Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 61
KREDITLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI SANOAT
KORXONALARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Xolikov Shaxzod Dilshod o’g’li
Bank moliya akaedemiyasi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tijorat banklarining kreditlaridan samarali
foydalanish orqali sanoat korxonalarini rivojlantirish orqali aholini kambag’alchilikdan
chiqarish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan bo'lib banklarning kreditlardan foydalangan
holda sanoat korxonalarini rivojlantirish yo‘llarini oshirishga mavzusi to’liq bayon qilib
berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sanoatning iqtisodiyotdagi o‘rni, bank
kreditlarining sanoat moliyalashuvi jarayonidagi ahamiyati va samarali kreditlash
tizimining hozirgi holati bilan bog‘liq dolzarb masalalarni aniqlashdan iboratdir.
Annotation:
This article is aimed at studying ways to lift the population out of
poverty through the development of industrial enterprises through the effective use of
commercial bank loans. The topic of improving the development of industrial enterprises
using bank loans is fully described. The main purpose of the study is to identify current
issues related to the role of industry in the economy, the importance of bank loans in the
process of industrial financing, and the current state of the effective lending system.
Kalit so‘zlar:
Tijorat banklari, kreditlash, sanoat korxonalari, moliyalashtirish,
iqtisodiy rivojlanish, risk boshqaruvi, innovatsion yechimlar.
Keywords:
Commercial banks, lending, industrial enterprises, financing, economic
development, risk management, innovative solutions.
Mamlakatimizda keyingi yillarda moliyaviy sektorni izchil isloh qilish borasida
qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, ilgʻor bank biznesini yuritish, sohada raqobat
muhitini kuchaytirish, xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar
yaratilmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning “2020-2025-yillarga moʻljallangan
Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi
farmoni bilan bank tizimini isloh qilishning keng miqyosli yoʻnalishlari belgilab berildi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 62
Prezidentimiz farmoni qabul qilingunga qadar aksariyat tijorat banklarimizda bank
xizmatlarining bir tomonligi yani, tanlovning yuqligi, bir xilligi, zamon talabiga javob
beraolmasligi mijozlarning haqli e’tiroziga sabab bo’layorgan edi. Ushbu kamchiliklarni
quyidagi omillar yuzaga keltirayotgan bo’lsa, uning ortidan salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarishi tabiy edi.
Tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli transformatsiya
jarayonida ushbu farmon talablariga katta eʼtibor qaratilayotganligini alohida taʼkidlab
oʻtish joizdir. Xususan, transformatsiya jarayonlarining avvalambor bank faoliyatini
toʻliq diagnostikadan oʻtkazish, boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmalar faoliyatini
xalqaro talablar darajasiga muvofiqlashtirish ish samaradirligiga ta’sir qiluvchi asosiy
omillardan biridir. Bank tarmoqlarida mijozlarning toifalaridan kelib chiqib (jismoniy
shaxs (bir martalik, doimiy), yuridik shaxs (yirik va mayda), (aylanmasidagi pul
mabmag’lardan kelib chiqib)) individual xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni (universal
darajada barcha bank xizmatlarini to’liq va aniq biladigan va amalga oshira oladigan)
guruhini shakllantirilib, mijozbay xizmat koʻrsatish tizimi joriy etishni yo’lga qo’yish bu
boradagi muammolarga yechim bula oladi. Mijozlarga xizmat ko’rsatishni barcha
filiallarda bir xillartirish tijorat banklarining tarmoqlarida tashkiliy tuzilmasini
takomillashtirish orqali ular faoliyatini mahsulot sotishga yoʻnaltirib, mijozlarga istalgan
tarmoqdan xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun barcha filiallararo operatsiyalar
yagona bank kodiga oʻtkazish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoniga
muvofiq. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi.
Uning asosiy elementlari boʻlgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma'lum tamoyillar
asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit munosabatlari rivojlanishining birinchi
bosqichida koʻzga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit
qonunchiligida yaqqol o'z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit qaytib
berishlik, kreditning muddatliligi, kreditning ta'minlanganligi, maqsadliligi va toʻlovliligi
kabi bir necha tamoyillarga ega. Biz koʻrib oʻtmoqchi boʻlgan tamoyil kreditning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 63
ta'minlanganligidir. Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolik kodeksi", "Ipoteka
toʻg'risida"gi va "Garov toʻgʻrisida"gi qonunlari kredit ta'minlanganligining huquqiy
asoslari hisoblanadi. Bu tamoyil yordamida kreditning iqtisodiyotni rivojlanishida qiymat
va moddiy ishlab chiqarish oʻrtasidagi bog'liqlik ta'minlanadi. Bu tamoyilning asosiy
mohiyati shundaki, bunda xoʻjalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag'larining har
bir soʻmiga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama-qarshi turishi kerak. Banklar
tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar to'liq tovar-moddiy
boyliklari bilan yoki ma'lum xarajatlar, xizmatlar bilan ta'minlangan boʻlishi kerak.
Tarmoqlarga ta'minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib
kelmasligiga asos boʻladi. Ko‘plab mamlakatlarda kichik biznes (2017) subyektlarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda subsidiyalar, grantlar va imtiyozli kreditlar ajratish
bo‘yicha davlat dasturlari muhim rol o‘ynaydi, ammo ular ko‘p hollarda yetarli darajada
mavjud emas yoki byurokratik jihatdan olish qiyin ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kichik biznes
egalari o‘rtasida moliyaviy savodxonlikning yetarli emasligi natijasida moliyaviy
boshqaruvda xatolarga yo‘l qo‘yishadi, investitsiyalarni jalb qilishda qiyinchiliklarga
to‘qnash kelishlari ma’lum bo‘ldi. Tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan kreditlar
bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi kichik biznes subyektlari uchun qarz yukini oshib
ketishiga sabab bo‘lmoqda. Kichik biznes subyektlari uchun garov obyekti va hujjatlari
bo‘yicha minimal talablar asosida bank mahsulotlarini yaratish, shuningdek, banklar
uchun risklarni kamaytirish bo‘yicha davlat kafolati dasturlarini ishlab chiqish lozim.
Hukumat tomonidan kichik biznes egalari uchun moliyaviy sovodxonlik va moliyaviy
boshqaruv ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari va konsalting
xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq. Kichik biznes sohasiga sarmoya
kiritadigan xususiy investorlar uchun soliq va boshqa imtiyozlarni kengaytirish, davlat
subsidiyalari, kraudfanding yoki P2P kreditlash kabi muqobil moliyalashtirish
modellaridan foydalanish orqali mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish
zarur. Banklar tomonidan nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni, balki kichik biznes
sub’ketlarining biznes tarixi, bozordagi obro‘si, raqamli makondagi faolligi va boshqa
omillarni hisobga olgan holda ularning kreditga layoqatliligini baholash uchun yanada
moslashuvchan va zamonaviy skoring modellarini joriy etish maqsadga muvofiq. Banklar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 64
to‘lov shartlari va imtiyozli davrlarni o‘z ichiga olgan startaplar va innovatsion korxonalar
uchun ixtisoslashtirilgan kredit mahsulotlarini ishlab chiqishi va taklif qilishi,
shuningdek, loyihalar salohiyatini baholashda va rivojlanishning dastlabki bosqichlarida
startaplarga kreditlar berish uchun akseleratorlar va inkubatorlar tajribasidan foydalanish
kerak. Bankning doimiy mijozlari uchun maxsus kreditlash shartlarini joriy etish orqali
foiz stavkalarini pasaytirish va kreditlash limitlarini oshirish, kichik biznes subyektlarini
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqirozga qarshi dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek,
kreditlarni qayta tuzish va vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar
yuzaga kelgan vaqtda imtiyozli davr yoki kredit ta’tilini taqdim etish maqsadga muvofiq.
1 jadval
Kichik faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan kreditlar
va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga hamda aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun ajratilgan kreditlar
mlrd.so
‘m
Davr
Ajratilgan
kreditlar
shundan:
yuridik
shaxslarga
yakka
tartibdagi
tadbirkorlarga
aholiga
tadbirkorlik
faoliyatini
amalga oshirish
uchun
soni
summa
si
soni
summ
asi
soni
summa
si
soni
summas
i
1
2
3
4
5
6
7
8
9
2020-
yil
281
214
48
389,7
71
883
42
498,4
33
209
2 289,2 176 122 3 602,1
2021-
yil
436
110
59
552,1
69
700
49
715,0
27
740
3 007,2 338 670 6 830,0
Dekabr 27 204
6 333,9 4 328
5 688,9 2 996 244,7
19 880
400,3
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 65
Manba: cbu rasmiy malumotlaridan foydalanib mualif tomonidan tuzildi.
1- jadvalda ko’rishimiz mumkinki 2020 – 2024 yillar davrida Kichik faoliyatini
amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan kreditlar va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga
hamda aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar
ko’rishimiz mumkin. 2020 yilda jami ajratilgan kreditlar soni 281 214 ta, 48 389,7
mlrd.so‘m tashkil etgan, shundan yakka tartibdagi tadbirkorlarga 33 209, 2 289,2
mlrd.so‘m tashkil etgan, aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 176 122
ta, 3 602,1 mlrd.so‘m tashkil etgan. 2024 yilda jami ajratilgan kreditlar soni 538 538 ta,
92 424,8 mlrd.so‘m tashkil etgan, shundan yakka tartibdagi tadbirkorlarga 87 293 ta, 17
202,1 mlrd.so‘m tashkil etgan, aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun soni
372 643 ta, 6 346,5 mlrd.so‘m tashkil etgan. Iqtisodiy (2024) rag‘batlantirish ‒
tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirish jarayoni
bo‘lib, makro (iqtisodiyot), mezo (mintaqa, tarmoq) va mikro (korxona) darajalarida
amalga oshiriladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishning tegishli ta’siri korxonalarning ishlab
chiqarish-xo‘jalik faoliyatining maqsadli ta’sirini ta’minlashni muvofiqlashtirish,
korxona xodimlarining mehnat faoliyati uchun motivatsiyani shakllantirish va chora-
tadbirlarni amalga oshirish orqali dastur natijalariga erishish uchun zarur shart-
sharoitlarni shakllantirishni, raqobatbardoshligini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Tadbirkorlikni tashkil etish tizimida, shuningdek, iqtisodiy rag‘batlantirishni
amalga oshirish va qishloq xo‘jaligi tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlarini amalga oshirishda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari
2022-
yil
507
856
69
770,3
60
811
57
002,9
24
819
3 673,1 422 226 9 094,4
Dekabr 41 870
6 675,5 5 051
5 556,9 1 837 361,3
34 982
757,3
2023-
yil
573
252
73
009,4
78
620
57
438,1
24
553
6 076,2 470 079 9 495,2
Dekabr 41 908
5 838,1 8 944
4 570,6 3 308 632,4
29 656
635,1
2024-
yil
538
538
92
424,8
78
602
68
876,2
87
293
17
202,1
372 643 6 346,5
Dekabr 41 382
5 823,8 7 171
4 549,6 2 747 735,4
31 464
538,8
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 66
hisobga olinadi. Xususan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali ishlashini ta’minlash
maqsadida qishloq xo‘jaligi faoliyatida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan beshta tarmoq
xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
● institutsional xususiyatlar - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish,
qayta ishlash va sotish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga
solish sohasida zarur huquqiy bazaning takomillashmagani; davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash zarurati; qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining rivojlanish darajasi va
sur’atlarining tarmoq talab va ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligi;
● iqtisodiy xususiyatlar - kalendar yil davomida aylanma mablag‘larning notekis
tushishi; tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi tuzilmalarini kreditlashning yetarli
darajada emasligi; investitsiya qilingan mablag‘larni qaytarish muddati uzoqroq;
● texnologik xususiyatlar ‒ tabiiy va iqlim sharoitlariga haddan tashqari bog‘liqlik;
ishlab chiqarishning mavsumiyligi; yuqori material sig‘imi; maxsus qishloq xo‘jaligi
texnikasidan foydalanish zarurati; ishlab chiqarishning past harakatchanligi; asosiy
fondlarni joylashtirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni saqlash uchun katta
maydonlarni jalb qilish zarurati; uzoq ishlab chiqarish tsikli; mahsulotning buzilishi va
cheklangan saqlash muddati ehtimoli;
● ijtimoiy xususiyatlar ‒ qishloq aholisining daromadlari va ta’lim darajasi shahar
aholisiga nisbatan pastligi; vayron qilingan ijtimoiy va yo‘l infratuzilmasi; qishloq
aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatishning tegishli darajada yo‘qligi; qishloq joylarda ish
o‘rinlarining yetishmasligi;
● etnik xususiyatlar ‒ tarixiy voqealar ta’sirida shakllangan va qishloq aholisining
o‘ziga xos mentaliteti va iqtisodiy tafakkurini shakllantirgan, buni e’tiborsiz qoldirib
bo‘lmaydi. Tegishli murakkab mexanizm mavjud bo‘lgan taqdirda tashkiliy-iqtisodiy
vositalar samarali ishlaydi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni qishloq xo‘jaligi
korxonalarining ishlash tartibini shakllantiradigan va ta’sir qiluvchi tashkiliy, iqtisodiy,
huquqiy, boshqaruv, tartibga solish choralari va jarayonlari tizimi sifatida kutilayotgan
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa natijalarni ko‘rib chiqish kerak. Agrobiznes
korxonalari rivojlanishini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy vositalarining asosiy tarkibiy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 67
qismi bo‘lgan tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy, boshqaruv va tartibga solish chora-tadbirlarini
amalga oshirish, albatta, izchil va tizimli xarakterga ega bo‘lishi kerak. Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining
elementlariga bozor tipidagi subyektlarni yaratish;
qishloq xo‘jaligi bozori infratuzilmasi;
yer munosabatlarini tashkil etish;
agrar sohani boshqarish tizimi;
qishloq tadbirkorligi va agroservis kooperatsiyasini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlari;
investitsiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish;
davlat nazorati va moddiy-texnik ta’minoti tizimi;
kreditlash va bank xizmatlari;
qishloq xo‘jaligi bozorlarini sug‘urtalash;
1 – diagramma. Tijorat banklarining 2022 – 2024 yillarda bergan kreditlari
Manba: cbu rasmiy malumotlaridan foydalanib mualif tomonidan tuzildi.
Keltrilgan diagrammada tijorat banklarining 2022 – yidan 2024 – yilgacha bergan
kreditlari aks etganini ko’rishimiz mumkin. 2022 – yilda kreditlar jami 382 078, 1
mlrd.so‘m tashkil etgan kreditlarning shundan davlat ulushi mavjud banklar bergan
kreditlari 318 787,9 mlrd.so‘m boshqa banklardan berilgan kreditlar 63 290,1 mlrd.so‘m
kredit berilgan. 2023 – yilda kreditlar jami 465 493, 4 mlrd.so‘m tashkil etgan kreditlarning
01.12.2022 y.
01.12.2023 y.
01.12.2024 y.
Kreditlar Jami
Kreditlar shundan: davlat ulushi mavjud banklar
Kreditlar shundan: boshqa banklar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 68
shundan davlat ulushi mavjud banklar bergan kreditlari 331 070,3 mlrd.so‘m berilgan,
boshqa banklardan berilgan kreditlar 134 423,1 mlrd. so‘m kredit berilganini ko’rishimiz
mumkin. 2024 – yilda kreditlar jami 525 886,5 mlrd.so‘m tashkil etgan kreditlarning
shundan davlat ulushi mavjud banklar bergan kreditlari 363 938,6 mlrd.so‘m berilgan,
boshqa banklardan berilgan kreditlar 161 947,9 mlrd. so‘m kredit berilganini ko’rishimiz
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoniga
muvofiq.
2.
Sh.Mirziyayevning (2019) uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T.
3.
R. Toymuhamedov (2021)‘’Bank ishi’’. Darslik.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik
biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 306-sonli ,
5.
2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 366-sonli
6.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 37-sonli qarorlari
7.
Abdullaeva SH.Z. va boshq. Tijorat banklari kapitali va uni boshqarish. O‘quv
qo‘llanma.–T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017.– 182 b.
8.
Abdullaeva SH. Bank ishi. Darslik.-T.: Toshkent. 2003.-312 b.
9.
Abdullaeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash. -T.: Moliya. 2002.- 304 b.
10.
Abdullaev YO., Qoraliev T., Toshmurodov SH., Abdullaeva S. Bank ishi. O‘quv
qo‘llanma.-T.: IQTISOD-MOLIYA. 2009.– 548 b.
11.
Alaverdov A.A. Strategicheskiy menedjment v kommercheskom banke.-M.:
Market DS. 2007.-576 s.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 69
12.
Liu Xiangfeng // SME Development in China: A Policy Perspective on SME
Industrial Clustering. Institute for International Economic Research (IIER), National
Development and Reform Commission (NDRC). – Report 2020–5, pp. 37–68
13.
https://www.bankrate.com ‒ маълумотлари асосида тайёрланди.
14.
https://iz.ru ‒ маълумотлари асосида тайёрланди.
15.
https://www.norma.uz ‒ маълумотлари асосида тайёрланди.
16.
https://oz.sputniknews.uz/20240305/ozbekiston-sanoat-korxonalar-
42777662.html
17.
Farxodjon I (2024) “Tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab
quvvatlashni tashkil etishning nazariy va uslubiy tamoyillari”.