Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 320
KREDITLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI SANOAT
KORXONALARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Xolikov Shaxzod Dilshod o’g’li
Bank moliya akaedemiyasi magistranti
Annotatsiya
: Ushbu maqolada tijorat banklarining kreditlaridan samarali
foydalanish orqali sanoat korxonalarini rivojlantirish orqali aholini kambag’alchilikdan
chiqarish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan bo'lib banklarning kreditlardan foydalangan
holda sanoat korxonalarini rivojlantirish yo‘llarini oshirishga mavzusi to’liq bayon qilib
berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sanoatning iqtisodiyotdagi o‘rni, bank
kreditlarining sanoat moliyalashuvi jarayonidagi ahamiyati va samarali kreditlash
tizimining hozirgi holati bilan bog‘liq dolzarb masalalarni aniqlashdan iboratdir.
Annotation:
This article is aimed at studying ways to lift the population out of
poverty through the development of industrial enterprises through the effective use of
commercial bank loans. The topic of improving the development of industrial enterprises
using bank loans is fully described. The main purpose of the study is to identify current
issues related to the role of industry in the economy, the importance of bank loans in the
process of industrial financing, and the current state of the effective lending system.
Kalit so‘zlar:
Tijorat banklari, kreditlash, sanoat korxonalari, moliyalashtirish,
iqtisodiy rivojlanish, risk boshqaruvi, innovatsion yechimlar.
Keywords:
Commercial banks, lending, industrial enterprises, financing, economic
development, risk management, innovative solutions.
Bugungi kunda kоrxоnalarda kapital qo`yilmalardan fоydalanish asоsida
kоrxоnalarni rivоjlantirish va raqamlashtrish iqtisоdiy islоhоtlarning bоsh maqsadlaridan
biri bo`lib hisоblanadi. Turli mulkchilik shakllari faоliyat yuritayotgan sharоitda bank,
moliya sоhalarini barqarоr rivоjlantirish bevоsita mahsulоt ishlab chiqarishni va mehnat
munоsabatlarini bоzоr talablariga mоs ravishda tashkil etishni taqоzо qiladi. Mamlakatni
mоdernizatsiya qilish sharоitida kоrxоnalarda raqamlashtrish, mahsulоt ishlab chiqarish
samaradоrligini оshirish, birinchi navbatda, barcha turdagi resurslardan samarali
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 321
fоydalanishga va mehnat unumdоrligini оshirishda mamlakatimizdagi tijorat banklarining
faoliyati bilan ham bevosita bоg`liqdir. Lekin, hоzirda sarflangan mehnat va mоddiy
resurslar hisоbiga yetishtirilayotgan asоsiy turdagi mahsulоtlarni yetishtirish tarmоqda
ishlab chiqarish samaradоrligini ta`minlash imkоnini bermayotir. Bundan tashqari
tarmоqlarda tijorat banklari tomonidan yo`naltirilgan investitsiyalardan maqsadli
fоydalanmaslik,
lоyihalashtirishning
yetarli
darajada
ilmiy
asоslanmaganligi,
investitsiyalardan samarali fоydalanish madaniyatining pastligi yuqоri mehnat
unumdоrligiga erishish imkоnini cheklamоqda. Shu nuqtai – nazardan mamlakatni
mоdernizatsiya qilish sharоitida turli xo`jalik shakllarida faоliyat yuritayotgan
kоrxоnalarda tijorat banklari investitsiyalaridan samarali fоydalanish bo`yicha ilmiy –
amaliy asоslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hоzirgi davrning eng dоlzarb
masalalaridan biri bo`lib hisоblanadi.
O‘zbekistonda 56,3 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 10,8
mingtasi yoki 19,2% qismi Toshkent shahriga, 6,3 mingtasi (11,2%) Toshkent viloyatiga,
5,7 mingtasi (10,1%) Farg‘ona viloyatiga, 4,8 mingtasi (8,5%) Samarqand viloyatiga va
4,4 mingtasi (7,8%) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi Navoiy
viloyatida (11 985,9 ming so‘m), Toshkent shahrida (3 306,0 ming so‘m) hamda Toshkent
viloyatida (2 673,7 ming so‘m) o‘rtacha respublika darajasi ko‘rsatkichidan (1 499,8 ming
so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat
hissasiga to‘g‘ri kelib, 44,1 trln so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 79,1% ni
tashkil etdi.
2025-yilning yanvar oyida respublikada jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori
ulush Toshkent shahri (18,2 %), Navoiy viloyati (23,3 %), Toshkent viloyati (14,8 %),
Andijon viloyati (6,0 %), Farg‘ona viloyati (4,8 %) hamda Samarqand viloyati (4,6 %)
hissasiga tog‘ri keldi. Shuningdek, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan yuqori FHI
Namangan viloyati (110,8 %), Xorazm viloyatida (110,7 %), Navoiy viloyatida (110,3 %),
shuningdek, Toshkent shahrida (110,2 %) kuzatilgan.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 322
5 rasm
2020-2024 yillardagi sanoat korxonalari soni va sanoat
ishlab chiqarish nisbatini infografikada
Manba: Statistika agentligi ma’lumotlari.
O‘zbekistonda 2024-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 885 trillion
so‘mdan oshdi.
Bu ko‘rsatkich ketma-ket 5-yildirki o‘sishda davom etmoqda, biroq sanoat
korxonalari soni 2023-yilning shu davriga nisbatan kamaygan, deb xabar berdi
O‘zbekiston Statistika agentligi 2020-2024 yillardagi sanoat korxonalari soni va sanoat
ishlab chiqarish nisbatini infografikada ko‘rishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “140 ta ilg‘or sanoat
korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida so’z boshlasak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan
o‘tkazilgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash,
xususan, hududlarda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop va yuqori qo‘shilgan qiymatli
mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yirik sanoat loyihalarini amalga oshirishni
yanada rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 323
Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining
sanoat sohalarida “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi
takliflari ma’qullanganligi;
“140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining
loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik
10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha kredit mablag‘lari ajratilishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yirik
sanoat loyihalarini tadbirkorlik subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilishga
mo‘ljallangan Elektron platforma (keyingi o‘rinlarda — platforma) yaratilganligi va ishga
tushirilganligi ma’lum etilgan.
5 jadval “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturi doirasida tadbirkorlik
subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalarining
TAQSIMOTI
T/r
Sanoat yo‘nalishlari
Loyihalar soni
1.
Elektrotexnika
20
2.
To‘qimachilik
20
3.
Charm-poyabzal
10
4.
Mashinasozlik
10
5.
Zargarlik
10
6.
Qurilish materiallari
20
7.
Mebelsozlik
10
8.
Polimer, kimyo
20
9.
Oziq-ovqat
20
Jami
140
1 jadval
“140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturi doirasida yirik sanoat loyihalarini
amalga oshiruvchi tashabbuskor tadbirkorlarni ochiq tanlov asosida tanlab olish va
moliyalashtirish
SXEMASI
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 324
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro
muddati
1-bosqich
Tashabbuskor
Dastur
doirasida
tanlov
e’lon
qilingan
loyihalarga
www.loyiha.miit.uz
elektron platformasi orqali
takliflarni yuborish.
Zaruratga
ko‘ra
2-bosqich
Investitsiyalar,
sanoat
va
savdo
vazirligi
Platforma
orqali
kelib tushgan takliflarni
ko‘rib
chiqish
hamda
taqqoslash
va
tahliliy
materiallarni
Investitsiyalarni jalb qilish,
sanoatni rivojlantirish va
savdoni
tartibga
solish
masalalari
bo‘yicha
Hukumat
komissiyasiga
(keyingi
o‘rinlarda —
Hukumat
komissiyasi)
kiritish.
Har
oyning o‘ninchi
sanasiga
3-bosqich
Hukumat
komissiyasi
Investitsiyalar,
sanoat va savdo vazirligi
tomonidan
kiritilgan
takliflarni ko‘rib chiqish va
tanlov g‘oliblarini aniqlash
bo‘yicha
Hukumat
Besh ish
kunida
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 325
komissiyasining
qarorini
qabul qilish.
4-bosqich
Investitsiyalar,
sanoat
va
savdo
vazirligi
Tanlov g‘oliblarini
www.loyiha.miit.uz
elektron
platformasida
e’lon qilish va loyiha
g‘olibi bilan investitsiya
shartnomasini imzolash.
Besh ish
kunida
5-bosqich
Tashabbuskor
Loyihaning texnik-
iqtisodiy asoslarini ishlab
chiqish va ekspertizadan
o‘tkazish
uchun
“Loyihalarni va import
kontraktlarini
kompleks
ekspertiza qilish markazi”
DUKga kiritish.
Ikki
oy
muddatda
6-bosqich
“Loyihalarni
va
import
kontraktlarini
kompleks ekspertiza
qilish markazi” DUK
Loyihaning texnik-
iqtisodiy
asoslarini
ekspertizadan
o‘tkazish
hamda ijobiy xulosa yoki
e’tirozlar berish.
O‘n besh
ish kunida
7-bosqich
Tashabbuskor
Ijobiy xulosa olingan
loyiha bo‘yicha texnik-
iqtisodiy
asoslari
bilan
birga
tijorat
bankiga
Sanoatni
rivojlantirish
jamg‘armasi
hisobidan
Besh ish
kunida
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 326
kredit olish uchun murojaat
qilish.
8-bosqich
Tijorat banki
Loyiha hujjatlarini
o‘rganib chiqish hamda
Sanoatni
rivojlantirish
jamg‘armasiga
resurs
ajratish haqida talabnoma
kiritish.
O‘n besh
ish kunida
9-bosqich
Sanoatni
rivojlantirish
jamg‘armasi
Tijorat
bankining
talabnomasiga
asosan
resurs ajratish.
Ikki ish
kunida
10-bosqich
Tijorat banki
Loyihani
moliyalashtirish
uchun
kredit ajratish.
Ikki ish
kunida
11-bosqich
Investitsiyalar,
sanoat
va
savdo
vazirligi
Loyihalarning
amalga oshirilishi bo‘yicha
monitoring yuritish.
Loyihani
amalga oshirish
davomida
O’zbekistonda eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun
juda ham ko’plab chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, hukumat qarorlari qabul qilingan. 2021
yil 30 martda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O’zbekiston Respublikasida eksportni moliyaviy qo’llabquvvatlashni yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 167-sonli Qarori, respublikamizning eksport
salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish,
milliy
mahsulotlarning
tashqi
bozorlardagi
raqobatbardoshligini
mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning
muammo va takliflarini bevosita o’rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 327
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish bo’yicha 2021 yil 20 avgust kuni
o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti
doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 7 senbyarda qabul
qilingan “Eksportchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi PF6306-sonli Farmoni shular jumlasidandir. Buni Buxoro viloyati misolida
ko’rib chiqadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga
mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”2022 yil 28
yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Buxoro viloyati hududlarida sanoat,
qishloq xo’jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir
tuman va shaharning “o’sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali
aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 2022 yil 27
aprelda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Buxoro
viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini
yanada yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 215-sonli Qarori qabul
qilingan. Ushbu qarorda Buxoro viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot
hajmini 1,4 baravar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,5 baravarga, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravar, xizmatlar hajmini 3,1 baravar hamda qurilish
ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi
maqsadli ko’rsatkichlar parametrlari tasdiqlangan. Bugungi kunda respublikada 98,8
mingta sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda, shundan 16,8 mingtasi (ro’yxatdan
o’tgan korxonalar umumiy sonining 17,0 % i) Toshkent shahriga, 11,1 mingtasi (11,2 %)
Farg’ona viloyatiga, 10,0 ming tasi (10,1 %) Toshkent viloyatiga, 9,9 mingtasi (10,0 %)
Andijon viloyatiga va 8,9 mingtasi (9,0 %) Samarqand viloyatiga to’g’ri kelmoqda.
Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash
jarayonini toʻgʻrivasifatli olib borishi zarur. Ushbu tamoyillar asosida kredit olmoqchi
boʻlgan mijozlarga kredit paketitayorlanadi va kredit olish mumkin yoki mumkin emasligi
tahlil qilinadi. Yaxlit olib qaralganda, kreditsiyosati tijorat bankining yagona kreditlash
tizimini vujudga keltiradi desak xato boʻlmaydi. Chunkibusiyosat bank oʻsgan sari uni
yangidan tashkil etiladigan boʻlinma va filiallariga bank faoliyatini, kreditvakolatlarini,
burchlarini taqsimotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq bir siyosatdan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 328
kelibchiqqanholda ishlab chiqilgan kredit siyosati bank krediti madaniyatini umumiy
tarakkiyotini oʻzagini koʻrsatadi.
Xalqaro amaliyotda tijorat banklari kredit portfelini mijozlarni tarmoq
xususiyatigakoʻradiversifikatsiya qilish boʻyicha meʻyoriy mezon qilib 25% olingan.
Yaʻni, tijorat banki kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda toʻplanib qolishi
mumkin emas. Respublikamizning ayrim yirik banklarida ushbu koʻrsatkichning darajasi
50 foizdan yuqoridir. Xalqaro bank amaliyotida kredit portfelini diversifikatsiya qilishni
asosiy yoʻnalishlari sifatidaquyidagilardan foydalanilmoqda:
bank kredit qoʻyilmalarini iqtisodiyotni turli tarmoqlari boʻyicha
diversifikatsiyalash
bank
kredit
qoʻyilmalarini
mijozlar
kesimida
diversifikatsiyalash.
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
• diversifikatsiyalash usuli;
• kreditlarni restruktizatsiyalash usuli;
• zahiralar shakllantirish usuli;
• muddati oʻtgan kreditlar va foizlarni balansdan chiqarish usuli.
Diversifikatsiya qilinmagan kredit portfeli doimo yuqori riskli boʻlib boradi.
Bankningkreditportfelini diversifikatsiya qilish yoʻli bilan kredit portfelini boshqarish
bankning strategikrejalashtirishjarayoni bilan uzluksiz bogʻliqdir. Samarali kredit
portfelini tarkib toptirishda tijorat banki resurslarni joylashtirish sohasidagi uch tamuhim
yo‘nalishning oqilona nisbatiga erishishga harakat qilishi lozim:
1. Investorlarni qimmatli qog‘ozlarga mablag‘ kiritishini ta’minlash resurslarni
oqilona joylashtirishningasosiy yo‘nalishi bo‘lib, milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
2. Resurs joylashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri jismoniy shaxslarni
kreditlashdaniborat. Chunki kreditlashning ushbu yo‘nalishi nafaqat riskni diversifikatsiya
qilish, balki yaxshi daromadko‘rish imkoniyatini ham beradi.
. 3. O‘zbekiston Respublikasining istiqbolli korxonalari bilan uzoq muddatli
hamkorlikqilishorqaliyuqori dividendli daromadlar olish va ushbu korxonalarni
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 329
boshqarishda ishtirok etish. Banklar o‘z faoliyatini takomillashtirish, xususan, kredit
portfelini sog‘lomlashtiris hmaqsadida mijozlarning iste’mol va boshqa ehtiyojlarini
qondirishga yo‘naltirilgan bank depozitlari hamdasug‘urtava kredit depozitlarining
mushtarakligini ta’minlovchi yangi moliyaviy mahsulotlarni taqdimetishorqaliaholining
jamg‘arish va investitsion faolligini rag‘batlantirish asosida jismoniy shaxslar
bilanishlarnifaollashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini qarz
majburiyatlariniemissiya qilish va bank sertifikatlarini chiqarish yo‘li orqali jalb etish
amaliyotini keng joriyetilmoqda. Bunday amaliyotdan maqsad ushbu resurs turining bank
tomonidan jalb qilingan jami mablag‘lardagiulushini oshirishdir. Bankning moliyaviy
bozordagi
mavqei
uning
kredit
portfelini
shakllantirishvauniboshqarishdagi
muvaffaqiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik
biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 306-sonli ,
2.
2021 yil 7 senbyarda qabul qilingan “Eksportchi korxonalarni
rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF6306-sonli
3.
2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 366-sonli
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 37-sonli qarorlari
5.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo’ljallangan
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”2022 yil 28 yanvardagi PF-60-
son Farmoni
6.
Abdullaeva SH.Z. va boshq. Tijorat banklari kapitali va uni boshqarish. O‘quv
qo‘llanma.–T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017.– 182 b.
7.
Abdullaeva SH. Bank ishi. Darslik.-T.: Toshkent. 2003.-312 b.
8.
. Abdullaeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash. -T.: Moliya. 2002.- 304 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 330
9.
Abdullaev YO., Qoraliev T., Toshmurodov SH., Abdullaeva S. Bank ishi.
O‘quv qo‘llanma.-T.: IQTISOD-MOLIYA. 2009.– 548 b.
10.
Alaverdov A.A. Strategicheskiy menedjment v kommercheskom banke.-M.:
Market DS. 2007.-576 s.
11.
Liu Xiangfeng // SME Development in China: A Policy Perspective on SME
Industrial Clustering. Institute for International Economic Research (IIER), National
Development and Reform Commission (NDRC). – Report 2020–5, pp. 37–68
12.
https://www.bankrate.com ‒ маълумотлари асосида тайёрланди.
13.
https://iz.ru ‒ маълумотлари асосида тайёрланди.
14.
https://www.norma.uz ‒ маълумотлари асосида тайёрланди.
15.
https://oz.sputniknews.uz/20240305/ozbekiston-sanoat-korxonalar-