Mualliflar

  • Choriyev Isroil Xamzayevich

Muallif biografiyasi

  • Choriyev Isroil Xamzayevich

     TDIU, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133839

Annotasiya

 Respublikamiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
raqobatdosh korxonalar soni ko‘payib, yalpi ichki mahsulotning muntazam o‘sib
borishiga erishilmoqda. Bunday natijalarga erishishda mamlakatimizda
yaratilgan qulay investitsion muhit hamda raqobatchilik sharoiti muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, korxonalar moliyaviy holatining yildan-yilga
barqarorlashib, investitsion jozibadorligining oshib borishi ham iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkonini
bermoqda. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

562

XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR FAOLIYATI

SAMARADORLIGI VA ULARNING MOLIYAVIY HOLATINI

BAHOLASHDA TAHLILIY AMALLARDAN FOYDALANISH

Choriyev Isroil Xamzayevich

TDIU, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi dotsenti, PhD

isroil77@rambler.ru

Respublikamiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida

raqobatdosh korxonalar soni ko‘payib, yalpi ichki mahsulotning muntazam o‘sib
borishiga erishilmoqda. Bunday natijalarga erishishda mamlakatimizda
yaratilgan qulay investitsion muhit hamda raqobatchilik sharoiti muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, korxonalar moliyaviy holatining yildan-yilga
barqarorlashib, investitsion jozibadorligining oshib borishi ham iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkonini
bermoqda.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holatini, ularning faoliyati

samaradorligini aniqlash, nafaqat, xo‘jalik sub’ektlarining o‘ziga, shuningdek
kreditorlar va investorlar uchun ham o‘ta muhim ahamiyatiga ega bo‘lib, ular
faoliyati samaradorligini tahlil etish korxona faoliyati ko‘rsatkichlarini barcha
qiziquvchilar uchun ochib beruvchi vazifani bajaradi. Moliyaviy tahlil
korxonaning moliyaviy ahvolinigina oydinlashtirib bermasdan, balki uning turli
faoliyati va istiqbollarini ham ko‘rsatib bera oladi. Shuningdek, investitsiyalarni
faol jalb etish uchun, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar investitsion jozibadorlik
ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish va tahlil etish zarurdir.

Ma’lumki‚ respublikamizda moliyaviy tahlilni rivojlantirish‚ isloh qilish

iqtisodiyotning bevosita xalqaro munosabatlarga integratsiyalashuvi bilan uzviy
bog‘liqdir. Bu esa respublikamizda moliyaviy tahlilni xalqaro andozalar talablari
asosida takomillashtirishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda.

Korxonalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati, ularning

faoliyati samaradorligi tahlilini takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar
bajarilishi lozim deb o‘ylaymiz:

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati tahlili usulini

takomillashtirish;

- barcha iqtisodiy o‘quv yurtlarida moliyaviy tahlil fanini o‘qitishni yo‘lga

qo‘yish;

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati, ularning faoliyati

samaradorligi tahlili natijalari bilan qiziqqan manfaatdor organ va tashkilotlarda
iqtisodiy tahlil ishlarini samarali tashkil etish;

- moliyaviy tahlilda moliyaviy ko‘rsatkichlarni miqdoriy ifodalash,

baholash, ularni iqtisodiy mazmun bilan bog‘lanishda o‘rganish;


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

563

- moliyaviy tahlil bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, mutaxassislarda

(jumladan, auditorlarda) moliya-xo‘jalik faoliyati tahlilining zamonaviy
usullarini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati, ularning faoliyati

samaradorligi tahlili yakunida korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash
yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqilishi darkor.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-

dekabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1013-son

qarori

bilan “Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini
o‘tkazish Reglamenti” tasdiqlandi.

Mazkur Reglamentga muvofiq, “Korxonalar

moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil uchun quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar
(mezonlar) qo‘llaniladi:

a) to‘lov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk;
b) o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti — O‘ak;
v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk.
Shuningdek, quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilishi

mumkin:

o‘z va qisqa muddatli qarz mablag‘larining nisbat koeffitsiyenti — O‘qk;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk;
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek.
Ushbu ko‘rsatkichlar tahlili asosida, iqtisodiy holatiga ko‘ra, korxonalar

quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

a) iqtisodiy barqaror;
b) iqtisodiy tavakkalchilik;
v) iqtisodiy nochor:
to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan;
to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

iqtisodiy barqaror;”

1

.

1-jadval

Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish

mezonlari

2

Ko‘rsatkichlar

Iqtisodiy holat nobarqarorligi

Asosiy ko‘rsatkichlar

To‘lov

layoqati

yoki

qoplash

koeffitsenti (K

tl

):

K

tl

– 1,25 dan kichik bo‘lsa

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni

moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1013-son qarori.

https://lex.uz/uz/docs/-4106617

.

2

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni

moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1013-son

qarori bilan

tasdiqlangan “Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini o‘tkazish Reglamenti”
asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

https://lex.uz/uz/docs/-4106617

.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

564

O‘z

aylanma

mablag‘lari

bilan

ta’minlanish koeffitsenti (K

at

)

K

at

-0,2 dan kam chiqsa

Korxona

aktivlari

va

harajatlari

rentabelligi (R

a

, R

x

)

R

a

, R

x

-0 dan past bo‘lsa

Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar

O‘zmablag‘lari va qisqa muddatli qarz
mablag‘lari nisbati koeffitsenti (K

o‘q

)

K

o‘/q

-1,25 dan tushib ketgan hollarda

Ishlab

chiqarish

quvvatlaridan

foydalanish koeffitsenti(K

quv

)

K

qo‘v

- 0,5 dan tushib ketganda

Asosiy

vositalarning

eskirish

koeffitsenti (K

esk

)

K

esk

- 0,5 dan oshib ketganda


Korxonalar moliyaviy holati, faoliyati uzluksizligi va samaradorligini

baholashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil
28 iyulda «Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish
to‘g‘risida»gi 207-sonli qarori bilan qabul qilingan samaradorlikning muhim
ko‘rsatkichlari (KPI)ni baholash muhim ahamiyatga ega.

«Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi (KPI) 2016 yilning 1 yanvaridan

boshlab Respublikaning barcha hududlarida ustav kapitalida davlat ulushi
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatlar hamda davlat korxonalari faoliyatining samaradorligini
baholash mezonlarini belgilash, hisobini yuritish joriy qilindi.

Hisoblash yo‘li bilan olingan samaradorlikning muhim ko‘rsatkich

miqdorlari ularning biznes-rejada belgilangan prognoz (maqsadli) miqdorlari
bilan hisoblangan va maqsadli miqdorning foizli nisbati tarzida taqqoslanadi.

Barcha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha

hisoblangan miqdor korxonaning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligining
yig‘indi ko‘rsatkichi sifatida ifodalanadi.

Korxonaning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan ijro etuvchi

organ faoliyati samaradorligi quyidagicha e’tirof etiladi:

Samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichi miqdori 40 foizdan kam bo‘lsa -

qoniqarsiz.

40 foizdan 60 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha bo‘lsa — past

darajada.

60 foizdan 80 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha bo‘lsa — yetarli

darajada emas.

80 foizdan 90 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha bo‘lsa — o‘rtacha

darajada.

90 foizdan 100 (ushbu daraja ham kiradi) foizgacha bo‘lsa — yetarli

darajada.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

565

100 foizdan oshsa — yuqori darajada»

3

.

Shuningdek, «davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati

samaradorligini baholash, ularning mas’uliyatini oshirish va monitoring tizimini
yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan 2020 yil 9 dekabrda «Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi
organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 775-son qaror qabul qilindi. Mazkur qaror bilan
davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini
baholash tizimi takomillashtirildi. Jumladan:

korxona samaradorligini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘shimcha

tarzda sof tushum va sof foyda rejasi, tannarxni kamaytirish, chet el valyutasiga
bo‘lgan mustaqillik, mahalliylashtirish va investitsiya dasturlari, eksport
hajmining bajarilishi va energiya samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar joriy etilishi;

SMKning salmoq o‘lchovlari qat’iy belgilanishi;
SMK natijalari Agentlik veb-saytida joylashtirilmagan yoki «qoniqarsiz»

yoxud «past» bo‘lganda ijro organi rag‘batlantirilmasligi;

moliyaviy hisobotlarni shakllantirish va topshirish muddatidan qat’iy

nazar, korxonalar har chorakda SMKni hisoblashi va e’lon qilishi belgilandi»

4

.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korporativ boshqaruvning

zamonaviy usullarini joriy qilish sharoitida korxonalar faoliyatining
samaradorligi va uzluksizligi, investitsion jozibadorligi va ularning moliyaviy
holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga talab yanada ortadi. Bunday axborot
samarali boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim
asos bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar faoliyatining samaradorligi va uzluksizligi,
moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini kompleks baholash uslublarini
takomillashtirish asosida boshqaruv qarorlarining samaradorligi ortib, moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi.


ADABIYOTLAR:

1.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни

аниқлашда таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий
жиҳатлари.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

, Issue 1,

February 2023.

2.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини

такомиллаштириш.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

,

Issue 2, April 2023.

3.

Klichev, B.P., Choriev, I. X. (2021). The Issues Of Business

Activity Organization In Uzbekistan. Turkish Online Journal of
Qualitative Inquiry (TOJQI).Volume 12, Issue 7, July 2021: 4587-4593.-

URL:https://www.tojqi.net/index.php/journal/article/view/4494

3

Sh.Mamatov.

KPI nima, boshqa tizimlardan afzalligi qanday? https://old.davaktiv.uz/uz/yangiliklar/asset-

news/5945-kpi-nima-bosh-a-tizimlardan-afzalligi-andaj

4

https://kpi.davaktiv.uz/site/ru/kpi


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

566

4.

Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.

5.

Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР

БИЛАН МУНОСАБАТЛАР ҲОЛАТИНИ БАҲОЛАШ УСУЛИНИ
ТАКОМИЛАШТИРИШ.

6.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

7.

Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ

РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343

8.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

9.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion

faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research

Journal

,

26

(3), 86–94. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

10.

Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни

топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.

11.

Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot

konsepsiyalari.

Nordic_Press

,

2

(0002).

12.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

13.

Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми

таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Направления развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.

https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173

14.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun
2024-yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171

15.

Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. ., Akhtamovich, H. S. ., &

Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.

FAN,

TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION

,

2

(4), 6–13.

Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

567

16.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот

ишлаб чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7),
42–49.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782

17.

Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL

STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

8

(4),

297-307.

18.

Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш

шароитида

рақамли

банк

технологияларини

жорий

қилиш

.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7),
99–107.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788

19.

Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy

bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.

20.

Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING

SERVICES ON BANK INCOME.

International Journal of Education, Social

Science & Humanities

,

12

(6), 82-86.

21.

Klichev, B.P., Tulaev, M.S. (2021). Issues of development of the

analysis of business activity in joint-stock companies of Uzbekistan.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN:
2249-7137

Vol.

11,

Issue

11,

November

2021,

584-591.

https://doi.org/10.5958/2249-7137.2021.02539.8

22.

Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit

portfolio at commercial banks.

International Journal of Research in Social

Sciences

,

9

(3), 725-736.

23.

Мажидов

Ж.

(2024).

Тижорат

банклари

активлар

портфелларининг сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг
ўзига

хос

хусусиятлари.

(2024).

Ustozlar

Uchun

,

1

(4),

1463-

1467.

https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878