Mualliflar

  • Yakubova Safiya Hamdamovna
  • Sattorova Orasta Shavkat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112677

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Nutqning toʻgʻriligi toʻgʻri nutqning oʻqish darslarini tashkil qilishdagi oʻrni urgʻu me’yorlari grammatik meʼyor adabiy til me’yorlari.

Annotasiya

Annotatsiya. Bu  maqolada toʻgʻri nutq madaniyati, oʻqish darslarini tashkil qilishda toʻgʻri 
nutqning  oʻziga  xos  tomonlari  xususida  fikr  yuritilgan  nutqiy  va  imloviy  savodxonlikni  oshirib 
borish,  boshlang‘ich  sinflarda  ona  tili  o‘qitish  metodikasining  dolzarb  masalalari,  ahamiyati  va 
maqsadi haqida mavzu yoritilgan. 


background image

852

BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARINI TASHKIL

QILISHDA NUTQ XUSUSIYATLARINING AHAMIYATI

Yakubova Safiya Hamdamovna,

Sharof Rashidov nomidagi SamDU Urgut filiali

Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti

safiyayakubova1231

@gmail.com

Sattorova Orasta Shavkat qizi,

SamDU Urgut filali 2-bosqich talabasi

sattorovaorasta994@gmail.com

Annotatsiya.

Bu maqolada toʻgʻri nutq madaniyati, oʻqish darslarini tashkil qilishda toʻgʻri

nutqning oʻziga xos tomonlari xususida fikr yuritilgan nutqiy va imloviy savodxonlikni oshirib
borish, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari, ahamiyati va
maqsadi haqida mavzu yoritilgan.

Kalit soʻzlar.

Nutqning toʻgʻriligi, toʻgʻri nutqning oʻqish darslarini tashkil qilishdagi oʻrni

urgʻu me’yorlari, grammatik meʼyor, adabiy til, me’yorlari.

İLKOKUL OKUMA DERSLERİNİN ORGANİZASYONUNDA

KONUŞMA ÖZELLİKLERİNİN ÖNEMİ

Yakubova Safiya Khamdamovna,

Sharof Rashidov'un adını taşıyan SamDU Urgut şubesi

yabancı diller öğretim yöntemleri bölümü asistanı

Sattorova Orasta Shavkatovna,

Semerkant devlet üniversitesi Urgut şubesi öğrencisi

Özet.

Makalede doğru konuşma kültürü konuları, okuma derslerinin düzenlenmesinin

özellikleri, konuşma ve dilbilgisi okuryazarlığının gelişimi, güncel sorunlar, ilkokulda ana dili
öğretimi metodolojisinin önemi ve hedefleri ele alınmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Konuşmanın doğruluğu, okuma dersinin düzenlenmesinde doğru

konuşmanın rolü, vurgu normları, dil bilgisi normları, edebi dil, normlar.

ЗНАЧЕНИЕ ОСОБЕННОСТЕЙ РЕЧИ В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ

ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Якубова Сафия Хамдамовна,

ассистентка кафедры методики преподавания иностранных языков

филиала СамДУ Ургут имени Шарофа Рашидова

Сатторова Ораста Шавкатовна,

студентка Ургутского филиала СамГУ

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы культуры правильной речи,

особенности организации уроков чтения, развития речевой и грамматической
грамотности, а также актуальные проблемы, значение и цели методики обучения родному
языку в начальных классах.

Ключевые слова.

Правильность речи, роль правильной речи в организации уроков

чтения, акцентные нормы, грамматические нормы, литературный язык, нормы.


background image

853

THE IMPORTANCE OF SPEECH FEATURES IN ORGANIZING READING

LESSONS IN PRIMARY SCHOOLS

Yakubova Safiya Khamdamovna,

branch of SamDU Urgut named after Sharof Rashidov

assistant at the Department of Methods of teaching foreign languages

Sattorova Orasta Shavkatovna,

student, of the Urgut branch of Samarkand state university


Abstract.

The article examines the issues of correct speech culture, the specifics of

organizing reading lessons, developing speech and grammatical literacy, as well as current issues,
the importance and goals of the methodology of teaching the native language in elementary grades.

Keywords.

Correctness of speech, the role of correct speech in organizing reading lessons,

accent norms, grammatical norms, literary language, norms.

Jahonda іlm-fan, texnіka, іqtіsod sohalarі taraqqіyotіnіng jadallashuvі, axborot tіzіmіnіng

globallashuvі, tezkor axborot olіsh, yaratіsh va uzatіsh zarurіyatі boіs bugungі kun o‘quvchіsіda
lіngvіstіk kompetensіyalarnі shakllantіrіsh, rіvojlantіrіsh va takomіllashtіrіsh tіl ta’lіmіnіng bosh
ustuvor vazіfasіga aylandі. Shu nuqtaі nazardan ona tіlі ta’lіmіda o‘quvchіlarnіng lіngvіstіk,
xususan, tіl va nutq bіrlіklarі hamda hodіsalarіnі anglash, tushunіsh, tahlіl qіlіsh va faolіyatda
to‘g‘rі, maqsadlі, anіq qo‘llashga doіr pragmatіk kompetensіyalarіnі rіvojlantіrіshga jіddіy e’tіbor
qaratіlmoqda.[3, 56.]. Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni
ifodalashda muhim o`rin tutadi. Til jamiyat a`zolarining bir-biri bilan o`zaro aloqasi uchun xizmat
qiladigan vositadir. Maktabda ona tilini chuqur o`rganish zarurati tilning manashu asosiy
vazifalaridan kelib chiqadi.

Ona tili o`qitish metodikasi ta`limning turli bosqichlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma

va malakalarini aniqlaydi, shuningdek o`qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi,
sababini izlaydi uni bartaraf etish usullarini topadi.

Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o`stirish nazarda tutiladi.
Boshlang`ich sinfda o`quvchilar nutqini o`stirishdan tashqari, ona tilidan elementer nazariy
tushunchalarni amaliy o`zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.Metodika bolalarning nutqini
boyitishni, sintaktik va bog`lanishli nutqini o`stirishni ham ta`minlashi kerak.

XX asrning 2-yarmida boshlang`ich sinf metodikasida badiiy asarga estetik jihatdan

yondashib san`at asari sifatida o`rganish g`oyasi ilgari surilgan bo`lsa, psixologik izlanishlar kichik
yoshdagi o`quvchilarning potensial qobiliyati adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha
yondashish kerakligini taqozo etmoqda. Jumladan, N.N.Svetlovskaya o`quvchining mustaqil o`qish
nazariyasini ishlab chiqqan bo`lsa, Ye.A.Adamov, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov,
T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish, L.A.Gorbushina,
O.V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar ishlab chiqqan metodikada o`quvchilarning
ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o`qish texnikasini rivojlantirish zarurligini qayd etdilar. Shunday qilib,
boshlang`ich ta`lim metodikasi metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib otdi. [4, 16.].
Ushbu masalada yurtimiz olimlaridan R.Safarova, U.Musaev, P.Musaev, F.Yusupova, R.Nurjanova,
M.Yo‘ldoshev, S.Usmonov kabilar ilmiy ishlar olib borishgan.

Tadqіqot metodologіyasі va empіrіk tahlіl. Har bіr davlatnіng ta’lіm sohasіda bolalarda nutq

o‘stіrіsh tіzіmnіng asosіy tarkіbіy elementі sіfatіda e’tіrof etіlgan. O‘zbekіstonda ham uzluksіz
ta’lіmnіng dastlabkі bosqіchlarі – maktabgacha va boshlang‘іch ta’lіm davrіda bolalarda nutqnі
o‘stіrіsh pedagogіk jarayonnіng muhіm yo‘nalіshі etіb belgіlangan. Global axborotlashuv va
іnnovatsіon ta’lіm muhіtіnіng shakllanіshі, іnson rіvojlantіrіshga bo‘lgan іjtіmoіy ehtіyojnіng


background image

854

ortіshі yosh avlodnі har tomonlama kamol toptіrіsh, іntellektual jіhatdan rіvojlantіrіsh, bunda nutq
іmkonіyatlarіdan foydalanіshnі taqozo etmoqda.

Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq

o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni)
aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda,
o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga
yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek,
o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini

o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va
zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq,

boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.

3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida

ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti
–nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud.
[4, 122.].

Bular:
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish

va yozish malakalarini o‘zlashtirish.

3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari bolalarning o‘qish malakasini shakllantirish, so‘z

boyligini oshirish va matnni tushunish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Odatda, bu darslar 1-
sinfdan 4-sinfgacha davom etadi va bosqichma-bosqich murakkablik darajasi oshirib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy maqsadlari: Harflarni o‘rgatish va ularni
tovushlarga bog‘lash, so‘zlarni to‘g‘ri va ravon o‘qish qobiliyatini shakllantirish, matnni tushunish
va asosiy fikrni ajrata olishni o‘rgatish, so‘z boyligini kengaytirish va nutq madaniyatini
rivojlantirish, mustaqil o‘qishga qiziqish uyg‘otishdir. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarini tashkil
qilishda toʻgʻri nutqning oʻrni ortgani sari nutq ham jilolanib boradi . Boshlangʻich sinf o‘qish
darslarini tashkil qilishda to‘g‘ri nutqning ahamiyati juda katta. Bu bosqichda o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish, fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish
muhim vazifalardan biridir. To‘g‘ri nutq bolaning fikrlash darajasini, o‘qilgan matnni tushunish
qobiliyatini va muloqot madaniyatini oshiradi.O‘quvchi o‘qigan matnni to‘g‘ri talaffuz qilganida,
uning ma’nosini yaxshiroq anglaydi. Bu, o‘z navbatida, o‘qish tezligi va samaradorligini oshiradi.
To‘g‘ri nutq orqali bola o‘z fikrini ravon va mantiqan bayon qilishni o‘rganadi. Bu esa insho
yozish, savollarga javob berish va bahs-munozaralarda faol qatnashishda yordam beradi. O‘qish
darslarida turli so‘zlar va iboralarni o‘rganish bolalarning so‘z boyligini oshiradi va ularni to‘g‘ri
ishlatishni o‘rgatadi. To‘g‘ri talaffuz, ohangdorlik va ifodali o‘qish bolalarda nutq madaniyatini
rivojlantiradi. Bu esa muloqot jarayonida o‘zini erkin tutish va fikrini to‘g‘ri yetkazish ko‘nikmasini
beradi. To‘g‘ri va ravon gapira oladigan bolalar do‘stlar bilan muloqot qilishda ishonchliroq
bo‘lishadi. Bu ularning ijtimoiy muhitga moslashishida yordam beradi. Nutqning toʻgʻri boʻlishi
uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Agar nutq toʻgʻri boʻlmasa, u aniq ham mantiqiy
ham maqsadga muvofiq ham boʻlmaydi. Nutqning toʻgʻri boʻlishi dastlab uning adabiy til
meʼyorlariga muvofiq kelishi bilan hisoblanadi. Nutqning toʻgʻri boʻlishi asosan ikki meʼyorga
ya’ni urgʻu va grammatik meʼyorga amal qilishni talab qiladi .Urgʻu meyorlari bu so‘z yoki gapdagi
maʼlum bir bo‘g‘inga ohang jihatidan ko‘proq eʼtibor qaratilishi yoki taʼkid bilan talaffuz
qilinishidir.urg‘u nutqning ravonligini taʼminlash, maʼnoni to‘g‘ri yetkazish va nutq madaniyatini
shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Grammatik meyorlar esa bu tilning so‘z tuzish, so‘zlarni
bog‘lash, gap tuzish va ularni maʼnoli muloqotda ishlatish qoidalarini belgilovchi normalardir. Ular
nutqni tushunarli, aniq va adabiy til qoidalariga mos qilishga xizmat qiladi. Grammatik meʼyorlarga


background image

855

rioya qilish orqali yozma va og‘zaki nutqdagi xatolarni oldi olinadi. Nutqning toʻgʻri boʻlishi barcha
soha mutaxassislari uchun ham muhimdir. Ayniqsa oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun muhimdir.
[7. 129.]. Oʻqituvchilar oʻquvchilarning turli tildan kirib kelgan atamalarni ishlatishda, urgʻuni
toʻgʻri qoʻllashlari, oʻz fikrni tushunarli va aniq yetkazish, nutq madaniyatini shakllantirsh uchun
muhimdir. Nutqning toʻgʻri ravon boʻlishi uchun quyidagi metodik tavsiyalarimiz mavjud:

- oʻqish darslariga mos koʻrgazmali qurollar tayyorlash;
- oʻquvchilarni ogʻzaki nutqqa jalb qiluvchi savol-javob metodidan dars jarayonida

foydalanish;

- toʻgʻri talaffuz va urgʻuga e’tibor qaratish uchun oʻquvchilarga matnlar oʻqib berish;
- dars jarayonida audio va vedio materiallardan foydalanish;
- oʻquvchilarga toʻgʻri talaffuzga rioya qilish boʻyicha malumotlar berish;
- oʻquvchilar nutqini rivojlantirish uchun sinfda munozara uyushtirish, oʻquvchilarni

fikrlarini bilish;

- oʻquvchilar matn mazmunini oʻz nutqi bilan hikoya qilishiga oʻrgatish;
- matnni davom ettirish yoki oʻzgartirib qayta hikoya qilish topshiriqlarini berish;
- oʻquvchilarga she’r yoki hikoyani ifodali oʻqish va tahlil qilish topshiriqlarini berish;
- qiziqarli hikoya yoki maqolalar orqali toʻgʻri talaffuz va nutq madaniyati shakllantirish;
- rolli oʻyinlar yordamida nutqiy mahoratni rivojlantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida o‘stirishda yod oldirish, so‘zlarning ma’nosini

tushuntirish yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun
qiziqarli faoliyat bo‘lgan o‘yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko‘zlangan maqsad, yuqori natijalarni
qo‘lga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida
asosiy o‘rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan
bo‘lsak, o‘yin dunyoni va o‘zlikni anglashda, bog‘lanishli nutqni o‘stirishda asosiy vosita
hisoblanadi. Tajribalardan ma’lumki, o‘qituvchining nutqi o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirib, ularda
ham yoqimli nutq madaniyatini tarbiyalaydi. Bolalar nutqini rivojlantirishda xalq og‘zaki ijodining
ahamiyati katta. Shuning uchun ”O‘qish kitobi” da ”Ertaklar yaxshilikka yetaklar” bo‘limi berilgan.
Unga kiritilgan ertaklar bolalarni obod - axloqqa o‘rgatishi, ma’naviy jihatdan rivojlanishi bilan
muhim ahamiyatga egadir. Masalan, ”Ur to‘qmoq” ertagidagi dehqon va boy obrazlari o‘quvchilar
ongida yaxshi va yomondan nafratlanish, undan yiroqlashish kerakligi haqida tasavvur hosil qiladi.
Maqtanchoqlik, adolatchilik, ochko‘zlik juda yomon odat ekanligi, saxiylik, do‘stga mehribon
bo‘lish, rostgo‘ylik insonning ma’naviy yuksalishga yordam berishi uqtiriladi. Bolalarda ikkita
jadval tuzishga tayyorlanishlari aytiladi. Birga yaxshilikka doir so‘zlar, ikkinchisiga esa uning aksi
bo‘lgan so‘zlar yozish ta’kidlanadi [5, 137.]. O‘quvchilar ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhdagi
bolalar mehribon, saxiy, shirinso‘z, yoqimli, go‘zal, chiroyli, mehnatkash, e’tiborli, kamtar, aqlli,
bilag‘on kabi so‘zlar topsalar, ikkinchi guruh bolalar yomon, xunuk, qo‘pol, yolg‘onchi, ayyor,
to‘polonchi, tartibsiz, xasis, qizg‘anchiq kabi so‘zlarni aytadilar.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini tashkil

etishda to‘g‘ri nutqning rivoji o‘quvchilarning bilim olish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. To‘g‘ri
va ravon nutq orqali ular matnni yaxshiroq tushunadi, fikrlarini aniq ifodalaydi va muloqot
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shuningdek, bu jarayon bolalarning so‘z boyligini oshirish, mustaqil
fikrlash va yozma hamda og‘zaki nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. To‘g‘ri nutq
o‘quvchilarga matn mazmunini chuqur tushunish, so‘z boyligini oshirish va ijodiy tafakkurni
shakllantirish imkonini beradi.Oʻqish darslarida to‘g‘ri nutqni shakllantirish va rivojlantirishga
alohida e’tibor berish o‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim va hayotdagi muvaffaqiyatlariga asos
bo‘lib xizmat qiladi. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrini bayon
etish vositasigina bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik
asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat
sistemasini egallash asosidagina nutqni muvafaqqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun
o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash,
joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.


background image

856


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdullayeva Q. Nutq oʻstirish. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2018. 66-bet.

2.

Gʻulomov A., Qodirov M. Ona tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Universitet nashriyoti. 2001-y.

3.

Toʻxliyev B., Shamsiyeva M., Ziyadova T. Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Yangi asr
avlodi nashriyoti. 2006-y.

4.

Hasanov U. Nutq madaniyati va ifodali oʻqish metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2018.

6.

Joʻraev N. Boshlangʻich sinflarda oʻqish darslarini tashkil etish. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2021.

7.

Karimova M .Boshlangʻich sinflarda badiiy matn ustida ishlash. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2018.

8.

Mamatova S. Nutq madaniyati va ifodali oʻqish metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2018.

9.

Qodirova S. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish. – Toshkent:
Noshir, 2019.

10.

Qodirov N., Yuldashev M. Nutq madaniyati va til oʻrgatish metodikasi. – Toshkent: Oʻqituvchi,
2019.

11.

Rashidova D. Boshlangʻich sinflarda badiiy matn ustida ishlash. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2018.

12.

Gʻofurova M. Boshlangʻich taʼlim metodikasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2018.


Bibliografik manbalar

Abdullayeva Q. Nutq oʻstirish. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2018. 66-bet.

Gʻulomov A., Qodirov M. Ona tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Universitet nashriyoti. 2001-y.

Toʻxliyev B., Shamsiyeva M., Ziyadova T. Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Yangi asr

avlodi nashriyoti. 2006-y.

Hasanov U. Nutq madaniyati va ifodali oʻqish metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2018.

Joʻraev N. Boshlangʻich sinflarda oʻqish darslarini tashkil etish. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2021.

Karimova M .Boshlangʻich sinflarda badiiy matn ustida ishlash. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2018.

Mamatova S. Nutq madaniyati va ifodali oʻqish metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2018.

Qodirova S. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish. – Toshkent:

Noshir, 2019.

Qodirov N., Yuldashev M. Nutq madaniyati va til oʻrgatish metodikasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2019.

Rashidova D. Boshlangʻich sinflarda badiiy matn ustida ishlash. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2018.

Gʻofurova M. Boshlangʻich taʼlim metodikasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2018.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Ko‘charmurodova Shohsanam Ravshan qizi, Yakubova Safiya Hamdamovna, JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA O‘ZIGA XOSLIK , Ustozlar uchun: Jild 1 № 1 (2025)