Ustozlar uchun
pedagoglar.org
72-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 77
BANK VA BANK TIZIMINING TARIXI VA RIVOJLANISHI
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank ishi kafedra o’qituvchisi
Abduvaxobov Shaxzod
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
Axatov Umar
Annotatsiya.
Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida
banklarning o’rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikr- mulohazalar keltirilgan. Bank
va bank tizimining tarixi va rivojlanishi haqida muallif qarashlari haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar.
Bank, bank faoliyati, bank tarixi, pul, kapital.
Kirish. Bank
— bu jismoniy shaxslar va turli tashkilotlardan pul mablag‘larini
qabul qilib, ularni ishonchli tarzda saqlovchi hamda turli xil moliyaviy xizmatlar, jumladan
kreditlar taqdim etuvchi moliya muassasasidir. Banklar moliyaviy bozorning asosiy
elementlaridan biri bo‘lib, ularning faoliyati mamlakat iqtisodiy barqarorligiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Bank tizimi — bu banklar va boshqa moliyaviy muassasalarning yagona
mexanizmda faoliyat yurituvchi yig‘indisidir. Bu tizim nafaqat mablag‘larni muhofaza
qiladi, balki mijozlarga kredit ajratadi va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Bank tizimi
iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismidir va moliyaviy operatsiyalarning uzluksizligini
ta’minlaydi.
Turli davlatlarda bank tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq,
ko‘pchilik hollarda u bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Eng yuqori darajada Markaziy
bank turadi — u foiz stavkalarini belgilaydi, pul muomalasini nazorat qiladi hamda boshqa
banklar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi darajada esa tijorat banklari joylashadi. Ular mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xizmat ko‘rsatib, omonatlarni qabul qiladi va qarz ajratadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
72-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 78
Bundan tashqari, mintaqaviy banklar mavjud bo‘lib, ular faqatgina ma’lum hudud
yoki jamiyat doirasida faoliyat yuritadi. Ayrim mamlakatlarda esa kredit uyushmalari
mavjud bo‘lib, ular aniq bir tashkilot yoki guruh a’zolariga moliyaviy xizmatlar
ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Bank tizimining tarixiga nazar tashlasak, eng qadimgi bank xizmatlari miloddan
avvalgi 2000-yillarda Mesopotamiya hududida paydo bo‘lgan. O‘sha davrlarda banklar
asosan oltin-kumush kabi qimmatbaho buyumlarni saqlash bilan shug‘ullangan. Vaqt
o‘tishi bilan ular kredit berish va qarz xizmatlarini ham ko‘rsata boshladi. Uyg‘onish
davriga kelib esa bank tizimi jadal rivojlandi va banklar yuqori obro‘-e’tiborga ega bo‘ldi.
Oʻzbekiston bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi mamlakat
iqtisodiyotini bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o‘tkazish dasturiga muvofiq
tarzda amalga oshirilib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida olib borilgan bank islohotlari
natijasida milliy bank tizimi ikki bosqichli struktura asosida shakllandi: yuqori bosqichda
— Markaziy bank, quyi bosqichda esa — tijorat banklari faoliyat yuritmoqda. Shu bilan
birga, banklar soni va ularning ko‘rsatadigan xizmat turlari sezilarli darajada oshdi.
1995–1996-yillarda bank sohasidagi qonunchilik tubdan takomillashtirildi. 1995-yil
21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamladi, balki Markaziy
bankning maqomi, maqsadi, vazifalari va vakolatlarini aniq belgilab berdi. 1996-yil 25-
aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun esa tijorat
banklarining huquqiy asoslarini xalqaro mezonlarga moslashtirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — mamlakatning bosh banki hisoblanadi.
Uning tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahri
boshqarmalari kiradi. Markaziy bank 1992-yil sentabriga qadar sobiq SSSR Davlat
bankining Oʻzbekiston bo‘limi sifatida faoliyat yuritgan. Bank tizimining quyi bosqichi
esa paxta, aksiyadorlik tamoyillari asosida, shuningdek xorijiy kapital ishtirokida tashkil
etilgan banklar, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy banklardan iborat.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
72-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 79
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank tizimi islohotlarining eng muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, dastlab iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat ko‘rsatadigan
ixtisoslashgan banklar tashkil etish orqali amalga oshirildi. Bu esa bozor mexanizmlariga
asoslangan bank tizimini yaratish yo‘lida muhim va tabiiy bosqich bo‘ldi.
20-asr oxirlariga kelib, bozor iqtisodiyoti prinsiplariga sodiq qolgan ko‘plab
mamlakatlar bank tizimini to‘liq davlat nazoratidan chiqarishga qaror qildilar. Bu qaror
banklarga erkinroq faoliyat yuritish, bozor talablariga moslashish va yuqori daromad olish
imkoniyatini yaratdi. Shunga qaramay, bank tizimi turli tavakkalchiliklarga ochiq bo‘lib
qoldi. So‘nggi yillarda esa hukumatlar bank tizimidagi xatarlarni boshqariladigan darajada
ushlab turishga intilib, nazorat choralarini kuchaytirmoqda. Zamonaviy bank tizimi tobora
kengayib, o‘sib bormoqda. U orqali kredit kartalari, elektron hisob-kitoblar kabi ko‘plab
moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bank tizimi oddiy fuqarolarning
iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik faoliyati va hayot darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yilda Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, u
Rossiya imperiyasi Davlat bankining filiali sifatida ish boshlagan. 19-asr oxiriga kelib esa,
Turkiston hududida rus kapitali ishtirokida bir nechta banklarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bularga O‘rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-
Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki
(1899), Poltava Yer banki (1901) kiradi. Ularning filial va vakolatxonalari hududda
faoliyat olib bordi. Oktabr inqilobidan so‘ng, butun bank tizimi sovet hokimiyati
tomonidan davlat mulkiga aylantirildi (natsionalizatsiya qilindi). O‘zbekistonda bank
tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining bir qismi sifatida qayta tashkil
etildi. 1992-yilgacha bo‘lgan davrda respublikadagi bank faoliyati SSSR Davlat banki
(1923; avval RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; avval SSSR Savdo banki),
SSSR Tashqi savdo banki (1924) tomonidan boshqarib borildi. SSSR parchalanishi
arafasida, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini shakllantirish bo‘yicha dastlabki huquqiy
asoslar yaratildi. 1991-yil 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
sessiyasida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun
bilan respublikada mustaqil bank tizimining shakllanishi uchun huquqiy zamin yaratildi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
72-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 80
Shundan so‘ng, sobiq SSSR banklarining O‘zbekistondagi filiallari O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan mustaqil banklar sifatida ro‘yxatga olina
boshlandi.
Xulosa
. 1992-yildan boshlab, O‘zbekistonda “O‘zbank-audit” nomli banklararo
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik kompaniyasi o‘z faoliyatini boshladi. 1996-
yildan e’tiboran, ushbu auditorlik kompaniyasi bilan bir qatorda “Deloitte & Touche”,
“Ernst & Young” kabi beshta yirik xalqaro auditorlik va konsalting firmalari hamda
mahalliy “Xolis” guruhi va “Odil Audit” firmalari ham O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan rasmiy sertifikatlar asosida bank auditini amalga oshirish
huquqini oldilar. 2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan
mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa
muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz
stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %,
uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Тавасиев А.М. Банковское дело: Учебник для бакалавров / А.М. Тавасиев.
— М.: Юрайт, 2017. — 647 c.
2
У.Азизов, Т.Каралиев и др. «Банковское дело» учебное пособие.
Ташкент 2018 г.
3
Закон Республики Узбекистан «О банках и банковской деятельности».
№ ЗРУ-580. от 5 ноября 2019 г.
4
Алексеев П.В.
Банковское дело:
управление
в
современном банке. Учебное пособие для ВУЗов / П.В. Алексеев, сост. -М.: КноРус,
2018. - 304 c.
5
Закон Республики Узбекистан «О центральном банке Республики
Узбекистан». № ЗРУ-582. от 11 ноября 2019 г.