BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
530
MOLIYAVIY LEVERIJ – KOMPANIYALAR KAPITALI
DAROMADLILIGINI OSHIRISH INSTRUMENTI SIFATIDA
Choriyev Isroil Xamzayevich
TDIU, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi dotsenti, PhD
Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan
barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pirovard maqsadi maksimal foyda
olishdan hamda o‘z moliyaviy holatini mustahkamlashdan iborat. Korxona
rahbarlari va moliyaviy menejerlari tomonidan ishlab chiqarish, investitsion va
moliyaviy faoliyatlar bo‘yicha foydani shakllantirish va uni ko‘paytirishda
samarali boshqaruv usullarining qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining natijaviyligiga bir qator omillar
ta’sir etadi. Bunday omillar qatoriga sotilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi va
bahosi, ishlab chiqarish va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatning daromadlari
va xarajatlari, to‘lanadigan soliqlar va boshqa omillarni kiritish mumkin.
Foydani shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillar tarkibida olingan kredit va
qarzlar uchun to‘lanadigan foizlar hamda to‘lanadigan soliqlarning ham o‘rni
katta.
Mazkur
omillarni
samarali
boshqarishda
foydalaniladigan
ko‘rsatkichlardan biri bu leverij ko‘rsatkichidir.
Leverij bu – tom ma’noda og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir
kuch (dastak) bo‘lib, uning yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish
imkonini beradi.
Iqtisodiyotda, aniqrog‘i moliyaviy boshqaruvda leverij atamasi korxona
foydasini oshirishga qaratilgan aktivlar va passivlarni boshqarish jarayonini
anglatadi. Shuningdek, leverij atamasining moliya sohasidagi mazmuni, uncha
katta bo‘lmagan o‘zgarishi natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada
o‘zgarishga olib keluvchi omil sifatida ifodalanadi. Leverij moliyaviy
boshqaruvning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Korxonalarda
foyda
shakllanishini
samarali
boshqarish
uchun
boshqaruvning tashkiliy-uslubiy asoslarni takomillashtirish, foyda shakllanishi
mexanizmining asoslarini bilish, tahlil va rejalashtirishning zamonaviy
usullaridan foydalanish talab etiladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishning
muhim mexanizmlaridan biri moliyaviy leverij hisoblanadi.
Moliyaviy leverij korxonaning xususiy kapitali rentabelligini o‘zgarishiga
ta’sir etadigan qarz mablag‘laridan foydalanishni ifodalaydi. Moliyaviy leverij
korxona kapitali tarkibida qarz mablag‘laridan foydalanish hisobiga uning
xususiy kapitaliga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha foyda olish imkonini beruvchi
ob’ektiv omil sifatida qaraladi.
Moliyaviy leverij biznesga qarz mablag‘larini jalb etilganda paydo
bo‘ladi. Bu biznesda biror loyihani amalga oirishdan yuqori foyda olish
imkoniyati bo‘lsada (kapital egalari hamda moliyaviy menejerlar fikricha), uni
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
531
moliyalashtirishda yetarli darajada xususiy kapitalga ega bo‘lmagan holatda
o‘rinli qaror hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
aktivlarni moliyalashtirishda qarz mablag‘laridan unumli foydalanishga harakat
qiladi. Biroq moliyaviy leverijning yuqori darajada bo‘lishi, ya’ni qarz
mablag‘larining ko‘payib ketishi ham moliyaviy tavakkalchilikning ortishiga
olib keladi. Qarz mablag‘laridan unumli foydalanish hisobiga ushbu qarzlar
uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlariga nisbatan yuqori foyda olishga erishish
natijasida xususiy kapital rentabelligini ortishi moliyaviy leverijning samarasini
ifodalaydi. Qarz mablag‘laridan bunday foydalanish G‘arb mamlakatlari
iqtisodiyotida “kapital spekulyatsiyasining ustunligi” deb ataladi. Uning
mohiyati qarz beruvchilarning imkon berganicha qarz olish va olingan qarzdan
samarali foydalangan holda qarzga olingan mablag‘ rentabelligi va to‘langan
foiz stavkasining ijobiy farqi miqdorida xususiy kapital rentabelligining
oshishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, agar korxona
qarzning foiz stavkasidan past miqdorda foyda olsa, albatta, bu korxonaga zarar
keltiradi.
Bizningcha, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy resurslarni
shakllantirishda, ya’ni moliyaviy leverij ko‘rsatkichining optimal darajasini
belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish lozim:
1.
Moliyalashtirish manbalarining tarkibida qarz kapitali ulushining
yuqori bo‘lishi moliyaviy leverijning yuqori darajada bo‘lishini, mos ravishda,
moliyaviy riskning ham yuqori bo‘lishini ifodalaydi;
2.
Moliyaviy leverij korxona biznesining kreditorlarga qaramligini
hamda uning darajasini belgilaydi;
3.
Uzoq muddatli kredit va qarzlarning ko‘p miqdorda jalb etilishi
moliyaviy leverijning o‘sishiga, mos ravishda moliyaviy riskning o‘sishiga olib
keladi;
4.
Moliyaviy riskning o‘sishi muntazam majburiy to‘lovlarning (foiz
ko‘rinishida) o‘sishini ifodalab, to‘lov manbalarining (misol uchun, foyda)
yetarli bo‘lmagan sharoitlarida aktivlarning bir qismini hisobdan chiqarilishini
taqozo qiladi;
5.
Moliyaviy leverij yuqori bo‘lgan biznesda foiz va soliqlar to‘langunga
qadar foydaning undan foydalanishning cheklanishi (moliyaviy resurslarning
egalari, ya’ni kreditorlar talablarining ustunligi) ta’sirida past darajadagi
o‘zgarishi ham sof foydaning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib kelishi
mumkin.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy leverij ko‘rsatkichi
asosida moliyaviy resurslarni tarkibini samarali shakllantirishda biznesning
foydaliligi hamda aktivlar rentabelliligini ham hisobga olishsa, moliyaviy leverij
samarasi ularning foydasini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Адабиётлар:
1.
Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
532
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.
2.
Mamatqulov A.X. (2023). Paxtani qayta ishlash korxonalarida
xarajatlarini boshqarish va hisobga olish usullari.
Moliya ilmiy jurnali, 3-сон
.
3.
Mamatqulov A.X.(2023). Paxtani qayta ishlash korxonalarida ishlab
chiqarish xarajatlari bo‘yicha tannarxni hisoblash usullarini takomillashtirish
https://gospodarkainnowacje.pl
index phpissue_view_32articleview1910
4.
Raximov M. Y. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili.
O‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirligi Toshkent Moliya instituti. -T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013.392 b.
5.
Raximov M.Y. Moliyaviy tahlil-2 (o‘quv qo‘llanma) T.:TMI. 2003 y.
166 b.
6.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
7.
Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни
аниқлашда таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий
жиҳатлари.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
, Issue 1,
February 2023.
8.
Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ
РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343
9.
Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of
Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from
https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906
10.
Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини
такомиллаштириш.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
,
Issue 2, April 2023.
11.
U.K.Yakubov, G.S.Maxmudova. (2022). Biznes tahlil: Operatsion
tahlil-1,2. (Darslik). –T.: “Nihol print”, 205 b.
12.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion
faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3), 86–94. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
13.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.
14.
Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot
konsepsiyalari.
Nordic_Press
,
2
(0002).
15.
Абдуллаев, А. Б. (2019). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА И
АНАЛИЗА НАЛОГОВ. In
БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И
НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА
(pp. 10-17).
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
533
16.
Kasimovich, Y. U. (2021). Developing A Model On The Basis Of A
System Of Indicators Determining The Efficiency Of Foreign Trade Activities.
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7).
17.
ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373
18.
Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми
таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Направления развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.
https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173
19.
Tulaev, M. (2024). T BUXGALTERIYA HISOBINING
SCHYOTLARI VA ULARNING MOHIYATI. Nordic_Press, 2(0002).
20.
Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion
faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171
21.
Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб
чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7), 42–
49. Retrieved from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782
22.
Klichev, B.P., Choriev, I. X. (2021). The Issues Of Business
Activity Organization In Uzbekistan. Turkish Online Journal of
Qualitative Inquiry (TOJQI).Volume 12, Issue 7, July 2021: 4587-4593.-
URL:https://www.tojqi.net/index.php/journal/article/view/4494
23.
Mamatqulov A.X. (2024). Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish
hisobi va tahlilini takomillashtirish. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali, 26(3), 132–
140.
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3256