Mualliflar

  • Tuxtamishov Nodir Sobirdin o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112733

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Bosh yurak o‘pka taloq jigar buyrak limfa

Annotasiya

Annototsiya: Majburiy so‘yilgan hayvon go‘shti hozirgi vaqtda, aholi orasida, kushxonalarda ko‘plab uchraydi. Ayni shu majburiy so‘yilgan hayvon go‘shtining sotuvga yoki qayta ishlashga yo‘naltirish uchun undagi belgilar bilan baholab olish juda muhim o‘rin tutadi. Quyidagi maqolada majburiy so‘yilgan hayvon go‘shti ichki organlarining veterinariya sanitariya ekspertizasi haqida bayon etilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 118

MAJBURIY SOYILGAN HAYVON TANASI VA

ICHKI ORGANLARINI TEKSHIRISH

Tuxtamishov Nodir Sobirdin o‘g‘li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiya universitetining Toshkent filiali assistenti.

Annototsiya:

Majburiy so‘yilgan hayvon go‘shti hozirgi vaqtda, aholi orasida,

kushxonalarda ko‘plab uchraydi. Ayni shu majburiy so‘yilgan hayvon go‘shtining sotuvga
yoki qayta ishlashga yo‘naltirish uchun undagi belgilar bilan baholab olish juda muhim o‘rin
tutadi. Quyidagi maqolada majburiy so‘yilgan hayvon go‘shti ichki organlarining
veterinariya sanitariya ekspertizasi haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Bosh, yurak, o‘pka, taloq, jigar, buyrak, limfa

Аннотация:

Насильственно забитое мясо животных в настоящее время

распространено среди населения и птичников. Очень важно оценить мясо этого
вынужденного убоя животного по его маркировке, чтобы направить его на
реализацию или переработку. В данной статье описана ветеринарно-санитарная
экспертиза внутренних органов принудительно забитых животных.

Ключевые слова:

Голова, сердце, легкие, селезенка, печень, почки,

лимфатические узлы.

Annotation:

Forcedly slaughtered animal meat is currently common among the

population and poultry houses. It is very important to evaluate the meat of this forced
slaughtered animal by its markings in order to direct it to sale or processing. The following
article describes the veterinary sanitary examination of internal organs of forcibly
slaughtered animals.

Key words:

Head, heart, lungs, spleen, liver, kidney, lymph nodes


Go‘sht kombinati, kushxona, xo‘jalikda kasallanish yoki hayvon hayotiga xavf soluvchi

boshqa sabablar tufayli, shuningdek uzoq muddatli, iqtisodiy oqlamaydigan davolash talab
etilgan hollarda hayvonlar majburiy so‘yilganda go‘shtni va boshqa so‘yish mahsulotlarini
veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish, ushbu

“Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini

veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish qoidalari”

ga asosan tartibda amalga

oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu qoidalarning XV bo‘limida

ko‘rsatilganidek, albatta

bakteriologik, zarur hollarda esa fizik-kimyoviy tekshirishlar o‘tkaziladi, bunda albatta
go‘shtga xos bo‘lmagan yot hidlarni aniqlash uchun qaynatib ko‘rish probasi bajariladi.

Hayvonlarni majburiy so‘yish veterinariya vrachining (feldsherning) ruxsati bilan

amalga oshiriladi.

So‘yish korxonalariga majburiy so‘yish uchun keltirilgan hayvonlar so‘yishdan oldin

saqlanmaydi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 119

Xo‘jalikda hayvonlarni majburiy so‘yilganligi sabablari to‘g‘risida veterinariya

vrachining imzosi qo‘yilgan dalolatnoma tuzilishi shart. Ushbu dalolatnoma va majburiy
so‘yilgan hayvon tana go‘shtini bakteriologik tekshirish natijalari haqida veterinariya
laboratoriyasining xulosasi veterinariya guvohnomasi bilan birgalikda ushbu tana go‘shtini
qayta ishlash sexiga yuboriladi, qayta ishlash korxonasida tana go‘shti takroran bakteriologik
tekshirishdan o‘tkaziladi.

Hayvonlarni pestitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanganligiga

gumon qilingan hollarda veterinariya laboratoriyasining, go‘shtni zaharli kimyoviy
moddalar mavjudligiga tekshirish natijalari to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lishi zarur.

Majburiy so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini xo‘jalikdan go‘shtni qayta ishlash

korxonalariga tashish, go‘sht mahsulotlarini tashish bo‘yicha amaldagi veterinariya-
sanitariya qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Veterinariya-sanitariya ekspertizasini to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida majburiy

so‘yilgan qo‘y, echki, cho‘chqa va buzoqlarning go‘shti qayta ishlash korxonalariga butun
tana go‘shti holida keltiriladi, yirik shoxli mollar va tuyalarning go‘shti esa butun tana
go‘shti, yarimta va chorak tana go‘shti holida keltiriladi hamda alohida sovuqxona
kamerasiga joylanadi. Yarimta yoki chorak tana go‘shtlariga ularning bir tana go‘shtiga
taalluqli ekanligini aniqlash uchun belgi qo‘yiladi.

Xo‘jalikda majburiy so‘yilgan cho‘chqalarning tana go‘shtlari kallasi ajratilmasdan

keltirilishi shart.

Xo‘jalikda majburiy so‘yilgan hayvonlarning go‘shti qayta ishlash korxonasiga

tuzlangan holda keltirilganda har bir bochkada bir tana go‘shtining tuzlamasi solinishi shart.

Qayta ishlash korxonasiga, so‘yishdan oldingi ko‘riksiz, majburiy so‘yilgan,

veterinariya guvohnomasi (ma’lumotnomasi), majburiy so‘yishning sababi to‘g‘risidagi
veterinariya dalolatnomasi va veterinariya laboratoriyasining bakteriologik tekshirishlar
xulosasi olinmasdan keltirilgan hayvonlarning tana go‘shtlarini qabul qilish taqiqlanadi.

Agarda ekspertiza natijasi, shuningdek ushbu qoidalarning XV bo‘limdagi

talabga

ko‘ra bakteriologik va fizik-kimyoviy tekshirishlar natijalari bo‘yicha go‘sht hamda boshqa
majburiy so‘yishdan olingan go‘sht mahsulotlari oziq-ovqat uchun yaroqli deb topilsa ular
qaynatishga, shuningdek go‘sht nonlari yoki konservalar tayyorlash uchun ishlatiladi.

Ushbu go‘shtni va boshqa so‘yish mahsulotlarini, dastavval qaynatish orqali

zararsizlantirilmagan holda, ya’ni xom holicha chiqarish, shuningdek umumiy ovqatlanish
tarmog‘iga berish taqiqlanadi.

*Izoh.

Majburiy so‘yish holatiga quyidagilar kiritilmaydi: klinik sog‘lom, talab etilgan

konditsiyagacha bo‘rdoqiga boqishga berilmagan, o‘sish va rivojlanishdan orqada qolgan,
mahsuldorligi kam, qisir, biroq tana harorati me’yorida bo‘lgan hayvonlarni so‘yish;

tabiiy ofat (qishki yaylovda qor bosishi va hokazo) natijasida o‘lim xavf solgan,

shuningdek so‘yish korxonasida so‘yishdan oldin travma olgan sog‘lom hayvonlarni so‘yish;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 120

go‘shtni qayta ishlash korxonalarida mollarni majburan so‘yish faqat sanitariya

kushxonasida amalga oshiriladi.

Hayvonlarning kalla, ichki organlari va tana go‘shtini veterinariya-sanitariya

ekspertizasi quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

a) yirik shoxli mollarda:
Kalla: jag‘ osti, quloq atrofi va halqum orti limfa tugunlari ko‘zdan kechiriladi va kesib

ko‘riladi. Lablar, til ko‘zdan kechirilib, paypaslab ko‘riladi. Chaynov mushaklari har bir
tomondan, qavat - qavat qilinib, butun kengligi bo‘ylab, yuzasiga parallel ravishda tashqi
mushaklar ikki, ichki mushaklar esa bir marta kesilib tsistitserkozni (finnozni) aniqlash
uchun ko‘riladi.

Taloq: tashqi tomondan va uzunasiga, teshmasdan kesib ko‘riladi.
O‘pkalar: tashqi tomondan va barcha bo‘laklari paypaslab ko‘riladi. Chap bronx,

traxeobronx va o‘rta devor limfa tugunlari kesib ko‘riladi. Yirik bronxlar (ozuqa massasi va
boshqa jismlar mavjudligiga) va patologik o‘zgarishlar aniqlangan joylar kesiladi va ko‘zdan
kechiriladi.

Yurak: yurak xaltasi yorib ko‘riladi. Epikard, miokard holati ko‘zdan kechiriladi, yurak

mushaklari (tsistitserkoz, sarkotsistoz uchun) yurakning katta egriligi bo‘ylab o‘ng va chap
bo‘lmalari 1-2 ta uzunasiga va bir marta ko‘ndalangiga kesiladi, endokard va qonning holati
ko‘zdan kechiriladi.

Jigar: diafragma va visseral tomondan ko‘zdan kechiriladi va paypaslab ko‘riladi.

Diafragmaning jigarga o‘sib kirgan holatlarda diafragma ajratib olinadi va jigar
parenximasida o‘zgarishlar mavjudligiga qaraladi. Portal limfa tugunlari kesiladi va ko‘zdan
kechiriladi, visseral tomondan o‘t yo‘llari bo‘ylab 2-3-marta kesib ko‘riladi.

Buyraklar: kapsulasidan ajratiladi, ko‘zdan kechiriladi va paypaslab ko‘riladi,

o‘zgarishlar aniqlangan taqdirda kesib ko‘riladi.

Oshqozon (oshqozon oldi bo‘linmalari): tashqi tomondan seroz qavati ko‘riladi, limfa

tugunlari kesiladi va ko‘zdan kechiriladi. Zarur hollarda oshqozon shilliq qavatini ko‘rish
uchun yoriladi, qizilo‘ngach (tsistitserkoz, sarkotsistoz uchun) ko‘zdan kechiriladi.

Ichaklar: seroz qavati tomondan ko‘zdan kechiriladi va bir nechta qorin pardasi limfa

tugunlari kesib ko‘riladi.

Yelin: diqqat bilan paypaslab ko‘riladi va bir-ikki marta parallel kesib ko‘riladi. Elin

usti limfa tugunlari kesib ko‘riladi.

Bachadon, urug‘donlar, siydik pufagi, oshqozon osti bezi: ko‘zdan kechiriladi, zarur

hollarda esa kesib ko‘riladi.

Tana go‘shti: tashqi va ichki yuzasi shishlar va boshqa patologik o‘zgarishlar

mavjudligiga diqqat qilgan holda ko‘zdan kechiriladi.

Yuqumli kasallikka yoki moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq

kasalliklarga gumon qilinganda quyidagi limfa tugunlari kesib ko‘riladi: yuzaki-bo‘yin
(kurak oldi), qanot osti (birinchi qovurg‘a va haqiqiy qanot osti), qovurg‘a-bo‘yin,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 121

qovurg‘alar aro kranial ko‘krak, to‘sh usti, bel, yonbosh, son, tizza burmasi, yuzaki chot,
dumg‘aza va tizza osti. Zarur hollarda finnalarni aniqlash uchun qo‘shimcha bo‘yin, kurak-
tirsak, orqa, bel, son guruhi va diafragma mushaklari uzunasiga kesib ko‘riladi.

Shuningdek, buzoqlarda kindik ko‘zdan kechiriladi va bilak hamda sakrov bo‘g‘inlari

kesib ko‘riladi;

b) mayda shoxli mollarda:
Kalla, ichki organlar va tana go‘shti xuddi yirik shoxli mollardagi singari ko‘riladi.

Kazeozli limfadenitni aniqlash uchun yuzaki-bo‘yin va tizza burmasi limfa tugunlari kesib
ko‘riladi.

Foydalanilgan adabiyotlar;

1. S.M.Murodov. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand, 2006 yil.
2. S.Murodov. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining vetsanekspertizasi, qayta ishlash

texnologiya asoslari va standartizatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 1997 yil.

3. Z.P., Korolkova E.P. Oziq-ovqat tovarlari: boshlanish uchun darslik. prof. Ta’lim:

Darslik. muhitlar uchun qo'llanma. prof. Ta’lim - 2-nashr, o'chirilgan. - M .: "Akademiya"
nashriyot markazi, 2003. - 272s.

4. S.M.Murodov va boshqalar. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarining veterinariya

sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigiyenasi va standartizatsiyasi. O‘quv
qo'llanma. Samarqand 2013 yil.

5. Veterinariya to‘g‘risidagi qonun.
6. Internet saytlari.

Bibliografik manbalar

S.M.Murodov. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand, 2006 yil.

S.Murodov. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining vetsanekspertizasi, qayta ishlash texnologiya asoslari va standartizatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 1997 yil.

Z.P., Korolkova E.P. Oziq-ovqat tovarlari: boshlanish uchun darslik. prof. Ta’lim: Darslik. muhitlar uchun qo'llanma. prof. Ta’lim - 2-nashr, o'chirilgan. - M .: "Akademiya" nashriyot markazi, 2003. - 272s.

S.M.Murodov va boshqalar. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarining veterinariya sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigiyenasi va standartizatsiyasi. O‘quv qo'llanma. Samarqand 2013 yil.

Veterinariya to‘g‘risidagi qonun.

Internet saytlari.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари