Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 300
BANK KREDITLARINI BERISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH
YO‘LLARI
Ochilov Muhriddin Toshpulat o’g’li
Bank moliya akaedemiyasi magistranti
och_bfa@mail.ru
Anatatsiya
Ushbu maqolada bank kreditlarini berish orqali aholi bandligini
ta’minlash yo‘llari orqali
kambag‘allikni qisqartirish, barcha viloyatlarda kambag‘allikni
qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilish maqsad qilib olingan.
Kalit so'zlar
: kambag'allik, xizmatlar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, konsepsiya.
aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik, ishsizlik, bank, aholi.
Аннотация
Целью данной статьи является снижение уровня бедности путем
обеспечения занятости населения посредством предоставления банковских
кредитов, а также организация практической работы по снижению уровня бедности
во всех регионах.
Ключевые слова:
бедность, услуги, организационно-экономический
механизм, концепция. занятость, семейное предпринимательство, безработица,
банковское дело, население.
Abstract
This article aims to reduce poverty by providing employment to the
population through the provision of bank loans, and to organize practical work on reducing
poverty in all regions.
Keywords: poverty
, services, organizational and economic mechanism, concept.
ensuring employment of the population, family entrepreneurship, unemployment, bank,
population.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoniga
muvofiq. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi.
Uning asosiy elementlari boʻlgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma'lum tamoyillar
asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit munosabatlari rivojlanishining birinchi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 301
bosqichida koʻzga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit
qonunchiligida yaqqol o'z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit qaytib berishlik,
kreditning muddatliligi, kreditning ta'minlanganligi, maqsadliligi va toʻlovliligi kabi bir
necha tamoyillarga ega. Biz koʻrib oʻtmoqchi boʻlgan tamoyil kreditning
ta'minlanganligidir. Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolik kodeksi", "Ipoteka
toʻg'risida"gi va "Garov toʻgʻrisida"gi qonunlari kredit ta'minlanganligining huquqiy
asoslari hisoblanadi. Bu tamoyil yordamida kreditning iqtisodiyotni rivojlanishida qiymat
va moddiy ishlab chiqarish oʻrtasidagi bog'liqlik ta'minlanadi. Bu tamoyilning asosiy
mohiyati shundaki, bunda xoʻjalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag'larining har
bir soʻmiga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama-qarshi turishi kerak. Banklar
tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar to'liq tovar-moddiy
boyliklari bilan yoki ma'lum xarajatlar, xizmatlar bilan ta'minlangan boʻlishi kerak.
Tarmoqlarga ta'minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib
kelmasligiga asos boʻladi. Bu o'z navbatida bankning likvidligiga va pul muomalasiga
salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar
tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy-boyliklari va xarajatlar, xizmatlar bilan
ta'minlangan boʻlishiga alohida e'tibor berilmoqda. Aholining farovonlik darajasini
ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi",
"turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar
qo‘llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi
farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga,
mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini qayd etish lozim.
O‘zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish
darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo‘llaniladi. Bunday tavsif
ko‘proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi
ko‘plab omillar yig‘indisi ta’sirida bo‘lgan o‘zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi
muntazam o‘zgarib turadigan turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi
bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar
bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Aholi
real daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 302
iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani,
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani
hisoblanadi. So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish,
jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya
darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real
daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror sur’atda o‘sib
bormokda.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki subyekti - bank va qarz
oluvchining o'zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg'unlashtirishni nazarda tutadi.
Kreditor sifatida banklarning olib boradigan faoliyati ular uchun me'yoriy boʻlgan hujjat
kredit siyosatida o'z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini mustaqil tuzadilar. Har
bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda o'z kredit
siyosatini shakllantirishi, bankning kreditlash faoliyati va kreditlarni boshqarishning asosi
hisoblanadi.
Bugungi kunda aholining ish bilan bandligini ta'minlash muammosi jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo'lib
iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasida "aholi bandligini oshirish maqsadida aholining real pul daromadlari va xarid
qobiliyatini oshirish, kam ta'minlangan oilalar sonini va daromadlar bo'yicha farqlanish
darajasini yanada kamaytirish, yangi ish o'rinlarini yaratish,mehnat bozori mutanosibligini
va infratuzilmasi rivojlanishini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish" asosiy vazifa
sifatida belgilangan Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar jarayonida aholi bandligini
ta'minlas muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi birinchi navbatda, mazkur
tushunchaning evolyutsion qarashlari va konseptual yondashuvlarini tadqiq qilishni taqozo
qiladi. Mazkur tushunchaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari mazmuni turlituman
shakllar vositasida ifodalanadi
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qanday
vazifalarni qilish kerak bo’ladi. Xususan, 2023-yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 303
chiqarish vazifasi qo‘yildi va tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori
oshiriladi, 2 mln doimiy ish o‘rinlari yaratiladi. Xususan, 2023-yilda 5 mln nafar aholi
bandligini ta’minlash, 2 mln doimiy ish o‘rinlarini yaratish zarurligi qayd etildi.
Andijon viloyati joriy yilda quyidagicha ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan:
investitsiya loyihalari hisobiga 40 mingta;
paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berish hisobiga 75 mingta;
mavsumiy ishlar orqali 200 mingta;
mahallalarda mikromarkazlar tashkil etish, sanoat zonalarida ishlab chiqarishni
kengaytirish va markaziy ko‘chalarni xizmatlarga ixtisoslashtirish, savdo-servis
obyektlarini barpo etish hisobidan 135 mingta;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar hisobidan 20 mingta.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida quyidagi ishlar belgilangan:
kartoshkachilikni yo‘lga qo‘yish orqali 10 ming;
bog‘larning sug‘orish tizimini tiklash hisobiga 2 ming;
Ko‘kdalada tarvuz ekishni yo‘lga qo‘yish orqali 32 ming;
Mirishkorda dala chetlariga tut ektirish hisobiga pillachilikda qo‘shimcha 6 ming
aholini daromadli qilish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni
qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
va yeg’ilishda ko’pgina masalar hal etildi va kamchiliklar etib o’tildi.
Navoiy, Buxoro, Namangan, Qo‘qon, Ohangaron va Chirchiq shaharlari, Zafarobod,
Arnasoy, Vobkent, Shofirkon, Kogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlarining bandlik va
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalari puxta ishlab chiqilmagani, ularda mavjud
barcha imkoniyat va zaxiralar hisobga olinmagan. Shu bilan birga, kambag‘allik
ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yaxshilangan bir paytda, Navoiy, Surxondaryo va
Farg‘onada o‘zgarish sezilmayotgani ta’kidlandi. kambag‘allikni qisqartirishning eng
asosiy mexanizmi — aholini daromadli ish bilan ta’minlash ekanini qayd etdi. Oilaviy
tadbirkorlik dasturiga 12 trln so‘m beriladi 2023- yilda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish
uchun kredit miqdori amaldagi 225 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha, Dehqon
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 304
xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 mln so‘mgacha oshiriladi (amalda 33 mln so‘m).
Avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan
tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi.
Joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trln so‘m beriladi, oilaviy tadbirkorlikka
qo‘shimcha $300 mln ajratiladi .Sharoiti og‘ir mahallalardan 50 ming aholining bandligi
ta’minlanadi, 5 trln so‘mni avvalo eng og‘ir mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga
yo‘naltirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. $135 mln.lik kredit liniyasi bo‘yicha
og‘ir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda
kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qo‘yildi. Bo‘sh qolgan yerlarda eksportbop-
bozorbop mahsulotlar yetishtiriladi. Qayd etilishicha, ikki yil ichida aholiga beriladigan
yerlar 200 ming gektardan oshadi. Shuningdek, har bir tuman agrologistika markazlari va
eksportyorlar bilan shartnomalar tuzilishi ta’minlanadi. Bu yerlardan samarali foydalanib,
kamida $1 mlrd.lik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.“Temir daftar”,
“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” yagona tizimga birlashtiriladi. Yangi tizimga ko‘ra,
tumanlar alohida toifalarga ajratildi. i.Bunda, birinchi bosqichda “temir daftar”, “yoshlar
daftari” va “ayollar daftari” yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilaning yagona raqamli
pasporti ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish
bo‘yicha individual dasturlar tuziladi hamda uchinchi bosqichda oila uchun kasb-hunarga
o‘qitish, tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyati past tumanlar uchun
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi. Tadbirkorlar sonini ko‘paytirish
bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini kerak masalan, o‘tgan yili Buxoroda
— 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda — 2 tadan, Toshkent viloyatida — 1 ta
tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021-yilga nisbatan 30−40%ga kamaygan.
Eng og‘ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot,
Qorako‘l, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, prezident ushbu
hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi. 2023-yilda
yana 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqariladi. Mahalladagi ishsiz aholini daromadli qilish
maqsadida 1 mingta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etish
dasturi boshlangan Joriy yilda G‘ijduvon, Buloqboshi, Zangiota, Farg‘ona tumanlari,
Qo‘qon, Marg‘ilon, Urganch shaharlarida kamida 20 tadan shunday markazlarni tashkil
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 305
qilish topshirildi. 2023-yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish vazifasi
qo‘yildi.
Aholining o‘sib borayotgan to‘lov qobiliyati bilan mamlakatimiz korxonalarida
ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni
ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlarimizni ular bilan ishonchli
tarzda to‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aholining turmush farovonligi
ko‘p jihatdan uning oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng
imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatidan yanada samarali
foydalanish zarur bo‘ladi.
1 diagramma
Kichik tadbirkorlik subyektlarida band bo'lganlar soni
Manba stat.uz ma’lumotlariga asosan mualif tomonidan tuzildi.
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar
yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush sifati
ko‘plab omillar ta’sirida shakllanadi. Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga
qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib
beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz aholisiga tabiiy gaz qo‘shni davlatlarga nisbatan arzon narxlarda yetkazib
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1
2
3
4
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 306
beriladi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat va jamiyatimiz
rivojida alohida o‘rin egallaydi. Bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib
iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, aholini ish
bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib
borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanib, jamiyatimizning ijtimoiy-
siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o‘rta sinfning
shakllanishi va mustaxkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha hozirda
jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barkarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni
taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Kichik biznes
sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash,
yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish
va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-
texnikaviy taraqkiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, solik
tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barkarorlashtirish
kabi omillar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-fevraldagi
6/1-son qaroriga “Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan
mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi”
nizomda.
Mikrokreditlar qaytarishlik,
to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Mikrokreditlar birinchi navbatda, hududlarda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini
yaratish, muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholini tadbirkorlik
faoliyati orqali bandlik bilan ta’minlash uchun imtiyozli shartlar asosida beriladi.
Mikrokreditlar banklar tomonidan qarz oluvchilarga eng kam ish haqining 100 baravari
miqdorigacha yillik 7 foiz stavkada ajratiladi. Banklar o‘z ichki kredit siyosatiga asosan
respublikamizning alohida hududlarida istiqomat qiluvchi qarz oluvchilarga mazkur
Nizomda belgilangan foiz stavkasidan kamaytirilgan foiz stavkalarda mikrokreditlar
ajratishi mumkin deb belgilangan. Hamkorbank ATB (2025) tomonidan olayn kreditlar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 307
berilmoqda. Onliyne kreditlar berish tartibi quyidagi bosqichlardan iborat 1 rasmda
keltrilgan.
1 rasm
Imtiyozli kreditlar bosqichlari
Imtiyozli kredit ajratiladigan sohalar quyidagilardir:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati
bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda
tadbirkorlik subyektlariga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha
muddatga;
chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum
yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq
xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr
bilan 7 yilgacha muddatga;
Xoʻjalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomchoʻt ma'lumotlardan kelib
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 308
chiqqan holda kredit olish uchun iltimosnomani tuzadi. Kredit olish uchun arizada kredit
olish zaruriyati, uning samaradorligi, qaytarilishi, toʻlovligi va ta'minlanishi, shuningdek,
o'z kapitali tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qilinadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Pul oqimi tahlili koʻrsatilgan biznes-reja.
2. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari
va toʻlov muddati 60 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari talqini.
3. Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot.
4. Aylanma mablagʻlarning aylanishi hisob-kitobi.
5. Boshqa kreditlar, qarz mablag'lari mavjudligi va boshqa banklarda saqlanadigan
bo'sh mablag'larning mavjudligi toʻg'risidagi ma'lumotnoma.
6. Kapitali bilan ishtirok etganligi toʻg'risidagi ma'lumotnoma.
Kredit xodimi yoki kredit paketini oʻrganuvchi shaxs yuqorida qayd etilgan
hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda quyidagilarni aniqlaydi: - subyektlarning kreditga
va toʻlovga qobiliyati, uning reyting bahosini, shuningdek, kredit maqsadlarining ustav
faoliyatiga muvofiqligi, kreditning turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik,
qoplash, muxtoriyat, qarz mablagʻlarini jalb qilish, foyda va aylanma mablag'lari aylanishi
koeffitsiyentilarini o'rganib chiqishi lozim. Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit
bitimlarining turli sohalariga, balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil oʻrganib chiqqach, bank xodimi kredit bitimini tuzish
uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko'rsatiladi:
- kreditning maqsadi, muddati va miqdori;
- kredit qaytarilishining ta'minlanishi;
- foiz miqdori v.b.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 309
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoniga
3. . O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-
“Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan
mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi”
nizomda
4. Kun.uz
4.Daryo.uz
5. Hamkorbank uz .
6. Yodgorov M. Qurbonov R (2019) Bank auditi darslik.
7. Ochilov Muhriddin Toshpulat o’g’li Bank kreditlarini berish orqali aholi
bandligini ta’minlash yo‘llari (“hamkorbank” atb misolidа) magistr akademik darajasini
olish uchun yozilgan dissertatsiya 2025 yil 29-36 bet.
8..
https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/1649288
O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi