Mualliflar

  • Ochilov Muhriddin Toshpulat o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89127

Kalit so‘zlar:

kambag'allik xizmatlar tashkiliy-iqtisodiy mexanizm konsepsiya. aholi bandligini ta’minlash oilaviy tadbirkorlik ishsizlik bank aholi.

Annotasiya

Ushbu maqolada bank kreditlarini berish orqali aholi bandligini ta’minlash yo‘llari orqali kambag‘allikni qisqartirish, barcha viloyatlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilish maqsad qilib olingan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 310

BANK KREDITLARINI BERISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH

VA KAMBAG’ALLIKDAN CHIQARISH YO’LLARI

Ochilov Muhriddin Toshpulat o’g’li

Bank moliya akaedemiyasi magistranti

och_bfa@mail.ru

Anatatsiya

Ushbu maqolada bank kreditlarini berish orqali aholi bandligini

ta’minlash yo‘llari orqali

kambag‘allikni qisqartirish, barcha viloyatlarda kambag‘allikni

qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilish maqsad qilib olingan.

Kalit so'zlar:

kambag'allik, xizmatlar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, konsepsiya.

aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik, ishsizlik, bank, aholi.

Аннотация

Целью данной статьи является снижение уровня бедности путем

обеспечения занятости населения посредством предоставления банковских

кредитов, а также организация практической работы по снижению уровня бедности

во всех регионах.

Ключевые слова:

бедность, услуги, организационно-экономический

механизм, концепция. занятость, семейное предпринимательство, безработица,

банковское дело, население.

Abstract

This article aims to reduce poverty by providing employment to the

population through the provision of bank loans, and to organize practical work on reducing

poverty in all regions.

Keywords

: poverty, services, organizational and economic mechanism, concept.

ensuring employment of the population, family entrepreneurship, unemployment, bank,

population.

Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va

rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish va ipoteka kreditlari berish O'zbekiston

Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻg'risida», «Bank va

banklar faoliyati toʻg'risida», «Ipoteka toʻgʻrisida»gi qonunlari, «Uy-joy qurilishi va uy-

joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida>» va «Yosh oilalarni moddiy

va ma'naviy qo'llabquvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlari toʻg'risida»gi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 311

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda banklar faoliyatiga oid boshqa

me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ipoteka krediti aholiga va yosh oilalarga

kreditlanayotgan koʻchmas mulk obyektini garovga olish orqali uy-joy qurish, uni

rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit, Ipoteka

kreditlari jismoniy shaxslarga ularning yashash (roʻyxatdan oʻtgan) joyidagi bank filiali

tomonidan shartnoma asosida va qaytarishlik, toʻlovlilik, ta'minlanganlik, maqsadli

foydalanish va muddatlilik shartlarida beriladi. Aholiga va yosh oilalarga ipoteka

kreditlari: uy qurish, uyni rekonstruktsiya qilish, birlamchi va ikkilamchi uy-joy

bozorlaridagi uyni yoki koʻp xonadonli uydagi kvartirani sotib olish uchun beriladi. Bunda

kreditlanayotgan koʻchmas mulk obyekti - uy-joy O'zbekiston Respublikasi hududida

joylashgan boʻlishi lozim. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlarini berishning

manbalari bankning kredit liniyalari, shu jumladan, imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va

xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari,

oʻz mablag'lari va jalb qilingan boshqa mablag'lar hisoblanadi. Ipoteka krediti berishda

tijorat banki qarz oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi, ipoteka kreditini

oluvchi 18 yoshga to'lgan boʻlishi, yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari bo'yicha

ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi va uning erining (xotinining) yoshi 30 yoshdan

oshmagan boʻlishi, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi,

ish beruvchi bilan oʻzaro munosabatlar hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi, oxirgi 12

oy mobaynida doimiy ish joyidan, yuridik shaxsni tashkil etmasdan, tadbirkorlik

faoliyatidan yoki xususiy amaliyot bilan shug'ullanishdan doimiy daromadga yoxud qonun

hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa daromadlar manbayiga ega boʻlishi, dastlabki badal

uchun sotib olinadigan turar joy/quriladigan turar joy/turar joyni rekonstruktsiya qilish

qiymatining kamida 25% miqdoridagi mablag mavjud boʻlishi, kredit tashkilotlaridan

kreditlar bo'yicha toʻlov muddati oʻtgan qarzi boʻlmasligi, kreditni qaytarish boʻyicha

oylik toʻlov summasi qarz oluvchining/sherik qarz oluvchilarning soliqlar toʻlanganidan

keyingi jami daromadining 50 foizidan ortiq boʻImasligi yoki qarz oluvchining oilasi jami

daromadining 60 foizidan ortiq boʻlmasligi boʻyicha talablar qo'yadi. Ipoteka krediti

berishda bankning ipoteka bilan ta'minlanganlik majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati

bilan tasdiqlanadi. Garov xati "Ipoteka toʻg'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 312

talablari asosida qarz oluvchi tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro'yxatidan

oʻtkazilgandan keyin qarz oluvchi hamda bank ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka beriladi. Ipoteka kreditining boshqa kredit

shakllaridan farqli tomoni shundaki, qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun dastlabki

badal mablagʻiga ega boʻlishi kerak. Ushbu mablagʻlar qarz oluvchining nomiga bankda

ochilgan jamg'arma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi

yoki qurilayotgan uy smeta qiymatining yoki rekonstruktsiya qilish qiymatining 25

foizidan kam boʻlmagan miqdorda bajarilgan qurilish-montaj ishlari yoki qarz oluvchining

o'z mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo'lishi mumkin. Qarz

oluvchi tomonidan boshlang'ich badalga kiritilgan pul mablag'lari miqdoridan kelib chiqib,

kreditdan foydalanganlik uchun to'lovlar miqdori quyidagicha belgilanadi.

3 jadval

Ipoteka krediti boʻyicha boshlang'ich badal va foiz stavkalari

Uy-joy

qiymatidan

boshlangʻich badal

Yillik % - kredit

muddati 10 yil

Yillik % - kredit

muddati 5 yil

25%

19%

18%

30%

18%

17%

40%

17%

16%

50% va undan

yuqori

16%

15%

Qarz oluvchi tomonidan boshlang'ich badal to'lanishiga qarab kreditning foiz

stavkasi ham oʻzgaradi. Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan koʻrinib turibdiki, agar mijoz

uy-joy qiymatidan boshlangʻich badalni qancha koʻp toʻlasa, kreditning foiz stavkasi

shuncha past boʻladi. Masalan, mijoz uy-joy qiymatidan 50 foizini va undan ortiq qismini

toʻlaydigan boʻlsa, ipoteka kreditining muddati 10 yil boʻlgan kreditning yillik foiz

stavkasi 19 foizdan 16 foizgacha, kreditning muddati 5 yil boʻlganda 18 foizdan 15

foizgacha kamayganini koʻrishimiz mumkin.

Mamkakatimizda yoshlarning har tomonlama kamol topishiga katta e'tibor


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 313

berilayotgani tijorat banklari faoliyatida ham namoyon boʻlmoqda. Bugungi kunda

yoshlarning iqtisodiy tashabbuslari va tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun

mikrokreditlar ajratish, ularning turmush faravonligini oshirish, uy-joy qurilishi, iste'mol

ehtiyojlari qondirish uchun ipoteka va iste'mol kreditlari ajratish masalalariga katta e'tibor

qaratilmoqda. Yosh oilalar uchun ipoteka krediti - yosh oilalar (har biri 30 yoshdan

oshmagan, birinchi marta rasmiy nikohdan oʻtgan yoshlar kiradi)ga sotib olinayotgan

ko'chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruktsiya qilish va sotib olish

uchun beriladi. Yosh oilalarga ipoteka kreditlari qaytarishlik, to'lovlilik, ta'minlanganlik,

maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari asosida 15 yildan kam boʻlmagan muddatga

beriladi. Yosh oilalarga ipoteka kreditlarini quyidagi maqsadlarga yo'naltirishi mumkin:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha

asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka

tartibda uy-joy qurishga va rekonstruktsiya qilishga; - yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp

xonadonli uydagi xonadonni sotib olishga. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga

ipoteka kreditlar bankning oʻz mablag'lari va jalb qilingan resurslari hisobidan Oʻzbekiston

Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻImagan

foizlarda beriladi. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti

kredit resurslari manbasidan qat'i nazar quyidagi miqdorlarda beriladi: yakka tartibdagi uy-

joyni qurilishi va sotib olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish

haqining 3000 baravarigacha; yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruktsiya qilish,

shuningdek, ko'd xonadonli uydagi kvartirani sotib olish uchun qonun hujjatlarida

belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha berilishi mumkin. Tijorat

banklarining o'z mablag'lari hisobidan ham yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida

ipoteka kreditlarini berishi mumkin. Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari imtiyozli

davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq

bo'lmagan miqdorda belgilanadi.

2 jadval

Yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish me'yorlari

Uy-joy

qiymatidan kelib

Bankning yillik

foiz stavkasi -%

Ipoteka kreditining

muddati - yillarda


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 314

chiqib toʻlangan

boshlang'ich badal -%

Eng kam miqdori

25%

9%

15 yilgacha

Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari boʻyicha uch yillik (36 oy) imtiyozli

davr belgilanadi. Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi bankka standart hujjatlar

paketini, kreditlash maqsadiga bog'liq ravishda kreditlanayotgan ko'chmas mulk obyekti

boʻyicha hujjatlar, nikoh va bolalari toʻgʻrisida guvohnomalar va boshqa zarur hujjatlarni

taqdim etishi lozim. Bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin. Yosh

oila a'zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo'lgan yuridik shaxslar yosh oila tomonidan

olinadigan uy-joy qurish, rekonstruktsiya qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun

dastlabki badalni bankka oʻtkazib berishi mumkin. Bunda, badal summasi yosh oila a'zosi

(eri yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan boʻlsa, uning

nomiga bankda ochilgan jamg'arma omonat hisob varagʻiga ish beruvchi tomonidan

o'tkaziladi.

Yosh oilalarning iqtisodiy tashabbuslari va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-

quvvatlash maqsadida ularga mikrokreditlar beriladi. Tijorat banklari tomonidan yosh

oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi O'zbekiston

Respublikasining “Mikromoliyalash to’g’risida” gi qonuni va banklarning ichki kredit

siyosatlari bilan tartibga solinadi. Mikrokredit - yosh oilalarga eng kam oylik ish haqining

1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun

beriladigan pul mablag'laridir. Yosh oilalarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga

beriladi:

oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;

mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xoʻjaliklari,

shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari dastlabki

(boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun; yakka tartibdagi tadbirkorlik,

mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarini

kengaytirish va rivojlantirish uchun.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 315

yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar,

fermer va dehqon xoʻjaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Tijorat banklarining oʻz mablag'lari hisobidan oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish

uchun yosh oilalarga foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash

stavkasidan ortiq bo'lmagan miqdorda mikrokreditlar berishi mumkin. Tijorat banklarining

Imtiyozli kredit berish maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan yosh oilalarga

mikrokreditlarning berilishi mumkin. Bunda bankning Imtiyozli kredit berish maxsus

jamg'armasi hisobidan berilgan mikrokreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz

stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida

oʻrnatiladi. Davlat maqsadli jamg'armalari kredit liniyalari hisobidan yosh oilalarga

imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha mikrokreditlar berilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasining “Istemol kredit to’g’risida”gi qonuniga asosan tijorat

banklari tomonidan yosh oilalarga moliyaviy iste'mol kreditlari berilishi mumkin. Yosh

oilalarga beriladigan moliyaviy iste'mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz

stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortq boʻlmagan

miqdorda belgilanadi. Tijorat banklari amaliyotida iste'mol krediti boʻyicha oʻrnatiladigan

foiz stavkalar qarz oluvchi tomonidan tovar va xizmatlar qiymati boʻyicha to'langan

dastlabki badal miqdoriga va kreditning muddatiga bogʻliq boʻladi.

5 jadval

Yosh oilalarga iste'mol kreditlari berish me'yorlari

Kreditga sotib

olinadigan tovar va

ko'rsatiladigan xizmatlar

miqdori bo'yicha

shakllantirilgan badal

miqdori

Iste'mol

kreditining muddati

Iste'mol

kreditining %

stavkasi

20%

3 oydan 3 yilgacha

9%

Imtiyozli davr o'rnatilgan holda berilgan kreditlar asosiy qarzni toʻlash boʻyicha

imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davr kredit bo'yicha foizlar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 316

hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar yosh oilaga kredit boʻyicha

qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.

Mazkur kreditlarning maqsadli ishlatilishi ustidan tijorat banklari doimiy monitoring

oʻrnatadi. Bank tomonidan kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz

oluvchiga nisbatan qo'llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilanadi.

Asosiy qarz va u bo'yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan

muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, bank qarz oluvchining majburiyatlarining

bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditni qaytarishni

ta'minlash choralarini koʻrishni talab qiladi. Agar kreditni o'z vaqtida undirish bo'yicha

ko'rilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan oʻz vaqtida

va toʻliq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, berilgan kreditni va u bo'yicha hisoblangan

foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan

boʻlishi kerak.

Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz

shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvałda koʻrish mumkin.

1 jadval

Kredit shartnomasi va qarz shartnomasining farqli jihatlari

Kredit shartnomasi

(Fuqarolik kodeksining 744-748-

moddalari)

Qarz shartnomasi (Fuqarolik

kodeksining 732-743-moddalari)

Asosan banklar, boshqa kredit

tashkilotlari kredit berishi mumk in

Barcha jismoniy va yuridik shaxslar

boshqa shaxslarga qarz berishi mumkin

Bankdan kredit sifatida faqat

pul mablag'lari beriladi

Qarz sifatida esa pul mablag'lari va

boshqa ashyolar berilishi mumkin

Doimo yozma shaklda tuzilishi

kerak

Ba'zi hollarda qarz shartnomasi og'zaki

shaklda ham tuzilishi mumkin


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 317

Kredit shartnomasi konsensual

shartnomadir

Qarz shartnomasi real shartnomadir,

ya'ni u pul yoki ashyolar qarz oluvchiga

topshirilishi bilan tuzilgan hisoblanadi

Kreditor

tomonidan

qarz

oluvchiga,

hatto

shartnoma

tuzilgandan keyin ham kredit summasi

butunlay yoki qisman berilmasligi

mumkin

Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz

summasini berishdan bosh tortishga haqli

emas, chunki qarz summasi berilmagan

taqdirda, qarz shartnomasi tuzilmagan boʻlib

qoladi

Tijorat banki oʻzi xizmat ko'rsatayotgan mijozlar faoliyati toʻg'risida doimiy

axborotga ega boʻlishi, uning kredit qobiliyatini, toʻlov intizomi ahvolini tahlil qilib

borishi, ya'ni «ma'lumotlar banki»ni barpo etishi lozim. Kreditlash jarayonida kredit

shartnomasi shartlarini bajarishga qarz oluvchi olingan kreditdan samarali foydalanishiga,

uni o'z vaqtida va toʻliq qaytarishiga, kreditdan foydalaniladigan butun davr mobaynida

qarz oluvchi bilan yaqin aloqa saqlab turishga qaratilishi lozim. Shu maqsadda mijozning

xoʻjalik moliyaviy holati, uning tuzilgan shartnomalarga nomuvofiq mahsulot yetkazib

berishi borasidagi oʻz majburiyatlarini, ishlab chiqarish hajmlarini qanday bajarayotgani,

yo'l qoʻyayotgan behuda xarajatlar va yoʻqotishlar, muomala chiqimlari, olayotgan

foydasi, oʻz aylanma mablag'lari koʻpayishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari

hamda aylanma mablag'lari aylanishining ahvoli tahlil qilib turiladi. Bank har chorakda

mijozning kredit qobiliyatini hisoblab chiqib, qarz oluvchi boʻyicha tutilgan maxsus

yig'ma jildda bu ma'lumotlarni to'plab boradi. Joyning oʻzida buxgalteriya hisobi va

hisobot ishlarining ahvoli, balans ma'lumotlarining to'g'riligi va debitorlik-kreditorlik

qarzlarining holati, shuningdek, bankka berilgan garov holati tekshirib turiladi. Qarz.

oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashgan, u bank nazoratidan bo'yin tovlagan, hisobot

ma'lumotlari notoʻg'ri olib borilgan, buxgalteriya hisobi o'z holiga tashlab qoʻyilgan hollar

aniqlanganda «Banklar va bank faoliyati toʻg'risida»gi qonunga muvofiq bank bundan

buyon kredit berishni to'xtatishga hamda ilgari berilgan kreditlani ta'minot sifatida qabul

qilingan va kredit shartnomasi shartlarida koʻzda tutilgan majburiyatlar orqali, qarz

oluvchining oʻz mablagʻ'lari hisobidan, muddatidan oldin undirib olishga haqli. Garov


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 318

toʻg'risidagi shartnoma boʻyicha, bank garovga qo'yilgan mulkni mustaqil ravishda sotishi

mumkin. Garov predmeti auksion orqali sotiladi. Ayni paytda qarz oluvchi bankka garovga

qoʻyilgan mulk oldindan ma'lum past narxlarda sotilishi uchun javobgarlik toʻg'risida talab

qoʻyishga haqli. Agar auksion bo'lib o'tmagani e'lon qilinsa, bank garovga qoʻyilgan

mulkni dastlabki narxda o'z ixtiyorida qoldirishga haqli. Bunda bank qonunga muvofiq

uning talablari oldida ustunlikka ega boʻladigan da'volarni qoldirishga majbur. Bunday

hollarda bank majburiyati shu mulkning auksion uchun dastlab belgilangan narxi

summasidan oshmasligi zarur. Garov predmetini sotishdan oldin summa kreditini qoplash

uchun yetarli boʻlmagan hollarda, bank, agar shartnomada boshqa shart koʻzda tutilmagan

boʻlsa, etishmayotgan summani qarzdorning boshqa mulki hisobidan qonunda ko'zda

tutilgan navbatdagi tartibda olish huquqiga ega. Garov predmetini sotishdan tushgan

summa qaytarilmagan kredit hajmidan ortiq boʻlsa, bank o'rtadagi bu tafovutni bir oy

ichida qarz oluvchiga toʻlashi shart. Agar qarz oluvchi toʻlov muddati kelgandan so'ng 90

kun ichida kredit shartnomasiga muvofiq qarzni toʻlash bo'yicha majburiyatlarni

bajarmasa, bank «Bankrotlik toʻg'risida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga

muvofiq toʻlovga layoqatsizlik toʻg'risida ish qoʻzgʻash uchun xoʻjalik sudiga murojaat

qilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki

toʻg'risida», «Bank va banklar faoliyati toʻg'risida», «Ipoteka toʻgʻrisida»gi qonunlari,

«Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida>» va

«Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llabquvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlari

toʻg'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari.

2. O'zbekiston Respublikasining “Istemol kredit to’g’risida”gi qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to’g’risida” gi qonuni.

4. Yodgorov M. Qurbonov R (2019) Bank auditi darslik.

5. Abdullayeva Sh.Z. (2017) Bank ishi: Darslik.-Т.: Iqtisod moliya,

6.

Abdullayeva Sh.Z. Kredit va kreditlash. (2017) Monografiya. Т.: Iqtisod-

Moliya,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 319

7.

Abdullayeva Sh.Z. (2018) Pulva banklar. O‘quv qo‘llanma. -Т.:“Iqtisod-

Moliya”, -756 b.6.https://www.ipotekabank.uz/uz/about/reports/.

8.

Ochilov Muhriddin Toshpulat o’g’li Bank kreditlarini berish orqali aholi

bandligini ta’minlash yo‘llari (“hamkorbank” atb misolidа) magistr akademik darajasini

olish uchun yozilgan dissertatsiya 2025 yil 29-36 bet.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари