Mualliflar

  • Abdullayeva Vazira Quronovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113881

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: til xususiyatlari leksik xususiyat frazeologik birliklar so‘z ibora turg‘un ibora frazema ko‘chma ma‘noli so‘z leksika

Annotasiya

Annotatsiya Tarixiy-badiiy yozma manbalar til taraqqiyotining  oynasi hisoblanadi. O‘zbek tilshunosligida tilning tarixiy xususiyatlarini aniqlashga  qadimgi yozma manbalar va yodgorliklarni o‘rganish orqali erishiladi. Tilshunoslik tarixini   o‘rganib borish  zamonaviy tilshunoslikning oldidagi bir qator muammolar  yechimini topishda ko‘mak beradi. Ma‘lumki, “Qutadg‘u bilig” asari XI asrda yozilishiga qaramay, unda til xususiyatlari zamonaviy tilshunoslik bilan hamohangdir. Ushbu maqolada Yusuf  Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini leksik xususiyatlari va frazemalarni o‘rganish orqali  asarni tilshunoslik jihatlarini tahlil qilindi. Qutadg‘u bilig” asarini  adabiy qarashlar nuqtayi nazaridan juda ko‘plab xorij olimlari o‘rgangan. Tilshunoslik nuqtayi nazardan ham bir qator izlanishlar amalga oshirilgan.  Xususan,  “Qutadg‘u bilig” asarining leksik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 101

“QUTADG ‘U BILIG”DAGI FRAZEMALARNING

STRUKTUR – GRAMATIK XUSUSIYATLARI

Abdullayeva Vazira Quronovna

Qo‘qon Universiteti katta o‘qituvchisi

abdullayeva16@gmail.com

Tel: 93-0434579

Annotatsiya

Tarixiy-badiiy yozma manbalar til taraqqiyotining oynasi hisoblanadi

.

O‘zbek tilshunosligida tilning tarixiy xususiyatlarini aniqlashga qadimgi yozma manbalar
va yodgorliklarni o‘rganish orqali erishiladi. Tilshunoslik tarixini o‘rganib borish
zamonaviy tilshunoslikning oldidagi bir qator muammolar yechimini topishda ko‘mak
beradi. Ma‘lumki, “Qutadg‘u bilig” asari XI asrda yozilishiga qaramay, unda til
xususiyatlari zamonaviy tilshunoslik bilan hamohangdir. Ushbu maqolada Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini leksik xususiyatlari va frazemalarni o‘rganish orqali
asarni tilshunoslik jihatlarini tahlil qilindi. Qutadg‘u bilig” asarini adabiy qarashlar
nuqtayi nazaridan juda ko‘plab xorij olimlari o‘rgangan. Tilshunoslik nuqtayi nazardan
ham bir qator izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan, “Qutadg‘u bilig” asarining leksik
xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

:

til xususiyatlari, leksik xususiyat, frazeologik birliklar, so‘z, ibora,

turg‘un ibora, frazema, ko‘chma ma‘noli so‘z, leksika

Аннотация:

История – это прелюдия к сегодняшнему дню. В узбекском

языкознании исторические особенности языка определяются путем изучения
древних письменных источников и памятников. Изучение истории языкознания
помогает найти решение ряда проблем, стоящих перед современным языкознанием.

Известно, что, несмотря на то, что произведение «Кутадгу билиг» было написано в
XI веке, его языковые особенности находятся в гармонии с современным
языкознанием. В данной статье лингвистические аспекты произведения Юсуфа Хоса
Хаджиба «Кутадгу Билиг» были проанализированы путем изучения лексических
особенностей и идиом. Многие зарубежные ученые изучали с точки зрения
литературных взглядов произведение «Кутадгу Билиг». Это требует ряда
исследований с точки зрения лингвистики. В частности, исследование проводилось
на основе лексических особенностей и фразеологических сочетаний произведения
«Кутадгу Билиг».


Kirish.

Jahon tilshunosligida badiiy asarlarning til xususiyatlarini o‘rganish, asar

leksikasini tahlil qilish muhim sanaladi.

Tilshunoslikda til hodisasini tarixiy aspektda

o‘rganishda nodir manbalarga asoslanish, manbalarning tilini qiyosiy jihatdan o‘rganish,
til birliklarining ma‘nolari taraqqiyotini kuzatish hozirgi lingvistik jarayonlar
etimologiyasini ochib berishga qaratilgan tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 102

Darhaqiqat, “O‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik
maktablari

va

ta‘limotlarining,

mumtoz

va

zamonaviy

metodlarini,

buyuk

ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy
merosi, ona tilimizning xalqaro miqiyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan
aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy
muammolarini tadqiq etish” dolzarb ahamiyatga ega.

1

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali qadimiy manbalarni mukammal

o‘rganish muhimdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 24-
maydagi PQ - 2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ ‘ib qilish
tizimini yanada takomillashtirish chora-radbirlari to‘g‘risida”gi qarori( “Xalq so‘zi”
gazetasi, 2017-yil 25-may) asos bo‘ladi. Qolaversa, “Qutadg‘u bilig” asarining
yaratilganiga 2019 - yil 950 yil to‘lganligi munosabati bilan YUNESKO tomonidan
alohida e’tirof etilishi bu manbaning jahon madaniyatida g‘oyat qadrli ekanligini
ko‘rsatadi.

Ushbu ilmiy maqolada XI asrda yashab, ijod qilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u

bilig” asari va uning til xususiyatlari, aynan asar suyijetini yaratishda frazemalarning o‘rni
va semantik ma‘nolari tahlil qilindi.

Ma‘lumki, tarixiy tilshunoslikning asosiy maqsadi har bir davr tilining muhim

jihatlarini ochib berishdan iboratdir.

Frazemalarda birdan ortiq so‘zlar bir yaxlit ma‘noni bildiradi. Ikki va undan ortiq

so ‘zdan tarkib topgan, yaxlit bir ko‘chma ma‘no ifodalaydigan, ta‘sirchanlikka ega
bo‘lgan va ma‘nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar yoki gaplar farzeologik birlik
deyiladi.

2

“Qutadg‘u bilig” dostonida barqaror birikmalar maqol va matal shaklida

qo‘llangan. O‘rganish jarayonida garchi “Qutadg‘u biig” asarining yozilishi tarixan uzoq
davrlarga borib taqalsa-da, hozirgi kunda ham tushunish mumkin bo‘lgan bir butun yaxlit
ma‘noni bildiruvchi til birliklari – frazemalar keng qo‘llangani kuzatildi. Shuni alohida
aytish mumkinki, “Qutadg‘u bilig” manidagi ko‘pgina frazemalar hozirgi kunda ham
o‘zgarishlarga uchramagan holda faol qo‘llanib kelmoqda. Asarda yaxlit ma‘noni
bildiruvchi so‘zlar ma‘no va mazmunni kuchaytirib berish uchun xizmat qilgan. Shu
boisdan ushbu asarning leksikasini, frazemalarini o‘rganish bugungi kun tilshunosligi
ichun dolzarb hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Frazeologik birliklar shakllanib, rivojlanib

bormoqda, tilshunoslikning alohida sohasi sifatida frazeologizmlar bo

yicha tadqiqot

ishlari olib borilgan.

1

Холманова З. Бобурнома – тил қомуси. – Tошкент: Akademnashr, 2021. – B.3.

2

Hamrayev М. Ona tili. Qo‘llanma va mashqlar to‘plami, 2016. – B.96.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 103

Jahon tilshunosligida hamda o‘zbek tilshunosligida frazeologizmlar yuzasidan bir

qator tilshunos olimlar ilmiy faoliyat olib borganlar. Xususan, jahon tilshunosligida
V.V.Vinogradov, N.N.Amasova, A.V.Kunin, N.M.Shanskiy, O.S.Axmanova, A.Bushin
rus tilshunoslari frazeologik birliklarni semantik hodisa ekanligini e‘tirof etadilar.

Turkologik tadqiqotlar yuzasidan Z.G.Uransin, T.A.Bayramov, F.A.G‘aniyev,

G.X.Axuniyazov, M.F.Chernovlar, hozirgi o‘zbek tilshunosligida Sh.Raxmatullayev,
B.Yo‘ldashev, A.Mamatov kabi tilshunoslar frazeologik birliklar yuzasidan ilmiy tadqiqot
ishlari olib borganlar. “Qutadg‘u bilig” asaridagi shaxs belgi-xususiyatini
anglatuvchi leksikani maxsus o‘rganishni F.Abdujabborova amalga oshirdi.
M.Xolmurodova “Qutadg‘u bilig” asarining til xususiyatlarini leksik-semantik jihatdan
tahlil qilgan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida
qo‘llanilgan so‘zlarning semantik xususiyatlarini ilk marotaba Y. Klaprot o‘rganib chiqdi.
Asar leksikasining semantik, morfologik xususiyatlari yuzasidan E.Bertels, A.Valitova,
A.Bombachi, I.Steblevalar ilmiy izlanishlar olib borganlar. B.To‘xliyev, X.Abdullayev,
S.Ibotov, Z.Sodiqova, D.Toshpo‘latovalar “Qutadg‘u bilig” asarini adabiyotshunoslik
masalalari yuzasidan o‘rganganlar. “Qutadg ‘u bilig” asari nemis, ingliz, qozoq, qirg‘iz
tillariga o‘girilgan. Xususan,V.V.Radlov nemis tiliga, R.R.Arat turk tiliga, R.Dankoff
inglis tiliga tarjima qilgan. Z.Y.Sodiqov asarning nemis va ingliz tilidagi tarjimalari
qiyosiy tahlilini amalga oshirdi.

“Qutadg‘u bilig” asarini keng ommaga yetkazishda Abdurauf Fitratning alohida

xizmatlari bor. Asarni tabdil qilishga Q.Karimov 1971- yil qo‘l urdi. Q.Karimov,
B.To‘xliyev, H.Dadaboyevlar tomonidan “Qutadg‘u bilig” asarining 5 jildlik ilmiy-
tanqidiy matni tayyorlandi. B.Nazarov Indiana universitetida o‘tkazilgan
konferensiyada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari didaktikasining ahamiyati
yuzasidan Aristotel va Suqrotga tenglashtirilganligini ma‘lum qilgan edi.

M.Xolmurodova tomonidan “Qutadg‘u bilig” asari leksikasining muhim uslubiy-

semantik xususiyatlari o‘rganilgan, leksik birliklarning muhim ahamiyatga ega ekanligi
asoslab berilgan. Yuqorida qayd etilgan izlanishlarda “Qutadg‘u bilig” asari tilshunoslik
hamda adabiyotshunoslik masalalari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan.

“Qutadg‘u bilig” asarini o‘rganish davomida asarda qo‘llanadigan frazeologik

birliklar alohida tadqiqotni talab qilishi ma’lum bo‘ldi.

“Qutadg‘u bilig” asarida 3370 ta leksema bo‘lib, 2817 tasi turkiy, 416 tasi arabcha

, 7 tasi sanskritcha, 7 ta so‘g‘dcha, 6 tasi xitoycha, 13tasi gibrid so‘z, 7 tasi arab+forscha,
2 tasi arab+yunoncha, 2 tasi sanskritcha+forscha, 1 tasi forscha + hindcha, 1 tasi
arab+lotincha birlik ekanligi aniqlangan. Jami leksemalarning 2500tasi ism
ketegoriyasiga, 870 tasi esa harakat-holat kategoriyasiga mansubligini

3

ko‘rish mumkin.

4

3

Холмуродова М. Ф. “Қутадгғу билиг” лексикаси. Филол. фан. б. фалс. док.(PhD) … дисс. –Тошкент, 2019.

4

Холмуродова М. Ф. “Қутадгғу билиг” лексикаси. Филол. фан. б. фалс. док.(PhD) … дисс. –Тошкент, 2019.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 104

Bunda asardagi o‘z va o‘zlashgan leksikasi statistik jihatdan tahlil qilinib, leksemalarning
atash ma‘nosidan tashqari emotsional - ekspressiv vazifalarda kelishi, ko‘chma ma‘noga
ega bo‘lgan so‘zlar tahlil qilingan. Asardagi bu kabi tahlil orqali hozirgi o‘zbek adabiy
tilining yuzaga kelishiga asos hisoblangan qadimgi turkiy tilning ichki va tashqi
imkoiyatlarini ochish mumkin bo‘ladi.

“Qutadg‘u bilig” asarini tahlil qilish jarayonida asar matnining leksik xususiyatlari

bilan bir qatorda frazemalarning ham alohida funksiya bajarganini ko‘rish mumkin.

Frazemalar garchi qadimiy davrlarda shu nom bilan atalmagan bo‘lsa-da, asarda bu

kabi turg‘un birikma bo‘lib kelgan hamda ko ‘chma ma ‘noga ega bo‘lib kelivchi
birliklarning qo‘llanishi har bir xalq tilida yuzaga kelgaligini ko‘rsatadi.

Xusasan, I.A.O‘razova XIV asrning II yarmiga oid turkiy yozma manbalarda

frazemalarning qo‘llanishi yuzasidan “XIV arning II yarmiga oid turkiy yozma
manbalardagi frazemalar tadqiqi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib borgan. I.O‘razova
mazkur ilmiy izlanishlarida Munis Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Sayfi Saroyining
“Suhayl va Guldursun”, “Guliston bit-turkiy” asarlarida frazemalarning qo‘llanilishi
jihatdan o‘rganib chiqdi. I.Orazova mazkur dissertatsiya ishida “Gulistoni bit-turkiy”
asari, Xorazmiyning “Muhabbatoma”, “Surhayl va Guldursun” va “Mushoira” asarlaridagi
frazemalarni statistik, semantik va grammatik tomonlarini diaxron aspektda ilk bor
o‘rqanib tadqiq qildi. Albatta, I.O‘razovaning bu dissertatsiyasini tilshunoslikda ilmiy
jihatdan yangi tadqiqot, deyish mumkin. Dissertatsiyada frazemalarning komponent
xususiyatiga ko‘ra guruhlarga bo‘lib o‘rganganilgani alohida yondashuv sifatida
baholanishi mumkin.

Frazemalar xususiyati jihatidan bir qancha komponentdan tashkil topgan bo‘ladi.

I.Orazova mazkur dissertatsiya orqali XIV asarda yozilgan asarlarda frazemalarning faol
qo‘llanganini ko‘rsatib berdi.

O‘zbek tilshunosligida Abdulla Qodiriy, Albuhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat,

S.Ayniy, A.Qahhor, Hamid Olimjon hamda Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad
Boburning asarlaridagi qo‘llangan frazemalar ham ilmiy jihatdan tadqiq qilingan. Bu
yo‘nalishdagi tadqiqotlar tarixiy asarlardagi frazemalarni o‘rganishda manba va
metodologik asos vazifasini o‘taydi.

Shunga ko‘ra XI asrning nodir namunasi hisoblangan “Qutadg‘u bilig” asarining til

xususiyatlarini o‘rganishda frazemalarni tadqiq qilish muhim sanaladi.

B.Yo‘ldoshev o ‘zbek mumtoz adabiyotining ko‘p asrlik yozma an‘analari, Mahmud

Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulg‘ozi Bahodirxon,
Gulxaniy, Munis, Lutfiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar, Zavqiy kabi namoyandalarning
asarlari o‘zbek tarixiy frazeologiyasi uchun boy material berishini e‘tirof etgan edi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 105

O‘zbek tilshunosligida tarixiy frazemalarni o‘rganish va tadqiq qilish, ommalshtirish
borasida bir qator muammolar mavjud

5

.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur ilmiy maqoladagi ma’lumotlarni keltirishda

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari obyekt qilib olindi. Mazkur asardagi
frazeologik birliklarni tahlil qilishda bevosita kuzatish, tahlil qilish, qiyoslash, komponent
tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil davomida “Qutadg‘u bilig” asaridagi baytlar
tabdili va transkripsiyasiga tayanildi.

Tahlil va natijalar.

Jahon tilshunosligida “Qutadg‘u bilig” asari XVII asrning

oxiri va XIX asrning boshlaridan o‘rganila boshladi. Asar XI asrning ijtimoiy-siyosiy,
ma‘naviy-axloqiy, turkiy xalqlarning tili, turmush tarzi haqida ma‘lumot beradi. Tarixiy
ma‘lumotlar asosida qurilgan til birliklari va qurilmalarda tilga oid bilimlarni tadqiq qilish
kerakli bilimlarni taqozo etadi.

Frazeologik birliklarni badiiy matnda qo‘llash juda murakkabdir. Bu birliklarning

mazmun tarkibida ham frazeologik butunlik sifatidagi, ham uslubiy ma‘nolari mavjud.
Badiiy matnda umuman, yozma va og‘zaki matnlarda frazeologizmlar qo‘llanganda, bu
birlik bir qator vazifalarni bajaradi. Frazeologizmlar narsa-hodisalar,
voqealar, xarakterlarni obrazli, ekspressiv ifodalash ehtiyoji asosida yuzaga keladi.

Frazeologiya

atamasi grek tilidan olingan bo‘lib, “phrseos” , “logos” so ‘zlaridan tashkil

topgan, “ifoda ” degan ma ‘noni bildiradi. Tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida
frezeologiyaning asosiy diqqat - e‘tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial
belgilarini

o‘rganishga,

shuningdek,

frazeologizmlarning

nutqda

qo‘llanish

qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan.

Ma‘lumki, frazeologizmlar tarkibida nechta so‘z bo‘lishidan qat‘iy nazar ular yagona

umumiy ma‘no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv funksiya bajaradi.

Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan

so‘z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini
aniqlashdir. Umumiy tilshunoslik nuqtayi nazardan frazeologik birlik deganda senmantik
jihatdan bir-biriga tobe bo‘lgan (ya‘ni erkin bo‘lmagan), nutq jarayonida so‘zlovchi
tomonidan erkin so‘zlarni bir-biriga qo‘shish yo‘li bilan tuzilmaydigan, til
leksikonida tayyor holda mavjud bo‘lgan va jamiyat tomonidan belgilangan barqaror
ma‘noga ega bo‘lgan ma‘lum bir leksik-grammatik tuzilma, birlik tushuniladi.

6

“Qutadg‘u bilig” asaridagi frazemalarni strukturial va semantik xususiyatlarga ko‘ra

guruhlarga bo‘lish mumkin. Asarda holat semalari va harakat semalarini bildiruvchi
frazemalar mavjudligi kuzatildi.

5

Йўлдошев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тилида фразеологик бирликларнинг функционал - услубий

хусусиятлари. Филол. фан. док. … дисс.–Тошкент, 1993.– Б.37

6

Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish.

Toshkent: Yangi avlod, 2008.

B. 214.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 106

Shu jihatdan “Qutadg‘u bilig” asaridagi frazemalarni tahlil qilishda ikki jihatiga

ahamiyat qaratildi:

1) frazemalarning struktur – tarkibiy xususiyatlari;
2) frazemalarning semantik xususiyatlari.
“Qutadg ‘u bilig” asaridagi frazemalar struktur jihatdan quyidagi so‘z turkumlar

asosida shakllangan:

1) frazema tarkibida fe‘lning ishtirok etishi asosida shakllangan: bunday iboralar

gapga teng keladi;

2) frazema tarkibida ot ishtirok etadi: bunday frazemalar so‘z birikmasi ko‘rinishida

shakllanadi;

3) frazema tarkibida ravish ishtirok etadi: bunday frazemalar ham so‘z birikmasi

ko‘rinishida shakllanadi;

4) frazema tarkibida sifat ishtirok etadi: bunday frazemalar so‘z birikmasi va gap

ko‘rinishida shakllanadi.

“Qutadg ‘u bilig” asaridagi frazemalarning shakllanishida frazemalarning tarkibi,

asosan, inson tana a‘zolari asosida yuzaga kelganligini kuzatsh mumkin. Tilshunoslikda
frazemalarning tarkibida inson a‘zolarini keltirilishi nafaqat qadimda, balki hozirgi
o‘zbek adabiy tilida ham uchraydi.

1. Fe‘l komponentli frazemalar asar matnida 60 foizni tashkil qiladi.

Misol:

Qalíq qashï tugdi, køzi yäsh sachar
Chǝchǝk yazdi yuz, kør kýler qatg‘urar [ 78-qator,74-bet]
Ma‘nosi:
Osmon qovog‘ini soldi, ko‘zidan yosh sochmoqda,
Gullar yuz ochdi, boq, kulmoqda, qax-qaxlamoqda.

Ushbu baytda keltirilgan

qalíq qashï tugdi

fe‘l komponentli frazema,

qashï –

qavoq

– inson a‘zolari asosididagi birliklarda ifodalanagan.

Køzi yäsh sachar; Chǝchǝk yazdi yuz

fe‘l komponetli frazema,

køzi

inson a‘zolari

asosdidagi so‘zdan foydalanilgan, gap shaklida ifodalangan.

Misol:
Bāshïŋŋi tilese tiliŋŋi kødǝz,
Tiliŋ tǝkmǝ kydǝ bashÏŋŋÏ yǝyur
Ma‘nosi:
Boshim osmon bo‘lsin desang, tilingni ehtiyot qil,
Tiling istagan kun boshingni yeydi.

Ushbu baytda keltirilgan

Bāshïŋŋi tilese tiliŋŋi kødǝz

frazema

, fe‘l

komponentli frazema

,

bosh –

inson a‘zosi asosida hosil bo‘lgan;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 107

Tiliŋ tǝkmǝ kydǝ bashÏŋŋÏ yǝyur

– frazema, fe‘l komponentli frazema, bosh-inson

a‘zosi asosdia hosil bo‘lgan.

2. Ot komponetli frazemalar asar matnida 20 foizni tashkil qiladi.

Nǝku tǝp ǝshit ǝmdi bilgi tǝniz
Søzin berkitup ǝmdi qizg‘u mǝŋiz. [ 469 qator, 128-bet]
Ma‘nosi:
Bilimli dengiz kishi nima deydi, eshit,
So ‘zni sir tutuvchi yoru‘ yuzli kishi

Ushbu baytda

ǝmdi bilgi tǝniz

– frazema, ot komponetli frazema, bilimli dengiz

- bilimdon ma‘nosini bildiradi.

ǝmdi qizg‘u mǝŋiz

– yorig‘ yuzli kishi frazema,ot komponetli frazema

,

“omadli

kishi”

ma‘nosini bildiradi.

3. Ravish komponentli frazemalar asar matnida 15 foizni tashkil qiladi.

Misol:

Kimun elgi bolsa budunqa uzun,
Silig bolus qilqi qilinchi tutuz [ 533

-qator, 138-bet]

Ma‘nosi:
Kimning qo‘li uzub bo‘lsa,
Uning xulqi xush va fe‘li raftori to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Ushbu baytda

elgi bo‘lsa budunqa uzun

– frazema, ravish komponentli frazema, elg

– qo‘l – inson a‘zosi asosida hosil bo‘lgan.

Silig bolus

– frazema, ravish komponentli frazemadan hosil bo‘lgan.

4. Sifat komponetli frazemalar asar matnida 15 foizni tashkil qiladi.
Misol:

Qara bas yag‘isi qizil til turur,
Neche bas yedi bu taqi ma yeyur

[952-qator, 196-bet]


Ma‘nosi:
Qora boshning yovi qizil tildir,
U qanchadan-qancha boshlarni edi.
Ushbu baytda

Qara bash yag‘isi qizil til turur

frazema, sifat komponentli frazema

,

qora, qizil –

sifatlari asosida hosil bo‘lgan.

Qora bash

– rangi ko‘pincha salbiy ma‘nolarni bildirgan,

qizil til

rang, insonning

keraksiz ko‘p gapirishiga ishora qilgan.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi frazemalarning tarkibini

kuzatish jarayonida shuni ta‘kidlash mumkinki, komponentlar 4 ta so‘z turkumi asosida
hosil bo‘lgan. Ayrim frazeologik birliklarning hosil bo‘lishida inson a‘zolarining nomlari
bilan bog‘liq bo‘lgan frazemalar mavjud bo‘lib, bu kabi frazemalar hozirgi o‘zbek tilining
oddiy so‘zlashuv uslubida ham keng qo‘llaniladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 108

“Qutadg‘u bilig” asaridagi frazemalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy hisoblanib,

albatta bu kabi turg‘un birikmalar “frazema” atamasi bilan atalmagan bo‘lsa-da, jahon
tilshunosligida boshqa xalqlar badiiy asarlarida ham bu kabi barqaror birikmalardan keng
foydalangani haqidagi ma‘lumotlarni kuzatish mumkin.

Tilshunoslik nuqtayi nazardan yondashilganida, barcha xalqlarda bu kabi turg‘un

birikmalar fikrni ta‘sirchan, obrazli ifodalashga yaqindan ko‘mak berganligi uchun bunday
birikmalarga keng ehtiyoj seziladi.

Xulosa va muhokama.

Sharq xalqlari madaniy, ijtimoiy hayot tarzini, davlat

boshqaruv tizimidagi qarashlarni o‘zida aks ettirgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u
bilig” asarining mazmun mohiyati bayon qilinishida asarning leksik xususiyatlari bilan bir
qatorda frazemalar (turg‘un birikmalar)ning o‘rni muhimligini ko‘rish mumkin. “Qutadg‘u
bilig” asari butun turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning ham adabiy, ham tilshunoslikka
oid qarashlarini o‘zida mujassam qilgan asar hisoblanadi. Asar qahramonlari nomlarining
o‘zi ham ko‘chma – majoziy ma‘nodagi so‘zlar asosida qurilgan. Muallifning badiiy matn
yaratishda obrazli ifodalardan, barqaror birikmalardan samarali foydalanishi natijasida
asar matnining ta’sirchan va betakror bo‘lishiga erishganligi ma’lum bo‘ladi.

Asarning ma‘no mazmunini to‘rtta badiiy obrazlarning nomlanishi orqali ochib

berishga alohida urg‘u qaratilgan. Ayrim qahramonlar nomining shakllanishida ham
frazema xarakteridagi ko‘chma ma’no yaxlitligi namoyon bo‘ladi.

Kuntug‘mish

kun tug‘di

– ushbu holat ham frazema hisoblanadi, fe‘l komponentli

frazema, kunning chiqqaniga ishora qilingan bo‘lib, ramziy ma‘noda

adolat

sifatiqa talqin

qilingan.

Oyto‘ldi –

oy to‘ldi –

frazema, fe‘l komponentli frazema

,

to‘lgan oy

ma‘nosini bildiradi,

baxt va adolat

ramziy ma‘nosini bildiradi.

O‘gdulmish

aql bilan ziynatlangan

7

, ushbu so‘z ramziy “aql” degan ma‘noni

bildirgan,

O‘zg‘urmish

“uyg‘ongan” ma‘noni bildirgan, ramziy

qanoat timsoli

ma’nosi aks

etirgan. Mazkur obrazlarning bu tarzda nomlanishida ham muallif ko‘chma ma’nolardan
foydalangan.

Ko‘rinib turibdiki, “Qutadg‘u bilig” asarida voqeliklarni badiiy aks ettirishda

frazemalarning keng qo‘llanishi XI asrda ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
Bu kabi yondashuv asarda voqelikni jonlatirishga, ekspressiv bo‘yoqdorlikni aks ettirishga
xizmat qilgan va bu masalalar tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biridir.

“Qutadg‘u bilig” asarida xalq og‘zaki ijodi namunalari – maqol, matallar ko‘p

o‘rinda qo‘llangan. Asar matnida barqaror birikmalar, maqol va matallar bilan bir qatorda
farzemalarning o‘rni alohida ekanligini ko‘rinib turibdi. Muallifning frazemalardan

7

https://www.google.com/search?q=o+%27gdulmish+so+%27zining+ma+%27nosi&oq=o+%27gdulmish+so+%2

7zining+ma+%27nosi+&gs


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 109

samarali foydalanishga ehtiyoj sezilishining sababi, albatta, asarda obrazlar va voqelikni
jonli tarzda tasvirlashga harakat qilganligidir.

Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi

frazemalar haqida ma‘lumot beradi. Frazemalar esa ko‘chma ma‘noli turg‘un konstruksiya
hisoblanadi.

8

Bu borada frazemalarning tuzilishi jihatidan tilshunoslikda juda ko‘p

o‘rganishlar olib borish mumkin. Bugungi kun zamonaviy tilshunoslikda frazeologik
birliklarlarning kelib chiqishi, uning asar matnini semantik jihatdan boyitishi
frazemalarning tarixiy kelib chiqishiga bog‘liqligini inobatga olish muhim sanaladi.
Tarixiy frazeologik birliklarning o‘rganilishi asar yaratilgan davr ruhini va voqeligini
ochib berishga xizmat qiladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Abdullayeva V. “Qutadg‘u bilig” asaridagi frazemalarning semantik
xususiyatlari // Til va adabiyot. – Toshkent, 2025. –№3.

2.Abdullayeva V. Q. (2023). YUSUF HOS HOJIBNING “QUTADG

U BILIG”

ASARINING TIL XUSUSIYATLARI, UNDA FRAZEOLOGIK IBORALARNI
QO

LLANILISHI TADQIQI.

International journal of scientific researchers (IJSR)

INDEXING

,

3

(2).

3. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Yangi avlod, 2008. – B. 214.
4. Isaqova B.O‘zbek tili frazeologik birliklrning trasformatsiyasi. Filol. fan.
dok. diss. avtoref. –Samarqand, 2019.
5. Йўлдошев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тилида фразеологик
бирликларнинг функционал - услубий хусусиятлари. Филол. фан. док.
… дисс.–Тошкент, 1993.– Б.37
6. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. –
Тошкент, 1966.
7. Холманова З. Бобурнома – тил қомуси. – Tошкент: Akademnashr, 2021. – B.3.
8. Холмуродова М. Ф. “Қутадғу ” лексикаси. Филол. фан. б.
фалс. док.(PhD) … дисс. –Тошкент, 2019.
9. Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг”. – Тошкент: Фан, 1972.
10.

Quronovna V. A. (2023). YUSUF XOS HOJIBING “QUTADG‘U BILIG” ASAR

MATNIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISH
SINONIMIYALARI.

Международный журнал научных исследователей

.

11.Quronovna, A. V. (2024). The Sematico-Paradigmatic Structure of Phraseological
Units in the Work” Qutadgu Bilig.

International Journal of Scientific Trends

,

3

(5), 27-34.

12.Quronovna, A. V. (2023). YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG”
ASARINING OʻRGANILISHI HAMDA ASARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHI.

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

,

9

,

174-179.
13.

Hamrayev М. Ona tili. Qo‘llanma va mashqlar to‘plami, 2016. – B.96.

8

N.Jamolxonov.Hozirgi o zbek adabiy tili, Toshkent, 2006, B-204

Bibliografik manbalar

Abdullayeva V. “Qutadg‘u bilig” asaridagi frazemalarning semantik

xususiyatlari // Til va adabiyot. – Toshkent, 2025. –№3.

Abdullayeva V. Q. (2023). YUSUF HOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARINING TIL XUSUSIYATLARI, UNDA FRAZEOLOGIK IBORALARNI QO‘LLANILISHI TADQIQI. International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING, 3(2).

Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Yangi avlod, 2008. – B. 214.

Isaqova B.O‘zbek tili frazeologik birliklrning trasformatsiyasi. Filol. fan.

dok. diss. avtoref. –Samarqand, 2019.

Йўлдошев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тилида фразеологик

бирликларнинг функционал - услубий хусусиятлари. Филол. фан. док.

… дисс.–Тошкент, 1993.– Б.37

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. –

Тошкент, 1966.

Холманова З. Бобурнома – тил қомуси. – Tошкент: Akademnashr, 2021. – B.3.

Холмуродова М. Ф. “Қутадғу ” лексикаси. Филол. фан. б.

фалс. док.(PhD) … дисс. –Тошкент, 2019.

Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг”. – Тошкент: Фан, 1972.

Quronovna V. A. (2023). YUSUF XOS HOJIBING “QUTADG‘U BILIG” ASAR MATNIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISH SINONIMIYALARI. Международный журнал научных исследователей.

Quronovna, A. V. (2024). The Sematico-Paradigmatic Structure of Phraseological Units in the Work” Qutadgu Bilig. International Journal of Scientific Trends, 3(5), 27-34.

Quronovna, A. V. (2023). YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG” ASARINING OʻRGANILISHI HAMDA ASARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9, 174-179.

Hamrayev М. Ona tili. Qo‘llanma va mashqlar to‘plami, 2016. – B.96.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари