Mualliflar

  • Yuldosheva Saodat Azizovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112659

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Uzluksiz taʼlim ta’limning mazmuni milliy model tamoyil izchillik “Adabiyot” fani o‘quv dasturi bilim ko‘nikma va malaka.

Annotasiya

Annotatsiya.  Global  rivojlanish  davrida  ta’lim  tizimining  yangi  bosqichga  ko‘tarilishi, 
ta’lim mazmunining yangilanishi, milliy modelning ishlab chiqilishi ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy 
boy  shaxsni  shakllantirish  va  yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash  uchun  zamin 
hozirlaydi. Mazkur maqolada   umumiy o‘rta ta’limning amaldagi o‘quv dasturi bilan Milliy o‘quv 
dasturi  loyihasi  qiyosan  o‘rganilgan,  darsliklarning  mazmun-mundarijasiga  kiritilgan 
mavzularning  uzviyligi  ko‘rib  chiqilgan.  O‘quvchilarda  shaklantiriladigan  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalar, ta’lim  berish  jarayonida  o‘qituvchining  oldiga  qo‘yilgan  vazifalar  masalasiga  e’tibor 
qaratilgan. 


background image

761

UZLUKSIZ TA’LIM BOSQICHLARIDA UZVIYLIK MASALASI

(“Adabiyot” fani o‘quv dasturi misolida)

Yuldosheva Saodat Azizovna,

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti dotsenti

saodat.yuldosheva@mail.ru

Annotatsiya.

Global rivojlanish davrida ta’lim tizimining yangi bosqichga ko‘tarilishi,

ta’lim mazmunining yangilanishi, milliy modelning ishlab chiqilishi ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy
boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zamin
hozirlaydi. Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’limning amaldagi o‘quv dasturi bilan Milliy o‘quv
dasturi

loyihasi

qiyosan

o‘rganilgan, darsliklarning mazmun-mundarijasiga kiritilgan

mavzularning uzviyligi ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarda shaklantiriladigan bilim, ko‘nikma va
malakalar, ta’lim berish jarayonida o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan vazifalar masalasiga e’tibor
qaratilgan.

Kalit so‘zlar.

Uzluksiz taʼlim, ta’limning mazmuni, milliy model, tamoyil, izchillik,

“Adabiyot” fani o‘quv dasturi, bilim, ko‘nikma va malaka.

SÜREKSIZ EĞITIM DÜZEYLERINDE İLİŞKİLİK SORUNU

(“Edebiyat” dersi müfredatı örneğinde)

Yuldoşeva Saodat Azizovna

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü doçenti

Özet.

Küresel kalkınma döneminde, eğitim sisteminin yeni bir seviyeye yükselmesi, eğitim

içeriğinin yenilenmesi, ulusal modelin geliştirilmesi, yaratıcı, sosyal olarak aktif, manevi olarak
zengin bir kişinin oluşumu ve yüksek nitelikli rekabetçi personelin eğitimi için zemin hazırlar. Bu
makalede, genel ortaöğretimin mevcut müfredatı ile Ulusal Müfredat taslağı karşılaştırmalı olarak
incelenmiş ve ders kitaplarının içeriğine dahil edilen konular arasındaki bağlantı ele alınmıştır.
Öğrencilerde oluşturulan bilgi, beceri ve yetenekler, eğitim sürecinde öğretmenin karşılaştığı
görevlere odaklanılmıştır.

Anahtar kelimeler.

Sürekli eğitim, eğitimin içeriği, ulusal model, ilke, tutarlılık, “Edebiyat”

müfredatı, bilgi, beceri ve yetenek.

НА ЭТАПАХ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

ВОПРОС ВЗАИМОСВЯЗАННОСТИ

(на примере учебной программы по предмету “Литература”)

Юлдошева Саодат Азизовна

доцент Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В эпоху глобального развития подъем системы образования на новый

уровень, обновление содержания образования, разработка национальной модели
подготавливают почву для формирования творческой, социально активной, духовно
богатой личности и подготовки высококвалифицированных конкурентоспособных кадров. В
данной статье проведено сравнительное изучение действующей учебной программы общего
среднего образования с проектом Национальной учебной программы, рассмотрена
преемственность тем, включенных в содержание учебников. Обращается внимание на
вопросы знаний, умений и навыков, формируемых у учащихся, задач, поставленных перед
учителем в процессе обучения.


background image

762

Ключевые слова.

Непрерывное образование, содержание образования, национальная

модель, принцип, преемственность, учебная программа по предмету «Литература», знания,
умения и навыки.

AT THE STAGES OF CONTINUOUS EDUCATION CONTINUITY PROBLEM

(on the example of the curriculum of the subject “Literature”)

Yuldоsheva Saodat Azizovna

associate professor at the Uzbekistan-Finland pedagogical institute

Abstract.

In the era of global development, the rise of the education system to a new level,

the renewal of the content of education, and the development of the national model lay the
foundation for the formation of a creative, socially active, spiritually rich personality and the
training of highly qualified competitive personnel. This article compares the current curriculum of
general secondary education with the draft National Curriculum and examines the continuity of
topics included in the content of textbooks. Attention is paid to the issues of knowledge, skills, and
abilities formed in students, and the tasks set for the teacher in the educational process.

Keywords.

Continuous education, content of education, national model, principle,

consistency, curriculum of the subject "Literature," knowledge, skills and abilities.


Uzluksiz taʼlim deganda mantiqiy izchillik asosida oʻzaro bogʻlangan hamda soddadan

murakkabga qarab rivojlantirilib boruvchi, bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat bo‘lgan
yaxlit taʼlim tizimi tushuniladi. “Ta’lim to‘g‘risida” [1] gi Qonunning “Ta’lim sohasidagi asosiy
prinsiplar”ga oid 4-moddasida bir qator tamoyillar bilan birga “

ta’limning uzluksizligi va izchilligi

tamoyili alohida qayd etilgan.

Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, mamlakatimizning

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy,
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha sanaladi. Bu taʼlim tizimi ijodkor,
ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasida qayd etilgan ta’limning 7 turi: maktabgacha

ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy
ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan
tashqari ta’lim bosqichlarida uzluksiz taʼlim faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida,
turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi.

Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
- taʼlimning ustuvorligi – uning rivojlanishi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi;
- bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
- ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi;
- ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
-ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi;
- ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatiga asoslanilishi;
- taʼlimning ijtimoiylashuvi – taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish,

ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

- taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi – taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari

bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni
milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va
madaniyatini hurmat qilish;

- taʼlim va tarbiyaning uzviy bogliqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan

insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi.


background image

763

Global rivojlanish davrida ta’lim tizimini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish, barqaror

taraqqiyotga hissa qo‘sha oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida ilg‘or milliy va
xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablari o‘rganilib, amaliy jarayonga tatbiq etilishi
rejalashtirildi. Bu jarayonda ta’limning mazmuni va samaradorligini oshirish uchun o‘quv
dasturlari, o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini baholash tizimi qayta ko‘rib chiqilib,
takomillashtirilish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Umumiy o‘rta ta’limning amaldagi o‘quv dasturlari va
darsliklarning mazmun-mundarijasi yuzasidan keng jamoatchilikning tanqidiy, tahliliy fikrlari
olindi. Ushbu fikrlar asosida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi
va mutaxassislar, xalq ta’limi xodimlari diqqatiga muhokama uchun tavsiya etildi. Milliy o‘quv
dasturi ishlab chiqilishida qanday hart-sharoitlar yaratildi? Nimalar inobatga olindi?

Avvalo, 2020-yil 2-mart kuni 5953-sonli Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan “Ilm,

ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi [2] ning
159-bandida “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish” masalasining
qo‘yilishi, 2020-yil 6-noyabrdagi “Mamlakatimiz ta’limtarbiya tizimini yanada takomillashtirish,
ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6108-sonli
Prezident Farmonining 2-bandidadasturni ishlab chiqishda nazarda tutiladigan masalalar va
vazifalarning belgilanishi ahamiyatga molikdir. Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida
umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar
tarkibi shakllantirildi, milliy va xorijiy ekspertlar, konsultantlar belgilandi. Hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va xalqaro
ekspertlar tomonidan Milliy o‘quv dasturining loyihasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.
Faoliyat jarayoniga Singapur, Koreya Respublikasi, AQSH, Gongkong, Finlyandiya va Yaponiya
kabi davlatlar tajribalari va metodologiyasi inobatga olindi. UNICEF, USAID va boshqa xalqaro
tashkilotlarning konsultantlari bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Ta’limning mazmuniy negizi
bo‘lgan o‘quv dasturini shakllantirishda bunday jiddiy yondashuv ahamiyatlidir. Xususan,
ajdodlarimizdan meros bo‘lgan milliy ta’lim-tarbiyaga uyg‘un holda zamonaviy yondashuvni
singdirish, o‘zaro uzviy fanlarni birlashtirish, o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashga qaratilgan
sinflar kesimidagi malaka talablarini ishlab chiqish, o‘quv dasturlaridagi o‘zaro aloqadorlik va
uzviylikni ta’minlash, o‘quvchilarning savodxonligi, kompetensiyasi va shaxsiy sifatlarini baholash,
kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlash kabi masalalar yaratilayotgan Milliy o‘quv dasturida
ifodalanishi maqsad qilib olindi. Amaldagi o‘quv dasturi bilan Milliy o‘quv dasturi loyihasini
qiyosan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, quyidagilarni qayd etsak bo‘ladi:

Amaldagi o‘quv dasturi

Milliy o‘quv dasturi

4 tarkibiy qismdan: tayanch reja,

o‘quv dasturi, malaka talablari va

baholash tizimidan iborat

6 tarkibiy qismdan: umumta’lim fanlarining konsepsiyalari,

tayanch va variativ rejalar, o‘quv dasturi, umumta’lim

fanlarini o‘qitish metodologiyasi, malaka talablari va

baholash tizimidan iborat.

chiziqli o‘qitish, yodlatishga

asoslaniib, 80% nazariya va 20%

amaliyotga yo‘naltirilgan.

spiralsimon o‘qitishga asoslanib, XXI asr ko‘nikmalarini

rivojlantiriladi, 50% nazariya va 50% amaliyotga

yo‘naltiriladi

Umumta’lim fanlari soni va o‘quv yuklamalari

optimallashtiriladi, 1-6- sinflarda tabiiy fanlar (Sceince) joriy

etiladi

bilimlar hajmi baholanadi

mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy ko‘nikma va

kompetentiyalar baholanadi


Umumta’lim fanlarning konsepsiyasida fanlarni o‘qitishdagi muammolar (motivatsiya va

mazmun-mundarija bilan bog‘liq, metodik xarakterdagi hamda kadralar bilan bog‘liq muammolar),
konsepsiyani amalga oshirishning yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalarning keltirilishi orqali fan
ta’limini rivojlantirishda amalga oshiriladigan vazifalarni aniq belgilab olishga imkon beradi.
Jumladan, yaqin kelajakda fanni o‘qitish o‘quv xonalari moddiy-texnik bazasini xalqaro


background image

764

standartlarga

uvofiq

ta’minlash, raqamli texnologiyalar va ta'lim texnologiyalarining

integratsiyasiga erishish, fanga doir elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab olish maqsadida
QR-kod tizimini yaratish kabi amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar ham keltirilgan. Ona tili va
adabiyot fanlarining Milliy o‘quv dasturlarida bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablarda
shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiyalar yanada aniqlashtirilib berilgan.

Milliy o‘quv dasturda “Adabiyot” fanini o‘qitishning maqsadi aniq qilib belgilab

qo‘yilgan:“Adabiyot o‘qitishning maqsadi badiiy asarlar yordamida sog‘lom e’tiqodli, mustaqil
fikrli, o‘tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan yetuk, o‘zga insonning tuyg‘ularini
anglaydigan, o‘z xatti-harakatlariga xolis baho bera oladigan shaxsning ma’naviy dunyosini
shakllantirishdan iborat” [3].

Bugungi adabiy ta’limda o‘quvchilarni milliy hamda jahon adabiyotining nodir

namunalarini mustaqil tushunish va tahlil qilishga o‘rgatiladi hamda shu orqali o‘quvchilarni badiiy
adabiyotga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini, adabiy-
estetik didini shakllantirish; mustaqil fikrlash, obrazli tafakkur etish kabi bilim, ko‘nikma,
malakalarni hosil qilish va rivojlantirish; olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga e’tibor qaratilmoqda. Ushbu bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘quvchilarda shakllantirish uchun o‘qituvchi ta’lim berish jarayonida quyidagi
vazifalarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi, ya’ni o‘quvchilarda:

badiiy so‘zdan ta’sirlanish, uning jozibasini his etish, haqiqiy badiiy asarni tanish va

tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

o‘qilgan badiiy asarni tushunish, undan hayotiy xulosalar chiqarish, badiiy asar o‘qishni

hayotiy ehtiyoj hisoblash tuyg‘ularini tarbiyalash;

yozma va og‘zaki savodxonlik, nutqida adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-

baranglikdan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish hamda adabiyot o‘quv fanining
mazmunidan kelib chiqqan holda tayanch kompeten-siyalarni shakllantirish;

uzluksiz ta’lim bosqichlarida badiiy asar mutolaasiga erkin yondashuv tamoyilini

shakllantirish;

ularda turli janrlardagi badiiy asarlarni o‘qish, bitiklarning saviyasini ajrata bilish,

qahramonlar tutumlariga aksiologik baho berish ko‘nikmasini qaror toptirish kerak bo‘ladi.

Umumiy o‘rta ta’lim so‘ngida esa o‘quvchilarda adabiyot faniga oid quyidagi adabiy

kompetensiyalar shakllangan bo‘lishi lozim:

AK1: asarning asosiy va ikkilamchi g‘oyasini (g‘oyalarini) aniqlaydi va munosabat

bildiradi, bunda adabiyot va boshqa fanlardan olgan bilimlariga, shu jumladan, asar yaratilgan
kontekst (tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, adabiy) haqidagi bilimlariga hamda o‘z hayotiy tajribasiga
tayanadi.

AK2: asardagi eksplitsit (ochiq aytilgan) va impitsit fikrlarni (tagma’nolarni) ilg‘aydi,

asardan xulosalar chiqaradi va bu xulosalarini asoslab beradi;

AK3: asarning syujetini tushunadi, syujet elementlarini ajratadi va asarning qurilishiga

munosabat bildiradi;

AK4: muallif qo‘llagan badiiy tasvir va ifoda vositalarini, shuningdek, lingvistik (leksik,

grammatik, fonetik) xususiyatlarni tahlil topadi hamda ularni asarda qo‘llashdan ko‘zlangan
maqsadni, ularning o‘quvchiga ta’sirini tushuntirib beradi;

AK5: asardagi obrazlarni tahlil qiladi, ularga munosabat bildiradi hamda munosabatini

matn, boshqa manbalar va hayotdan olingan misollar yordamida asoslab beradi;

AK6: asarning turli talqinlarini (masalan, kino, teatr, tasviriy san’atdagi talqinlarini)

solishtirib, o‘xshash va farqli jihatlarini aytadi, munosabat bildiradi;

AK7: o‘qilgan asarlar tahlili (shu jumladan, qiyosiy tahlili) asosida ijodiy va tahliliy matnlar

yaratadi, bunda turli lingvistik va ekspressiv vositalardan o‘rinli foydalanadi hamda mantiqiy
izchillikka rioya qiladi.


background image

765

Yangi avlod adabiyot darsliklarida talab etilgan ko‘nikmalarni o‘quvchilarda hosil qilib,

rivojlantirish uchun hozirgi zamon o‘quvchilarining qiziqishlariga mos yangi asarlar

kiritilganligiga

guvoh bo‘lamiz, jumladan:

-

6-sinf dasturida Odil Yoqubov “Yaxshilik”, Lengston Hyuz “Rahmat, sizga xonim”,

Hojiakbar Shayxov “Birinchi sinov”, Rey Bredberi “Bir kunlik yoz”, Jyul Vern “O‘n besh yoshli
kapitan”, Artur Konan Doyl “Mallalar uyushmasi”, Rahmat Fayziy “Hazrati inson”, Xurshid
Davron “Vatan devorlari”, Oskar Uayld “Baxtli shahzoda”, Azim Suyun “Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi”,
Omon Matjon “Osmon sog‘inchi” va b. sh. kabi;

-

7-sinf dasturida Normurod Norqobilov “Oqbo‘yin”, Ernest Seton Tompson “Lobo”, Ernest

Heminguey “Chol va dengiz”, Nabi Jaloliddin “Ota”, Sergey Yesenin “Shahinam, o, mening
Shahinam…”, Rasul Hamzatov “Qushqanotli, hoy karvon…”, Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar”,
O‘lmas Umarbekov “Qiyomat qarz”, Qamchibek Kenja “Baliq ovi”, Anton Chexov “Xameleon” va
b. sh. kabi;

-

10 sinf dasturida Homer “Iliada”, “Odisseya”, Migel de Servantes Saavedra “Don Kixot

sarguzashtlari”, Muqimiy “Saylov”, Aleksandr Pushkin “Yevgeniy Onegin”, Erix Mariya Remark
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” va b. sh. kabilar.

Tamomila mazmunan yangilangan o‘quv dasturi va darsliklardagi asarlarni o‘quvchilarga

o‘rgatishda o‘qituvchidan ham badiiy tahlil asoslarini puxta bilishi va amalda muvofiq metod va
pedtexnologilardan foydalangan holda tatbiq etishi kerak bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, xalq ta’limi tizimida ilk bor joriy etilishi kutilayotgan umumiy o‘rta

ta’limning Milliy o‘quv dasturi ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 23.09.2020-yildagi O‘RQ -637-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm,
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida” PF 5953-sonli Farmoni.

3.

Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasi. Adabiyot. 2021-y.

4.

Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового
образования.

JournalNX

, 514-516.

5.

Азизовна, Ю.С. Формирование чувства уважения у студентов.

Журнал NX

, 1026-1028.

6.

Азизовна, Ю.С. (2023). Миллий дастур талаблари асосида узбек тилини о'китишнинг
самарадорлиги.

фан, талим ва амалийот интеграцияси

, 661-664. Получено с

https://journal.bilig.uz/isepsmj/article/view/1256

.

7.

Azizovna Y.S.

Study of folktale in literature and its relation to the epic genre

. Central

European Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/7250/19705/65b7e8e0c2065___Yuldosh
eva%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

8.

Azizovna Y.S. On the Development of Expressive Learning Skills. International Journal on
Integrated Education (IJIE) 6 (No. 5 (2023)), 313-316

https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/4444






Bibliografik manbalar

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 23.09.2020-yildagi O‘RQ -637-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm,

ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi

to‘g‘risida” PF 5953-sonli Farmoni.

Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasi. Adabiyot. 2021-y.

Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового

образования. JournalNX , 514-516.

Азизовна, Ю.С. Формирование чувства уважения у студентов. Журнал NX , 1026-1028.

Азизовна, Ю.С. (2023). Миллий дастур талаблари асосида узбек тилини о'китишнинг

самарадорлиги. фан, талим ва амалийот интеграцияси , 661-664. Получено с

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central

European Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

eva%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

Azizovna Y.S. On the Development of Expressive Learning Skills. International Journal on

Integrated Education (IJIE) 6 (No. 5 (2023)), 313-316