. Fasr – bir narsani aniqlashtirish, tafsir esa
uning ma’nosini ochib berishdir. Keyin u qo‘shimcha qiladi: fasr – bu yashirin narsani
ochib berish, tafsir esa murakkab so‘zning ma’nosini tushuntirishdir”
1
.
“Tafsir” lug‘atda “fassara” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, “bayon qilish, tushuntirish,
ochib berish va sharhlash” ma’nolarini bildiradi
2
.
Olimlar tafsir uslublarini quyidagi to‘rt turga bo‘lishadi. Bulardan : Tahliliy, ijmoliy,
muqorin va mavzuviy tafsirlar.
Tafsir uslublarining farqlanishi, ba’zilari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lsa ham,
tafsirchi ularning biridan boshqasiga ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, u muqoyasali
(qiyosiy) yoki mavzuli tafsir bilan shug‘ullansa ham, tahliliy tafsirdan voz kecha olmaydi.
Shuningdek, tahliliy tafsir ham ba’zan mavzuli yoki qiyosiy tafsirga ehtiyoj sezadi.
Demak, tafsir uslublari o‘zaro bog‘liq va tafsirchi ulardan butunlay voz kecha olmaydi.
1
Muhammad Husayn Zahabiy. At-Tafsir val-Mufassirun. – Qohira: Maktabatu-l-vahba, 1976. – B. 10.
2
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 132
Tafsirchi o‘z tafsirini ko‘pincha biror uslub asosida yozadi. Ulamolar tafsir
uslublarini quyidagi to‘rt asosiy turga ajratganlar:
Tahliliy tafsir quyidagi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi:
Eng keng tarqalgan va muhim tafsir turi: Bu tafsir uslubi eng mashhur bo‘lib,
o‘tmishda ham, hozirda ham muhim hisoblanadi.
Hajmi turlicha: Ba’zi tahliliy tafsirlar ixcham bo‘lsa, boshqalari juda keng qamrovli
bo‘lib, bir necha jildni tashkil etadi.
Boshqa tafsirlarga asos bo‘lishi: Tahliliy tafsir barcha oyatlarni batafsil yoritgani
sababli, ijmoliy, muqorin va mavzuviy tafsirlarga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oyatlarning ketma-ketligi: Oyatlar ketma-ket sharhlangani uchun, tafsirning aqliy,
naqliy, tarixiy, balog’at, fiqhiy, ilmiy, falsafiy yoki ishoriy yo‘nalishda ekanligi yanada
ravshanlashadi
3
.
2. Ijmoliy tafsir uslubida oyatlar Qur’on tartibiga muvofiq keltirilib, ularning
ma’nolari umumiy tarzda izohlanadi. Bu uslubda mufassir oyatlarning asosiy maqsadini
qisqacha bayon etadi va matn bilan tafsir o‘rtasida bog‘liqlikni ta'minlaydi. Ba’zilar bu
uslubni “oyatlarni ixcham va umumiy tarzda sharhlash hamda bir yoki bir nechta
oyatlarning ma’nolarini batafsil izohlamaslik” deb ta'riflaydilar. Ijmoliy tafsirda oyatlar
so‘zma-so‘z sharhlanmaydi; ba’zi hollarda nozil bo’lish sabablari kabi masalalar yoritiladi.
Shu jihatdan, bu tafsir uslubi ma’naviy tarjimaga o‘xshaydi.
Ijmoliy tafsirning tahliliy tafsirdan farqlanadigan bir nechta xususiyatlari mavjud :
Umumiy ma’nolarni anglash: Ijmoliy tafsirni o‘qigan kishi tafsilotlarga berilmasdan,
oyatlarning umumiy ma’nolarini tushunishi mumkin.
Qisqa va aniq ifoda: Mufassirning maqsadi umumiy ma’noni eng qisqa yo‘l bilan
yetkazishdir.
Oddiy va tushunarli til: Qo‘llaniladigan so‘zlar ko‘pchilik ishlatadigan va hammaga
ma’lum bo‘lgan iboralardan iborat bo‘ladi.
Asosiy mohiyatga e’tibor: Izohda Qur’ondan ko’zlangan asosiy mohiyatga e’tibor
qaratiladi.
3. Muqorin tafsir uslubi Qur’on oyatlarini sharhlashda bir nechta manbalarni
taqqoslash va tahlil qilishga asoslanadi. Bu uslubda mufassirlar bir yoki bir nechta oyatni
izohlar ekan, mavzuga oid boshqa oyatlar, hadislar, sahoba va tobe’inlarning so‘zlari,
boshqa mufassirlarning fikrlari hamda boshqa samoviy kitoblardagi dalillarni keltiradilar.
Muqorin tafsir uslubi mufassirlardan keng bilim va chuqur tahlil qobiliyatini talab qiladi,
chunki ular turli manbalarni o‘rganib, ularni solishtirishi va eng to‘g‘ri xulosani chiqarishi
kerak. Bu uslub Qur‘onni tushunishda keng qamrovli va chuqur yondashuvni ta’minlaydi.
Muqorin tafsir uslubining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
3
Dr. Walid bin Atiyyah bin Ali Al-Harbi. At-Tahrir fi Usul at-Tafsir . – Dammam: Maktabat Al-Mutanabbi. 2019. – B.
314.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 133
Haqiqatga erishish: Turli manbalarni taqqoslash orqali ishonchli fikrlarni qabul qilish
va zaif yoki asossizlarini rad etish imkonini beradi. Botil qarashlar, zaif rivoyatlar va
sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan sharhlardan tafsirlarni tozalashga yordam beradi.
Mufassislar fikrlarini o’rganish: Mufassislarning dalil keltirish va rad etish usullari,
shuningdek, ixtilof sabablarini o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Fikrlar o‘xshashligi va farqlarini aniqlash: Mufassislar qarashlari orasidagi
o‘xshashlik va farqlarni ajratish, dalil keltirish usullarini tadqiq etish imkonini beradi.
Dalillarni jamlash va tahlil qilish: Dalillarni to‘plash, ularni o‘rganish va belgilangan
qoidalar asosida saralash, shuningdek, olimlarning tafsir bo‘yicha tajribalaridan
foydalanish imkonini beradi.
Ilmlarni taqqoslash: Muqorin tafsirlarida qiroat, hadis, lug‘at, balog‘at, qoidalar va
boshqa ilmlarni taqqoslash, ajratish va rad etish bilan bog‘liq sabablarni o‘rganish
imkonini beradi.
Ushbu jihatlar muqorin tafsir uslubining ahamiyatini oshiradi va Qur’on oyatlarining
chuqurroq va to‘g‘riroq tushunilishiga xizmat qiladi.
Muqaran usulida bir tafsirning boshqasiga nisbatan taqqoslashi o‘rganiladi. Bu
taqqoslash Qur’on oyatlarining boshqa oyatlar bilan, oyatlarning hadislarga aloqadorligi
yoki mufassirlar fikrlarini solishtirish orqali amalga oshiriladi
4
.
4. Mavzuiy tafsirlarda oyat sharhlari Qur’on kitobi tartibiga ko‘ra emas, balki biror
bir aniq mavzu doirasida beriladi. Shu tarzda oyatlar jamlanib, sharhlanadi, hukm va
ma’nolar keltiriladi hamda mavzu doirasidagi mazmun atroflicha yoritib beriladi. Mavzuiy
tafsirlar Qur’on suralarini muayyan mavzular asosida tahlil qilishga qaratilgan bo'lib,
bunda bir surada keltirilgan mavzu ajratib olinadi va shu sura doirasida atroflicha yoritiladi.
Ushbu tafsir uslubining quyidagi ko'rinishlari mavjud:
Bir suradagi yagona mavzuni sharhlash: Bu usulda mufassir bir surada keltirilgan
bitta mavzuni ajratib olib, uni sharhlaydi va boshqa suralarga murojaat qilmaydi.
Bir nechta suralarda uchraydigan, lekin muayyan surada batafsil yoritilgan
mavzularni sharhlash: Masalan, vahdaniyat (Allohning yagonaligi) masalasi Qur’oni
karimning ko‘p joylarida uchraydi, lekin An’om surasida keng va batafsil yoritiladi.
Shunday qilib, ushbu suradagi mavzu olinib, tafsir qilinadi.
Faqat bir surada uchraydigan mavzularni sharhlash: Masalan, Baqara surasidagi Bani
Isroil qissasi, Kahf surasidagi ikki bog‘ egalarining hikoyasi, Luqmon surasidagi
Luqmonning nasihatlari kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan va faqat ushbu suralarda
uchraydigan voqealar tafsir qilinadi
5
.
[murojaat sanasi: 07.02.2025]
5
Dr. Walid bin Atiyyah bin Ali Al-Harbi. At-Tahrir fi Usul at-Tafsir . – Dammam: Maktabat Al-Mutanabbi. 2019. – B.
321.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 134
Tadqiqotchi tomonidan suradagi bir mavzuni chuqur o‘rganish: Bu usulda tadqiqotchi
Qur’ondagi bir surani alohida o‘rganadi, u yerdagi bir qancha mavzular orasidan birini
tanlab, chuqurroq tahlil qiladi va boshqa mavzular ichida uning ahamiyatini ochib beradi
hamda o'quvchiga bitta va mukammal bo'lgan mavzuni taqdim etadi.
Mavzuiy tafsir uslubi Qur’on mazmunini chuqurroq tushunishga yordam beradi va
o'quvchilarga muayyan mavzular bo'yicha batafsil ma’lumot olish imkonini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, Qur’oni Karimning tafsiri turli uslublarga bo‘linib, har biri
o‘ziga xos yondashuvga ega. Tadqiqot davomida tahliliy, ijmoliy, muqorin va mavzuviy
tafsir turlari o‘rganildi. Tahliliy tafsir oyatlarni batafsil tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa,
ijmoliy tafsir qisqa va umumiy izoh berishga asoslangan. Muqorin tafsir turli manbalarni
taqqoslash orqali aniqroq xulosaga kelishga xizmat qiladi, mavzuviy tafsir esa muayyan
mavzu doirasida oyatlarni tahlil qiladi.
Tafsir uslublari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, mufassirlar Qur’on mazmunini to‘g‘ri anglash
va yetkazishda ularning turli jihatlaridan foydalanganlar. Har bir uslub o‘zining ilmiy va
amaliy ahamiyatiga ega bo‘lib, Qur’onni to‘g‘ri tushunish va sharhlashda muhim rol
o‘ynaydi.Qur’oni Karimning mazmunini chuqur tushunish uchun turli mufassirlar o‘z
zamonasiga, bilimi va yondashuviga qarab har xil tafsir uslublarini qo‘llaganlar. Ushbu
uslublarning har biri Qur’on oyatlarini anglashda muhim rol o‘ynaydi va ular o‘zaro
bog‘liq holda shakllangan.
Tafsirchi qaysi yo‘nalish va uslubni tanlasa, u orqali Qur’ondagi ma’nolarni va
dalillarni tushuntiradi. Bu esa tafsirning metodologiyasi va maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi.
Har bir tadqiqotchi uchun yagona maqsad – Qur’onni tushunish va unga ergashishdir,
chunki Qur’on mo‘jizasi tugamaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Muhammad Husayn Zahabiy. At-Tafsir val-Mufassirun. – Qohira: Maktabatu-l-vahba,
1976. – B. 10.
2.
Dr. Walid bin Atiyyah bin Ali Al-Harbi. At-Tahrir fi Usul at-Tafsir . – Dammam:
Maktabat Al-Mutanabbi. 2019. – B. 314.
3.
https://xadicha.uz/oz/news/169