Mualliflar

  • Jo‘rayeva Surayyo Tolibjon qizi
  • Yuldosheva Saodat Azizovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112584

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Nasr hikoya obraz “Do‘st” hikoyasi ruh tana Abay “Naqliya so‘zlar” yurak aql g‘ayrat ilm majoz.

Annotasiya

Annotatsiya.  Badiiy  adabiyotda  do‘stlik,  sadoqat,  xiyonat  tushunchalari  o‘lmas 
mavzulardan biridir. O‘zbek adabiyotida “do‘st” obrazi turlicha talqin qilinadi. Isajon Sultonning 
“Do‘st” deb nomlangan hikoyasi ham shunday mavzudagi asarlardan biridir. Mazkur maqolada 
ushbu  hikoya  mazmuni  tahlilga  tortilgan,  adibning  g‘oyaviy  maqsadi  mushohada  qilingan. 
Asardagi “do‘st” orqali ifodalangan falsafiy ma’nolar haqida fikr yuritilgan. 


background image

478

ISAJON SULTON HIKOYALARIDA NOVATORLIK

Jo‘rayeva Surayyo Tolibjon qizi,

O‘zbekiston

-

Finlandiya pedagogika instituti magistranti

Yuldosheva Saodat Azizovna, ilmiy rahbar,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti

Annotatsiya.

Badiiy adabiyotda do‘stlik, sadoqat, xiyonat tushunchalari o‘lmas

mavzulardan biridir. O‘zbek adabiyotida “do‘st” obrazi turlicha talqin qilinadi. Isajon Sultonning
“Do‘st” deb nomlangan hikoyasi ham shunday mavzudagi asarlardan biridir. Mazkur maqolada
ushbu hikoya mazmuni tahlilga tortilgan, adibning g‘oyaviy maqsadi mushohada qilingan.
Asardagi “do‘st” orqali ifodalangan falsafiy ma’nolar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar

. Nasr, hikoya, obraz, “Do‘st” hikoyasi, ruh, tana, Abay, “Naqliya so‘zlar”,

yurak, aql, g‘ayrat, ilm, majoz.

ISAJON SULTAN’IN HIKÂYELERINDE YENILIKÇILIK

Juraeva Surayyo Tolibjon qizi,

Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Yuldosheva Saodat Azizovna, bilimsel danışman,

Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü Doçenti

Özet.

Edebiyatta dostluk, sadakat, ihanet kavramları ölümsüz temalardan biridir. Özbek

edebiyatında “dost” imgesi farklı şekillerde yorumlanır. Isajon Sultan'ın “Dost” adlı hikâyesi de
bu konudaki eserlerden biridir. Bu makalede, bu hikâyenin içeriği analiz edilmiş ve yazarın
ideolojik amacı tartışılmıştır. Eserdeki “arkadaş” aracılığıyla ifade edilen felsefi anlamlar
hakkında düşünülmektedir.

Anahtar kelimeler

. Nesir, hikaye, imge, “Dost” hikâyesi, ruh, beden, Abay, “Nakliye

Sözler”, kalp, akıl, gayret, ilim, mecaz

НОВАТОРСТВО В РАССКАЗАХ ИСАДЖОНА СУЛТАНА

Джураева Сурайё Толибжон кизи,

магистрант Узбекско-финского педагогического института

Юлдошева Саодат Азизовна, научный руководитель,

доцента Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В художественной литературе понятия дружбы, верности и

предательства являются одними из актуальных тем. В узбекской литературе образ
“друга” трактуется по-разному. Рассказ Исаджона Султана под названием «Друг» также
является одним из произведений на эту тему. В данной статье анализируется содержание
этого рассказа, рассматривается идейная цель писателя. В произведении рассматриваются
философские значения, выраженные через «друг».

Ключевые слова.

Проза, рассказ, образ, рассказ «Друг», душа, тело, Абай, пословицы,

сердце, разум, энтузиазм, знание, метафора

INNOVATION IN THE STORIES OF ISAJON SULTAN

Juraeva Surayyo Tolibjon kizi,

master’s student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute


background image

479

Yuldosheva Saodat Azizovna, scientific supervisor,

associate professor of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Abstract.

In fiction, the concepts of friendship, loyalty, and betrayal are among the immortal

themes. In Uzbek literature, the image of “friend” is interpreted differently. Isajon Sultan's story
“Do‘st” (Friend) is one such work. In this article, the content of this story is analyzed, and the
author's ideological goal is considered. The work discusses the philosophical meanings expressed
through the word “friend”.

Keywords.

Prose, story, image, “Friend” story, soul, div, Abay, “Proverbs”,heart, mind,

zeal, knowledge, metaphor.

Mustaqillik davri nasrida o‘z yo‘nalishi, qalamining o‘tkirli bilan adabiyot olamida o‘z

o‘rniga ega ijodkorlarimiz bir qancha. Jumladan, Shukur Xolmirzayev, Murod Muhammad Do‘st,
Ulug‘bek Hamdam, Normurod Norqobilov, Luqmon Bo‘rixon, Isajon Sulton singari ijodkorlarning
o‘ziga xos yo‘nalishda yaratgan asarlari milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga sezilarli darajada hissa
qo‘shmoqda. Bugungi kunda nasrda shaklga emas, ko‘proq ruhiyat tasviriga alohida e’tibor
berilmoqda. Badiiy asardagi obrazlarga munosabat yozuvchi tomonidan emas, balki kitobxonning
o‘ziga havola qilinmoqda. Bu esa nasr taraqqiyotining bir pog‘onaga ko‘tarilganligidan dalolat
beradi. Bugungi kunning shunday ijodkorlaridan biri O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Isajon Sultondir.
Uning dastlab romanlari, keying yillarda hikoyalari ham falsafiyligi bilan ajralib turadi. Yozuvchi
asarlarida o‘ziga xos uslubni: ramziylik, falsafiylik, qat’iyatlilik kabi jihatlarni kuzatamiz.
Hikoyalari ham o‘yga toldiradi, ham mushohadaga undaydi. Buni “Do‘st” hikoyasi misolida
ko‘rib o‘tamiz.

Ishda Isajon Sulton ijodi va turkiy xalqlarda do‘stlik obrazi haqidagi ilmiy ishlar tahlil

qilindi. Unda qiyosiy-chog‘ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanildi.

Majoz turli janrlarda, ayniqsa, masal, rivoyat, hikoya, qissa ba’zan roman shaklida ham

uchrab turadi. Adabiyotimizda Muhammad Sharif Gulxaniy “Zarbulmasal” [10] asari o‘zbek
adabiyotida majoziy xarakterda yaratilgan bo‘lsa, jahon adabiyotida XX-asrda yozilgan Jorj
Oruellning “Molxona” [5] romani esa fikrimizning dalilidir. Ham nasrda, ham nazmda keng
qo‘llanib kelinayotgan majoziy obraz tasviridan yozuvchi Isajon Sulton ham ustalik bilan
foydalangan.

O‘zbek adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham o‘lmas mavzulardan biri bo‘lgan do‘stlik

mavzusini turlicha talqin etuvchi asarlar bir qancha. Masalan, Xalq og‘zaki ijodidan, “Alpomish”
dostonida Alpomish va Qorajonning do‘stliga; [7; 10-bet] ertaklarda, “Egrivoy va To‘g‘rivoy”ning
munosabatlari keltirilgan bo‘lsa, [3; 56-bet], XX-asrda yozilgan O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning
ishlari” asarida ham do‘stlarning munosabatlari yoritib berilgan [4; 19-bet]. “Alpomish” dostonida
Qorajon sadoqatli do‘st desak, “Egrivoy va To‘g‘rivoyda” bunung aksini ko‘ramiz. XX asrda
yashab ijod etgan shoirimiz Erkin Vohidovning mashhur she’ri “Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa
u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa Vayronadir koshona ham” - degan satrlarida inson yashar
ekan, unga har doim bir do‘stning kerakligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. Bugungi kun nasrda
Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romani [6]. Yoshlikdan birga o‘sgan ikki do‘stning hayot
muammolari ikki xil insonga aylantirgani, konfliktlar ichida do‘stlikka darz ketishi, orzularini
orzuligicha qolib ketganligi, davrning muammolari ko‘rsatilgan. Bir qarashda Isajon Sultonning
ham hikoyasida xuddi shunday muammolar keltirilgan deb o‘ylaysiz. Chunki hikoyaning
boshlanishidagi badiiy tasvirlar kitobxonni shunday o‘ylashga majbur qiladi.

Senu men tengdosh edik, do‘st.
O‘tloqlarda o‘ynar edik. O‘shanda… rosa chopar edik-da. Oyog‘imiz ostida quyun

o‘ralashardi. Qirda shamoldan o‘zib ketardik. To‘kilgan o‘rik gullari chopishimizdan paydo
bo‘lgan shiddatlarda yerdan ko‘tarilib, uchib - uchib yana yerga qayta qo‘nardi.

Dunyo biz uchun mana shu kichkina makondan iborat edi, xolos.


background image

480

Bir qarashda bolalikdan birga katta bo‘lgan ikki do‘stning xotiralariga o‘xshaydi. Ammo bu

ikki do‘stning o‘zaro suhbati emas, buni hikoyani chuqur mushohada qilibgina anglash mumkin.

Do‘stlik mavzusiga Isajon Sulton mutlaqo yangicha tus bergan. Ijodkorimiz ikki kishi

o‘rtasidagi munosabatlarni emas, tana bilan ruhni o‘zaro suhbatlashtirgan. Bu hikoyaning
falsafiyligidan dalolat beradi. Adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiyning “Lison ut tayr” yoki
“Farxod va Shirin” asarlarida falsafiylik yorqin ko‘zga tashlanadi [1; 25 bet]. Farxodning ismini
kelib chiqishi, yo uning o‘rgangan ilmlari komillik sari qadamlari edi.

Qardosh xalqlardan qozoq shoiri Abayning ham ijodida shu yo‘nalishdagi asarlari bor.

“Naqliya so‘zlar” deb nomlanadi [12]. Asar nasihat shaklida yozilgan bo‘lib, qisqa fikrlar aytilgan,
xulosalar keltirilgan. “Naqliya so‘zlar”ning O‘n yettinchi so‘z bo‘limida G‘ayrat, Aql, Yurak - har
uchalasi, o‘zini maqtab tortishib qoladi. Ilmning oldiga kelib hakamlik qilishini so‘raydi va ilm
uchalasi birikishini aytadi. Agar birika olmasangiz men yurakni yoqlayman, chunki insonlar qalbini
toza saqlashlari lozim, deb xulosa beradi. Ushbu asar nasihatlar shaklida yaratilgan bo‘lib, inson
xususiyatlari orqali kishilarni birlikka undaydi. Isajon Sultonda esa yangicha talqin Hikoyani
ramziy ma’noda “Do‘st” deb nomlaydi, sababi hikoyani boshidan to so‘nggi satrigacha ruhning
tanaga murojaati shaklida yozilgan. Go‘yo bolalik yillariga ikki do‘stning qaytishi deb o‘ylashga
majbur qiladi. Hikoyadagi mana bu monalogga diqqat qarataylik.

Ikkalamizning o‘z hududlarimiz boriydi, bepoyon, sirlarga to‘la, jozibali hududlar. Apil-

tapil bir burda nonni chaynab, ariqdan bir hovuch suv ichib ketaverardik-da.

“Ikkalamizning”

so‘zidan ko‘rinib turibdi. Gap ikki kishi haqida ketayotganligi. Shuning

uchun ham do‘stlarning suhbatini eslatadi-da.

Ko‘zlari chaqnab, kulib-kulib turadigan yoqimtoy bola eding-da, do‘st. Har doim men bilan

birga ekaningdan, seni qachon taniganimni eslolmayman.

Ushbu ta’rifdan so‘ng asar nima uchun do‘st deb atalganligiga oriqcha izoh qolmaydi.

Hikoyaning davomiga diqqat qaratsak.

Ikkalamizning ham ismimiz bir xil edi. Otam yoki onam ismimizni aytib chaqirsa,

baravariga yugurib borardik. Men xayollarga, o‘y - fikrlarga beriluvchanroq edim, har narsaning
tubiga yetgim kelaverardi. Sening tevarakka qiziqishing zo‘r edi, orom beradigan narsalarni yaxshi
ko‘rarding.

Bu monalog o‘quvchini chalg‘itadi. Ismlarining birligini aytib turib qiziqishlarini farqlaydi.

Bu bilan bir xil ismdagi ikki o‘rtog‘mi deb o‘ylab qolasiz. Hikoyaning mana bunday davomi esa, bu
so‘zlarning ruhga tegishli ekanligini anglatadi.

Yana, uyquni yaxshi ko‘rarding. Men esa uxlashni yoqtirmasdim. Shu sabab, goho sen

uxlagan mahallaring xayolan qaylargadir sayrlar qilardim. U –makonsiz, zamonsiz hududlar edi.
O‘sha hududlarda goho dunyodan o‘tib ketgan bobomni, o‘zim tanimaydigan kimlarnidir uchratar
edim. Gohida esa… uchar edim, do‘st! Shunda seni ko‘rmas edim, nainki seni, o‘zimni ham
ko‘rmas edim. Go‘yo eshituvchi va ko‘ruvchi jismsiz bir shaffof narsa edimu makonlar va zamonlar
uzra uchib ketardim.

Demak, hikoya do‘stlik haqida emas, tana va ruh haqida ekanligiga aniqlik kiritib oldik.

Ho‘sh, ijodkor nega bunday yondashdi. Hikoyaning davomiga e’tibor qaratamiz.

Sening umring juda oz qoldi-juda yaqin orada seni tuproqqa topshiradilar. Sen

tuproqlarning ostida qolasan, do‘st. Men esa ketaman o‘z yuksakliklarimga - u yerlarda sening
keraging bo‘lmaydi menga. Endi sen bilmagan bir sirni ochayin. Men azal edim. Sen bilan
tanishmasimdan minglab yillar avval bino bo‘lgan edim. Ya’ni ikkimiz ikki yondan dunyoga keldik,
bir-birimizni tanidik. Sen ham meni taniding va amrimga itoatkorona bo‘yin egding! Ikkovlon bir
vujud ichra mavjud bo‘ldik, do‘st.

Yuqorida ham ta’kidlab o‘tganimizdek, ijtimoiy hayotdagi do‘stlik munosabatlari haqida

hikoyaning biror yerda tilga olinmagan. Hikoyani shartli ravishta “Do‘st” deb atab, jisim va jonni
qancha yillar birlikda yonma-yon, go‘yo yelkadoshdek ta’riflagan. Jisimni ruh tark etar chog‘ida
unga o‘rganib qolganligi, ammo ketish hayot qonuni ekanligini ko‘rsatib o‘tmoqchidek. Ijodkor
barchamiz Ollohga tegishli ekanligimizni, Yaratganning oldiga bir kun qaytguvchi yo‘lovchilar


background image

481

ekanligimizni ta’kidlamoqda. Barchamiz tuproqdan yaralganmiz tuproqqa qaytamiz. Bu haqda
dinimizning muqaddas kitobi bo‘lmish “Qur’on” da ham shunday yozilgan [2;457-bet]. Eslang,
Robbingiz farishtalarga degan edi:

“Albatta men loydan bashar yaratuvchidirman”

. (71-oyat sod

surasi)

“Men uni to‘g‘ri qilib yaratganimda va unga ruhimdan puflaganimda, siz unga sajda

qilinglar!”,

(72-oyat sod surasi).

Bas, Olloh bizni loydan yaratib farishtalarni sajda qildirgan bo‘lsa,

nega biz doim Ollohni yodimizda saqlamaymiz. Olayotgan har nafasimiz uchun shukronalar
keltirmaymiz. Farzandlarimizga Yaratganni tanitish uchun vaqt sarf etmaymiz. Aslida, har onimiz
Ollohniki emasmi? Isajon Sultonning hikoyasida meni nazdimda, aynan shunday g‘oya yashirilgan.
Rivojlanib borayotgan XXI asrda aslida adabiyotimizga aynan shunday asarlar kerak deb
o‘ylayman. Chunki barchamizga tegishli bo‘lgan tanamiz loydan yaralgan va unga Ollohning jon
ato etganligini yodimizda saqlashimiz kerak. Barchamizga tegishli bo‘lgan omonatgina umrda,
vaqtni ezgu amallarga sarflashimiz lozimligini hikoyani o‘qib yana bir marta amin bo‘lamiz.

Xulosa qilib aytganda, D.Quronov ta’kidlaganidek, hikoyada “Emotsional va rotsional

birliklarning o‘rni kattadir” [8]. Rotsional birlik dunyoni bilish deb olsak, u orqali yozuvchi
bugungi kunda insonlar dunyoni qanchalik bilyapti? Ularlarning go‘zal yashashlari uchun berilgan
bunday imkoniyatlardan qay yo‘sinda foydalanyapti? Kitobxonni o‘ylashga, mushohadaga undaydi.
Agar insonlar, Yaratganni doim yodida tutganlarida edi, urushning azobidan onalar yig‘lamas,
go‘daklar olamdan o‘tmas edi. Agar odamlar Yaratganni doim yodida saqlasalar, bugungidek
isrofgarchilik, yovuzlik, o‘g‘rilik, noshukrlik degan shaytoniy istaklarga qul bo‘lmas edilar. Isajon
Sulton hikoyani noan’anaviy usulda yaratgan, bugungi kun uchun aynan kerak bo‘lgan mavzulardan
biri deb o‘ylayman. Zero, insonlarning diniy va dunyoviy bilimlarini oshirishda ijodkorlar va
ularning yaratgan asarlarini o‘rni beqiyos.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi. 2006. 25-
bet.

2.

Buriyeva, F., & Narzulloyeva, P. (2024). Muhammad Ali she’riyatida tarixning poetik
talqini.

Analytical Journal of Education and Development

,

4

(12), 164-167.

3.

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsifi. – Toshkent: “Munir”, 2023. 457-bet.

4.

“Egrivoy bilan To‘g‘rivoy” ertagi. – Toshkent: “Azmir nashr print”, 2023. 56-bet.

5.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European
Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/7250/19705/65b7e8e0c2065___Yuldosheva
%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

6.

Azizovna Y.S.

On the Development of Expressive Learning Skills

.

International Journal on Integrated Education (IJIE) 6 (No. 5 (2023)), 313-316

https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/4444

7.

Hoshimov O‘tkir. Dunyoning ishlari. Qissa. – Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. 19-bet.

8.

Oruell Jorj. Molxona. Roman. – Toshkent: “Nihol”. 2023.

9.

Murod Muhammad Do‘st. Lolazor. Roman. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2021.

Internet saytlari:

10.

Alpomish. Doston.

http://staff.tiame.uz

11.

Quronov D. “Adabiyotshunoslikka kirish”.

www.ziyouz.com

12.

Isajon Sulton “Do‘st” hikoyasi.

https://uzsrmt.ru/kutubxona/asarlar/1433-do%CA%BBst-hikoya-

isajon sulton.html

13.

“Zarbulmasal”.

https//library.tsdi.uz

14.

Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostoni.

https://arxiv.uz

15.

https://kh-davron.uz


Bibliografik manbalar

Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi. 2006. 25-

bet.

Buriyeva, F., & Narzulloyeva, P. (2024). Muhammad Ali she’riyatida tarixning poetik

talqini. Analytical Journal of Education and Development, 4(12), 164-167.

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsifi. – Toshkent: “Munir”, 2023. 457-bet.

“Egrivoy bilan To‘g‘rivoy” ertagi. – Toshkent: “Azmir nashr print”, 2023. 56-bet.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

%20S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

Azizovna Y.S. On the Development of Expressive Learning Skills.

International Journal on Integrated Education (IJIE) 6 (No. 5 (2023)), 313-316

Hoshimov O‘tkir. Dunyoning ishlari. Qissa. – Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. 19-bet.

Oruell Jorj. Molxona. Roman. – Toshkent: “Nihol”. 2023.

Murod Muhammad Do‘st. Lolazor. Roman. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2021. Internet saytlari:

Alpomish. Doston. http://staff.tiame.uz

Quronov D. “Adabiyotshunoslikka kirish”. www.ziyouz.com

Isajon Sulton “Do‘st” hikoyasi. https://uzsrmt.ru/kutubxona/asarlar/1433-do%CA%BBst-hikoya-isajon sulton.html

“Zarbulmasal”. https//library.tsdi.uz

Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostoni. https://arxiv.uz