Mualliflar

  • Tuxtamishov Nodir Sobirdin o‘g‘li
  • Tuxtamishov Fayzullo Sobirdin o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112734

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Salmonella Salmonellyoz klinik belgilar profilaktika immunitet vaksina GPB GPA mikroskopiya bakteriologiya.

Annotasiya

Annototsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘ylarning salmonellyoz ( Salmonella abortus ovis, kam hollarda Salmonella tiphimurium ) kasalligining uchrashi, uning oqibatlari, klinik belgilari, patologoanotomik o‘zgarishlari, davolash usullari, profilaktika va qarshi kurashish chora tadbirlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 111

RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA QO‘YLARNING SALMONELLYOZ

KASALLIGI HAQIDA MA’LUMOTLAR

Tuxtamishov Nodir Sobirdin o‘g‘li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik

va biotexnologiya universitetining Toshkent filiali assistenti.

Tuxtamishov Fayzullo Sobirdin o‘g‘li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik

va biotexnologiya universiteti talabasi.

Annototsiya:

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘ylarning

salmonellyoz ( Salmonella abortus ovis, kam hollarda Salmonella tiphimurium )
kasalligining uchrashi, uning oqibatlari, klinik belgilari, patologoanotomik o‘zgarishlari,
davolash usullari, profilaktika va qarshi kurashish chora tadbirlari haqida ma’lumotlar
bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Salmonella, Salmonellyoz, klinik belgilar, profilaktika, immunitet,

vaksina, GPB, GPA, mikroskopiya, bakteriologiya.

Аннотация:

В статье представлена данние литераурного обзора о овец

сальмонеллёзе (Salmonella abortus ovis, Salmonella tifimurium) в Республике
Узбекистан, ее последствиях, клинических, признаках, патаномических изменениех
диагностике, лечении, мерах профилактики и бороба с этим заболеванием.

Ключевые слова:

Сальмонелла, сальмонеллез, клинические, признаки,

профилактика, иммунитет, вакцинация, МПБ, МПА, микроскопие, бактериология.

Annotation:

The article provides information about the occurrence of salmonellosis

of sheep (Salmonella abortus ovis, salmonella tiphimurium in rare cases), its consequences,
clinical signs, pathologic changes, treatment methods, prophylactic and preventive
measures in the territory of the Republic of Uzbekistan.

Keywords:

Salmonella, salmonellosis, causative, clinical character, prophylaxis,

immuneitet, vaccine, BB, GPA, microscopy, bacteriology.

Kirish.

2021-yil 3-martdagi PQ-5017-sonli O‘zbekiston Respublikasi prezidentining

qarori chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir
qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risidagi. Qarorida ichki iste’mol bozorida go‘sht, sut,
tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik,
parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish belgilangan. Respublikamizda
chorvachilikni jadal rivojlantirish asosida aholining chorvahilik mahsulotlariga bo‘lgan
talabini qondirishni yana yaxshilashga qaratilgan agrar isloxatlarning amalga oshirilishida,
xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 29-yanvarda qabul


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 112

qilingan PQ-4576 sonli “ Сhorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g’risida’’ gi qarorining ijrosini taminlashda,
shuningdek ichki bozorni sifatli va yetarli miqdordagi chorvachilik mahsulotlari bilan
to‘ldirish va oziq ovqat xavfsizligni taminlashda veterinariya mutaxasislari oldida : qishloq
xo‘jalik hayvonlari va parrandalarni yuqumli kasalliklardan asrash yuqimli kasalliklar
bilan kasallanishini oldini olish va qarshi kurashish tadbirlarini o‘tkazish; mahsuldorligini
oshirish;olinadigan mahsulotlarni ekologik toza va biologik xavfsizligini taminlash kabi
vazifalar turibdi. Hozirgi kunlarda O‘zbekiston xududida ko‘p uchraydigan va veterinariya
mutaxasislariga muommolar tug‘diradigan yuqimli kasalliklardan biri Salmonellyoz
kasalligidir. A. Axmedov (1983- yil) ma'lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sut-
emizuvchilar va qushlarning barcha zoonozlari bilan kasallanishlar ichida salmonellyoz
uchrashi15 - 45% ga teng. Kasallangan qo‘ylardan qo‘zilar o‘limi esa 60-100% ga
yetadi.Xo‘jalikdagi iqtisodiy zarar quyidagilardan iborat: kasal hayvonlar o‘lishidan,
mahsuldorlikning kamayishidan, olib borilgan davolash, profilaktik va qarshi kurashishga
qaratilgan sarf xarajatlardan Salmonellyoz (lot – Salmonellosis;) ko‘pgina tur qishloq
xo‘jalik va yavvoyi parrandalarning infeksion kasalligi bo‘lib, yosh organizmda oshqozon-
ichak, nafas olish tizimi a’zolarining zararlanishi, septtisemiya, voyaga yetgan
parrandalarda esa, urcgish a’zolarining kasallanishi, latent va surunkali kechishi bilan
xarakterlanadi. Odamlarda ushbu kasallik ovqat toksiko-infeksiyasi holatida namayon
bo‘ladi. va xayvonlarda salmonellalar qoʻzgʻatadigan yuqumli oʻtkir kechadigan kasallik.
Meʼda-ichak yoʻllari jarohatlanishi bilan kechadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisining manbai
— kasal va kasallikdan tuzalgan hayvonlar, shuningdek, kemiruvchi hayvonlar va yovvoyi
parrandalar. Kasallik bakteriya bilan ifloslangan ozuqa, suv, atrofdagi anjomlar orqali
yuqadi. Atrof muxit taassurotlariga salmonellalar chidamli bo‘lib: tuproqda - bir yarim
yilgacha, suv - 5 oygacha, pishloqda - 1oygacha, muzlatilgan go‘sht - taxminan 6 oy,
yog'da - 4 oygacha, go‘sht mahsulotlari - 2 oydan 4 oygacha, kefir va pivo - 2 oygacha,
sutda - 20 kungacha saqlanishi mumkin. Salmonellalar yuqori haroratga chidamsiz 55°C
haroratgacha qizdirilganda bakteriyalar 1,5 soatda, 60°C haroratida - 12 daqiqa ichida
o‘ladi, biroq muzlatilganda o‘lmaydi. Sut va go‘sht kabi ba'zi mahsulotlarda salmonella
nafaqat saqlana oladi, balkim rivojlanib ko‘payadi. Tarixiy ma’lumot. Ilk bor 1885 yilda
AQSH olimlari yuqumli kasallikdan o‘lgan cho‘chqalardan Salmonella suipestifer
qo‘zg'atuvchisini ajratgan, 1934 – yilda esa ushbu bakteriyaga uning nomi berildi
(Salmonella), kasallik esa salmonellyoz deb kiritildi. Qo‘ylarning salmonellyoz kasalligini
tarqalishi, qo‘zg'atuvchining biologik xususiyatlari, ularning hayvonlar patologiyasidagi
o‘rni, patogenezi, klinik belgilari, tashxisi, maxsus profilaktik tadbirlari va vositalari .
Rossiyaning janubiy mintaqalarida Jambulatov Z.M. tomonidan o‘rganilgan.Yurtimiz
olimlaridan Elmurodov B.A. , Abdalimov S. , Turaqulov B.T. , Mirzayev B. Sh. ,
Parmanov J.M. lar Salmonellyoz kasalligini tarqalishi, qo‘zg'atuvchining biologik
xususiyatlari, ularning hayvonlar patologiyasidagi o‘rni, patogenezi, klinik belgilari,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 113

tashxisi, maxsus profilaktik tadbirlari va vositalarini o‘rganishdaishda ilmiy izlanishlar
olib borishmoqda.

Epizootologik ma’lumotlar.

Kasallikka barcha yosh qishloq xo‘jalik hayvonlari,

parrandalar moyil. Buzoqlar 10-60 kunligida ko‘proq, katta yoshdagilar kamroq
kasallanadi. Cho‘chqa bolalari 1 kunligidan 4 oylikgacha, ayniqsa, ajratishda, qo‘zilar ham
1 kunligidan boshlab kasallanadi, yoshi kattargan sain kasallanish darajasi kamayadi.
Qulunlar ham 1 haftalikdan boshlab 3 oylikgacha moyil. Laboratoriya hayvonlaridan eng
moyil oq sichqonlar hisoblanadi va ular ko‘proq, dengiz cho‘chqasi va quyonlar esa
kamroq biosinov uchun ishlatiladi. Salmonellalar odamlar uchun ham patogen.
Salmanellyozda katta yoshdagi odamlarda quyidagi belgilar namayon bo‘ladi: bosh
og'rig'i, titroq, mushak og'rig'i, ko‘krak og'rig'i, uch kungacha davom etadigan qusish,
bolalarda esa dastlab ishtaxani yo‘qolishi, holsizlik,tana haroratining ko‘tarilishi (
taxminan 39° C gacha); uchinchi kunida esadiareya, yashil rangli bo‘ladi. Yosh hayvonlar
salmonellyozi iqlim va geografik joylashishidan qa’tiy nazar dunyoning barcha
mamlakatlarida mavjud. Oʻzbekistonda. Salmonella, asosan, sporadik (alohida qayd
qilinadigan), malum bir xududda uchraydigan kasallik. Turli qishloq xo‘jalik hayvonlari
va parrandalarning infeksion kasalligi bo‘lib, o‘tkir kechganda isitma, diareya va surunkali
kechganda ko‘pincha o‘pkaning yallig’lanishi hamda artrit bilan harakterlanadi.

Etiologiya.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi enterobakteriya oilasiga mansub bo‘lgan

Salmonellalar. Buzoqlarda -asosan Salmonella dublin, kam hollarda Salmonella
tiphimurium, cho‘chqa bolalarida - Salmonella cholare suis va uning serovariantlari
Salmonella gleser va Salmonella voldagsen va juda kam hollardagina Salmonella dublin,
qo‘zilarda - Salmonella abortus ovis, kam hollarda Salmonella tiphimurium, qulunlarda
Salmonella abortus equi kasallik qo‘zg'atadi. Salmonellalarning parrandalarda
Salmonellyoz chaqiradigan bir qancha serologik turlari mavjud. Salmonella gallinorum,
Salmonella pullorum, Salmonella enteritidis o‘rdaklarda va jo‘jalarda, kamroq holda yosh
kurka va g'oz jo‘jalarida, Salmonella typhimurium g'oz, o‘rdak va kaptarlarda, Salmonella
ifantis, Salmonella anatum, Salmonella london Salmonella haifa tovuq, kurka va
sezarkalarda kasallik qo‘zg'atadi. Ulardan faqat Salmonella enteritidis odamlarda juda
og‘ir kechadigan oziq-ovqat toksikoinfeksiyasini keltirib chiqaradi. Salmonellalar
morfologik bir biridan farq qilmaydigan, uchlari egilgan tayoqcha 0,2-0,4 mkm o‘lchamli,
gramm manfiy, harakatchan, spora va kapsula hosil qilmaydigan bakteriya bo‘lib, barcha
anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi. Salmonellalar aerob, odatiy suyuq, qattiq ozuqa
muhitlarida 37°C da yaxshi o‘sadi. Bakteriyalar suyuq oziqa muhitda o‘stirilganda GPBni
loyqalantiradi.GPA daoqimtir, kulrang-havorang koloniyalar hosil bo‘ladi. Salmonellalar
termostabil somatik O va termolabil xivchinli H antigenlari bor. Salmonellalarni Kaufman
va Uayt (1940) usulida antigen tuzilishi asosida guruh va seroturlari identifikatsiyasi olib
boriladi. Salmonellalarni serologik farqlash buyum oynachasiga O va H antigenlarga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 114

qarshi monoretseptorli zardob bilan ARsi qo‘yiladi. Patologik materialdagi salmonellalarni
serologik usullardan IFT da aniqlasa ham bo‘ladi

Patogenezi.

Salmonellalar ichakga tushib, u yerda kopayadi va uni yallig'laydi. Keyin

qo‘zg'atuvchi va endotoksinlari limfa orqali qonga o‘tib septisemiyani chaqiradi.Ayniqsa
o‘lgan va parchalangan salmonellalarning endotoksinlari qon tomiri devorlarini yemiradi
va seroz va shilliq pardalarda qon quyilishlarni vujudga keltiradi. Ichak shilliq pardalarida,
jigarda, taloqda, buyrakdagi degenerativ jarayonlar va nekrozlar rivojlanadi. Salmonellyoz
kasalligida qo‘zg‘atuvchi fagositlar ichida organizm bo‘ylab tarqaladi va fagasitoz
to‘liqsiz

bo‘ladi.

Hayvonlarning

o‘pka,

bo‘g'inlar,

bosh

miya,

bo‘goz

hayvonlardabachadon va homilaga tushib ko‘payadi, ajratilgan endotoksinlarni ta'siri
natijasida intoksikatsiya kuchayib, hayvonning o‘lishiga olib keladi. Kasallik o‘tkir, yarim
o‘tkir va surunkali kechadi. O‘tkir oqimi ko‘plab qo‘zilash davriga to‘g’ri kelib, asosan 2-
4 haftalik qo‘zilar kasallanadi. Surunkali oqimi esa o‘tkir oqimning davomi xisoblanadi.
O‘tkir oqimning sepsis belgilari ustun turadi, surunkaligida esa diareya-doimiy ich ketish,
bo‘g’imlar va nafas organlarining jarahotlanish kabi belgilar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Klinik belgilari:

Qo‘zilarda kasallik hayotning 1- kunligidan boshlanib, juda kuchli

va asosan o‘tkir septitsemiya holida kechadi. Qo‘zilar onasini emmaydi, faqat yotadi, tana
harorati 41-42° C gacha ko‘tariladi,ogir nafas oladi, puls tezlashadi, fekaliy suyuq, qon
aralash bo‘lib, hayvon 2-5 kunda o‘ladi. 2-3 haftalik qo‘zilarda salmonellyoz pnevmoniya
va artrit ko‘rinishida namayon bo‘ladi. Yo‘tal og’riqli, burundan shilliq yiringli suyuqlik
oqishi kuzatiladi. Tuzalgan qo‘zilar o‘sishdan rivojlanishdan qoladi. Kasallik yarim o‘tkir
kechganda barcha belgilar o‘tkir shakldagidek, biroq biroz kuchsizroq namoyon bo‘ladi.

Patologoanotomik o‘zgarishlar.

Salmonellalar va ularnig toksinlari organizmda

patologoanotomik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, biroq uning o‘zgarish darajasi
hayvonning yoshi va holatiga, qo‘zg’atuvchining turiga va virulentligiga bog’liq. Kasallik
o‘tkir kechsa asosiy patologoanatomik o‘zgarishlar qorin bo‘shlig'ida bo‘ladi; shilliq va
seroz pardalarda qon quyilishlar, limfa tugunlarda va taloqda giperplaziya, jigar va
buyrakda degenerativ o‘zgarishlar va ichaklarda kataral yallig'lanishlar topiladi. Kasallik
yarim o‘tkir kechganda o‘lgan jasadda kaxeksiya, barcha tur yosh hayvonlarda
pnevmoniya belgilari ko‘rinadi. Seroz pardalarning usti qattiq fibrin bilan qoplangan
bo‘ladi . Mediastenal limfa tugunlar kattalashgan, qizargan bo‘ladi va qon quyilishlar,
tvorogsimon nekrotik o‘choqlar borligi kuzatiladi. O‘pkaning jarohatlangan joyi ko‘krak
qafasi bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Unda yiringli nekrotik o‘choqlar, bronxlarda-yiringli
suyuqlik ko‘zga tashlanadi. Yurak mushagi miokard bo‘shashgan bo‘ladi, kesmada
kulrang tuproqsimon, epikardda va endokardda nuqtali va dog'li qon quyilishlar mavjudligi
kuzatiladi. Kasallik surunkali kechganda asosiy o‘zgarishlar yo‘g'on ichaklarda bo‘ladi,
shilliq pardalarda difterik yallig'lanish va limfatik follikulalarda nekroz rivojlanadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 115

Diagnoz.

Hayvonlarning

salmonellyoz

kasalligiga

diagnoz

epiziotologik

ma'lumotlarga, klinik belgilari, patologoanotomik o‘zgarishlar, hamda serologik,
bakteriologik tekshirish natijalari asosida qo‘yiladi.

Mikroskopiya.

Patologik materiallardan tayyorlangan tamg’ali, surtmali preparatlar,

ajratilgan qo‘zg’atuvchisi kulturasidan tayyorlangan surtmalar Gram usulida bo‘yaladi.
Mikroskopda ko‘rinishi: salmonellalar grammanfiy, tayoqchasimon, 2-4 mkm kattalikdagi
bakteriyalar. Spora va kapsula hosil qilmaydi, bittadan, ba’zan ikkitadan joylashadi,
harakatchan-peritrixlardir. Harakati ezilgan yoki osilgan tomchi usulida tekshiriladi.

Bakteriologiya.

Patologikmaterial GPA, GPB va elektiv muhitlardan birortasiga –

Endo, Ploskirev, Levin, vismut-sulfit agarga ekiladi. Muhitning pH 7,2 – 7,4bo‘lishi kerak.
Ekmalar 37-38° C da bir sutka davomida termosatatda o‘stiriladi. GPBda qo‘zg’atuvchi
bir xilda loyqalanish paydo qiladi. GPAda-silliq, rangsiz, tiniq yoki kulrang – ko‘kimtir,
chetlari tekis (S shakli), ba`zan kengish ( R shakli) koloniyalar o‘sib chiqadi. Endo, Levin,
Ploskirev muhitlarda salmonellalar rangsiz yoki kulrang-ko‘kimtir koloniyalar, vismut-
sulfit agarda qora koloniyalar hosil qiladi. Harakatchanligi kulturani yarim suyuq 0,2 -0,3
% li GPAga ekib aniqlanadi. Qo‘ylarning salmonellyoz kasalligining qo‘zg’atuvchisi esa
muhitning butun qalinligi bo‘yicha o‘sib, muhit yuzida parda hosil qiladi.

Fermentativ xususiyatlari.

Salmonellalar glukoza mannitni parchalaydi, jelatinani

eritmaydi, sutni ivitmaydi, metilen ko‘kili sutni rangsizlamaydi, indol hosil qilmaydi,
ko‘pchiligi vodorod sulfidni hosil qiladi. Metilrot bilan musbat, Foges - Proskauera
reaksiyasi bilan manfiy natija beradi.

Serologik

tipizatsiya uchun salmonellaning ajratilgan sof kulturasini avval polivalent

salmonellozli agglutinatsiyalovchi O zardoblar bilan tomchili AR usulida tekshiriladi.
Ijobiy natija bersa, polivalent zardob tarkibiga kiruvchi alohida monoretseptorli O
zardoblar bilan tekshiriladi. Keyin aynan o‘sha kulturalar monoretseptorli H zardob bilan
tekshiriladi.

Antigen tuzilishi bo‘yicha:

A guruhga: Salmonella paratyphi A
B guruhga: Salmonella typhimurium, Salmonella abortus equi, Salmonella paratyphi
C guruhga: Salmonella cholerausuis kiradi, Salmonella paratyphi C
D guruhga: Salmonella enteritidis, Salmonella pullorum, Salmonella Tyhpi
E guruhga : Salmonella London

Biosinov

zarur hollarda qo‘yiladi. 15 – 18 g massali oq sichqonlar terisi ostiga kultura

suspenziyasi (50 – 100 mln mikrob tanachalari 1 ml da) 0,2 -0,3 ml yuboriladi. Ijobiy
natijada 3 – 10 kunda sichqonlar o‘ladi.

Immunitet.

Kasallikdan tuzalgan hayvonlar faol immunitet hosil qiladi. Faol suniy

immunitet uchun buzoqlarni emlashga quyuqlashtirgan formal vaksina 1-2 kunligidan
boshlab, 2 marta 3-5 kun oraliq bilan bo‘g'oz sigirlarga tug'ishidan 50- 60 kun oldin 2 marta
8-10 kun oraliq bilan birinchi marta 10 ml, ikkinchi marta 15 ml dozada teri ostiga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 116

emlanadi. Passiv immunitet uchun Veterinariya Ilmiy Tadqiqot Institutida yaratilgan
kolibekterioz, salmonellyoz va pasterellyozga qarshi giperimmun qon zardobi, asosan
davolash va profilaktika uchun ishlatiladi. Yosh hayvonlar kasalliklariga qarshi
Veterinariya Ilmiy Tadqiqot Institutida qo‘zilarning kolibakterioz va salmonellyoziga
qarshi assotsiyalangan GOA formolvaksina (Siddiqov A.K. Burlutskiy I.D. Turaqulov
B.T.); qo‘y va qo‘zilarning kolibakterioziga qarshi quyuqlashtirilgan GOA
formalvaksinasi; buzoq,qo‘zi, cho‘chqa bolalarining pasterellyoz, salmonellyoz,
kolibakterioz kasalliklariga qarshi polyvalent radiovaksina ( bo‘g'oz sigirlarga 1 marta 10
ml, qo‘ylarga 3 ml va ona cho‘chqalarga 4 ml teri ostiga ). (Bulxanov R.U, Ryasnyanskiy
I.V, Mirzaev B.Sh.) emlanadi. Tug'ilgan yosh buzoq, qo‘zi, cho‘chqa bollarida kolostral
immunitet hosil qilish uchun bo‘g;oz hayvonlar tug'ishidan 1 oy oldin emlanadi. Davolash.
Klink tekshirish va termometriya o‘tkazilgach yosh hayvonlar quyidagi guruhlarga ajratish
tavsiya etiladi. 1. Sog'lom 2. Kasallikga gumon qilingan 3. Kasallangan 4. Kasallikdan
tuzalgan Guruhlarda o‘ziga biriktirilgan asbob anjomlar va boquvchilar bo‘lishi zarur.
To‘yimli va sifatli oziqlantirishni yo‘lga qo‘yish kerak. Levomitsetin suv bilan 4-6 soat
oraliq bilan birinchi kun 0,05g/1kg tirik vaznga, keyin 0,03g/1kg tirik vaznga 3-5 kun
beriladi. Pnevmoniya asorati kuzatilganda esa antibiotiklar sulfanilamidlar (norsulfazol,
disulfat, etazol, sulfadin, sulfademizin) bilan qo‘llanilganda yaxshi natija beradi.
Sulfanilamidalr 0,1g/1kg tirik vaznga doza 4 martaga bo‘linib beriladi. Giperimmunli
salmonellyozga qarshi ishlatiladigan antitoksik zardoblar kasallik boshlanishida juda
yaxshi foyda beradi. Sintomitsinni sut bilan sutkasiga 3 marta berish tavsiya etiladi.
Birinchi marta 1 kg tirik vaznga 0,04g, ikkinchi va uchinchi marta esa 0,02-0,03g.
Nitrofuranli preparatlar (furazolidon, furatsilin, furadonin) sut bilan buzoqlarga 0,2-0,3 g,
cho‘chqachalarga 0,2 g, qo‘zilarga 0,12 g bir kunda 2-3marta beriladi.

Profilaktika va qarshi kurashish tadbirlari:

Yosh hayvonlarni salmonellyozdan

himoya qilish asosan fermada veterinariya-sanitariya va zoogigeyenik talablarga, bo‘g'oz
sigir, qo‘y, cho‘chqa, baytal va boshqa hayvonlarni saqlash tug'ishida qat'iy amal qilish va
ularni to‘yimli ozuqalar bilan boqishga asoslanadi. Faqat salmonellyoz bo‘yicha sog'lom
xo‘jaliklardan yosh hayvon va ozuqalarni sotib olish kerak. Fermalarni yopiq xolda
bo‘lishi, unda dezobaryer, dezogilam, veterinariya mutaxasissi uchun xona bo‘lishi,
muntazam dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish, xodimlarni
maxsus himoya vositalari bilan ta'minlash kasallikni oldini olishga yordam beradi. Bo‘g'oz
hayvonlardan bola olishda veterinariya-sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilish va
tug'ilgan yosh hayvonlarni o‘z vaqtida salmonellyozga qarshi emlash kasallikni oldini
olishni kafolatlaydi.

Adabiyotlar:

1. Salimov X.S, Qambarov A.A. Epizootologiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va

suv xo‘jaligi vazirligi o‘quv uslubiyat markazi oliy o‘quv yurtlarining veterinariya fakulteti
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Toshkent- 2016 404- 409- betlar.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 117

2. Bakirov B., Daminov A.S., Ro‘ziqulov N.B., Toylaqov T.I., Saydaliyev D.,

Qurbonov Sh., Boboyev O.R., Xo‘djamshukurov A. Hayvonlar kasalliklari malumotnoma.
Ikkinchi nashri. Samarqand 2019 344- 347- betlar.

3. Ibodullayev F. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anotomiyasi “

O‘zbekiston” Toshkent-2000 yil. 269- 275- betlar.

4. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya Toshkent-2013. 131- 134- betlar.
5. Сальмонеллез овец в южных регионах России тема диссертации и

автореферата по ВАК РФ 16.00.03. доктор вутуринарных наук Джамбулатов З.М.

6. Umumiy mikrobiologiya A.B.G‘anixo‘jayev, H.A.Nazorova Toshkent-“Ilm Ziyo”-

2017

7. Oziq-ovqat va suvdan kelib chiqadigan kasalliklar fanidan majmua 8. Parmanov

M.P. va boshqalar “Epizootologiya” o‘quv qo‘llanma Toshkent 2007 9. Parmanov M.P. va
boshqalar “Epizootologiya” darslik Samarqand 2010 10. https://avitsenna.uz,
https://mymedic.uz.

Bibliografik manbalar

Salimov X.S, Qambarov A.A. Epizootologiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘quv uslubiyat markazi oliy o‘quv yurtlarining veterinariya fakulteti talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Toshkent- 2016 404- 409- betlar.

Bakirov B., Daminov A.S., Ro‘ziqulov N.B., Toylaqov T.I., Saydaliyev D., Qurbonov Sh., Boboyev O.R., Xo‘djamshukurov A. Hayvonlar kasalliklari malumotnoma. Ikkinchi nashri. Samarqand 2019 344- 347- betlar.

Ibodullayev F. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anotomiyasi “ O‘zbekiston” Toshkent-2000 yil. 269- 275- betlar.

Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya Toshkent-2013. 131- 134- betlar.

Сальмонеллез овец в южных регионах России тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 16.00.03. доктор вутуринарных наук Джамбулатов З.М.

Umumiy mikrobiologiya A.B.G‘anixo‘jayev, H.A.Nazorova Toshkent-“Ilm Ziyo”-2017

Oziq-ovqat va suvdan kelib chiqadigan kasalliklar fanidan majmua 8. Parmanov M.P. va boshqalar “Epizootologiya” o‘quv qo‘llanma Toshkent 2007 9. Parmanov M.P. va boshqalar “Epizootologiya” darslik Samarqand 2010 10. https://avitsenna.uz, https://mymedic.uz.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари