482
“IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA SEVGI, SADOQAT VA
FIDOYILIKNING BADIIY TALQINI
Hamroqulova Farangiz Umarqulovna,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
farangizhamroqulova1412@e-mail.com
Ilmiy rahbar: dotsent Yuldosheva Saodat Azizovna
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “Ikki eshik orasi” romanida sevgi, sadoqat va fidoyilik
tushunchalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda qahramonlarning bir-biriga bo‘lgan
muhabbati hayotiy sinovlar orqali mustahkamlanib, sadoqat insoniy matonatning asosiy mezoni
sifatida aks ettiriladi. Shuningdek, fidoyilik nafaqat shaxsiy munosabatlar, balki ijtimoiy va tarixiy
jarayonlar fonida ham ko‘rinadi. Ushbu maqolada roman qahramonlarining taqdiri misolida
insoniy fazilatlarning qadri va ularning hayotidagi o‘rni yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar.
Badiiy talqin, sevgi, sadoqat, muhabbat sinovlari, insoniy fazilatlar, matonat.
“IKKI ESHIK ORASI” ROMANINDA SEVGİ, SADAKAT
VE FEDAKARLIĞİN SANATSAL YORUMU
Hamroqulova Farangiz Umarqulovna,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Bilimsel danışman: doçent Yuldasheva Saodat Azizovna
Özet
. Bu makalede “İki Kapı Arası” romanında aşk, sadakat ve fedakarlık kavramlarının
sanatsal yorumu incelenmektedir. Eserde kahramanların birbirlerine olan sevgisi hayatın
zorluklarıyla daha da güçlenirken, sadakat insan metanetinin başlıca ölçütü olarak yansıtılır.
Ayrıca fedakarlık sadece kişisel ilişkilerde değil, arka plandaki toplumsal ve tarihsel süreçlerde de
görülmektedir. Bu makalede, roman kahramanlarını kaderleri örnek alınarak insani niteliklerin
değeri ve yaşamdaki rolü vurgulanmaktadır.
Anahtar kelimeler.
Sanatsal yorum, aşk, sadakat, aşkın sınavları, insani nitelikler, metanet
.
ХУДОЖЕСТВЕННАЯ
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
ЛЮБВИ,
ВЕРНОСТИ
САМООТВЕРЖЕННОСТИ
В
РОМАН
“ИККИ
ЭШИК
ОРАСИ”
Хамроқулова Фарaнгиз Умарқуловна,
Студентка Узбекско-Финского педагогического института
Научный руководитель: доцент Юлдашева Саодат Азизовна
Аннотация.
Статье анализируется художественная интерпретация понятий
любви, верности и самопожертвования в романе “Между двух дверей”. В произведении
любовь героев друг к другу укрепляется через жизненные испытания, а верность
раскрывается
как
главный
критерий
человеческой
стойкости.
При
этом
самопожертвование проявляется не только в личных отношениях, но и в социальных и
исторических процессах, происходящих на их фоне. В статье на примере судеб героев
романа подчеркивается ценность человеческих качеств и их роль в жизни.
Ключевые слова
. Художественная интерпретация, любовь, верность, испытания
любви, человеческие качества, стойкость.
ARTISTIC
INTERPRETATION
OF
LOVE,
LOYALTY,
AND
DEVOTION
IN
THE
NOVEL
“IKKI
ESHIK
ORASI”
483
Hamroqulova Farangiz Umarqulovna
Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Scientific advisor: associate professor Yuldasheva Saodat Azizovna
Annotation.
This article analyzes the artistic interpretation of the concepts of love, loyalty,
and devotion in the novel Ikki Eshik Orasi. The love between the characters is strengthened through
life trials, while loyalty is depicted as a fundamental criterion of human resilience. Furthermore,
devotion is not only reflected in personal relationships but also in the context of social and
historical processes. Through the fate of the novel’s characters, the article highlights the value of
human virtues and their significance in life.
Keywordsç.
Artistic interpretation, love, loyalty, trials of love, human virtues, resilience.
O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi
tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda insoniy fazilatlarning yuksak badiiy talqini berilgan. Asar sevgi,
sadoqat va fidoyilik mavzularini o‘z ichiga olib uni o‘qigan kishini chuqur mushohadaga chorlaydi.
Romanda qahramonlarning kechinmalari, tarixiy voqealar gavdalanadi va inson ruhiyatining
murakkab jihatlarini ochib beriladi. Mazkur maqolada roman qahramonlari timsolida sevgi va
sadoqat tushunchalarining talqini tahlil qilinadi.
Romanda sevgi qahramonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, u turli sinovlarga
duch keladi. O‘tkir Hoshimov sevgi tushunchasini faqatgina ikki inson orasidagi tuyg‘u sifatida
emas, balki insonning hayotini o‘zgartiruvchi, uni kuchli va matonatli qiluvchi hodisa sifatida
tasvirlaydi. Asardagi muhabbat nafaqat baxtga erishish yo‘lida, balki insonni buyuk ishlarga
ilhomlantiruvchi kuch sifatida ham namoyon bo‘ladi. Qahramonlarning muhabbati ijtimoiy va
tarixiy voqealar fonida mustahkamlanadi yoki sinovga duch keladi. Bu esa romanning yanada
hayotiy va ta'sirchan bo‘lishiga olib keladi.
Asar qahramonlari hayotida sadoqat katta ahamiyat kasb etadi. Sadoqat-bu nafaqat sevgi
yo‘lida matonat,balki o‘z prinsiplariga,Vatanga va e'tiqodga sodiq timsoli desak mubolag‘a
bòlmaydi. Asardagi qahramonlar hayotidagi sinovlar ularning sadoqatini yanada mustahkamlaydi.
Ijodkor qahramonlari so‘z bilan emas, balki amaliy harakatlari bilan o‘z sadoqatlarini namoyon
qiladilar. Asarda sadoqat faqat insoniy munosabatlarda emas,balki ijtimoiy adolat va haqiqat
yòlidagi kurashda ham yaqqol ko‘rinib turadi. Ushbu romanda sadoqatni birinchi bòlib Robiyada
ko‘ramiz.
Fidoyilik romandagi muhim tushunchalardan biri bo‘lib, u muhabbat, e’tiqod va Vatan
yo‘lidagi qurbonliklar orqali namoyon bo‘ladi. Qahramonlar o‘z sevgisi, e'tiqodi va vatanparvarligi
yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu jarayonda ular o‘z qadr-qimmatlarini saqlab
qolishga, hayot sinovlaridan o‘tishga harakat qiladilar. O‘tkir Hoshimov asarida fidoyilik insonning
eng oliy fazilati sifatida aks ettiriladi. Asarda insonning o‘z qadriyatlari uchun kurashishi, o‘z baxti
va erki yo‘lida qurbonlik qilishga tayyorligi tasvirlanib, bu voqea roman voqealarini yanada
dramatik va hayajonli qiladi.
Asar voqealari real hayotda olingandek tuyuladi. Muallif qahramonlarning ichki
kechinmalarini,ularning tashvish va orzularini shunchalik tabiiy tasvirlaydiki, o‘qiyotgan inson
ularga befarq qaray olmaydi. Kitobdagi voqealar har kimning hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan
holatlarga asoslangan bo‘lib,aynan shu jihat uni yuraklarga yaqin qiladi. Roman qahramonlarining
ruhiy iztiroblari, sevgisi, sadoqati va dardlari o‘quvchini chuqur his-tuyg‘ularga g‘arq etadi.
Ularning harakati,qarorlari va taqdir sinovlari insonni o‘ylashga majbur qiladi. Ayniqsa insoniy
munosabatlar, orzu va haqiqat o‘rtasidagi kurash romanning ta’sirchanligi oshiradi. Romanda sevgi
faqat baxt manbai sifatida emas, balki insonni sinaydigan, uni kuchli yoki ojiz qilib qo‘yadigan
tuyg‘u sifatida ham talqin etiladi.”Ikki eshik orasi” romani inson qalbining eng nozik torlariga
tegib, o‘quvchini chuqur hayajonga soladigan asardir.
Xulosa qilib aytish kerakki, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani sevgi, sadoqat
va fidoyilik kabi insoniy fazilatlarni yorqin tasvirlaydi. Qahramonlar o‘z his-tuyg‘ulari va hayotiy
484
qarashlariga sodiq bo‘lib,o‘z qadriyatlari yo‘lida kurashadilar. Ushbu roman inson ruhiyatining
murakkabligini ochib berib, o‘quvchini insoniy fazilatlar haqida chuqur munozara yuritishga
undaydi. Bu asar faqat tarixiy voqealar haqida emas,balki inson qalbining yuksakligi va matonati
haqida ham kikoya qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Hoshimov O‘. Ikki eshik orasi. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2012. 624-b.
2.
Karimov N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. 276-b.
3.
G‘afurov, A. O‘zbek romanchiligi: tahlil va talqin. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015.
4.
Qodirov P. Tarixiy roman poetikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
5.
O‘tkir Hoshimov ijodi bo‘yicha ilmiy maqolalar va tahlillar // Internet manbalari.
6.
Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового
образования.
JournalNX
, 514-516.
7.
Азизовна, Ю.С. Формирование чувства уважения у студентов.
Журнал NX
, 1026-1028.
8.
Ahmad, Said. “Ikki eshik orasi” romani haqida. -640 b.