Mualliflar

  • Ortikova Nafisa Sharofiddinovna
  • Yuldosheva Saodat Azizovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112617

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Maqollar lingvokulturologiya sintaksis badiiy asar qiyosiy tahlil milliy tafakkur madaniy tafakkur madaniy qadriyatlar frazeologiya semantik tahlil adabiy tahlil.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  Cho‘lponning  “Kecha  va  kunduz”  asarida  qo‘llanilgan 
maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek xalq maqollarining 
semantik va sintaktik jihatlari, ularning badiiy asardagi vazifalari hamda milliy tafakkurdagi o‘rni 
qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra  maqollar badiiy asarning mazmunini boyitish 
bilan birga o‘zbek xalqining hayot falsafasi, ijtimoiy munosabatlari va an’anaviy qarashlarini aks 
ettirishda  muhim  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Mazkur  maqola  tilshunoslar  va  adabiyotshunoslar 
uchun ilmiy manba sifatida foydalanishga mo‘ljallangan. 


background image

666

CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ASARIDA QO‘LLANGAN

MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Ortikova Nafisa Sharofiddinovna,

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

ortiqovanafisa6@e-mail.com

Ilmiy rahbar: dotsent Yuldosheva Saodat Azizovna


Annotatsiya.

Ushbu maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarida qo‘llanilgan

maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek xalq maqollarining
semantik va sintaktik jihatlari, ularning badiiy asardagi vazifalari hamda milliy tafakkurdagi o‘rni
qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra maqollar badiiy asarning mazmunini boyitish
bilan birga o‘zbek xalqining hayot falsafasi, ijtimoiy munosabatlari va an’anaviy qarashlarini aks
ettirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur maqola tilshunoslar va adabiyotshunoslar
uchun ilmiy manba sifatida foydalanishga mo‘ljallangan.

Kalit so‘zlar.

Maqollar, lingvokulturologiya, sintaksis, badiiy asar, qiyosiy tahlil, milliy

tafakkur, madaniy tafakkur, madaniy qadriyatlar, frazeologiya, semantik tahlil, adabiy tahlil.

CHOʻLPON’UN “GECE VE GÜNDÜZ” ESERİNDE KULLANILAN

ATASÖZLERİNİN LİNGVOKÜLTÜROLOJİK ÖZELLİKLERİ

Ortikova Nafisa Sharofiddinovna,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Bilimsel danışman: Doç. Dr. Yuldosheva Saodat Azizovna

Özet.

Bu makalede, Choʻlpon’un "Gece ve Gündüz" eserinde kullanılan atasözlerinin

lingvokültürolojik özellikleri incelenmektedir. Makalede Özbek halk atasözlerinin anlamsal ve
sözdizimsel yönleri, sanatsal eserdeki işlevleri ve ulusal düşüncedeki yeri karşılaştırmalı olarak ele
alınmaktadır. Araştırma sonuçlarına göre atasözleri, edebi eserin içeriğini zenginleştirmenin yanı
sıra, Özbek halkının yaşam felsefesini, sosyal ilişkilerini ve geleneksel bakış açılarını yansıtan
önemli bir araç olarak hizmet etmektedir. Bu makale, dilbilimciler ve edebiyat araştırmacıları için
bilimsel bir kaynak olarak kullanılmak üzere hazırlanmıştır.

Anahtar kelimeler.

Atasözleri, lingvokültüroloji, sözdizimi, edebi eser, karşılaştırmalı

analiz, ulusal düşünce, kültürel düşünce, kültürel değerler, deyimler, anlamsal analiz, edebi analiz.

LINGUOCULTURAL FEATURES OF PROVERBS USED IN

CHO‘LPON’S NOVEL “KECHA VA KUNDUZ”

Ortikova Nafisa Sharofiddinovna,

student of the Uzbekistan-Finland pedagogical institute

scientific advisor: Associate professor Yo‘ldosheva Saodat Azizovna

Annotation.

This aticle analyzes the linguistic and cultural characteristics of proverbs used

in Cho‘lpon’s novel “Kecha va Kunduz”. The study examines the semantic and syntactic aspects of
Uzbek folk proverb, their functions in the literary work, and their role in national thinking. The
research findings indicate that proverbs not only reflect the artistic essence of a literary work but
also serve as an important means of conveying the Uzbek people’s philosophy of life, social
relations, and traditional views. This article is based on scientific sources from linguists and
literary scholars.

Keywords.

Proverbs, linguistic cultural studies, syntax, literary work, textual analysis,

national thinking, analytical thinking, artistic interpretation, phraseology, comparative analysis.


background image

667

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОСЛОВИЦ,

ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ПРОИЗВЕДЕНИИ ЧУЛПАНА

“НОЧЬ И ДЕНЬ”

Ортикова Нафиса Шарофиддиновна,

Студентка Узбекского-Финляндский педагогичский институтa

Научный руководитель: Юлдошева Саодат Азизовна

Аннотация.

В данной статье анализируются лингвокультуроло-гические

особенности пословиц, используемых в произведении Чулпана “Ночь и день”.
Рассматриваются семантические и синтаксические аспекты узбекских народных пословиц,
их функции в художественном произведении, а также их роль в национальном мышлении.
Согласно результатам исследования, пословицы не только обогащают содержание
художествен-ного произведения, но и служат важным средством отражения философии
жизни, социальных отношений и традиционных взглядов узбекского народа. Данная статья
предназначена для использованная в качестве научного источника для лингвистов и
литературоведов.

Ключевые слова.

Пословицы, лингвокультурология, синтаксис, художественное

произведение, сравнительный анализ, национальное мышление, культурное мышление,
культурные ценности, фразеология, семантический анализ, литературный анализ.

CHOʻLPON’UN “GECE VE GÜNDÜZ” ESERİNDE KULLANILAN

ATASÖZLERİNİN LİNGVOKÜLTÜROLOJİK ÖZELLİKLERİ

Ortikova Nafisa Sharofiddinovna,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Bilimsel danışman: Doç. Dr. Yuldosheva Saodat Azizovna

Özet.

Bu makalede, Choʻlpon’un “Gece ve Gündüz” eserinde kullanılan atasözlerinin

lingvokültürolojik özellikleri incelenmektedir. Makalede Özbek halk atasözlerinin anlamsal ve
sözdizimsel yönleri, sanatsal eserdeki işlevleri ve ulusal düşüncedeki yeri karşılaştırmalı olarak ele
alınmaktadır. Araştırma sonuçlarına göre atasözleri, edebi eserin içeriğini zenginleştirmenin yanı
sıra, Özbek halkının yaşam felsefesini, sosyal ilişkilerini ve geleneksel bakış açılarını yansıtan
önemli bir araç olarak hizmet etmektedir. Bu makale, dilbilimciler ve edebiyat araştırmacıları için
bilimsel bir kaynak olarak kullanılmak üzere hazırlanmıştır.

Anahtar kelimeler.

Atasözleri, lingvokültüroloji, sözdizimi, edebi eser, karşılaştırmalı

analiz, ulusal düşünce, kültürel düşünce, kültürel değerler, deyimler, anlamsal analiz, edebi analiz.

Tilshunoslikda maqollarni o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki

maqollar xalq tafakkurining ko‘zgusi bo‘lib, ularning o‘zaro munosabati va vazifalarini tahlil qilish
orqali milliy madaniyat va tafakkur tizimini chuqurroq anglash mumkin. Maqollar faqatgina badiiy
vosita emas, balki xalqning hayotiy tajribasi, axloqiy me’yorlari va ijtimoiy munosabatlarini aks
ettiruvchi lingvokulturologik birliklar hisoblanadi.

Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarida ishlaytilgan maqollarni lingvokulturologik tahlil

qilish orqali ularning milliy tafakkur va madaniy qadriyatlarimizdagi o‘rnini belgilash mumkin.
Ushbu maqolada asarda qo‘llanilgan maqollarning grammatik va semantik xususiyatlari hamda
ularning asar mazmuniga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi.

Maqollarning lingvokulturologik tahlili

“Hubbil vatani minal-imon”

(Vatanni sevish iymondandir) [15.b]

Ushbu maqol diniy mazmunga ega bo‘lib, milliy vatanparvarlik hissini ifodalaydi. O‘zbek

xalqining vatanparvarlik ruhiyatini aks ettiruvchi maqollardan biridir. Asarda so‘fi obrazining
Vatangga bo‘lgan bog‘liqligi va uning shahardan tashqariga chiqishni istamasligi ushbu maqol


background image

668

orqali yoritiladi. Bu lingvokulturologik jihatdan o‘zbek xalqining vatanparvarlik qadriyatlari bilan
chambarchas bog‘liqdir.

“Sanamasdan sakkiz dema”

[22.b.].

Maqol insonni shoshqaloqlikdan tiyishga undaydi va hisob-kitob qilish mumkinligini

ta’kidlaydi. Asarda Zebixon otasining ruxsatini kutish kerakligini Saltanatxonga aytib, bu maqol
insonning qaror qabul qilishda shoshmaslik muhimligini yoritadi.

“Kambag‘al -Xudoyimning suygan bandasi”

[36.b.].

Bu maqolda kambag‘allik tushunchasi ijobiy talqin qilinib, sabr va tavakkal tushunchalari

bilan bog‘lanadi. Maqol xalqning diniy e’tiqodi va axloqiy qadriyatlarini ifodalovchi iboradir.
Asarda bu maqol Enaxonning qashshoqligidan shikoyati chog‘ida ishlatiladi. Bu hol xalq
tafakkurida kambag‘allikni sinov sifatida qabul qilish va unga sabr qilish zarurligini ko‘rsatadi.

“Noumid shayton”

[39.b.].

Umidni yo‘qotish yomon oqibatlarga olib kelishi haqidagi ushbu maqol islomiy tafakkur va

xalq falsafasini o‘zida mujassam etadi. Bu maqol orqali o‘z istaklariga yetishish uchun harakat
qilishi, hech qachon umidsizlikka tushmasligi kerakligi ifodalanadi. Asarda bu maqol Xolmat va
aravakash yigit o‘rtasidagi suhbatda ishlatiladi. Aravakash yigit Zebinisoxonning ovozidan hayratga
tushib, unga nisbatan ilig‘ his-tuyg‘ulari borligini sezadi. Xolmat esa yigitning hayajonini ko‘rib,
uni dalda berish maqsadida “Noumid shayton” maqolini ishlatadi.

“Olmaa pish og‘zimga tush”

[84.b.].

Ishga harakat qilmasdan natijar kutishning noto‘g‘ri ekanini bildiruvchi maqol bo‘lib,

o‘zbek xalqining mehnatsevarlik tamoyillarini aks ettiradi. Bu maqol Cho‘lpon asaridagi
qahramonlarning harakterini ochib berishda ham xizmat qiladi. Asarda ushbu maqol O‘lmasjonning
ota-onasi o‘rtasidagi bahs chog‘ida qo‘llaniladi. Ona farzandining tinimisiz mehnat qilib charchab
ketganidan noliydi va unga yaxshiroq kasb topish zarurligini aytadi. Otasi esa dunyoda oson ish
yuqligini, har kim o‘z mehnati bilan ro‘zg‘orini tebratish kerakligini tushuntiradi. Ona esa (olma
pish, og‘zimga tush!) maqolini ishlatib, faqat kutish bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligini
ta’kidlaydi.

“Echkiga o‘lim, qassobga yog‘”

[112.b.].

Ushbu maqol aosan ikki tomon o‘rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligini ifodalaydi. Xalq

og‘zaki ijodi namunasi sifatida bu maqol ijtimoiy haqiqatni ko‘rsatish vositasidir. Asarda
Qurvonbibi qizining bo‘zaxo‘r va benamoz kishiga berilganidan norozi bo‘lib, bu holatni “Echkiga
o‘lim, qassobga yog‘” maqoli orqali ifodalaydi. Bu esa hayotdagi adolatsizlik va har kimning o‘z
manfaatini o‘ylash haqidagi tushunchani aks ettiradi.

“Kichkina mitti, xon xo‘jani yiqitdi”

[114.b.].

Kichik yoshdagi insonlar ham donishmand va ta’sirchan bo‘lishi mumkinligi haqidagi

tushunchani ifodalaydi. Bu xalqning yoshlarga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatadi va adabiyotda
qahramonlarning nutqiga tabiiylik bag‘ishlaydi. Asarda bu maqol Zebixonning shaharga tushib
kelgan ayollar bilan bog‘liq holatda qo‘llaniladi. Poshshaxon kichik mittini nazardan qochirgani
natijasida u katta ta’sir ko‘rsatganini ifodalash uchun “Kichkina mitti, xon xo‘jani yiqitdi” maqolini
ishlatadi.

“Chorasiz dard yo‘q”

[145.b.].

Xalqning hayotga bo‘lgan optimistik qarashini aks ettiruvchi maqol bo‘lib, har qanday

muammoning yechimi borligini ta’kidlaydi. Adabiy matnda bu kabi maqollar inson ruhiy holatini
ochib berishga xizmat qiladi. Asarda bu maqol Miryoqub davlat boshqaruvidagi inqirozni tahlil
qilar ekan, har qanday muammoga yechim topish mumkinligini ta’kidlaydi. U “Chorasiz dard yo‘q”
maqolini keltirib, eng og‘ir vaziyatlarda ham yechim topish insonning qo‘lida ekanligini bildiradi.
To‘ra esa bunga Shubha bilan qarab, davlat tizimining inqirozi oldida amaldorlarning ojizligini
ta’kidlaydi.

“O‘lim bilan ishqdan boshqa hamma dardning chorasi bor”

[145.b.].

Ushbu maqol inson hayotida yechimi topilmaydigan faqat ikki narsa – o‘lim va ishq

ekanligini bildiradi. Asarda bu maqol Miryoqub va To‘ra o‘rtasidagi bahsda qo‘llaniladi. Miryoqub


background image

669

davlatning o‘g‘ir ahvolini muhokama qilar ekan, har qanday muammoga yechim topish
mumkinligini ta’kidlaydi. U bu maqol orqali inson o‘lim va muhabbat oldida ojiz, lekin boshqa
barcha masalalarda chora topish mumkinligini bildiradi. To‘ra esa bunga ishonmay, mavjud siyosiy
inqirozni hal bo‘masligini aytadi.

“Ertaning g‘amini eshak yeydi”

[146.b.].

Kelajak haqida ortiqcha qayg‘urishning foydasi yo‘qligini ta’kidlovchi maqol bo‘lib, real

hayotga mos qarash ifodalangan. O‘zbek mentalitetida ertangi kun umid bilan bog‘liq ekanligi bu
maqolda yaqqol ko‘rinadi. Asarda bu maqol To‘ra va Miryoqubning davlatchilik masalalariga oid
suhbatidaqo‘llaniladi. Miryoqub kelajak haqida haddan tashqari tashvishlanmaslik kerakligini aytib,
To‘rani tinchlantirish uchun bu maqolni ishlatadi. U hayotda muammolar o‘z yo‘li bilan hal
bo‘ilishiga ishonadi, To‘ra esa bunday yondashuvga Shubha bilan qaraydi va kelajak haqida
qayg‘urish mumkinligini ta’kidlaydi.

“Eshagiga yarasha tushovi”

[155.b.].

Ushbu maqol insonning mavqei va sharoitiga yarasha muomala qilinishi kerakligini

bildiradi. Asarda bu maqol Miryoqubning imperiya haqidagi mulohazalari chog‘ida qo‘llaniladi. U
podshoning hokimiyatini, davlatning ahvolini tahlil qilar ekan, imperiyaning botishini tushunib
yetadi. Miryoqub podshoning qadr-qimmati va mavqei pasayib borayotganini, boshqaruv tizimi
ham shunga yarasha zaaiflashayotganini anglab, bu orqali u har bir narsa o‘z egasiga yarasha
ekanligini ta’kidlaydi.

“Bilgan bilmagandan yaxshi”

[198.b.].

Bu maqol bilim va maaa’rifatning inson hayotidagi o‘rnini ta’kidlaydi. Asarda bu maqol

Jakobning jadidlar va ularning g‘oyalari haqidagi mulohazalari chog‘ida qo‘llaniladi. U jadidlarning
yangicha qarashlari va an’anaviy tafakkur o‘rtasida ikkilanib qoladi. O‘zining ota-bobolari yurgan
yo‘ldan borishni yoki jadidlar targ‘ib qilayotgan yangicha tafakkurni qabul qilishni hal qila
olmaydi. Shu sababli, u bilim izlashga, Gazeta va kitoblarni o‘qishga qaror qiladi va inson
bilimsizlikdaaaaan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkinligini anglaydi.

“Tashi yaltiroq, ichi qaltiroq”

[208.b..]

Bu maqol insonning tashqi ko‘rinishi bilan ichki kmohiyati har doim mos kelavermasligini

ifodalaydi. Asarda bu maqol Poshshaxonning Zebixonning birdaniga o‘zgarib, samimiylik namoyon
qilganiga Shubha bilan qarashi chog‘ida qo‘llaniladi. U Zebixonning kutilmaganda do‘stona va
quvnoq kayfiyatda kelishidan hayratga tushadi va bunday o‘zgarish ortida qandaydir yashirin
maqsad borligidan xavotirlanadi. Ushbu maqol orqali inson har doim tashqi ko‘rinishiga qarab
baholanmasligi kerakligi va uning ichki dunyosi sirli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

“Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham boyning o‘g‘li gapirsin”

[251.b.].

Ushbu maqol jamiyatda boylik va mavqening so‘z erkinligiga qanday ta’sir qilishi haqida

keskin kinoya bilan aytiladi. Asrda bu maqol Mamaturdining mojaroni hal etish jarayonida
qo‘llaniladi. U jamiyatda kimning so‘zi o‘tishi boylik va mavqe bilan bog‘liqekanligini ta’kidlaydi.
Bu orqali u jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik va boylarning so‘zining har doim ustun kelishi
haqidagi fikrni ifodalaydi.

“Bir o‘q bilan ikki qushni ag‘darmoq”

[257.b.].

Bitta harakat yoki imkoniyat bilan ikki maqsadga erishish, ikki muammoni hal qilish

demakdir. Cho‘lponning asarida Poshshaxon Zebixonning yo‘q bo‘lishini istab, shu bilan birga o‘z
mavqeini mustahkamlashni rejalashtirganda qo‘llaniladi.

“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”

[280.b.].

Berilgan ushbu maqol inson biror narsaga o‘rganib qolsa, undan voz kechishi qiyin bo‘ladi

degan ma’noni bildiradi. Cho‘lpon o‘z asarida bu maqolni So‘fi Eshon boboning saxovatga emas,
faqat olishga odatlanganligini tushuntirish uchun qo‘llaydi. U yillar davomida shakllangan
xarakterini o‘zgartirishga harakat qilmaydi. Bu holat inson tabiati va odatlarning qanchalik
mustahkam ekanini ko‘rsatadi.

Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarida ishlatilgan maqollar o‘zbek xalqining boy

ma’naviy-madaniy merosini, xalq donishmandligi va hayotiy tajribalarini aks ettiradi. Ushbu


background image

670

maqollar asarning badiiy-estetik qiymatini oshirish bilan birga, personajlarning xarakterini
chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi. Maqollarning asardagi qo‘llanilishi nafaqat ularning
semantik va lingvistik jihatlarini yoritadi, balki ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ham
ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqollar asarda voqealar rivojini ta’sirchan tarzda
yetkazish, qahramonlarning dunyoqarashi va ruhiy holatini tasvirlash vositasi sifatida muhim rol
o‘ynaydi. Shunday qilib, “Kecha va kunduz” asarida qo‘llanilgan maqollar nafaqat matnni bezash,
balki unin g‘oyaviy yo‘nalishini ham mustahkamlashga xizmat qiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Cho‘lpon. Kecha va Kunduz. Ilm-ziyo-zakovat, Toshkent, 2019. – 287 bet.

2.

Ergashov I. O‘zbek tili leksikografiyasi. Yangi asr avlodi, Toshkent, 2014. – 315 bet

3.

Jo‘rayev N. O‘zbek xalq maqollari va ularning lingvistik tahlili. Ma’naviyat, Toshkent 2013. –
310 bet.

4.

Madarahimov N. Til va tafakkur. O‘zbekiston Toshkent,2010. – 206 bet.

5.

Nurmonov A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksisi. Fan, Toshkent,1995. – 320 bet.

6.

Rashidov N. O‘zbek tilida maqollar va ularning semantik xususiyatlari. O‘zbekiston
Toshkent,2010. – 270 bet.

7.

Xo‘jamqulov U. Qiyosiy tilshunoslik asoslari. O‘zbekiston, Toshkent, 2015. – 295 bet.

8.

G‘afurov A. O‘zbek tilining frazeologik birliklari. Fan, Toshkent, 1995. – 280 bet.

Bibliografik manbalar

Cho‘lpon. Kecha va Kunduz. Ilm-ziyo-zakovat, Toshkent, 2019. – 287 bet.

Ergashov I. O‘zbek tili leksikografiyasi. Yangi asr avlodi, Toshkent, 2014. – 315 bet

Jo‘rayev N. O‘zbek xalq maqollari va ularning lingvistik tahlili. Ma’naviyat, Toshkent 2013. –

bet.

Madarahimov N. Til va tafakkur. O‘zbekiston Toshkent,2010. – 206 bet.

Nurmonov A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksisi. Fan, Toshkent,1995. – 320 bet.

Rashidov N. O‘zbek tilida maqollar va ularning semantik xususiyatlari. O‘zbekiston

Toshkent,2010. – 270 bet.

Xo‘jamqulov U. Qiyosiy tilshunoslik asoslari. O‘zbekiston, Toshkent, 2015. – 295 bet.

G‘afurov A. O‘zbek tilining frazeologik birliklari. Fan, Toshkent, 1995. – 280 bet.