Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 262
TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI
FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Abdullayev Doston Zubaydullo o’g’li
Bank moliya akademiyasi magistranti
Anotatsiya
: Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi
faoliyatini takomillashtirish yo‘llari tahlil etiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan,
O‘zbekistondagi banklarning samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.
Moliyaviy
texnologiyalardan
foydalanish,
risklarni
boshqarish
strategiyalari,
mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlik va huquqiy asoslar kabi masalalar tahlil
qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston banklari o‘z faoliyatini qanday yaxshilashi
mumkinligini ko‘rsatib beradi, bu esa banklarning moliyaviy barqarorligi va bozor
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Abstract:
This article analyzes ways to improve the performance of commercial
banks in the securities market. The main factors affecting the efficiency of banks in
developing countries, including Uzbekistan, are considered. Issues such as the use of
financial technologies, risk management strategies, training of specialists, international
cooperation and legal frameworks are analyzed. The results of the study show how Uzbek
banks can improve their performance, which will help increase the financial stability and
market competitiveness of banks.
Kalit so‘zlar
: Tijorat banklari, qimmatli qog‘ozlar bozori, moliyaviy
texnologiyalar, risklarni boshqarish, mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlik,
huquqiy asoslar.
Keywords:
Commercial banks, securities market, financial technologies, risk
management, training of specialists, international cooperation, legal frameworks.
Kirish:
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida» PF-5177-sonli Farmoni, shuningdek, bank
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 263
tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank
tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va
nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish tijorat
banklarini qimmatli qog’ozlar bozoridagi ishtirokining zaruratini keltirib chiqaradi. Shu
boisdan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi «Respublika
bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
PQ-3270-sonli qarorining qabul qilinishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Qimmatli
qog’ozlar davlatning to’lov oborotida katta rol o’ynaydi, chunki ko’pincha ular orqali
iqtisodiyotning ustuvor sohalariga investitsiyalarni ta’minlovchi investitsion jarayonlar
amalga oshiriladi. Shu bois, tijorat banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi ishtirokida
investitsiya faoliyatining ko’lami va samaradorligi hamon pastligicha qolmoqda. Sog’lom
raqobat kurashida faol qatnashishi uchun tijorat banklari o’z faoliyatlarini
takomillashtirishi, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar bozorda faol investitsiya siyosatini
olib borishlari lozim. Buning uchun mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev
ta’kidlaganidek “Bank investitsiya faoliyatiga o’z mablag’lari bilan birga, tashqaridan
moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak”.
Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Chunki
investitsiyalar bo’sh moliyaviy resurslarga ega bo’lgan bozor sub’ektlari uchun foyda olish
maqsadida jamg’armani samarali joylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish
va xizmat ko’rsatishni kengaytirish, aholini ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlash hamda bu
orqali aholi farovonligini oshirishga yordam beradi. Investitsiyalarni nazariy asoslari
iqtisod fanida ko’p qirrali faoliyat sifatida o’rganilib, turlicha talqin qilinadi. Iqtisodiy
kategoriya sifatida investitsiyalarni Zolotogorov V.G. [ Zolotogorov, 1998.11 ]
quyidagicha ta’riflagan: “Investitsiyalar tuzilmasida asosan pul mablag’lari, maqsadli bank
omonatlari, ulushlar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashinalar
va asbob-uskunalar, litsenziyalar, jumladan tovar belgilariga, kreditlarga, har qanday
boshqa yoki mulkiy huquqlarga, intellektual boyliklar, foyda (daromad) olish hamda
ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va boshqa turli ob’ektlarga
qo’yiladigan mablag’lar tushuniladi”. Qator olimlar tijorat banklari qimmatli qog’ozlar
bozoridagi investitsiya faoliyati bo’yicha ilmiy ishlar chop etganlar.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 264
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatiga
quyidagicha ta’rif berish mumkin deb hisoblaymiz: tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar
bozoridagi investitsiya faoliyatini amalga oshirish deb, uzoq muddatli istiqbolda samarali
faoliyatni ta’minlashga xizmat qiladigan operatsiyalarga aytiladi.
O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori bozor iqtisodiyoti tizimining
moliyaviy mexanizmi bo’lib aholi va xo’jalik sub’ektlarini vaqtincha bo’sh
mablag’larining aylanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, qimmatli
qog’ozlarning har bir egalari u fuqaro yoki yuridik shaxs bo’lishidan qat’iy nazar
tadbirkorlar xarakatiga taalukli shaxs bo’lib qoladi. Ushbu bozorga kirishda motivatsiya
mexanizmlari, turtkilari bo’lib iqtisodiy o’zgarishlar, siyosiy masalalarning hal qilinishi,
qimmatli qog’ozlarning kurs qiymati dinamikasi, tijorat banklarini fondlarining miqdori,
qimmatli qog’ozlar bo’yicha taklif etilayotgan foydaning miqdorlari xizmat qiladi.[
Yuldoshev F.M. 2023. 4-5]
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat banklarining investitsiya faoliyati banklar
uchun yangi imkoniyatlar va o’z faoliyati doirasini kengaytirish hamda barqaror
daromadni olib, bankni likvidligini taminlash istiqbolini yaratib beradi. O’zbekiston tijorat
banklari o’z investitsiyalarini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining aktivlar likvidligi, tarkibi va sifatini tartibga soluvchi yo’riqnomalari hamda
boshqa qonun osti xujjatlari muhim rol o’ynaydi. Bankning investitsiya salohiyatini
aniqlashda bank investitsiyalari turlarining tasnifi muhim ahamiyatga ega. [Omonov A.
2010. 59] Investitsiyalar tuzilmasini o’z vaqtida va to’liq tahlil qilish muhim ahamiyat kasb
etadi, chunki tahlil natijasida bankning investitsiyalardan foydalanish tendentsiyalarini
aniqlash hamda samarali investitsiya siyosatini ishlab chiqishga yordam beradi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tuzilmasi asosan xususiy investorlar va tadbirkorlar
tomonidan qabul qilinadigan qarorlar natijasida shakllanadi. Biroq bu portfeldan davlat
tashqarida bo’lmasligi kerak. U investitsiyalarning tuzilmaviy o’zgarishiga, investitsiya
faoliyatini qonuniy tartibga solish, qulay investitsiya iqlimini tashkil qilishga tasir
ko’rsatadi. Qatiy raqobatchilik sharoitida tijorat banklari faoliyatining eng muhim
funktsiyalaridan biri bu qimmatli qog’ozlar operatsiyalari bilan bog’liq bo’lgan
investitsiya faoliyati hisoblanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 265
Banklar o‘z qimmatli qog‘ozlar portfellarini optimallashtirish uchun ilg‘or
boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishlari lozim. Bunda, bozorning hozirgi holati,
valyuta kurslari va foiz stavkalari kabi omillar inobatga olinishi kerak. Tijorat banklari
uchun qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatni optimallashtirishning muhim
yo‘nalishlaridan biri — mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishdir. Banklar
mijozlar bilan ishlash jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanib, ularga individual
yondashuv va keng ko‘lamli xizmatlarni taklif qilishlari lozim. Raqamli iqtisodiyot
sharoitida tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida raqamli texnologiyalarni qo‘llagan
holda yangi kiberxavfsizlik xavflariga duch kelishlari mumkin. [Niyozmetov, 2024. 4] Bu
xatarlarni minimallashtirish uchun banklar himoya tizimlarini muntazam ravishda yangilab
borishlari lozim. Tijorat banklari uchun raqamli transformatsiya jarayonida qator
texnologik va tashkiliy qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Bu jarayonda banklar o‘z
infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangi sharoitlarga moslashish uchun strategik
rejalashtirishni amalga oshirishlari zarur. Raqamli texnologiyalar joriy etilishi bilan
bog‘liq yangi regulyativ talablar tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu talablar banklar tomonidan qoidalarga rioya
qilishni ta’minlash va bozor barqarorligini saqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Raqamli
iqtisodiyot sharoitida banklar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini
samarali boshqarish uchun raqamli texnologiyalardan keng foydalanishi lozim. Bu
jarayon, bir tomondan, banklarga yangi bozor imkoniyatlarini ochib beradi, ikkinchi
tomondan esa, texnologik xatarlar va regulyativ talablar bilan bog‘liq muammolarni hal
qilishni talab qiladi. Tijorat banklari uchun raqamli transformatsiya jarayoni kompleks
yondashuvni talab etadi, bunda har bir bank o‘z resurslarini va texnologik imkoniyatlarini
inobatga olgan holda strategik qarorlar qabul qilishi zarur. Shuningdek, mijozlarga xizmat
ko‘rsatish darajasini oshirish, qimmatli qog‘ozlar portfelini diversifikatsiya qilish va yangi
texnologik echimlarni joriy etish orqali banklar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘z
pozitsiyalarini mustahkamlashlari mumkin. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar
bozoridagi faoliyatini takomillashtirish milliy iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligi va
umumiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Banklar, moliyaviy vositachi sifatida,
kapital bozorlarida ishonchli hamkor bo‘lishi, investorlarga raqobatbardosh xizmatlarni
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 266
taklif etishi va raqamli iqtisodiyot sharoitida o‘z faoliyatini doimiy ravishda yangilab
borishi lozim. Bu jarayonda, tijorat banklari nafaqat o‘z daromadlarini oshirishi, balki
iqtisodiyotning uzoq muddatli barqarorligi va rivojlanishiga ham hissa qo‘shishi mumkin.
1 – jadval
“Toshkent” RFB birja kotirovkalash varag‘ida mavjud qarz qimmatli qog‘ozlari
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, [Birja tahlil, 2024. 10]
qimmatli qog‘ozlari bilan hamda ularning savdolarini amalga oshirishda tijorat
banklarining ishtiroki yuqori o‘rinni egallamoqda. Jumladan, “Asia Alliance Bank” ATB
tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar soni 45 175 ta, “Kapitalbank” ATBda 50 000
ta, “Hamkorbank” ATBda 50 000 ta, "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish
kompaniyasi" AJda esa 50 000 tani tashkil etgan. Shuningdek, joriy yil sentyabr oyi
bo‘yicha 12,66 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan eng katta hajmdagi bitimlar “ARIA SUG‘URTA
TASHKILOTI” AJning /ARTS/ oddiy aksiyalar bilan qayd etilgan. Undan keyingi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 267
o‘rinlarni mos ravishda 1,74 mlrd. va 863,58 mln. so‘mga teng bo‘lgan “O‘zRTXB”
AJning /URTS/ va “Universal bank” ATBning /UNVB/ oddiy aksiyalari bilan tuzilgan
bitimlar egallagan. Yuqori 10 talikni “IPOTEKA-BANK” ATIBning /IPTB/ hamda
“O‘zbektelekom” AKning /UZTL/ oddiy aksiyalari bilan tuzilgan mos ravishdagi 183,43
mln. va 182,10 mln. so‘mlik bitimlar yakunlaydi.
Xulosa qilib aytganda shuni aytib o’tish mumkinki, tijorat banklari qimmatli
qog’ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirish kontseptsiyasining amaliyotga joriy etilishi
banklarning investitsion, emission va vositachlik operatsiyalarini samaradorligini oshirish
imkoniyatini beradi va mamlakatda iqtisodiy o’sishni oshirishga hamda aholi turmush
farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta
siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida» PF-
5177-sonli Farmoni
2.
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Tanqidiy
tahlil, qat'iy tartib-intizom va shahsiy javobgarlik Har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo'lishi kerak” nomli kitobi Toshkent: “O'zbekiston” 2017
3.
3 Золотогоров В.Г. “Инвестиционное проектирование: Учеб.пос.-мн.:
ИП. “Экоперспектива”, 1998 г. 11 с.”
4.
Omonov A. “Tijorat banklarining resurslarini bosh?arish”. Monografiya 2-
nashr -T.: “Iqtisod-moliya”, 2010-yil 292 bet..
5.
Yuldoshev F.M. Tijorat banklarining qimmatli qogozlar bilan operaciyalarini
faollashtirish masalalari: Avtoref. i.f.n. O'z.R BMA. - T. 2003. 4-5 b.
6.
Niyozmetov Doniyor Rejabbayevich “Banklarning qimmatli qog’ozlar
bozoridagi operatsiyalari bilan bog’liq muammolari va bartaraf etish yo’llari” 2024 yil
Iqtisodiyot taraqiqyot va tahlil jurnal. 4 b.
7.
Birjaviy_tahlil_Sentyabr_2024_yil_