Mualliflar

  • Boboqulov Kamoliddin Gulmurodovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89102

Kalit so‘zlar:

Kredit portfeli risk boshqaruvi diversifikatsiya innovatsion yechimlar raqamli texnologiyalar tijorat banki iqtisodiy samaradorlik. kreditlash sanoat korxonalari moliyalashtirish.

Annotasiya

Ushbu maqolada tijorat banklarining kredit portfelini boshqarish jarayonini tahlil qilish va samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashga va tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda kredit risklarini baholash, portfelni diversifikatsiyalash, innovatsion boshqaruv metodlari va raqamli texnologiyalar asosida yechimlar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 51

KREDIT PORTFELINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

YO’LLARINI SIFAT TAHLILI

Boboqulov Kamoliddin Gulmurodovich

Bank moliya akademiyasi magistranti

b_kbfa@mail.ru

Anotatsiya:

Ushbu maqolada tijorat banklarining kredit portfelini boshqarish

jarayonini tahlil qilish va samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashga va tahlil qilishdan

iborat. Tadqiqotda kredit risklarini baholash, portfelni diversifikatsiyalash, innovatsion

boshqaruv metodlari va raqamli texnologiyalar asosida yechimlar ishlab chiqish masalalari

ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Kredit portfeli, risk boshqaruvi, diversifikatsiya, innovatsion

yechimlar, raqamli texnologiyalar, tijorat banki, iqtisodiy samaradorlik. kreditlash, sanoat

korxonalari, moliyalashtirish.

Abstract:

This article aims to analyze the process of credit portfolio management of

commercial banks and identify ways to improve its efficiency. The study considers the

issues of credit risk assessment, portfolio diversification, innovative management

methods and development of solutions based on digital technologies.

Keywords:

Credit portfolio, risk management, diversification, innovative solutions,

digital technologies, commercial bank, Hamkorbank JSCB, economic efficiency. lending,

industrial enterprises, financing.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy ankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF-5296-son Farmoni muvofiq, bank oʻzining kaysi tarmoqqa koʻproq etibor

berishiga qarab, u yoki bu kredit ulushi kredit portfelida koʻprok boʻladi. Bu uning kredit

siyosatidan kelib chiqadi. Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank

daromadini katta qismi ham aynan shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank

kredit portfelini qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita taʻsir koʻrsatadi. Bank

yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini toʻgʻri tashkil

qilishi zarur boʻladi. Biz yuqorida turli koʻrinishdagi kreditlarni koʻrdik, biroq konkret


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 52

banklarni kredit portfelini tarkibi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi. Bank kredit

portfelining tarkibini aniqlovchi muhim omillardan biri bu ayni bank xizmat koʻrsatadigan

bozor sektorining xususiyatidir. Har bir bank oʻz bozor segmenti mijozlarining qarz

mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojini hisobga olishi kerak. Masalan, bank shahar chekkasidagi

uylar va kichik doʻkonlarga ega, tumanda joylashgan boʻlsa, asosiy uy binolari garovi

ostida, ipoteka krediti, avtomobil, uy jixozlari, umuman uy xujaligini yuritish uchun

xarajatlarni qoplashga kredit beradi, aksincha katta shaharda ofislar, katta univermaglar,

sanoat korxonalari orasidagi banklar, odatda oʻz kreditlarini asosan tijorat firmalariga tovar

materiallar zahiralarini toʻldirishga, jihozlar sotib olishga va ish haqiga yoʻnaltiradilar.

Albatta, banklar kredit berayotganlarida oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan xududlarga toʻlik

bogʻliq boʻlmaydilar. Kerakli kredit mablagʻlarini toʻliq yoki qisman ular boshqa

banklardan olishlari mumkin. Bu adolat agar bank xizmat qilayotgan region iqtisodiy

qiyinchiliklarga duch kelsa, zarar kurish riskini pasaytiradi. Bank miqyosi ham uning

kredit portfeliga taʻsir etuvchi omillardan biri hisoblanadi, ayniqsa, bir qarz oluvchiga

beriladigan kreditni maksimal miqdorini belgilovchi kapitalning xajmi muhimdir. Katta

banklar, odatda ulgurji kreditorlar hisoblanadilar, ular oʻzlarini kreditlari asosiy mikdorini

korporasiyalar va boshka firmalarga beradilar. Kichikroq banklarning faoliyati esa

fuqarolarga kichik ssudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, firma va ofis

egalariga kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yoʻnaltiradilar.

Bundan tashqari, kredit portfeli tarkibiga koʻra kreditlashni turli koʻrinishlari sohasidagi

menejerlarning tajriba va malakasi hamda oʻz kredit inspektorlariga maʻlum koʻrinishdagi

kreditlarni bermasligi koʻrsatilgan bankning kredit siyosati ham taʻsir koʻrsatadi. Kredit

portfelini tarkibi maʻlum darajada bankni kutilayotgan daromadiga ham bogʻliq. Chunki

bank, odatda kutilayotgan daromadi maksimal boʻlgan ssudalarni berishni maʻqul koʻradi.

Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash

jarayonini toʻgʻri va sifatli olib borishi zarur.

Kreditlash jarayoni bir necha tamoyillar orqali amalga oshiriladi:

maqsadlilik;

taʻminlanganlik;

muddatlilik;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 53

qaytarishlik;

toʻlovlilik.

Ushbu tamoyillar asosida kredit olmoqchi boʻlgan mijozlarga kredit paketi

tayorlanadi va kredit olish mumkin yoki mumkin emasligi tahlil qilinadi. Yaxlit olib

qaralganda, kredit siyosati tijorat bankining yagona kreditlash tizimini vujudga keltiradi

desak xato boʻlmaydi. Chunki bu siyosat bank oʻsgan sari uni yangidan tashkil etiladigan

boʻlinma va filiallariga bank faoliyatini, kredit vakolatlarini, burchlarini taqsimotida

muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq bir siyosatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kredit

siyosati bank krediti madaniyatini umumiy tarakkiyotini oʻzagini koʻrsatadi.

Xalqaro amaliyotda tijorat banklari kredit portfelini mijozlarni tarmoq xususiyatiga

koʻra diversifikatsiya qilish boʻyicha meʻyoriy mezon qilib 25% olingan. Yaʻni, tijorat

banki kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda toʻplanib qolishi mumkin

emas. Respublikamizning ayrim yirik banklarida ushbu koʻrsatkichning darajasi 50

foizdan yuqoridir.

Xalqaro bank amaliyotida kredit portfelini diversifikatsiya qilishni asosiy

yoʻnalishlari sifatida quyidagilardan foydalanilmoqda:

bank kredit qoʻyilmalarini iqtisodiyotni turli tarmoqlari boʻyicha

diversifikatsiyalash;

bank kredit qoʻyilmalarini mijozlar kesimida diversifikatsiyalash.

Diversifikatsiya qilinmagan kredit portfeli doimo yuqori riskli boʻlib boradi.

Bankning kredit portfelini diversifikatsiya qilish yoʻli bilan kredit portfelini boshqarish

bankning strategik rejalashtirish jarayoni bilan uzluksiz bogʻliqdir. Diversifikatsiyani

xususiyatlari shundaki: - birinchidan, diversifikatsiya hamma vaqt riskni kamaytiradi; -

ikkinchidan, kredit boʻyicha foyda harakati qancha kam mos kelsa, riskni kamaytirish

hisobiga diversifikatsiyadan shuncha koʻp naf koʻradi. Banklar uchun kredit portfelini

diversifikatsiyalash oson, kreditni kam summada turli sohalarga, turli mintaqalarga

ajratishga erishish lozim. Kreditlarni taʻminlanganligi boʻyicha diversifikatsiya qilishda -

taʻminlash asos qilib olingan obyektni likvidlilik darajasiga eʻtibor berish zarur. Kreditni

taʻminlanganligida likvidlilik darajasi qancha yuqori boʻlsa, kredit va u boʻyicha foizni

ham oʻz vaqtida qaytishi oson va tez boʻladi. Agar kredit portfeli oʻn beshdan ortiq mijozga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 54

berilgan yigirmadan ortiq kreditdan tashkil topgan boʻlsa, bunday portfel yaxshi

diversifikatsiya qilingan portfel deyiladi.

Demak, diversifikatsiya talab darajasida boʻlishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi

lozim:

- portfel koʻp sonli nisbatan mayda kreditlardan tashkil topishi;

- kreditlar risk jixatidan bir - biriga bogʻliq emas, yaʻni biron bir kredit boʻyicha toʻlay

olmaslik extimoli boshka kredit boʻyicha toʻlay olmaslik extimoli bilan bogʻliq boʻlmasligi

kerak. Diversifikatsiya yordamida kredit portfelini umumiy risk darajasini kamaytirishga

erishish mumkin. Baʻzida alohida olingan kredit boʻyicha risk oʻzgarmagan xolda haqiqiy

olinadigan daromad kutilayotgan daromadga tenglashishi mumkin. Banklar uchun kredit

portfelini diversifikatsiyalash juda xam oson. Yuqorida taʻkidlaganimizdek kreditni kam

summada turli soxalarga (sanoat, kishlok xoʻjaligi, transport, biznes, xorijiy mijozlarga),

jumladan (shahar, viloyat, mamlakatlarga) turli mintaqalarga ajratishga erishish lozim.

Tijorat banklarining ma‘lum sohalar boʻyicha ixtisoslashuvi, shu sohalar boʻyicha

anʻanaviy kreditlar berishi - diversifikatsiyalash usuliga toʻliq, mos kelmasligi mumkin.

Shu sababli bizning amaliy sharoitimizda ixtisoslashgan banklar ixtisoslashuv bilan

diversifikatsiya oʻrtasidagi muqobil chegarani tanlamoqlari, zarur holda ulardan biriga yon

bermoqlari lozim. Kredit portfelini diversifikatsiyalash qarzni toʻlashlik riskini eng oddiy

va arzon usul - xedjirlash yordam beradi va bankning ssuda va depozitlari keng mijozlar

koʻlamiga boʻlib chiqishni anglatadi. Qarz berishda diversifikatsiyalash bankni ssuda

portfelida absolyut miqdor yoki yalpi tutgan salmoqni toʻgʻridan - toʻgʻri cheklashni

anglatadi. Kreditlarni diversifikatsiya qilishda kreditlarni kam miqdorda koʻproq

mijozlarga berishga alohida eʻtibor qilish lozim. Kreditlarning ta‘minlanganligi boʻyicha

diversifikatsiya oʻtkazish bizni banklarimiz amaliyotida kam qoʻllaniladi. Bizni

fikrimizcha, diversifikatsiyani kreditlarni taʻminlanganligi boʻyicha oʻtkazish xam ancha

samara beruvchi usul hisoblanadi. Chunki taʻminlanganlik kreditni asosiy tamoyillaridan

biri boʻlib kreditni oʻz vaqtida toʻlanishiga asos hisoblanadi.

Kreditlarni ng ta‘minlanganligi boʻyicha diversifikatsiya qilishda taʻminlash asos

qilib olingan obyektning likvidlilik darajasiga eʻtibor berish zarur. Kredit taʻminotining

likvidlilik darajasi qancha yuqori boʻlsa, kredit va u boʻyicha foizni ham oʻz vaqtida


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 55

qaytishi oson va tez boʻladi. Shu jihatdan amaliyotda banklar bergan kreditlari boʻyicha

ularni ta‘minlanganligiga qarab diversifikatsiya qilish usulini qoʻllash kredit risklarni

kamayishiga va bank foydasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida muammoli kreditlar kelib chiqishining asosiy sabablarini

quyidagicha turkumlash mumkin:

kredit oluvchini moliyaviy koʻrsatkichlarini, kredit mablagʻlaridan

foydalanish boʻyicha biznes-rejalarini, investitsion loyihalarni texnik-iqtisodiy

asoslanishini past darajada tahlil qilinishi;

qarzdorning kredit mablagʻlaridan foydalanishi ustidan monitoringni sifatsiz

olib borilishi, yaʻni qarzdorning moliyaviy holatini yomonlashishi, pul oqimlarining salbiy

dinamikasi holatlarida kreditni restrukturizasiyalash hamda kreditning statusini

oʻzgartirishni ham qamrab oluvchi choralarni oʻz vaqtida koʻrmaslik;

banklar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga turli davlat

organlarining aralashuvi;

milliy valyuta devalvatsiyasi, yaʻni xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha

investitsion davr mobaynida ayirboshlash kurslarida ortiqcha farqni paydo boʻlishi.

Muammoli kreditlarni bartaraf etish amaliyoti samarali boʻlishi uchun ularni kelib

chiqish sabablarini aniqlash, tasniflash muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonining

asosiy va dastlabki bosqichlaridan biridir. Kredit faoliyati bankni kredit tashkiloti sifatida

shakllantiruvchi faoliyat hisoblanadi. Banklarning xizmat koʻrsatish doirasi qanchalik

kengaymasin, baribir kredit operatsiyalari banklar uchun asosiy daromad manbai boʻlib

qolaveradi.

1 - dagramma Muammoli kreditlar NPL (2025)


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 56

Manba Markaziy bank ma’lumotlari asosida mualif tomonidan tuzildi.

Keltrilgan 1 - dagramma muammoli kreditlar (NPL) berilgan bo’lib 2020 yil 1 dekabr

holatiga ko’ra 6 518,2, 2024 yil 1 dekabr holatida esa 22 446,6, 2025 yil 1 yanvar holatida

21 185,1 ekanini ko’rishimiz mumkin. 4 yil davomida umumiy 101 517,5 tani tashkil

etganini ko’rishimiz mumkin.

Shunday ekan, bank amaliyotida kredit operatsiyalari katta riskni ham keltirib

chiqaradi. Chunki daromad qancha katta boʻlsa, risk ham shunchalik katta boʻladi.

Ayniqsa, qaytmaydigan kreditlar miqdorini oshish ehtimoli bank uchun katta zarar havfini

keltirib chiqaradi. Shu sababli har bir bank oʻz kredit siyosatini aynan mana shunday

muammoli kreditlar oldini olish, ular bilan ishlash chora tadbirlariga yoʻnaltiradi, yaʻni

kredit siyosati, kredit operatsiyalarini samarali tashkil etish yoʻli bilan muammoli

kreditlarning yuzaga kelish xavfini oldini olish maqsadida tashkil etiladi. Respublikamiz

bank amaliyotida soʻnggi yillarda berilayotgan kreditlar dinamikasi va ularni qaytarishda

yuzaga kelayotgan qarzdorlik muammosi, uni yuzaga keltirayotgan omillar hamda yuzaga

kelgan qarzdorlik boʻyicha tijorat banklarida shakllantirilayotgan zahiralar holati haqida

biroz toʻxtalib oʻtish lozim. Soʻnggi yillarda kreditning iqtisodiyotdagi oʻrni va roligina

emas, balki kredit munosabatlarini tashkil etish jarayoni ham sifat jihatidan ancha oʻzgardi.

, 7%

, 18%

, 15%

, 17%

, 22%

, 21%

Muammoli kreditlar (NPL)

01.12.2020 y.

01.12.2021 y.

01.12.2022 y.

01.12.2023 y.

01.12.2024 y.

01.01.2025 y.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 57

Mijozlarni pul oqimi nobarqaror boʻlgan sharoitda tijorat banklari kredit berish

toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda asosiy eʻtiborni yuqori likvidli obyektlarni garovga

olishga qaratadi. Bu esa, amaliy jihatdan toʻgʻri qabul qilingan qaror hisoblanadi. Chunki,

kreditni qaytarish vaqti kelganda mijozning joriy hisobraqamida pul mablagʻlarini boʻlmay

qolish ehtimoli yuqori boʻladi. Ayniqsa, iqtisodiyotni pul mablagʻlari bilan

taʻminlanganlik darajasi past boʻlgan mamlakatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni pul

oqimi nobarqarorlik darajasini yuqori boʻlishi kuzatiladi. Kreditlar ustidan joriy nazoratni

amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli darajalarda ikkita xolis mansabdor shaxs

tomonidan tekshirilishi lozim. Avvalo joriy nazorat jarayoni ushbu mijozni kreditlashni

amalga oshirgan yoki ushbu kreditni ishini yuritish topshirilgan bank xodimi tomonidan

amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, har bir kredit ishining ma‘lum davriy

oraliqlarda tahlil qilib borish, kredit operatsiyalarini amalga oshirib borish ustidan nazorat

qilish topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bunday ikki pogʻonali

tizimda har ikkala pogʻonani toʻliq mustaqilligini taʻminlash muhim ahamiyatga ega va

nazorat tizimidagi xodim kredit berish toʻgʻrisidagi qarorda ishtirok etmasligi lozim.

Nazoratning ikkinchi yoʻnalishi boʻlgan mukammal nazoratni amalga oshirishda faqat

tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan maʻlum operatsiyalarni toʻliq tahlil qilish uchun

tanlab olish imkonini beruvchi mexanizmni ishlab chiqish lozim. Bank xodimi oʻzi kredit

ishini bevosita yuritayotganligi sababli mijoz bilan doimiy ravishda munosabatda boʻladi.

Bu esa, yangi maʻlumotlarni olish imkoniyatini beradi, u mijozni kredit shartnomasi

shartlariga rioya qilayotganligi va toʻlov layoqatliligini baholash uchun katta imkoniyatga

ega boʻladi. Ayni vaqtda nazorat jarayoni mijoz bilan bevosita aloqada boʻlmagan shaxs

tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy sababi shundaki,

birinchidan, nazorat va tahlilni amalga oshirishda bank xodimi oʻzining baholash

xususidagi qarashlariga asoslanadi va eng muhimi bu baho uning mijoz bilan oʻzaro

shaxsiy munosabatlarini subyektiv taʻsiri ostida boʻlmasligi kerak, bank xodimi mijoz

bilan doimiy aloqada boʻlishi ular orasida shaxsiy munosabatlarni boʻlishiga qulay muhit

yaratadi. Ikkinchidan, nazorat jarayoni bank xodimining toʻgʻri kredit qarori qabul qilish

imkoniyatini beradi.

Xolis tahlil ssudani berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda bank xodimining


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 58

holatini obyektivligini kafolatlash uchun zarurdir. Tijorat banklarining kreditlash

amaliyotini tahlil qilish natijalari koʻrsatmoqdaki, ayrim tijorat bank rahbarlari oʻz mansab

vakolatlaridan foydalanib kredit qoʻmita aʻzolari fikri bilan ham hisoblashmagan holda

yoki qoʻmita qaroriga salbiy taʻsir etishi natijasida moliyaviy jihatdan beqaror boʻlgan,

biznes rejasida koʻrsatkichlar real boʻlmagan ayrim mijozlarga majburiyat ijrosini

ta‘minotisiz kreditlar bermoqdaki, buning oqibatida muammoli kreditlar miqdori

ortmoqda.

Tijorat banklarining kredit siyosatiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan

talablarda berilgan kreditlar ustidan doimiy monitoringni amalga oshirishning zarurligi

belgilab qoʻyilgan. Mazkur monitoringda quyidagi holatlar tekshirilishi lozim:

– kredit olgan subyektning xoʻjalik-moliyaviy faoliyati;

– qarzdorning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot yetkazib berish

majburiyatlarini bajarishi;

– kredit olgan subyektning ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari va

yoʻqotishlari, muomala chiqimlari, foydasi, oʻz aylanma mablagʻlarini yetarliligi;

– qarzdorning tovar-moddiy boyliklar zahiralarini ahvoli;

– debitor qarzdorlikning aylanish darajasi;

– asosiy vositalarning aylanishi va h.k.

Kredit portfelini boshqarish samaradorligini baholashda inobatga olinadigan asosiy

omillardan biri – bu kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira

ajratmalarini darajasi va dinamikasi hisoblanadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz tijorat

banklarida aktivlarni tasniflash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston

Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2015-yil 13-iyunda 14/5-son bilan

tasdiqlangan ―Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy

yoʻqotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi

toʻgʻrisida‖gi nizomga muvofiq olib boriladi

7 diagramma Tasniflangan kreditlar boʻyicha zahira stavkalari.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 59

Manba Markaziy bank ma’lumotlari asosida mualif tomonidan tuzildi.

Mamlakatimizda bank aktivlari quyidagi tartibda va toifalar boʻyicha tasniflanadi:

Tijorat banklarini aktivlarini sifatiga koʻra

standart,

substandart,

qoniqarsiz,

shubhali

umidsiz toifalarga tasniflanadi.

1.Standart aktivlar. Bunda qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u

yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud

majburiyatlarni, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga,

shuningdek amalga oshirilishi mumkin boʻlgan strategik rejaga, bozordagi raqobatdoshlik

qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va oʻz mahsuloti boʻyicha marketing

rejasiga ega boʻladi. Taʻminot yaxshi taʻminlangan kredit mezonlariga mos keladi.

Taʻminot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan boʻlishi (agar qonun hujjatlarida notarial

tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini roʻyxatdan

oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi, shu jumladan, tijorat bankini garov

5, 5%

10, 11%

25, 28%

50, 56%

50, 56%

Zahira ajratmalari stavkasi

Standart kreditlar

Substandart kreditlar

Qoniqarsiz kreditlar

Shubhali kreditlar

Umidsiz kreditlar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 60

mol-mulkiga doir huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi

lozimO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy ankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF-5296-son Farmoni.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.

B.O.Tursunov, Sh.T.Ergasheva, (2021) Biznes qiymatini baholash. O‘quv

qo‘llanma.

2.

Sattarov O., “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash

metodologiyasini takomillashtirish”, Toshkent 2018.

3.

Ibroximov I. Sh. , Adhamov U, (2025) “Tijorat banklariningkredit portfelini

diversifikatsiyalash va ularni takomillashtirish yo’llari “

4.

Abdullayeva Sh.Z. (2017) Kredit va kreditlash. Monografiya. Т.: Iqtisod-Moliya,

5.

Omonov A.A., Qoraliyev (2019) T.M. Pul va banklar. Darslik. -T.:“IQTISOD-

MOLIYA” 461 b.

6.

Abdullayeva Sh.Z. (2017) Bank ishi: Darslik.-Т.: Iqtisod moliya,

7.

Abdullayeva Sh.Z. Kredit va kreditlash. (2017) Monografiya. Т.: Iqtisod-Moliya,

8.

Abdullayeva Sh.Z. (2018) Pulva banklar. O‘quv qo‘llanma. -Т.:“Iqtisod-Moliya”,

-756 b.6.https://www.ipotekabank.uz/uz/about/reports/.

9.

Yodgorov M. Qurbonov R (2019) Bank auditi darslik.

10.

https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/1649288

(2024)

11.

O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi

(2024)

— Daryo

Yangiliklari

12.

Muammoli kredit (NPL)

(2024)

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари