Mualliflar

  • Misirova Mehriniso Azamat qizi
  • Yuldosheva Saodat Azizovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112576

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Hikoya badiiy asar o‘zbek hikoyachiligida davr va shaxs talqini hikoyaning mazmuni va g‘oyasi davr tasviri yozuvchi mahorati.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  Abdusaid  Ko‘chimovning  “Binafsha”  hikoyasi  tahlil 
qilinadi.  Shuningdek,  hikoyaning  mohiyati,  yozuvchi  mahorati,  psixologik  tasvir  vositalari  va 
ramziy  obrazlar  haqida  fikr  yuritiladi.  Hikoyaning  asosiy  g‘oyasi  –  insonning  o‘tgan  hayotiy 
tajribalari    va  xotiralarning  kelajakdagi  qarorlariga  ta’siri  maslasini  ochib  berishdir.  Tahlil 
jarayonida hikoyaning badiiy vositalari, timsollar, psixologik tasvir hamda o‘zbek hikoyanavisligi 
an’alari bilan bog‘liqligi o‘rganiladi.  


background image

508

BIR HIKOYA TAHLILI

(Abdusaid Ko‘chimovning “Binafsha“ hikoyasi asosida)

Misirova Mehriniso Azamat qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi

Ilmiy rahbar: Yuldosheva Saodat Azizovna,

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdusaid Ko‘chimovning “Binafsha” hikoyasi tahlil

qilinadi. Shuningdek, hikoyaning mohiyati, yozuvchi mahorati, psixologik tasvir vositalari va
ramziy obrazlar haqida fikr yuritiladi. Hikoyaning asosiy g‘oyasi – insonning o‘tgan hayotiy
tajribalari va xotiralarning kelajakdagi qarorlariga ta’siri maslasini ochib berishdir. Tahlil
jarayonida hikoyaning badiiy vositalari, timsollar, psixologik tasvir hamda o‘zbek hikoyanavisligi
an’alari bilan bog‘liqligi o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar.

Hikoya badiiy asar, o‘zbek hikoyachiligida davr va shaxs talqini, hikoyaning

mazmuni va g‘oyasi, davr tasviri, yozuvchi mahorati.

BİR HİKAYE ANALİZİ

(Abdusaid Kochimov'un “Binafsha” hikayesinden uyarlanmıştır)

Misirova Mehriniso Azamat kızı,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Bilimsel danışman: Yuldosheva Saodat Azizovna,

Özbek dili ve edebiyatı bölümü doçenti

Özet.

Bu makale Abdusaid Kochimov'un "Binafsha" öyküsünü incelemektedir. Ayrıca

hikâyenin özü, yazarın becerisi, psikolojik imgeleme araçları ve sembolik imgeler tartışılır.
Hikayenin ana fikri, bir insanın geçmiş yaşam deneyimlerinin ve anılarının gelecekteki kararları
üzerindeki etkisini ortaya koymaktır. Analizde hikâyenin sanatsal araçları, sembolleri, psikolojik
imgeleri ve Özbek hikâye anlatma gelenekleriyle bağlantısı inceleniyor.

Anahtar kelimeler.

Hikaye, bir sanat eseri, Özbek hikayeciliğinde dönemin ve kişiliğin

yorumlanması, hikayenin içeriği ve fikri, dönemin tasviri ve yazarın ustalığıdır.

АНАЛИЗ ОДНОГО РАССКАЗА

(По повести Абдусаида Кочимова «Бинафша»)

Мисирова Мехринисо Азамат кызы,

Студентка Узбекско-Финский педагогический институт

Научный руководитель: Юлдошева Саодат Азизовна,

Доцент кафедры узбекского языка и литературы

Аннотация.

В данной статье анализируется рассказ Абдусаида Кочимова

«Бинафша». В ней также рассматриваются суть рассказа, мастерство писателя,
средства психологической образности и символические образы. Основная идея рассказа -
раскрыть влияние прошлого жизненного опыта и воспоминаний человека на будущие
решения. В ходе анализа изучаются художественные средства, символы, психологические
образы рассказа, а также его связь с традициями узбекского сказительства.

Ключевые слова.

Рассказ является произведением искусства, интерпретацией эпохи

и личности в узбекском сказительстве, содержанием и идеей рассказа, изображением
эпохи, мастерством писателя.

ANALYSIS OF ONE STORY


background image

509

(Based on the story “Binafsha” by Abdusaid Kuchimov)

Misirova Mehriniso Azamat qizi,

Student of the Uzbek-Finnish Pedagogical Institute

Scientific supervisor: Yuldosheva Saodat Azizovna,

Associate Professor of the department of Uzbek language and literature

Abstract

. This article analyzes the story “Binafsha” by Abdusaid Kuchimov. It also

discusses the essence of the story, the writer’s skill, psychological imagery, and symbolic images.
The main idea of the story is to reveal the influence of a person’s past life experiences and
memories on future decisions. In the process of analysis, the story’s artistic means, symbols,
psychological imagery, and the connection with the traditions of Uzbek storytelling are studied.

Keywords

. The story is a work of art, an interpretation of the era and personality in Uzbek

storytelling, the content and idea of the story, the depiction of the era, and the writer’s skill.


Istiqlol davri o‘zbek she’riy va nasriy yozuvchisi Abdusaid Ko‘chimov ijodi alohida o‘rin

egallaydi. Ayniqsa, yozuvchining asarlari hikoyalari badiiy g‘oyaviy ifodaviy jihatdan o‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy o‘zbek nasri tobora globallashib , butun insoniyat taqdiriga
daxldor muammolarni badiiy talqin etib borilmoqda. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi mavzu
mohiyati ham qarib yuz yildan ziyod umrini insonning o‘zini anglashga va uning yoritib berishga
bag‘ishlab yashamoqda. SHubhasiz bu janrning shakllanishi taraqqiy etishda juda ko‘plab
adiblarimizning adabiy-ijobiy tajribalari to‘planib , bugungi qiyofasiga ega bo‘ldi. O‘zbek
hikoyachilik maktabini yaratgan namoyondalardan

Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Shukur

Xolmirzayev, O‘tkir Hoshimov, Normurod Norqobilov, Sobir O‘nar, Abdusaid Ko‘chimov

singari

yozuvchilarning o‘ziga xos ijodiy tajribalari yosh qalamkashlariga ham mahorat darslari vazifasini
o‘taydi. Hikoya prozaning eng kichik janri bo‘lsada uning bag‘rida juda ulkan dunyoqarash ,
hayotiy tajriba yashaydi. Hikoyaga har xil ta’rif -u tavsiflar berilgan. Biroq har bir hikoyaning ta’rifi

Erkin A’zam

ta’biri bilan aytganda, o‘zi bilan birga tug‘iladi.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi.

Quyida Abdusaid Ko‘chimovning “Binafsha”

hikoyasi tahlili orqali ijodkorning hikoyaga yuklagan ma’no va mazmunini , g‘oya va maqsadini
aniqlashga harakat qilamiz. Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo‘llanib,
ular badiiy asarni tushunish, uning mazmun-mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin muhim
ahamiyatga ega.

Abdusaid Ko‘chimovning “Binafsha” hikoyasi o‘zi e’tirof etganidek, hayotning

beshavqatligi, jamiyatning qoidalari, urf-odatlari insonning, ichki kechinmalari ijtimoiy xohishlar
o‘rtasidagi kurashni tasvirlaydi. Abdusaid Ko‘chimovning “Binafsha” hikoyasining markaziy
obrazi Binafsha hisoblanadi. U yosh va go‘zal qiz bo‘lib, uning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ichki
dunyosi ham muhim o‘rin tutadi. Binafsha o‘zining sof qalbi, samimiyligi va to‘g‘ri fikrlari bilan
tanilgan. U o‘ziga xos o‘zgarishlarni qabul qilishga tayyor bo‘lib, unda tashqi muhit atrofdagilar va
hayotdagi turli holatlar ta’sir ko‘rsatadi. Uning obrazi go‘zal va mehribon bo‘lishiga qaramay,
o‘zining hayotida qandaydir dardlarini va kurashlarni boshidan kechirishini anglatadi. Bu obraz
orqali, Ko‘chimov, insonning o‘zini anglash va ichki kurashlarini tasvirlaydi. Binafsha hayotida
unga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa obrazlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu obrazlar orqali asar turli
ijtimoiy va shaxsiy masalalarni ko‘rib chiqadi. Ko‘chimovning obrazlari orqali, jamiyatning
qoidalari , urf -odatlari va insoniyatning an’anaviy qadiryatlariga qarshi turish yoki ularni qabul
qilish masalalari ko‘rib chiqiladi, Binafshaning qarorlari, ko‘pincha shaxsiy va ijtimoiy xohishlar
o‘rtasidagi kurashni tasvirlaydi. Yozuvchi bu hikoya orqali o‘sha davrdagi jamiyatning chirkin
ahvolini va insonlarning ongsizligini ochib berishga harakat qilgan. Yozuvchi ushbu hikoyani
yozishdan maqsadi insonlarning chuqur psixologik holatlarni va jamiyatdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri
talqin qilishga undaydi. Ko‘chimovning “Binafsha” hikoyasi – o‘zbek adabiyotining muhim
asarlaridan biridir.SHuning uchun hikoyada insonning o‘zini anglash jarayoni, o‘zgarishlarga


background image

510

munosabat va shaxsiy erkinlik masalalarini yoritadi. Hikoya, shuningdek yosh avlodning
jamiyatdagi o‘rni qadryatlar va ijtimoiy qoidalar bilan bog‘liq masalarni ham o‘rtaga qo‘yadi.

Keltirilgan ushbu hikoyadan shunday xulosa chiqarish mumkin: yozuvchi har doim

insonlarning ongini past ekanligiga va o‘z fikr mulohazalari bilan emas, balki o‘zgalarning gaplari
bilan va insonlarning tashqi ko‘rinishiga qarab baho berishni qoralaydi. O‘sha davrdagi mansabdor
shaxslar ham ilmli ayollarga nisbatan noto‘g‘ri fikr yuritganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi.–Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi”, 2011. 39-b.

2.

Quronov D.H. Adabiyot nazariyasi asoslari.–Toshkent: “Noshir”, 2019. 3-b.

3.

Pedagogik mahorat.– Toshkent: M.M. Ahmedjanov, B.Q. Xo‘jayev, Z.D. Hasanova, 2010. 18-
b.

4.

Adabiyotshunoslik nazariyasi.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, 2018. 50-b.

5.

“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni.– Samarqand: 2012. 8-b.

6.

Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,
2004. 31-b.






Bibliografik manbalar

XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi.–Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi”, 2011. 39-b.

Quronov D.H. Adabiyot nazariyasi asoslari.–Toshkent: “Noshir”, 2019. 3-b.

Pedagogik mahorat.– Toshkent: M.M. Ahmedjanov, B.Q. Xo‘jayev, Z.D. Hasanova, 2010. 18-

b.

Adabiyotshunoslik nazariyasi.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi, 2018. 50-b.

“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni.– Samarqand: 2012. 8-b.

Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

31-b.