Mualliflar

  • Yo‘ldasheva Naimaxon
  • Abdullayeva Vazira Quronovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113878

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: pedagogika ta‘lim jarayoni pedagogik yondashuv husnixat husnixat metodlari husnixat tamoyillari o‘qitish usuli savtiya.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda ta‘lim jarayonidagi o‘zgarishlar, yangicha yondashuvlar, savod chiqarishda darslik va o‘quv qurollarining  takomillashuvi  yurtimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  savodxonligini chiqarishda alifbe darsliklarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 126

O‘RTA OSIYODA YUZAGA KELGAN ILK ALIFBE

KITOBLARI VA SAVODXONLIKNI OSHIRISH

Qo‘qon Universiteti boshlang‘ich ta‘lim yo ‘nalishi talabasi

Yo‘ldasheva Naimaxon

Ilmiy maslahatchi Qo‘qon Universiteti “Pedagogika va psixologiya”

kafedrasi o‘qituvchisi

Abdullayeva Vazira Quronovna

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda ta‘lim jarayonidagi o‘zgarishlar,

yangicha yondashuvlar, savod chiqarishda darslik va o‘quv qurollarining takomillashuvi
yurtimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini chiqarishda alifbe
darsliklarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

pedagogika, ta‘lim jarayoni, pedagogik yondashuv, husnixat, husnixat

metodlari, husnixat tamoyillari, o‘qitish, usuli savtiya.

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,

yo saodat – yo falokat masalasidir”

Abdulla Avloniy

Kirish:

Har bir davlatning ravnaqi va salohiyati yoshlarning intelektual bilim malakasiga

asoslanadi. Bu borada ta‘lim tizimining o‘ziga xos bo‘lga ta‘siri mavjud. Bugungi kunda
yurtimizda yoshlarni bilimli va keng dunyoqarshga ega bo‘lib voyaga yetishishida ta‘lim
tizimidagi rivojlanishlarni alohida e‘tirof etish mumkin. Bu borada darsliklarning alohida
o‘rni mavjud.

O‘rta Osiyoda boshlang‘ich ta‘lim olish qaysi yo’sinda bo’lganligini tarixiy manbalar

orqali bilib olish mumkin. Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-
katta qilib yozish “sarxat” deb atalib, ba‘zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho’zilgan. Sarxat
yozishga o’rgatilganidan so‘ng “murakkabot”, ya‘ni harflami bir-biriga qo‘shib yo‘zib
o’rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya’ni bayt va ruboiylar ko’chirib
yozish o’rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko’p vaqt sarf qilingan. Bolalar
doskada salomni yozishni bilsalar, ulaming xat-savodi chiqqan hisoblangan. Eski
maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg’ulotlari
uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o’rgatish vaqtida
faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan
so’ng uning ustida qayta yozishga yo‘l qo‘yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi
birdan-bir usul bo’lgan. Bolalarga yuqoridagiga o’xshash ayrim yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatilgani bilan ularning ko‘zi bilan qog’oz orasidagi masofaning to‘g’ri saqlanishiga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 127

e’tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish ham ta‘qiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o‘rgatuvchi birdan-bir qo‘lanma “Mufradot” kitobi
bo‘lgan. Domlalar yozishni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan
foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o’rgatishning birdan-bir yo’li ko‘chirib yozish
ko‘nikmasini hosil qilish bo’lgan. Bolalar uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bolib,
unda biror nuqtaning noo‘rin qollanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki ortiq bolishi
so’zning ma’nosini tubdan o’zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda
ehtiyot bolib yozish zarur edi.

1

Ko‘p asrlik tariximizda XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy hayotning

ta’lim jarayoniga alohida ta’siri mavjudligini ko’ramiz. Ma‘lumki, bu davrda O‘rta
Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy holat qoniqarli tusda emas edi. Bu jarayon albatta xalqning
bilim olish va jahon sivilizatsiyasiga yuz tutishiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatib
ulgurgan edi.

O‘rta Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlariga kelib xalqning

or-nomusi, aql-idroki, zakovat va matonatini ko’rsatib, xalqni bilim olishga undovchi
ziyoli, vatanparvar shaxslar yuzaga kela boshladi. Bunday shaxslar jadid atamasi ostida
maydonga keldilar.

Jadidchilik harakatining tamal toshi jadid maktablaridir. Bu harakatning asl maqsadi

millatning o’zligini tanitish, ijtimoiy-siyosiy tuzimni tubdan isloh qilish. Bu maqsadga
erishish uchun yangi avlodni o’qitish masalalariga alohida e’tibor berish kerakligini ular
tushunib yetgan edilar.

Mazkur ilmiy tezis orqali yurtimizda ta‘lim tizimida boshlang‘ich sinflarni

savodxonligini oshirshda alifbe darsliklarini joriy qilish yuzasidan fikr yuritiladi. Mazkur
mavzuning bugungi kunda dorzarbligi shundaki, ta‘lim tizimidagi rivojlanish darajasini
baholash va ilk darsliklarning tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganishdan iboratdir.

O‘qitishda ko‘rgazmalilik, ifodali o‘qish, uning turlari, ularda texnik vositalardan

foydalanish, og’zaki va yozma nutq o’stirish usullari kabi ona tili va adabiyot o’qitishning
muhim masalalari ishlab chiqildi.

Asosiy qism.

Arab yozuvi asosidagi alifbe kitoblari 8–19-asrlar yozilgan. Islom dini tarqalishi

bilan arab yozuvi O‘rta Osiyoda asosiy yozuv tizimiga aylandi. Bu davrda Qur’on va dini
asarlar orqali arab alifbosi o‘rganilgan. Eng qadimgi alifbe kitoblaridan ba'zilari: “Mabda’
al-qiroat" – arab harflarini talaffuz qilishni o‘rgatgan qo‘llanma hisoblanadi. “Qoidai
jadid” yoki “Qoidai maktab” – bolalarga savod o‘rgatish uchun ishlatilgan alifbe kitobi.
Bu alifbe kitoblari asosan madrasalarda o‘qitilgan. Chig‘atoy tilidagi alifbe va savod
o‘rgatuvchi kitoblar 14-19-asrlarda yozilgan Chig‘atoy tilida yozilgan dini va
adabiy asarlar orqali savod o‘rgatilgan. Arab yozuvida bo‘lsada, mazmuni mahalliy tilga

1

Husnixat va uni o‘qitish metodikasi, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, T-2007,B-10


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 128

yaqinlashtirilgan bo‘lgan. Jadidlar davri alifbe kitoblari 19–20 - asr boshida yozilgan.
Jadidlar – o‘rta asr uslubidagi ta’limdan voz kechib, zamonaviy dunyoqarashni ilgari
surgan islohotchilar edi. Ular: Yangi usul maktablari ochib, fonetik asosda yozilgan alifbe
kitoblarini yaratishdi.

Mashhur jadid alifbe kitoblari mualliflari:
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Abdulla Avloniy – “Turkiy guliston yoxud axloq”
Munavvar qori Abdurashidxonov – "Alifbo" 1909 yil
Lotin alifbosiga o‘tish 1920-yillarda o’tilgan. Sovet davrida arab yozuvidan lotin

yozuviga o‘tilgan 1929-yilda rasmiy ravishda. Shu davrda yangi lotin yozuvli alifbe
kitoblari chop etila boshlagan. Masalan: “Yangi alifbe” kitoblari maktablarga kirib kelgan.

Ilk alifbe kitoblarining ahamiyati - savodxonlik darajasini oshirishda muhim rol

o‘ynagan madaniy birlik va dini bilimlarni mustahkamlashda xizmat qilgan va O’rta
Osiyoning ta’lim tizimini rivojlantirishda asos bo‘lgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy —
jadidchilik harakatining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, u o‘zbek xalqi uchun ta’lim-
tarbiya, ma’rifat va zamonaviy fikr tarqatishda muhim rol o‘ynagan. Uning alifbe bo‘yicha
qilgan ishlari ham o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning alifbe kitobi to‘liq "Risolai Qoidai Jadida" yoki ba’zan

“Yangi usulda” savod o‘rgatish qo‘llanmasi" deb nomlanadi. Taxminan 1901–1903-yillar
atrofida yozilgan va bosilgan. Bu davr jadid maktablarining paydo bo‘lish vaqti bilan mos
keladi. Asarning asosiy xususiyatlari - eski uslubdagi madrasalarda faqat Qur’on
o‘qitilgan, lekin tushunish, fikrlash o‘rgatilmagan. Behbudiy esa fonetik (tovush asosidagi)
o‘qitish metodikasini taklif qiladi. Arab yozuvidagi o‘zbekcha alifbe harflarni talaffuz
bilan bog‘lab o‘rgatish yo‘li tanlangan va o’quvchilar so‘zlar orqali harflarni tushunishga
o‘rgatilgan. Diniy va ma’rifiy mazmun - diniy asoslar bilan birga ahloqiy, ijtimoiy saboqlar
ham berilgan va bolalarda fikrlash, savol-javob qilish ko‘nikmasi shakllantirilgan.
Soddaligi va tushunarli tili bilan ajralib turadi - Oddiy xalq farzandlari tushunadigan tilda
yozilgan va amaliy mashqlar, misollar keltirilgan. Behbudiy alifbe kitobining ahamiyati
O‘z davrida savodsizlikka qarshi kurashning muhim quroli bo‘lgan va O‘zbekiston tarixida
birinchi zamonaviy alifbe darsligi hisoblanadi. Jadid maktablarining asosiy o‘quv
qo‘llanmasi sifatida keng tarqalgan bo’lib, Bu kitob orqali minglab bolalar ilk marta tez va
samarali savod chiqarishni o‘rganganlar.

XX asr boshlarida jadid maktablari uchun ilk darsliklar yaratish ham ko’proq

Munavvarqori Abdurashidxon o’g’li zimmasiga tushgan. U 1907-1920 yillar orasida o’nga
yaqin turli fanlar bo’yicha darsliklar, o’quv qo’llanmalari yaratgan. Munavvarqorining
“Adibi soniy” darsligi “Usuli jadid” maktablarining ikkinchi sinfi uchun o’qish kitobi
sifatida yaratilgan. Muallif darslikning muqaddimasida quyidagilarni yozgan. “Maktabi
ibtidoiy shogirtlarini alifbodan so’ng ikkinchi sinfda o’qitmoq uchun mumkin darajada


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 129

ochiq til va oson tarkiblar ila yozilishi qiroat kitobidir. Ushbu darslik 1907 - 1916 yillar
oralig’ida besh marta nashr qilingan.

Bu borada Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidrasul Saidaziziy,

Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda kabi pedagoglar maktablar
uchun o’quv qo’llanma va darsliklar yaratdilar. Turkistonda yangi usuldagi maktablarni
ochilishida Munavvarqori Abdurashidxonovning o’rni juda katta bo’lgan. U 1901 yilda
Toshkentning Shayxovand Tahur, keyinchalik boshqa dahalarda ham birinchi yangicha
maktablarni ochishga erishdi. Bu maktablar “usuli jadid” maktablari deb yuritila boshladi.
Munavvarqori Abdurashidxonov bunday maktablarga kundalik o’quv-tarbiyaviy ishlari
uchun dastur va o’quv darsliklar yaratishishlariga bel bog’ladi.

Munavvarqori Abdurshidxonov 1907 yilda yangi usuldagi maktablar uchun “Adibi

avval” darsligini yaratadi. Mazkur darslik o‘zbek tili va yozuvini deyarli ilk bor
alifbolaridan bo’lib, bu darslik boshlang‘ich sinf o‘quvchilaiga mo‘ljallangan.

Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” darsligi 3 qismdan iborat bo’lib dastlabki

2-17 betlar alifbo davrini tashkil etadi. Alifbo muallifi bu qismni “ xurufi munfasl” ya’ni
o’zidan keying harflarga qo’shilmaydigan harflardan boshlagan. Bu albatda, o’qish va
yozish malakasini hosil qilishda yosh bolalaga ancha yengillik tug’diradi, chunki bu
harflar so’z boshida, o’rtasida va oxirida bir hil shaklga ega.

Agar “Ustodi avval “ ni Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adabi avval” alifbosi

darsligi bilan solishtiradigan bo’lsak , Saidrasul Saidazizovning alifbosi o’quvchi bolalar
uchun ancha murakkabligiga guvoh bo’lamiz. Bu nimada ko’rinadi? Yuqorida aytib
o’tganimizdek Saidrasul Saidazizov harflarning o’xshashligi, shaklan bir hilligiga qarab
guruhlashtirmaydi.

Ko’p hollarda o’quvchilar uchun shaklan qiyin harflar oldinga o’tib qolgan.

Saidrasul saidazizov usuli savtiya- tovush metodini birinchi bo’lib o’zbek maktablariga
olib kirgan va alifbo darsligi yaratish jarayoniga tatbig’ qilgan ulug’ pedagogdir. “Usuli
jadid” maktablariga, shu jumladan Munavvarqri Abdurashuidxon o’g’li maktabiga, odatda
8 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar o’quv yilining boshida qabul qilingan. Har
bir qabul qilingan bolaga va ota-onasiga maktabdagi tartib intizom, qonun – qoida,
o’quvchi darsddan tashqarida o’zini qanday tutishi, o’qituvchilarga va o’rtoqlari bilan
qanday munosabatda bo’lishi, o’quv qurollarini qanday saqlashi, oylik maktab puli haqida
malumot berilgan.

Ismatulla Rahmatullayev 1883-yilda Samarqand shahrining Rajabamin qishlog‘ida

kambag‘al bog‘bon oilasida tug‘ilgan. Uning otasi shu qishloqdagi boylarning uzumzorlari
va bog‘larida yollanib ishlagan.

Atoqli olim M.Fattoyevning ma’lumot berishicha, Ismatulla Rahmatullayevning

savod chiqarishi va yetuk pedagog bo‘lishida Abduqodir Shakuriy oilasining hissasi katta
bo‘lgan. Jumladan, yosh Ismatullaga xat-savodni Abduqodir Shakuriyning onasi Bobi
Roziya o‘rgatgan edi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 130

Ismatulla Rahmatullayev 1915-yilda pedagogik tajribalariga tayangan holda,

qolaversa, ilg‘or rus pedagoglari va yozuvchilari bo‘lmish K.D.Ushinskiy va
L.N.Tolstoylar ta’siri ostida “Alifbe ta’limi” kitobini yozadi.

Ismatulla Rahmatullayev o‘z xotiralarida ushbu kitobni tuzish va tahrir etishda adib

Sadriddin Ayniyning katta yordam berganligini alohida qayd etib o‘tgan. Kitobning kirish
qismida muallif Ismatulla Rahmatullayev tez va osonlik bilan savodli bo‘lish borasida
o‘zining maslahatlarini yosh o‘quvchilarga bergan holda “Har bir savodsiz kishi g‘ayrat va
tirishqoqlik bilan ushbu alifbodan foydalansa, ozgina vaqt ichida o‘qiydigan va yozadigan
bo‘lib qoladi” deb ta’kidlagan. Qayd etish kerakki, kitob tovush-harf metodi asosida
yozilgan bo‘lib shu boisdan ham bolalar tez fursatda savodli bo‘la olishgan.

Shu bilan birga, muallif tomonidan kitobning muqova qismiga: “Johil farzandning

gunohi ota-onaning zimmasidadir” va “Bilim – yorug‘likdir, nodonlik – qorong‘ulikdir”
kabi ibratli so‘zlar yozilgan. Ismatulla Rahmatullayevning ushbu kitobi 46 betdan iborat
bo‘lib, 90 soat dars uchun mo‘ljallangan edi. Alifbo analiz va sintez metodi asosida
tuzilgan bo‘lib, u o‘zlashtirilishi oson bo‘lgan tovush va harflar bilan boshlanib, keyin
murakkabroq ma’lumotlar bilan yakunlanadi.

Alifbo 3 qismdan iborat. Birinchi qismda harf elementlarini yozish bo‘yicha

mashqlar, ikkinchi qismda harflarning turli ko‘rinishlari va uchinchi qismda tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan hikoya va she’rlar berilgan.

Muallif dastlab, o‘quvchilarga arab harflarining yozilishi va o‘qilish turlari, hamda

harflarning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida keladigan shakllari xususida ma‘lumot beradi.

2

Xulosa

Darhaqiqat, pedagogika tarixini kuzatar ekanmiz, bevosita yoshlar tarbiyasini hayot

va mamot masalasi darajasida qaralishi hozirgi ijtimoiy - siyosiy hayotimizdagi ajib bir
o‘xshahslik va yaqinlikni his etish mumkin. Ma‘lumki, jamiyatda ta’lim jarayoniga
berilayotgan e’tibor har bir davlatning rivojlanish pog’onasini ko’rsatib beruvchi omil
sanaladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo’ljallanganYangi
O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni ijrosi asosida
ta’lim jarayonini sifatini yangi bosqichga olib chiqish va interfaol ta’lim texnologiyalarini
kiritishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

XIX asrning II yarmida umumta’lim maktablarida boshlang ‘ich sinflaida

“Alifbe”daslklarini yuzaga kelishi bilan ta‘lim tizimiga yangi islohotlar kiritilishiga olib
keldi. Maktablarda darslarning dastur asosida o‘qilishi yo’lga qo‘yildi. Bu kabi ta
‘lim tizimidagi yangiliklar keying davr pedagogikasining rivojlanishiga zamin yaratib
berdi.

2

https://oyina.uz/uz/article/2518


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 131

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

X.G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva, G.Mamatova va boshqalar, Husnixat va uni o‘qitish
metodikasi, o‘quv qo‘llanma, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, T, 2007.

2.

S.Matchonov, Y.Bakiyeva, X.G ‘ulomova va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda ona
tili va o‘qitish metodikasi, darslik, “Ishonchli hamkor” nashriyoti, T,2021.

3.

Abdullayeva, V. (2023). XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA TURKISTONDA
TA’LIM JARAYONNI YUZAGA KELISHI VA DARSLIKLAR.

QO ‘QON

UNIVERSITETI XABARNOMASI

, 841-843.

4.

Abdullayeva,

V.

(2023).

MAKTABGACHA

TA’LIM

YOSHIDAGI

BOLALARNING DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI.

QO

‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

, 888-891

5.

Quronovna, V. A. (2023). YUSUF XOS HOJIBING “QUTADG ‘U BILIG” ASAR
MATNIDA

FRAZEOLOGIK

BIRLIKLARNING

QO

‘LLANILISH

SINONIMIYALARI.

Международный журнал научных исследователей

,

3

(2)..

6.

Quronovna, A. V. (2024). The Sematico-Paradigmatic Structure of Phraseological
Units in the Work” Qutadgu Bilig.

International Journal of Scientific Trends

,

3

(5),

27-34.

7.

Quronovna, A. V. (2023). YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG”
ASARINING

OʻRGANILISHI

HAMDA

ASARDAGI

SOMATIK

FRAZEOLOGIK

BIRLIKLARNING

QOʻLLANILISHI.

QO

‘QON

UNIVERSITETI XABARNOMASI

,

9

, 174-179.

8.

Abdullayeva, V. Q. (2023). YUSUF HOS HOJIBNING “QUTADG’U BILIG”
ASARINING TIL XUSUSIYATLARI, UNDA FRAZEOLOGIK IBORALARNI
QO’LLANILISHI TADQIQI.

International journal of scientific researchers (IJSR)

INDEXING

,

3

(2).



Bibliografik manbalar

X.G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva, G.Mamatova va boshqalar, Husnixat va uni o‘qitish metodikasi, o‘quv qo‘llanma, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, T, 2007.

S.Matchonov, Y.Bakiyeva, X.G ‘ulomova va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qitish metodikasi, darslik, “Ishonchli hamkor” nashriyoti, T,2021.

Abdullayeva, V. (2023). XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA TURKISTONDA TA’LIM JARAYONNI YUZAGA KELISHI VA DARSLIKLAR. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 841-843.

Abdullayeva, V. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 888-891

Quronovna, V. A. (2023). YUSUF XOS HOJIBING “QUTADG ‘U BILIG” ASAR MATNIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO ‘LLANILISH SINONIMIYALARI. Международный журнал научных исследователей, 3(2)..

Quronovna, A. V. (2024). The Sematico-Paradigmatic Structure of Phraseological Units in the Work” Qutadgu Bilig. International Journal of Scientific Trends, 3(5), 27-34.

Quronovna, A. V. (2023). YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG” ASARINING OʻRGANILISHI HAMDA ASARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9, 174-179.

Abdullayeva, V. Q. (2023). YUSUF HOS HOJIBNING “QUTADG’U BILIG” ASARINING TIL XUSUSIYATLARI, UNDA FRAZEOLOGIK IBORALARNI QO’LLANILISHI TADQIQI. International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING, 3(2).