Mualliflar

  • Abdullayev Doston Zubaydullo o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89143

Kalit so‘zlar:

Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy texnologiyalar risklarni boshqarish mutaxassislarni tayyorlash xalqaro hamkorlik huquqiy asoslar.

Annotasiya

Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini tahlil etiladi. Qimmatli qog‘ozlar davlatning to‘lov oborotida katta rol o‘ynaydi, chunki ko‘pincha ular orqali iqtisodiyotning ustuvor sohalariga investitsiyalarni ta’minlovchi investitsion jarayonlar amalga oshiriladi. Shu bois, tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokida investitsiya faoliyatining ko‘lami va samaradorligi hamon pastligicha qolmoqda. Shiningdek, ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarini tahlili, shuningdek banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarini rivojlantirishdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va takliflari keltirilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 268

TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI

FAOLIYATI

Abdullayev Doston Zubaydullo o’g’li

Bank moliya akademiyasi magistranti

d_abfa@mail.ru

Anotatsiya

: Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi

faoliyatini tahlil etiladi. Qimmatli qog‘ozlar davlatning to‘lov oborotida katta rol o‘ynaydi,

chunki ko‘pincha ular orqali iqtisodiyotning ustuvor sohalariga investitsiyalarni

ta’minlovchi investitsion jarayonlar amalga oshiriladi. Shu bois, tijorat banklarning

qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokida investitsiya faoliyatining ko‘lami va

samaradorligi hamon pastligicha qolmoqda. Shiningdek, ushbu maqolada tijorat

banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarini

tahlili, shuningdek banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion

operatsiyalarini rivojlantirishdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif

yondashuvlari va takliflari keltirilgan.

Abstract:

This article analyzes ways to improve the performance of commercial

banks in the securities market. The main factors affecting the efficiency of banks in

developing countries, including Uzbekistan, are considered. Issues such as the use of

financial technologies, risk management strategies, training of specialists, international

cooperation and legal frameworks are analyzed. The results of the study show how Uzbek

banks can improve their performance, which will help increase the financial stability and

market competitiveness of banks.

Kalit so‘zlar

: Tijorat banklari, qimmatli qog‘ozlar bozori, moliyaviy

texnologiyalar, risklarni boshqarish, mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlik,

huquqiy asoslar.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 269

Keywords:

Commercial banks, securities market, financial technologies, risk

management, training of specialists, international cooperation, legal frameworks.

Kirish:

Hozirgi jahon iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy

barqarorlikni ta’minlash, investisiyalarni rag‘batlantirish va kapitalning samarali

taqsimlanishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu bozorning rivojlanishi

iqtisodiy o‘sish va innovasiyalarga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lsa-da, uning rivojlanishiga

ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil omillar mavjud. Shuningdek, bugungi kunda

banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiradigan barcha operatsiyasidan bosh

maqsad – bu foyda olishdir. Shuning uchun barcha banklar qimmatli qog‘ozlarga

investitsiya qilishdan oldin foyda olishni chuqur tahlil qiladilar. Shunday qilib,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 may kuni qabul qilingan “2020–2025

yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi

to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmonida, “qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning

operatsiyalarini faollashtirish, tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni

chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun ma’muriy to‘siqlarni

kamaytirish, bir vaqtning o‘zida nazoratni kuchaytirish, banklarning qimmatli qog‘ozlarini

xalqaro kapital bozoriga chiqarish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish” lozimligi ko‘rsatib

o‘tildi [1]. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar investitsiya

portfelini shakllantirish va uni boshqarishda passiv strategiyaning ikki usulidan xam

foydalanadilar. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi vaqtda Respublikamizdagi tijorat

banklari tomonidan asoan qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish faoliyati

olib borilmoqda. Tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan agressiv siyosati asosida

qimmatli qog‘ozlarning fond bozorida kursi va foiz stavkasini tebranishidan imkoni

boricha ko‘p daromad olish yotadi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki bunday agressiv

siyosatni faqatgina katta miqdordagi investitsiya portfeliga ega bo‘lgan moliyaviy barqaror

yirik banklar olib borishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bilan agressiv siyosat oqilona va

muvaffaqiyatli olib borish uchun esa bank tegishli analitik imkoniyatga ega bo‘lishi lozim.

Bunda fond bozorini hozirgi va kelajakdagi holatiga holisona baxo berish, baxolar

o‘zgarishini to‘g‘ri taxmin qilish shart. Biroq, mamlakatimizda banklarning qimmatli


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 270

qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini iqtisodiy islohotlarni olib borishdagi ahamiyatini oshirish

amaliyotini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi

Horijiy davlatlarning me’yoriy hujjatlarida qimmatli qog‘ozlar «hujjat egasining

bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini

tasdiqlovchi pul hujjati sifatida» ancha qisqa ta’riflanadi. Huquqiy nuqtayi nazardan,

an’anaviy tarzda qimmatli qog‘ozlar ancha keng ma’noda ko‘rib chiqiladi – ya’ni bular

«mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda

tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga

oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi». Bu ma’noda qimmatli

qog‘ozlarga «quyidagilar kiradi: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma

sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi,

qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa

hujjatlar». Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan «Qimmatli qog‘ozlar va fond

birjalari to‘g‘risida»gi qonun hamda «Fuqarolik kodeksi»dagi qimmatli qog‘ozlarning

ta’rifi bir-biridan jiddiy tarzda farq qiladi. Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng

ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari, yana

shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada, lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga

ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular ko‘pgina

hozirgi ta’riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha asosiy belgilarini o‘zida

mujassamlantiradi. Gap, albatta, pul haqida borayapti.[Shoxa’zamiy 2012 5]

1 rasmda ko’rishimiz mumkinki, [Birjaviy tahlil,2024 5]bitimlar hajmi bo‘yicha tarmoqlar

ichida bank va boshqa sohalar qimmatli qog‘ozlari yetakchi bo‘lgan. Bank sohasi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 271

emitentlarining qimmatli qog‘ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,84 trln. so‘mni tashkil

etgan, bu umumiy birja aylanmasining 96,32%ni tashkil etgan. Boshqa iqtisodiy sohaga

taalluqli kompaniyalar qimmatli qog‘ozlari bilan – 52,63 mlrd. so‘m hamda sug‘urta

tarmog‘iga kiruvchi tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari bilan – 12,99 mlrd. so‘mlik

bitimlar qayd etilgan.

1 rasm “Toshkent” RFBda aksiya bitimlar hajmi bo‘yicha Top o‘ntalik, mlrd

so‘m [2024]

2024-yil sentabr oyida iqtisodiy sohalar bo`yicha bitimlar hajmi, mlrd so'm bo'yicha

tarmoqlar ichida bank va boshqa sohalar qimmatli qog'ozlari yetakchi bo'ldi. Bank sohasi

emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,84 trln. so'mni tashkil

etdi, bu umumiy birja aylanmasining 96,32%ni tashkil etdi. Boshqa iqtisodiy sohaga

taalluqli kompaniyalar qimmatli qog'ozlari bilan – 52,63 mlrd. so'm hamda sug’urta

tarmog’iga kiruvchi tashkilotlarning qimmatli qog'ozlari bilan – 12,99 mlrd. so'mlik

bitimlar qayd etildi, Eng ko'p bitimlar soni bank sektori emitentlarining qimmatli

qog'ozlari bilan tuzilgan bo'lib, 21 089 ta bitimni tashkil etdi. Boshqa sohalar qimmatli

qog'ozlari bilan 2 617 dona, “Sanoat” sohasiga aloqador emitentlarining qimmatli

qog'ozlari bilan esa 1 230 ta bitim tuzildi. Iqtisodiy tarmoqlar bo’yicha eng kam bitimlar

soni “Transport” sohasida – 61 dona, va “Lizing” tarmog’ida – 13 donaga teng bo'lgan

emitentlarning qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlarga to'g'ri keldi.

Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini tashkil etish modelini

bo’lgan omillar xususida to’xtalish maqsadga muvofiqligini inobatga olib, ularning

asosiylari haqida qisqacha mulohaza yuritishga harakat qilamiz: [Niyozmetova, 2024. 4]

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi

faoliyatini tizimli modeli moliya bozorlarining rivoji va holati bilan bevosita bog’liq holda

rivojlanishga kuchli ehtiyojning mavjudligi. Tahlillar va tadqiqotlar natijasida tijorat

banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qisqa

(o’rta) va uzoq (strategik) muddatga mo’ljallangan siyosatning mavjud emasligi, banklar

ushbu faoliyatini stixiyali ravishda tashkil etishi ma’lum bo’ldi. Ta’kidlash joizki tijorat


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 272

banklari qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalari orqali barqaror va arzon manbalar

hisobidan ta’minlashning ma’lum muddatga mo’ljallangan siyosatini ishlab chiqishda

tegishli manbalar zarur bo’ladi, ya’ni banklar mazkur sohadagi asosiy maqsadi nimaga

qaratilganligi, mamlakat moliya va pul resurslari bozoridagi ahvolining holati haqidagi va

boshqa manbalarning mavjud emasligi shular jumlasidandir.

Bunday manbalarning mavjud emasligi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar

bozoridagi operatsiyalarini amalga oshirish orqali banklarning uzoq muddatli moliyaviy

resurslarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash, bankning likvidlilik bilan bog’liq muammosini

zudlik bilan hal etish imkoniyatlariga ega bo’lishi, shuningdek tegishli daromad ishlab

topish kabi iqtisodiy manfaatdorligini mustahkamlashga e’tibor qaratilmagan. Mazkur

tizimli modelning amaliyotga joriy etilishi ushbu yo’nalishdagi dastlabki ziddiyatli

holatlarni hal etishga xizmat qiladi.

2. Mahalliy va xorijiy investorlar, omonatchilar hamda mijozlarni bank faoliyatining

umumiy strategik rivojlantirish yo’nalishi bo’yicha ishonchini shakllantirish zarurligi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning tajribalari hamda

tadqiqot ishi jarayonida shakllantirilgan natijalar bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali

faoliyat asosini iqtisodiy hamkorlar o’zaro ishonchi tashkil qilishiga amin bo’ldik. Shu

jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, respublikamiz tijorat banklari qimmatli qog’ozlar

bozoridagi operatsiyalarini amalga oshirishda mahalliy va xorijiy investorlar, omonatchilar

hamda bank mijozlarining faol ishtirokini ta’minlash uchun eng avvalo ularning to’liq

ishonchini shakllantirish zarur.

“Kapitalbank” ATB O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridagi eng yetakchi

banklardan biri. Moliya bozorining turli segmentlari orasida qimmatli qog‘ozlar bozori

Bank uchun ustuvor hisoblanadi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirgan holda,

Bank mijozlarning ehtiyojlarini qondirish yo‘lidan borib, mamlakat fond bozori rivojiga

o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mazkur bozorda operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish balans

tuzilmasini maqbullashtirish, Bankning likvidlik va daromadlilik darajasini ko‘tarish

hamda mijozlarning investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.[

“Kapitalbank” 2024]


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 273

Erkin pul mablag‘larini samarali jalb etib, ularni joylashtirar ekan, Bank mijozlar

uchun ham, sheriklar uchun ham ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. To‘plangan tajriba va

yangi g‘oyalar Bank erishgan yutuqlar garovi hisoblanadi.

“Kapitalbank” ATB quyidagi tashkilotlarga azo hisoblanadi.

Investitsion institutlar milliy assotsiatsiyasi;

Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi;

Xalqaro emissiya sindikati a'zosidir.

"Toshkent" Respublika Fond Birjasi

Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagi operatsiyalar va xizmatlarni amalga

oshiradi:

Anderrayting faoliyati – bu emitentning qimmatli qog‘ozlarini arderrayter va

emitent o‘rtasidagi shartnomada belgilanadigan shartlarda chiqarish va/yoki kafolatli

joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha faoliyatdir.

Investitsion aktivlarning boshqaruvchi faoliyat.

Investitsion maslahatchi faoliyati.

Qimmatli qog‘ozlar emissiya qilinishi anderraytingi emitent, Bank va investorlar

o‘rtasida tuziladigan anderrayting shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur

anderrayting shartnomasi emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni kafolatli joylashtirish

shakli, tartibi va shartlarini belgilaydi. “Kapitalbank” ATB anderraytingni amalga oshirar

ekan, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni eng yaxshi narxda va eng qisqa muddatda

joylashtirish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Bunda Bank qimmatli qog‘ozlar

bozorida professional faoliyat yuritish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan foydalanadi

hamda qimmatli qog‘ozlar emissiya qilingani to‘g‘risida ma'lumotni oshkor qiladi.

Birjadan tashqari savdolar elektron tizimida qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga

buyurtmalar qabul qilish. Bankning har bir filialida birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar

savdolari elektron tizimida qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalar qabul qilish


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 274

hamda buyurtma qabul qilish punktlari mijozlariga bank xizmatlari ko‘rsatish punktlari

bor.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga

oshiriladigan investitsion operatsiyalarini rivojlantirish uchun ham davlat tomonidan ham

banklar tomonidan etarlicha e’tibor qaratilishi darkor. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi

tijorat banklarining investitsiya faoliyati banklar uchun yangi imkoniyatlar va o‘z faoliyati

doirasini kengaytirish hamda barqaror daromadni olib, bankni likvidligini taminlash

istiqbolini yaratib beradi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarga qilgan investitsiyalarining

samaradorligi, kiritilgan investitsiyalardan keladigan daromadlar orqali aniqlanadi, hamda

shundan kelib chiqib yuqori daromadlilikka erishiladigan qimmatli qog‘ozlarga

investitsiya kiritaladi. Daromadlilikni hisoblashda bir necha usulardan foydalaniladi va

shudan kelib chiqib oqilona qaror qabul qilinadi. Biroq har doim ham kutgan natijaga

erishilavermaydi. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida samarali faoliyat yuritish

uchun qulay sharoitlar mavjudligiga qaramay, ko‘pgina tijorat banklari davlat moliya

bozorining eng muhim segmentini intiluvchanliksiz o‘zlashtirishmoqda, vaholanki, ushbu

bozorning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ishga solish milliy iqtisodiyotini jadal

rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lar edi

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 may kuni qabul qilingan

“2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh

qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni.

2.

QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI Sh.Sh. Shoxa’zamiy, F.A. Xamidova,

F.T. Muhamedov, I.O. Madaminov 2012 yil 5 bet.

3.

Birjaviy_tahlil_Sentyabr_2024_yil_

4.

Niyozmetov Doniyor Rejabbayevich “Banklarning qimmatli qog’ozlar

bozoridagi operatsiyalari bilan bog’liq muammolari va bartaraf etish yo’llari” 2024 yil

Iqtisodiyot taraqiqyot va tahlil jurnal. 6 b.

5.

Qimmatli qog’ozlar - «Kapitalbank» ATB.uz.