Mualliflar

  • Ko‘charmurodova Shohsanam Ravshan qizi
  • Yakubova Safiya Hamdamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112577

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Ruhiyat olami olam va odam o‘zlikni anglash sevgi so‘fiylik tasavvuf vaqdat “Ichingdagi ichingdadur dunyoviy istak diniy bilim “Masnaviy ma’naviy”.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  buyuk  mutafakkir  Jaloliddin  Rumiyning  tasavvufiy 
qarashlarida islom dinining asosiy mohiyati ma`rifat va irfoniy taffakkur ekanligi ham falsafiy ham 
ilmiy jihatdan  chuqur bayon etgan va eng asosiysi oddiy va tushunarli tarizda odamlarning qalbi 
va ruhigacha yetkazib bera olgan. 


background image

503

JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA O‘ZIGA XOSLIK

Ko‘charmurodova Shohsanam Ravshan qizi,

Pedagogika va tillarni fakulteti talabasi

shohsanamkocharmurodova@gmail.com

Yakubova Safiya Hamdamovna,

Ilmiy rahbar: Sharof Rashidov nomidagi SamDU Urgut filiali

Pedagogika va tillarni fakulteti o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti

safiyayakubova1231@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning tasavvufiy

qarashlarida islom dinining asosiy mohiyati ma`rifat va irfoniy taffakkur ekanligi ham falsafiy ham
ilmiy jihatdan chuqur bayon etgan va eng asosiysi oddiy va tushunarli tarizda odamlarning qalbi
va ruhigacha yetkazib bera olgan.

Kalit so‘zlar

. Ruhiyat olami olam va odam, o‘zlikni anglash, sevgi, so‘fiylik,

tasavvuf,vaqdat, “Ichingdagi ichingdadur, dunyoviy istak, diniy bilim “Masnaviy ma’naviy”.

MEVLANA CELALİDİN RUMİ'NİN ESERİNDEKİ ÖZELLİKLER

Ko‘charmuradova Shohsanam Ravshan kizi,

Pedagoji ve Diller fakültesi öğrencisi

Yakubova Safiya Hamdamovna,

Bilimsel danışman: Öğretim yöntemleri anabilim dalı asistanı,

Şarof Raşidov adına Semerkand Devlet Üniversitesi Urgut Şubesi,

Pedagoji ve Diller Fakültesi

Özet.

Bu makalede, İslam’ın temel özünün aydınlanma ve tasavvufi düşünce olduğu, büyük düşünür

Celaleddin Rumi'nin tasavvufî görüşlerinde derinlemesine felsefi ve bilimsel olarak açıklanmakta ve

en önemlisi bunu insanların gönüllerine ve ruhlarına sade ve anlaşılır bir şekilde ulaştırmayı

başarmıştır.

Anahtar kelimeler.

Ruh âlemi, dünya ve insan, öz farkındalık, aşk, tasavvuf, gizemcilik,

zaman, "İçinde ne varsa sende o vardır", dünya arzusu, dinî bilgi, "Mesnevi, manevi."

ОСОБЕННОСТИ ТВОРЧЕСТВ ДЖАЛАЛИДДИНА РУМИ

Кочармурадова Шохсанам Равшан кызы,

Студентка факультета педагогики и языков

Якубова Сафия Хамдамовна,

Научный руководитель: ассистент кафедры методики преподавания,

Ургутский филиал СамГУ имени Шарофа Рашидова,

Факультет педагогики и языков

Аннотация

. В данной статье подробно, как с философской, так и с научной точки

зрения, объясняется, что основная суть Ислама - это просвещение и мистическое
мышление в мистических воззрениях великого мыслителя Джалалуддина Руми, и что самое
главное, он смог донести это до сердец и душ людей простым и понятным способом.

Ключевые слова.

Мир духа, мир и человек, самосознание, любовь, суфизм, мистицизм,

время, «То, что внутри тебя, то внутри тебя», мирское желание, религиозное знание,
«Маснави, духовное».



background image

504

CHARACTERISTICS IN THE WORK OF JALALIDDIN RUMI

Ko‘charmurodova Shohsanam Ravshan qizi,

Student of the faculty of Pedagogy and languages

Yakubova Safiya Hamdamovna,

Scientific advisor: Assistant at the Department of Teaching Methodology,

Samarkand State University Urgut Branch named after Sharof Rashidov,

Faculty of Pedagogy and Languages

Abstract.

In this article, the great thinker Jalaliddin Rumi deeply explained both

philosophically and scientifically that the main essence of Islam is enlightenment and mystical
thinking in his mystical views, and most importantly, he was able to convey it to the hearts and
souls of people in a simple and understandable way.

Keywords.

The world of the spirit, the world and man, self-awareness, love, Sufism,

mysticism, time, “What is within you is within you”,”worldly desire, religious knowledge”,
“Masnavi, spiritual”.

Mumtoz sharq adabiyotida buyuk allomalar borki, ular o‘z davridayoq insonlarga ma’naviy

ozuqa va pirikomili bo‘lishgan. Mana shunday mutafakkir, valiylardan biri Jaloliddin Rumiy 1207-
yilda Balxda Bahouddin Valad oilasida tavvallud topgan. Arablarning da`vosiga ko‘ra, Rumiyning
Ota-ona avlodi Muhammad(s.a.v) va Xalifa Abu Bakir shajarasiga borib taqaladi. Uning otasi ulug‘
shayxlardan donishmandlardan biri bo‘lgan.Bahouddin Valad Muhammad Xorazimshoh bilan
kelisholmay Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan so‘ng, Turkiyaning Ko‘niya shahrida qo‘nib
topadi va shu yerda muqim qoladi va 1273-yilda vafot etadi.Uning ilmiy adabiy merosi juda
kattadir. Mavlona Rumiy arab, fors tillarida ijod qilgan. Masnaviy, ruboiy va g‘azallarini o‘zichiga
olgan “Devoni Kabir” (“Ulug‘ devon”)da uch mingdan ortiq she`rlari bor. Falsafiy-so‘fiyona
g‘oyalar ruhiyat olamini kashf qilgan asarlaridan yana biri “Masnaviy ma’naviy’’si Qur`ondan
kiyingi o‘rinda turuvchi muqaddas kitobdir.Uning asosini Qur’ondagi oyatlar, hadislar, hikoyatlar
va timsollar tashkil qilgan bu asar 6 jilddan iborat . Qur`oni karim oyatlarining yetmish foiz
mohiyatini o‘zida mujjassamlashtirgan, 270 dan ziyot hikoyalarni, yuzlab pand-u hikmatlarni o‘z
ichiga olgan va shu o‘rinda o‘ta murakkab falsafiy, so‘fiyona qarashlarni oddiy sodda qilib turmish
tafsilotlari bilan yetkazib bergan.

Jaloliddin Rumiyni o‘rganish asosan, XIV asrdan boshlab,

birinchi navbatda uning izdoshlari va shogirtlari uning ta`limotini o‘rganishga kirishishgan.
Xususan, uning o‘g‘li Sulton Valad bo‘lib, otasining ta`limotini davom ettirgan va asarlarini
sharhlab keng jamoatchillikka yetkazishga harakat qilgan. Reynold Nicholson: Ingilis sharqshunosi,
Rumiyning “Masnaviy” asarini ingilis tiliga tarjima qilib, Rumiyning asarlarini G‘arbda keng
yoyishga harakat qilgan. Radiy Fish rus yozuvchisi sharqshunosi Mavlono Rumiy haqida asar
yozadi u “Jaloliddin Rumiy” asaridir. Uni O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan tarjima
qilgan. Va shu o‘rinda Jaloliddin Rumiy haqida o‘zi ham keng ko‘lamda o‘rganadi va keng targ‘ib
qilgan va shu qatorida Munavvara Oymatovaning ijodiy faoliyatida ham Mavlono Rumiy alohida
ahamiyatga egadir.

Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodini o‘rganib, ma`naviy ustozi sifatida ko‘rib, uning ijodiy

faoliyatini insonlarga yetkazish maqsadida ko‘plab ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, maqolalar va
kitoblar ham ommaga taqdim qilinmoqda. Jumladan, Ch.Xumoi, M.Cha’fari, R.Xadizade,
N.Odilova va Radiy Fishning Jaloliddin Rumiy asarini T-1986-yil. (Jamol Kamol tarjimasi)
olishimiz mumkin. Radiy Fish bu asari haqida shunday yozadi: “Ushbu kitob tarixiy faktlar va
bizgacha yetib kelgan dalillarga suyanib, shoirning hayoti, uning ma`naviy izlanishlari tarixini
tiklashni ko‘zlagan bir urinishdir” deb bayon qiladi.

Munavvara Oymatova olima “Rumiy va o‘zbek adabiyoti” mavzusida ilmiy ishlar olib

bormoqda. Olima Rumiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq bir necha maqolalarini e’lon qilgan. Ulardan
biri [Rumiy dunyosi_ 2013-yil.] mavzusidagi maqolasidir.


background image

505

XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari: A.Karimskiy, I.E.Goldsier, E.Bertels kabi

tadqiqodchilarni keltirish mumkin. Jaloliddin Rumiyning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda
Asqar Mahkam, Ulug‘bek Hamdam va Jamol Kamol kabi ijodkorlarimizning mehnatlari beqiyosdir.

Jaloliddin Rumiyning “Fiqihi mo- fiqiho” ya`ni “Ichingdagi ichingdadur” asari juda buyuk

asar deb atashimiz mumkin. U kitob bir baxtli insonning hayoti yoki bir baxtsiz haqida emasdir. U
barcha insonlarning o‘zligini bilish haqidadir. Uni o‘qigan inson, albatta.” Men haqimda ekan” deb
o‘ylasa ajab emas. Unda insonni tadqiq qiladi, botniy ilmlar manbai , o‘zini anglash va shu orqali
ilohni anglash mumkinligini ochib bera olgan. Insonning javhari bo‘lmish sof qalbi , iymoni
tafakkuri bilan naqadar buyukligini e`trof etish bilan birga nuqsonlari nafsi, hirslarini jilovlay
olmagani uchun insonga nuqson emas balki ashaddiy dushmani uni qafasga soladi. O‘zini o‘zligini
unutgan insonlar nafsiga qul bo‘ladur shu sababli insoniylik fazilatlari yo‘qolib hayvondan
farqlanmay qoladi. Birgina shakilda inson qiyofasi qoladi, u yerda ma`no mohiyatan yo‘qdir. O‘zini
anglay boshlagach dushmanini ham ilohni ham o‘z ichidan topa boshlaydi.

“Ichingdagi ichingdadur” asarining bir hikoyasida keltiriladiki: Bir odam zahar solingan

kosani Hazrati Umarga olib kelishdi va shunday dedi : -bu dushmanlarni bildirmsdan o‘ldirish
uchun juda yaxshidir, bir tomchisi bilan bir dushmanimizni yo‘q qila olishimiz mumkin. Shunda
Hazrati Umar menga olib keling men ichayda ichimdagi minglab dushmanlarimni o‘ldiray dedida
zaharni hammasini ichib yuboradi. Aslini olib qarasak bu, yerda Hazrati Umar o‘zligini anglay
boshlagach, o‘zining asl dushmani o‘z ichida ekanligini anglagan insonga qiyoslagan. Jaloliddin
Rumiy o‘zining barcha qarashlarida butun olamning yaratuvchisi bo‘lgan Ollohni va u yaratgan
odam va olam haqida o‘zining tasavvufiy fikirlarini Qur`on va hadislarga va islom falsafasi
g‘oyalariga tayangan holda insonlarga yetkazishga harakat qilgan. Mavlona Rumiy hech kimga
o‘xshamaydi, albatta, komil inson avliyolar olim-u fuzalolarning xilma-xil asarlari mavjud. Lekin
ularning ayrimlarini o‘qiyotganimizda o‘z hayotimizga nisbatan nafrat uyg‘onishi, ular baxtdan
sarmast ekanligini hayotlari go‘yoki baxt qasridan qurilgan bizning hayotimiz ularning hayotlari
oldida bir zulmatdek tuyiladi. Ularning hayotidagi har bir narsalar yaxshi bo‘lishi va yaxshilik bilan
tugashi va mutolachi ham o‘z hayotida shunday bo‘lishiga umid qiladi, vaholangki, hayotda doim
unday bo‘lmasligi sababli insonlarda hayotga nisbatan ishonchi so‘nadi. Mavlona Rumiy shunday
deydi” - Qushning ozodligidan, charx urib aylanishidan, baxtidan mahbusga ne naf? Qaytaga u ana
shu holiga ko‘nikib yashashiga to‘sqinlik qiladi, istirobini oshiradi, xolos.” deya ta'kidlab
o‘tadi.Jaloliddin Rumiyning o‘ziga xosligi shundaki, shoh-u gadoga, olim-u avomga va barcha turli
din vakillariga birdek ta`sir qila olgan. Shu bilan birga inson ko‘nglida mudrab yotgan umidsizlikni,
ishonchni qayta tiklaydi.

Inson faqat bu dunyoni ikki ko‘zi bilan aqli bilan ko‘rib aqli bilan tushinish bilan

cheklanibgina qolmay balki, ko‘z kormay, aqil bilan anglab bo‘lmaydigan narsalar ham borligini
unday narsalarni anglash tushinib yetish uchun qalb ko‘zini ochish, o‘zligini tushinish kerakligini
mohiyatan ochib bera olgan. Uning asarlarida unda tasavvuf taraqqiyoti, falsafa, lm-u hikmat
she`riyat ,ma`naviy komillik hammmasini o‘zida mujassamlashtirgan benazir insondir. Har bir
asarining har sahifasida bir olamni tanish hech gap emasdir. Uning asarlarini o‘qigan inson buni
anglashi shubhasizdir.

Mavlonani tushinish ham bir mahoratdir. chunki so‘zini tushingan bilan

mohiyatan

tushinish va tushinmaslik bordir. Jaloliddin Rumiyning "Ichingdagi ichingdadur" asarida keltiradi:
- Bir kuni bir yig‘inda va`z o‘qilardi. U yerda musulmonu kofirlar hamma yig‘ilar, turli ahvolga
tushgan edi. Birov: kofirlar nega yig‘ilishdi, ustaga-ustag tilni bilishmaydi. Musulmonlarning ham
mingdan biri arang tushinishgan va`zdan ular nimani anglayabdki, buqadar yig‘lab siqtashadi deb
so‘radi. Mavlono buyurdiki: So‘zning o‘zini tushinishga hojat yo‘q. ular mohiyatini maqsadini
anglashmoqda. Ular ham Ollohning borligini e`tirof etishdi va uni anglashdi dedi. Shundan
bilinadiki tushinishdan ko‘ra mohiyatan anglash muhimdir. Uning fikricha dunyo dinlari mohiyatan
birdir. Ularning o‘rtasida tafovutlar qarama-qarshiliklar bo‘lsa-da .aslida olib qaralganda qarama-
qarshiliklar bir-birlarini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Buni yanada soddaroq qilib tushintirish


background image

506

uchun misol keltiradi: ko‘ryabsanmi Ka`baga shimol-u sharq, janub va g‘arbdan iroqu ajamdan
yo‘lga chiqadi . ularning yo‘llari har xil ammo maqsadlari birdir.

Yo‘lda ixtiloflar har xil tortishuvlar bo‘ladi, ammo Kabaga yetgach maqsadlari bir

ekanligini anglaydi, ixtiloflar barham topadi. Jaloliddin Rumiy kelishmovchiliklar ma`noda emas,
shakilda, so‘zdadir. Ma`noga yetishganlar orasida nizo yo‘q. Rumiy ta`kidlaydiki, Ollohni chin
dildan sevish, unga ishonish suyanish inson qalbining ich ichidadur. Inson o‘zligini tanish orqali -
Ollohni tushinishga undaydi.

Jaloliddin Rumiy: Avval aqilli edim , dunyoni o‘zgartirishni xohlardim. Keyin donolik

keldi. O‘zimni o‘zgartirishni boshladim.

Aynan shu jumlasi ham insonning hayotiy tajribalari orqali o‘zini anglash jarayonini va

ichki olamini o‘zgartirishning muhimligini ifodalaydi.

Jallolidin Rumiy hayotidagi eng muhim voqealardan biri, Shams Muhammad ibn Ali

Tabriziy bilan 1244-yilda Konya shahridagi uchrashuvi bo‘lgan. Shams Tabriziy XIII asrda
yashagan va g‘oyatda chuqur bilimga ega bo‘lib , o‘zining sirli va ruhiy mahorati bilan mashhur
bo‘lgan. U oddiy diniy olim emas, balki ilohiy haqiqatlarni izlagan va bu haqiqiy sevgini topishga
intilgan murshid sifatida tanilgan. Bu uchrashuv bir zumda butun hayotini o‘zgartirgan. O‘sha
vaqtda Rumiy mashhur fiqih va olim edi, ammo Shams Tabriziy bilan uchrashuvidan so‘ng, u
o‘zining ruhiy hayotiga chuqurroq kirishib, tasavvuf yo‘liga o‘tgan. Shams Tabriziy Rumiyning
qalbiga chuqur ta`sir qilib, uni sof ilohiy sevgi bilan tanishtirgan.Rumiyga 3 yil dars beradi. Shams
bilan uchrashuvini ichki uyg‘onish, qalbning yangilanishi sifatida ko‘rgan va bu holat uning
she`riyatida chuqur aks etgan. Shams Rumiy hayotida ma`naviy ustoz va ruhiy yo‘lboshchi o‘rinda
bo‘lgan. Va Rumiy uchun ilohiy sevgining ramzi bo‘lib qolgan va u Rumiyni sof ilohiy haqiqatni
izlashga undagan. Rumiyning hayotida bunday buyuk inson borligidan butun vujudi bilan his qiladi
va buni ijodida ham ko‘rish mumkin.

Shoirning bir baytida “Agar Attor menga ruh baxsh etgan

bo‘lsa, Shamsi Tabriziy tilsim kalitini tutqazdi” degan.

Rumiy ustozini nihoyatda hurmat qilgani

uchun o‘z g‘azallarida “Shamsi Tabriziy”, “Shamsi” taxalluslarini qo‘llay boshlagan. “Men
Shamsga yetdim, uni sevib, o‘zligimdan vos kechdim, faqat unga bog‘landim.” Bu g‘azalida Rumiy
o‘zini butunlay Shamsga bag‘ishlaganini va u orqali ilohiy sevgi bilan yashayotganini anglatadi
.O‘zligini yo‘qotish (fano) va Xudo bilan birlashish (baqo) jarayonini bu g‘azalda yorqin
tasvirlagan. Shams Tabriziyga bag‘ishlagan g‘azallar orqali Rumiyning ilohiy sevgi, ruhiy
uyg‘onish va ma`naviy yuksalish haqidagi chuqur fikirlar hisoblanadi.Shams uning uchun ilohiy
nurni anglatadi, va u orqali inson o‘zligini topib, Xudoga yaqinlashadi. Jaloliddin Rumiy ijodi
kitobxonga chuqur ma`naviy va falsafiy tushunchalarni beradi. Qalb ko‘zini ochishga,o‘zini
o‘zligini anglashga, insonlarning ichki olamini nafaqat tashqi olamiga ham nazar solish va uni
boyitish imkonini beradi. Rumiy sevgi, poklik, komilliklarga yetishish va insonlarni Allohga
yaqinlashtiruvchi bir ko‘prik deyishimiz mumkin. Go‘yoki, sahrodagi tashna bir insonga suv berib,
ikkinchi hayot tuhfa qilgandek va shu tashna bir inson suvni har tomchisini tanasida his qilib butun
tanasi jonlanar, harakatga kelarkan, Rumiyning har so‘zi o‘sha suv tomchilardek insonning butun
vujudi va ruhi tetikalshadi, poklanadi. Rumiyning har so‘zlari, asarlari barchaga manzurdir.
Hammaga birdek Manzur kelish bu o‘ta mushkuldir. Deylik: bir diniy bilimlar olimi yo dunyo
ilimlar olimilar so‘zlari o‘z yonalishidagilarga ma`qul bo‘lishi mumkin. Negaki din odamlari
iymomlariga qorilarining ilmi va so‘zlarini ma`qullashadi.dunyoviy insonlar ham shundaydir,
olimlariga ishonishadi. Lekin Rumiyda shunday o‘ziga xoslik norki, har ikki dunyoqarshli
insonlarga va ikkisiga ham ega bo‘lmaganlarga ham birdek ta`sir qiladi Rumiy go‘yoki bir
ko‘zgudir, ko‘zguga qaragan insonlar esa faqat o‘zini o‘zligini ko‘radi va aynan o‘zining xató va
kamchiliklarini ko‘radi va anglaydi va o‘zidagi kamchiliklarini tuzatishga yordam beradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Rumiy asarlari insonlarga ichki dunyosiga nazar

solishga yordam beradi. U insonni o‘z nafsi bilan kurashishga, dunyoviy istak nafsiyatlarni
yengishga undaydi. Rumiy ijodi kutubxonlarni har bir inson ga dini, millati yoki fikriga qaramasdin,
hurmat bilan qarashga undaydi. U insonparvarlikni, mehribonlikni va birdamlikni targ‘ib qiladi.
”Biz turli xil fikirlarga ega bo‘lishimiz mumkin, lekin haqiqat yagona va unga yetishishning turli


background image

507

yo‘llari bor”. “Haqiqiy baxt, tinchlik insonning tashqi dunyosida emas, balki qalbining chuqur
qatlamlarida yashaydi. U sen o‘zingni kichik bir zarradek his qilasan, lekin sen butun olamni o‘z
ichingda olib yurgan koinotsan” deya insonning naqadar buyukligiga ishora qiladi. Shunday qilib
butun millat shoiri bo‘lmish Mavlono Rumiy ijodini o‘rganishimiz, ilmiy tadqiqodlar olib borib
kelgusi avlodga o‘zimizdan yetarlicha bilimlarni qoldirishimiz shunday buyuk insonlarning ijodiy
faoliyatini yanada keng ko‘lamda targ‘ib qilishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma – Toshkent G‘.G‘ulom nomidagi nashiryoti NMIU. 2017.

2.

Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent A. Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti-2004.

3.

U.Jo‘raqulov, K.Hamroyev, Qiyosiy adabiyotshunoslik. (O‘quv qo‘llanma). – T. “Lesson
press” nashriyoti, 2021.

4.

Tron yekaya M., Nemetskiy sentimentalnoyumoristicheskiy roman epoxi Prosvesheniya, L.,
1965;

5.

Kochetkova N.D., Poeziya russkogo sentimentalizma. N.M. Karamzin, I.I.Dmitriyev, v kn.,
Istoriya russkoy poezii, t. 1, M.L. 1968.

6.

Sulton I. Adabiyot nazariyasi.-Toshkent . O‘qituvchi, - 1980. – 356-bet.

7.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. 2-qism -Almata: 2021 183-bet.

8.

Jaloliddin Rumiy . “Ichingdagi ichingdadur” Toshkent, 1997-yil.

9.

Ibragimov A. “Jahon adabiyoti”.

10.

Sattoriy H. Rumiy o‘tgan yo‘l. -Jahon adabiyoti // 2007.

11.

Radiy Fish: “Jaloliddin Rumiy” G‘afur G‘ulom nashiryoti adabiyoti va san'ati nashiryoti, 1986-
yil.

12.

Jumayev R. “Mavlono Jaloliddin Rumiy”. – Toshkent-2003.

13.

Munavvara Oymatova “Rumiy dunyosi” maqolasi, 2013-yil.

14.

Uchmoqqa qanot yoʻq vale uchgayman [rivoyatlar va ruboiylar], – Toshkent-2003.

15.

www.sciencebox.uz


Bibliografik manbalar

Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma – Toshkent G‘.G‘ulom nomidagi nashiryoti NMIU. 2017.

Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti-2004.

U.Jo‘raqulov, K.Hamroyev, Qiyosiy adabiyotshunoslik. (O‘quv qo‘llanma). – T. “Lesson press” nashriyoti, 2021.

Tron yekaya M., Nemetskiy sentimentalnoyumoristicheskiy roman epoxi Prosvesheniya, L., 1965;

Kochetkova N.D., Poeziya russkogo sentimentalizma. N.M. Karamzin, I.I.Dmitriyev, v kn., Istoriya russkoy poezii, t. 1, M.L. 1968.

Sulton I. Adabiyot nazariyasi.-Toshkent . O‘qituvchi, - 1980. – 356-bet.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. 2-qism -Almata: 2021 183-bet.

Jaloliddin Rumiy . “Ichingdagi ichingdadur” Toshkent, 1997-yil.

Ibragimov A. “Jahon adabiyoti”.

Sattoriy H. Rumiy o‘tgan yo‘l. -Jahon adabiyoti // 2007.

Radiy Fish: “Jaloliddin Rumiy” G‘afur G‘ulom nashiryoti adabiyoti va san'ati nashiryoti, 1986-yil.

Jumayev R. “Mavlono Jaloliddin Rumiy”. – Toshkent-2003.

Munavvara Oymatova “Rumiy dunyosi” maqolasi, 2013-yil.

Uchmoqqa qanot yoʻq vale uchgayman [rivoyatlar va ruboiylar], – Toshkent-2003.

www.sciencebox.uz

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари