Mualliflar

  • Choriyev Isroil Xamzayevich

Muallif biografiyasi

  • Choriyev Isroil Xamzayevich

     TDIU, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi dotsenti, PhD
    isroil77@rambler.ru 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133849

Annotasiya

 Respublikamizda auditorlik faoliyati rivojlanishining bugungi bosqichida
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishda ilg‘or xorijiy tajriba bilan bir qatorda
zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish talab etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3946-son qaroriga muvofiq auditorlik faoliyatida
xalqaro audit standartlarini qo‘llash talabining belgilanishi, auditorlardan
axborot texnologiyalari bo‘yicha ham yuqori bilim, malaka va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobini yuritishda turli zamonaviy
amaliy dasturiy ta’minotlardan foydalanilishi, auditorlik faoliyatida ham
dasturiy mahsulotlarda foydalanishni taqozo qiladi 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

568

AUDITORLIK FAOLIYATIDA TAHLILIY AMALLARDAN

FOYDALANISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI

QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Choriyev Isroil Xamzayevich

TDIU, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi dotsenti, PhD

isroil77@rambler.ru

Respublikamizda auditorlik faoliyati rivojlanishining bugungi bosqichida

auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishda ilg‘or xorijiy tajriba bilan bir qatorda
zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish talab etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3946-son qaroriga muvofiq auditorlik faoliyatida
xalqaro audit standartlarini qo‘llash talabining belgilanishi, auditorlardan
axborot texnologiyalari bo‘yicha ham yuqori bilim, malaka va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobini yuritishda turli zamonaviy
amaliy dasturiy ta’minotlardan foydalanilishi, auditorlik faoliyatida ham
dasturiy mahsulotlarda foydalanishni taqozo qiladi.

Auditorlik tashkilotlari faoliyatida yagona dasturiy mahsulotlardan

foydalanish imkoniyati mavjud emas, uning o‘ziga xos xususiyatlari va
muammolari ko‘p, ularning ba’zilari firma ishini murakkablashtirishi mumkin,
lekin shu bilan birga bir qator protseduralar va biznes jarayonlarni
avtomatlashtirishni kerakli va hatto zarur hisoblanadi. Muayyan auditorlik
faoliyatini boshqarish, shuningdek uni rejalashtirish, albatta, har doim malakali
(sertifikatlangan) mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi, ijrochilar esa, odatda,
auditorlarning yordamchilari hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvini
o‘tkazishda yagona yondashuvning yo‘qligi va tekshirish natijalarining
turlichaligi hamda xulosalarni tayyorlashda ushbu natijalarni tizimlashtirishning
murakkabligi auditorlik faoliyatini to‘liq dasturiy ta’minotini yaratish imkonini
bermaydi.

Ikkinchi muammo - tekshirish uchun turli mutaxassislarning yagona

yondashuvini ta’minlash - amalga oshirish yanada qiyinroq. Darhaqiqat, tajribali
auditorlarni ham, auditor yordamchilarini ham bitta metodika bo‘yicha ishlashga
majbur qilish uchun u universal bo‘lishi kerak, ya’ni hamma holatlar uchun
tushunarli, qulay va mos bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda «AuditNET Professional», «AuditNET Standard»,

«AuditNET Enterprise», «EkspressAudit», «EkspressAudit:PROF», AuditXP
«Kompleks Audit», «IT Audit: Auditor» kabi bir qator dasturiy ta’minotlar
yaratilgan bo‘lib, auditorlik faoliyatining turli sohalarida va bosqichlarida
qo‘llanilib kelinmoqda. Biroq bu dasturiy mahsulotlar ham universal xarakterga
ega emas.

Auditorlik faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha hal qilinadigan

vazifaning eng murakkab jihati dasturiy ta’minotdan foydalanish samaradorligi


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

569

ko‘proq darajada foydalanuvchi malakasini oshirishga bog‘liq. Agar kichik
auditorlik kompaniyasida ba’zida dasturiy ta’minot imkoniyatlarini o‘rganish va
undan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish kifoya bo‘lsa, unda yirik auditorlik
kompaniyalarida vaziyat biroz boshqacha.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 apreldagi

“O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro
standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 171-son

qarori

bilan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning

xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Aniq va tezkor audit o‘tkazish uchun bugungi kunda auditorga kompaniya

ma’lumotlarini osonroq qayta ishlash, tahlil qilish va tashish imkoniyatini
beradigan

axborot

texnologiyalari

(IT)

qo‘llanilmoqda.

Axborot

texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha auditorning ishi auditning xalqaro
standartlari bilan tartibga solinadi.

«Bugungi kunda, shuningdek, auditorlar faoliyatida qo‘llaniladigan bir

nechta axborot tizimlari guruhlari mavjud. Birinchi guruhga ofis dasturlari
kiradi, ularning muhim afzalligi bu jadvallar va so‘z jarayonlari bilan ishlash,
shuningdek ma’lumotlar bazasini boshqarishdir. Bunday ofis dasturlariga taniqli
Microsoft to‘plami (MS Excel, MS Word, MS Access), elektron jadval
protsessori «Gnumeric», «LibreOffice» to‘plami va boshqalar kiradi. Murakkab
hisob-kitoblar uchun «SPSS», «Statistica», «SAS», «Statgraphics Plus» va
boshqalar kabi statistik tizimlar mavjud.

Axborot tizimlarining yana bir guruhi - bu moliyaviy tahlil dasturlari. Ular

auditorlik tashkiloti tomonidan mijoz korxonaning moliyaviy holatini baholash,
biznesni

rivojlantirishning

istiqbolli

yo‘nalishlarini

bashorat

qilish,

samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va
boshqalar uchun foydalaniladi. Ushbu dasturlarga «Audit Expert», «Ваш
финансовий аналитик», «ФинЭк Анализ» va boshqalar kiradi. Amalda
bunday moliyaviy tahlil dasturlari juda foydali hisoblanadi. Masalan, «Ваш
финансовий аналитик» dasturi tashkilotning moliyaviy faoliyati to‘g‘risida
to‘liq hisobot tuzishi mumkin, bu qo‘shimcha ravishda mijozga batafsil matn
tavsiflari, to‘liq baho va moliyaviy holatga nisbatan yuqori sifatli fikrlarni
taqdim etish imkonini beradi. O‘z navbatida, «Audit Expert» moliyaviy tahlil
dasturi auditorga dasturga o‘z tahlil usullarini qo‘shish va amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Ushbu dasturlarning asosiy afzalliklari vaqtni tejash va
moliyaviy tahlil sifatini oshirishdir.

Auditorlik faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida

tahliliy amallarning bajarilishi ish samaradorligini oshishiga, murakkab hisob-
kitoblarni oson amalga oshirishga, mijoz korxona faoliyati uzluksizligi hamda
samaradorligini kompleks baholashga hamda prognozlashning samarali
usullaridan foydalanishga, shu bilan bir qatorda korxona rahbariyati uchun
auditorlik xulosalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

Голышева Е.А. Информационные технологии в аудите // Синергия наук. 2017.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

570

№ 8. − С. 102 − 108. − URL:

http://synergy-journal.ru/archive/article0236

2.

Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish. Iqtisodiyot

fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent:, «Iqtisod-
moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.

2.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни аниқлашда

таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий жиҳатлари.

Scientific Journal of

“International Finance & Accounting

, Issue 1, February 2023.

3.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини такомиллаштириш.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

, Issue 2, April 2023.

4.

Klichev, B.P., Choriev, I. X. (2021). The Issues Of Business Activity

Organization In Uzbekistan. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry
(TOJQI).Volume

12,

Issue

7,

July

2021:

4587-4593.-

URL:https://www.tojqi.net/index.php/journal/article/view/4494

5.

Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН

МУНОСАБАТЛАР ҲОЛАТИНИ БАҲОЛАШ УСУЛИНИ ТАКОМИЛАШТИРИШ.

6.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda CVP-

tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT,
4 (2024), 754–759

7.

Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ РАҒБАТЛАНТИРИШ

МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.

Архив научных исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343

8.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of Organizing Cvp-

Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist: International Scientific
Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

9.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion faoliyat

samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research Journal

,

26

(3), 86–94.

Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

10.

Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни топиш

масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-205.

11.

Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot konsepsiyalari.

Nordic_Press

,

2

(0002).

12.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ ТАҲЛИЛИНИ

ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

13.

Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми таҳлилини

такомиллаштириш масалалари. Направления развития благоприятной бизнес-среды в
условиях цифровизации экономики, 1(01), 170–173.

https://doi.org/10.47689/TSUE2022-

pp170-173

14.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion faoliyat

tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari,
Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171

15.

Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. ., Akhtamovich, H. S. ., & Bekmurodova.

(2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS, PROVISION OF
COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.

FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA

INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND
INNOVATION

,

2

(4), 6–13. Retrieved from

https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251

16.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш

ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of improving the analysis of the
volume of production at enterprises. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

571

ИДЕИ

В

МИРЕ,13(7),

42–49.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782

17.

Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL STRUCTURE OF

THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE FULFILLMENT OF TAX
OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.

Scientific and Technical Journal of Namangan Institute

of Engineering and Technology

,

8

(4), 297-307.

18.

Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш шароитида рақамли

банк

технологияларини

жорий

қилиш

.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ,

13(7),

99–107.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788

19.

Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy bank

xizmatlarini tutgan o ‘rni.

20.

Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING SERVICES ON

BANK INCOME.

International Journal of Education, Social Science & Humanities

,

12

(6),

82-86.

21.

Klichev, B.P., Tulaev, M.S. (2021). Issues of development of the analysis of

business activity in joint-stock companies of Uzbekistan. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal. ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 11,
November 2021, 584-591.

https://doi.org/10.5958/2249-7137.2021.02539.8

22.

Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit portfolio at

commercial banks.

International Journal of Research in Social Sciences

,

9

(3), 725-736.

23.

Мажидов Ж. (2024). Тижорат банклари активлар портфелларининг сифатини

ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг ўзига хос хусусиятлари. (2024).

Ustozlar

Uchun

,

1

(4), 1463-1467.

https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878