Mualliflar

  • Istamova Sh.M.
  • Tolibova Sh.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.119873

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati tafakkur o‘qituvchi o‘quvchi mustaqil fikrlash estetik tarbiya ma’naviy kamolot.

Annotasiya

Annotatsiya.Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, o‘quvchi shaxsini kamol toptirishdagi, tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kitob orqali bilim olish, mustaqil fikrlash, ma’naviy yetuklikka erishish jarayonida kitobxonlikning tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘qituvchilarning kitobxonlik madaniyati, badiiy-estetik didi va intellektual salohiyatining oshirilishi ta’lim sifati va inson tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi roli, ayniqsa yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni keng tahlil qilingan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 153

KITOBXONLIK MADANIYATI VA UNING

INSON TAFAKKURIGA TA’SIRI

Istamova Sh.M.

– f.f.f.d.(PhD), professor

Tolibova Sh

. – OXU magistranti


Annotatsiya.

Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatining mazmun-mohiyati, uning

shakllanish bosqichlari, o‘quvchi shaxsini kamol toptirishdagi, tafakkurini
rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kitob orqali bilim olish, mustaqil
fikrlash, ma’naviy yetuklikka erishish jarayonida kitobxonlikning tutgan o‘rni yoritilgan.
Maqolada o‘qituvchilarning kitobxonlik madaniyati, badiiy-estetik didi va intellektual
salohiyatining oshirilishi ta’lim sifati va inson tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil
sifatida ko‘rib chiqiladi. Kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi roli, ayniqsa yosh avlod
dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni keng tahlil qilingan.

Аннотация.

В данной статье рассмотрена сущность культуры чтения, этапы её

формирования и значение в развитии мышления и совершенствовании личности
читателя. Освещается роль книги в процессе приобретения знаний, формировании
независимого мышления и духовного роста. Особое внимание уделено повышению
читательской культуры учителей, их художественно-эстетического вкуса и
интеллектуального потенциала как важного фактора повышения качества
образования и формирования мышления. Анализируется влияние культуры чтения
на развитие общества и мировоззрение молодого поколения.

Abstract.

This article explores the essence of reading culture, its stages of

development, and its importance in shaping individual thinking and intellectual growth. It
highlights the role of books in acquiring knowledge, fostering independent thought, and
achieving spiritual maturity. Special attention is given to enhancing teachers’ reading
culture, their artistic and aesthetic taste, and intellectual capacity as key factors in
improving the quality of education and developing human thought. The article also
analyzes the impact of reading culture on social progress and the formation of worldview
among the younger generation.

Kalit so‘zlar:

kitobxonlik madaniyati, tafakkur, o‘qituvchi, o‘quvchi, mustaqil

fikrlash, estetik tarbiya, ma’naviy kamolot.

Ключевые слова:

культура чтения, мышление, учитель, ученик,

самостоятельное мышление, эстетическое воспитание, духовное развитие.

Keywords:

reading culture, thinking, teacher, student, independent thinking,

aesthetic education, spiritual development.


Zamonaviy jamiyatda ma’naviy yuksalish, intellektual taraqqiyot va erkin tafakkurli

avlodni shakllantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bunday


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 154

yuksalishga erishishda kitob va kitobxonlik madaniyatining o‘rni beqiyosdir. Chunki kitob
inson tafakkurini o‘stiruvchi, ruhini tarbiyalovchi, axloqiy, estetik va ijtimoiy ongini
shakllantiruvchi eng qadimiy va eng samarali vosita hisoblanadi.Xususan,

kitobxonlik

madaniyati

bugungi kunda har bir soha vakili, ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun

nafaqat kasbiy zarurat, balki shaxsiy intellektual va ma’naviy ehtiyojga aylanmog‘i darkor.
Kitobxonlik madaniyati bu — shunchaki ko‘p kitob o‘qish emas, balki o‘qilgan tanlash,
tushunish, tahlil qilish, undan xulosa chiqarish, hayotga tatbiq etish va unga asoslangan
mustaqil fikr bildirish madaniyatidir. Bu madaniyatga ega shaxs jamiyatda faol pozitsiyaga
ega bo‘lib, o‘z dunyoqarashi, tanqidiy tafakkuri va ijtimoiy mas’uliyati bilan ajralib turadi.

Bugungi global axborot oqimida inson ongiga har xil ma’lumotlar ta’sir etmoqda. Shu

sababli, yoshlarning fikrlash madaniyatini shakllantirishda ishonchli, chuqur manbalar –
ayniqsa, badiiy, falsafiy, tarixiy va ilmiy kitoblar asosiy tayanch hisoblanadi. Jumladan,

bo‘lajak o‘qituvchilar

ning kasbiy shakllanishida kitob bilan do‘stlashish, uni chuqur

anglash, talqin qilish va shunga monand o‘quvchilarni tarbiyalash salohiyati alohida
ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi shunchaki bilim beruvchi emas, balki

fikrlashni

o‘rgatuvchi

,

dunyoqarashni shakllantiruvchi

,

madaniy-ma’naviy yo‘l ko‘rsatuvchi

sifatida faoliyat yuritadi. U o‘quvchiga bilim emas, tafakkur mezonlarini o‘rgatadi. Bu esa,
eng avvalo, o‘qituvchining o‘z kitobxonlik madaniyatiga bog‘liqdir.

Shu jihatdan olganda,

kitobxonlik madaniyatining inson tafakkuriga, xususan,

bo‘lajak o‘qituvchilar tafakkuriga ta’sirini o‘rganish

bugungi ta’lim tizimi uchun

dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday yuksak bilimli va tarbiyali
jamiyat faqat kitobxon, tafakkurli va mustaqil fikrli avlod hisobiga barpo etiladi. Bugun
ilm-fan va axborot texnologiyalari yuksalib borayotgan sharoitda, insonning tafakkur
darajasi, tanqidiy fikrlash qobiliyati, estetik didi, axloqiy qarashlari — bularning barchasi
kitob orqali rivojlanadi.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha,

ta’lim sifati va o‘qituvchi salohiyatining o‘zaro

bog‘liqligi

, avvalo, ularning doimiy mutolaa madaniyatiga ega yoki ega emasligi bilan

belgilanadi.

UNESCO

ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatlarda

o‘qituvchilarning o‘rtacha kitobxonlik darajasi yiliga 30-50 ta kitobga teng bo‘lsa, ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 5 tadan ham kam. Bu esa o‘qituvchining
shaxsiy va kasbiy kamoloti uchun kitobxonlik madaniyatining qanday strategik
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Kitobxonlik madaniyati – bu nafaqat kitob o‘qish odati, balki ma’naviy ehtiyoj,

mustaqil tafakkur, tanqidiy fikrlash, badiiy-estetik did va doimiy o‘rganishga bo‘lgan ichki
rag‘batni o‘z ichiga oluvchi murakkab pedagogik hodisadir. Pedagogik nuqtai nazardan
qaralganda, bu madaniyat quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

Kitob tanlash madaniyati

– mavzuning dolzarbligini anglash, ishonchli

manbalarni farqlay olish;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 155

Mazmunga chuqur kirish

– o‘qilgan matnni tahlil qilish, xulosa chiqarish, turli

qarashlarni taqqoslay olish;

Tarbiyaviy ta’siri

– o‘quvchi shaxsida axloqiy, vatanparvarlik, milliy g‘urur kabi

sifatlarni shakllantirish.

Masalan, Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida kitobni

“ma’naviyat quyoshi” deb ataydi va yosh avlodni mutolaa qilishga undaydi.

Psixologik nuqtai nazardan, kitob insonning kognitiv (bilish), affektiv (emotsional)

va reflektiv (o‘zini anglash) jihatlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. O‘qish davomida: t

asavvur

va xotira

rivojlanadi; k

reativ fikrlash

va muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashuv

kuchayadi;

Ichki nutq

boyiydi, bu esa bolalar bilan ishlashda pedagog uchun muhim

psixologik tayyorgarlikni shakllantiradi.

Badiiy adabiyot o‘qigan talaba o‘zini personaj o‘rniga qo‘yib ko‘ra boshlaydi – bu

empatiya (rahmdillik) va ijtimoiy-emotsional intellekt rivojiga olib keladi.

Badiiy adabiyot o‘quvchining ruhiyatini tarbiyalaydi, hayotga bo‘lgan estetik

qarashlarini shakllantiradi. Bo‘lajak o‘qituvchi uchun bu jihat ikki yo‘nalishda muhim:

1.

O‘zi o‘quvchi sifatida badiiy asarlardan ilhomlanadi, shaxsiy dunyoqarashi

kengayadi;

2.

O‘z o‘quvchilarida ham badiiy-estetik qadriyatlarni uyg‘otishga qodir bo‘ladi.

Kitob insonni o‘z chegaralaridan chiqib, butun dunyo bilan tanishtiradi. Tarix, san’at,

din, falsafa – bularning barchasini o‘rganish imkonini aynan kitob beradi. Bo‘lajak
o‘qituvchilar uchun bu imkoniyat:

Turli madaniyat va g‘oyalarga ochiq bo‘lish;

O‘z kasbiy faoliyatida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish;

Ijtimoiy jarayonlarga faol va ongli fuqarolik munosabatini shakllantirish kabi

natijalarni beradi.

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, ilg‘or ta’lim tizimlarida pedagoglarning o‘rtacha

oylik kitobxonlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lib, bu ularning o‘quvchilarga berayotgan bilim
sifati bilan bog‘liqdir.

Kitobxonlik madaniyati – bu nafaqat ma’naviy ehtiyoj, balki tafakkur erkinligi,

kasbiy yetuklik va intellektual taraqqiyotning poydevoridir. Ayniqsa, bo‘lajak
o‘qituvchilar uchun bu madaniyatning shakllanishi zaruratdir. Ular kitob orqali nafaqat
bilim oladilar, balki o‘z shaxsiyatlarini, hayotga va insoniyatga bo‘lgan munosabatlarini
qayta shakllantiradilar.

Kitobxonlik madaniyati inson tafakkurining ildizlaridir. Bo‘lajak o‘qituvchi sifatida

talabalarning bu madaniyatga ega bo‘lishi ularning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy yetukligini
ta’minlaydi. Kitob – bu nafaqat bilim manbai, balki insonni inson qiluvchi eng muhim
ijtimoiy hodisadir.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 156

Pedagogik, psixologik va badiiy adabiyotlar tahlili asosida shuni aytish mumkinki,

kitobxonlik madaniyati o‘z-o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, badiiy-estetik qarashlar,
axloqiy mezonlar va keng dunyoqarashni shakllantirishga bevosita xizmat qiladi.

Bo‘lajak o‘qituvchilar bu madaniyatni o‘zlashtirmasdan turib, o‘z shogirdlarida

intellektual o‘sishni ta’minlay olmaydi. Shuning uchun pedagogik ta’lim jarayonida bu
madaniyatni shakllantirish strategik vazifa bo‘lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Выготский Л.С. Психология и мышление. – Москва: Педагогика, 1986.

2.

UNESCO

Global

Education

Monitoring

Report,

2022.

https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000233557_spa?posInSet=1&queryId=N-
EXPLORE-0648820b-aac4-4018-b4e9-86881684616e.

3.

Maxsudovna, I. S., & Qizi, S. M. S. (2022). The role and importance of puzzles in the
development of intellectual abilities of primary school students. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 209-213.

4.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2025). ONA TILI VA O’QISH
SAVODXONLIGI DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH

(KAHOOT,

EDUCAPLAY

KABI

PLOTFORMALAR

MISOLIDA). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 177-180.

5.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ
НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА
ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа
доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал, (6), 16-19.4.

6.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). O ‘QISH SAVODXONLIGI
DARSLARIDA LUG ‘AT USTIDA ISHLASH USULLARI. Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 184-186.

7.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). LUG’AT USTIDA ISHLASHNING
LINGVISTIK ASOSLARI VA VAZIFALARI. PEDAGOG, 7(6), 186-189.

8.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH
SINFLARDA

DIDAKTIK

VOSITALARDAN

FOYDALANISHNING

AHAMIYATI. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2,
pp. 59-64).

9.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

10.

Истамова, Ш. М.

Поэтико-композиционные функции сна в художественном

произведении

(Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова

Шохида Махсудовна).


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 157

11.

Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ.

Сборник

научных

статей

по

итогам

работы

Международного научного форума

, 72.

12.

Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС
САНЪАТИ АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА.

Экономика и социум

, (5-2 (120)),

1072-1075.

13.

Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши. ШМ Истамова. - Новое
слово в науке и практике: гипотезы и …, 2017

14.

Ш Истамова. Поэтико-композиционные функции сна в художественном
произведении.
Автореферат.
https://inlibrary.uz/index.php/autoabstract/article/view/71079

15.

Nabiyeva N.

Kitobxonlik madaniyati va uning psixologik jihatlari

. – “Ta’lim va

rivojlanish”, 2021, №3.

16.

Istamova Sh.M. ZAMONAVIY OʻZBEK NASRIDA TUSH MOTIVIDAN
FOYDALANISH AN'ANASI.
/ IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025. ISSN:
2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF–5,431.
http://www.wordlyknowledge.uz/

17.

Istamova Sh.M. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MILLIY
QADRIYATLARNING

BADIIY

IFODASI.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=YHKKJjU
AAAAJ&citation_for_view=YHKKJjUAAAAJ:UebtZRa9Y70C

18.

I.Sh. Maxsudovna, N.U. Sulaymonovich. MUSTAQIL ISHLAR-ZAMONAVIY
TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARI NUTQIY
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI/
Pedagogik
Tadqiqotlar.

Vol.

3

No.

1

(2025)

.

https://www.wosjournals.com/index.php/ptj/article/view/1627

19.

Sulaymonovich, S. F., & Maqsudovna, I. S. (2020). Types of lexical meanings. Journal
of Critical Reviews, 7(6), 481-484.


Bibliografik manbalar

Выготский Л.С. Психология и мышление. – Москва: Педагогика, 1986.

Maxsudovna, I. S., & Qizi, S. M. S. (2022). The role and importance of puzzles in the development of intellectual abilities of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 209-213.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2025). ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH (KAHOOT, EDUCAPLAY KABI PLOTFORMALAR MISOLIDA). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 177-180.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (6), 16-19.4.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). O ‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG ‘AT USTIDA ISHLASH USULLARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 184-186.

Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). LUG’AT USTIDA ISHLASHNING LINGVISTIK ASOSLARI VA VAZIFALARI. PEDAGOG, 7(6), 186-189.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 59-64).

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

Истамова, Ш. М. Поэтико-композиционные функции сна в художественном произведении (Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида Махсудовна).

Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума, 72.

Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС САНЪАТИ АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)), 1072-1075.

Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши. ШМ Истамова. - Новое слово в науке и практике: гипотезы и …, 2017

Ш Истамова. Поэтико-композиционные функции сна в художественном произведении.Автореферат. https://inlibrary.uz/index.php/autoabstract/article/view/71079

Nabiyeva N. Kitobxonlik madaniyati va uning psixologik jihatlari. – “Ta’lim va rivojlanish”, 2021, №3.

Istamova Sh.M. ZAMONAVIY OʻZBEK NASRIDA TUSH MOTIVIDAN FOYDALANISH AN'ANASI./ IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025. ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF–5,431. http://www.wordlyknowledge.uz/

Istamova Sh.M. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARNING BADIIY IFODASI. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=YHKKJjUAAAAJ&citation_for_view=YHKKJjUAAAAJ:UebtZRa9Y70C

I.Sh. Maxsudovna, N.U. Sulaymonovich. MUSTAQIL ISHLAR-ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARI NUTQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI/ Pedagogik Tadqiqotlar. Vol. 3 No. 1 (2025) . https://www.wosjournals.com/index.php/ptj/article/view/1627

Sulaymonovich, S. F., & Maqsudovna, I. S. (2020). Types of lexical meanings. Journal of Critical Reviews, 7(6), 481-484.