Mualliflar

  • Karimova Dilobod Halimovna
  • Abdumalikova Sabrina

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89291

Kalit so‘zlar:

Jaloliddin Rumi tasavvuf aforizmlar badiiy tasvirlar ruhiy falsafa ilohiy muhabbat badiiy talqin.

Annotasiya

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiyning hikmatlarining badiiy talqini tahlil qilingan. Uning fikrlarining ruhiy va falsafiy chuqurligi, badiiy tasvirlar, metaforalar va ramzlar yordamida ifodalangan murakkab tasavvufiy g‘oyalari o‘rganilgan. Rumiyning aforizmlari nafaqat axloqiy va ruhiy yo‘riqnomalar sifatida, balki ilohiy muhabbat, o‘zini anglash va ichki o‘zgarishlarni tasvirlashda badiiy ifoda sifatida ham taqdim etilgan. 


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 347

JALOLIDDIN RUMIY IJODI VA HIKMATLARINING BADIIY TALQINI

Andijon davlat pedagogika instituti

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi stajyor o’qituvchisi

Karimova Dilobod Halimovna

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

Abdumalikova Sabrina

Anotatsiya:

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiyning hikmatlarining badiiy talqini

tahlil qilingan. Uning fikrlarining ruhiy va falsafiy chuqurligi, badiiy tasvirlar, metaforalar

va ramzlar yordamida ifodalangan murakkab tasavvufiy g‘oyalari o‘rganilgan. Rumiyning

aforizmlari nafaqat axloqiy va ruhiy yo‘riqnomalar sifatida, balki ilohiy muhabbat, o‘zini

anglash va ichki o‘zgarishlarni tasvirlashda badiiy ifoda sifatida ham taqdim etilgan.

Kalit so‘zlar:

Jaloliddin Rumi, tasavvuf, aforizmlar, badiiy tasvirlar, ruhiy falsafa,

ilohiy muhabbat, badiiy talqin.

Аннотация:

В статье рассматривается художественная интерпретация мудрых

высказываний Джалаладдина Руми. Анализируется духовная и философская

глубина его мыслей, акцентируется внимание на использовании художественных

образов, метафор и символов для выражения сложных суфийских идей. Афоризмы

Руми представлены не только как нравственные и духовные наставления, но и как

поэтические выражения божественной любви, самопознания и внутреннего

преображения.

Ключевые слова:

Джалаладдин Руми, суфизм, афоризмы, поэтические

образы,

духовная

философия,

божественная

любовь,

художественная

интерпретация.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 348

Annotation:

This article explores the artistic interpretation of Jalaluddin Rumi’s

wise sayings. It analyzes the spiritual and philosophical depth of his thoughts, highlighting

the use of artistic imagery, metaphors, and symbols in conveying complex Sufi ideas.

Rumi’s aphorisms are presented not only as moral and spiritual guidance but also as poetic

expressions of divine love, self-discovery, and inner transformation.

Keywords:

Jalaluddin Rumi, Sufism, aphorisms, poetic imagery, spiritual

philosophy, divine love, artistic interpretation

Sharq mutafakkirlarining asarlari asrlar davomida insoniyatni ruhiy va axloqiy

jihatdan tarbiyalab kelmoqda. Ular orasida Jaloliddin Rumiy o‘zining chuqur tasavvufiy

qarashlari, sof ilohiy muhabbatga asoslangan fikrlari, hayot va borliq haqidagi falsafiy

mulohazalari bilan ajralib turadi. Uning asarlari — nafaqat diniy va ma’naviy, balki badiiy

jihatdan ham benazir durdonalardir. Rumiy ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi

hisoblanadi.

Rumiydan sheʼrlar devoni, „Makotib“, „Ichindagi ichindadir“ („Fihi mo fihi“)

hamda „Masnaviyi maʼnaviy“ kitoblari meros boʻlib qolgan. „Ichindagi ichindadir“ nasriy

asar boʻlib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlarining majmuasidir.

„Makotib“ esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan boʻlgan turli yozishmalari –

maktublaridan iborat. Har 2 asarda muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiytaʼlimiy

mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari oʻz ifodasini topgan. Shoir devoni turli

janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod sheʼrlarni oʻz ichiga olgan.

Rumiy sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida

yer-u koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni

ulugʻlaydi. R.ning mashhur asari „Masnaviyi maʼnaviy“dir. Asarda Qurʼoni karim va

Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar

badiiy yoʻsinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini

adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi ogʻzidan yozib olib, tahlildan oʻtkazgan.

Chalabiy vafotidan soʻng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qurʼoni karim

oyatlarining 70 foizi mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 349

yuzlab pand-u hikmatlarni oʻz ichiga olgan bu kitob oʻz vaqtida va keyinchalik ham

yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Chunki Rumiy masnaviyda

oʻzigacha boʻlgan Sharq-u Gʻarb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, islomiy

farzlarni sodda bir uslubda, sheʼriy yoʻl bilan badiiy ifodalagan.

1

Ayniqsa, hikmatli so‘zlari

she’riy go‘zallik, falsafiy chuqurlik va ma’naviy tarbiya jihatidan yuksak bahoga loyiq.

Rumiyning hikmatlari ko‘pincha tasavvufiy qarashlar asosida shakllangan. Ular

orqali muallif insonni ichki poklik, ruhiy kamolot, ilohiy muhabbat va vujudiy haqiqat sari

yetaklaydi. Uning fikricha, inson zohiriy dunyodan ko‘ra, botiniy haqiqatga yuzlanmog‘i

kerak.Quyidagi hikmatda bu g‘oya ochiq ifoda etilgan:

“Sen zohirsan — senga qarasang, toshsan. Ammo botining — yakka Haq bilan to‘la

bir ko‘zgu.”

Bu yerda Rumi tashqi ko‘rinishga berilish, nafsga ergashish orqali inson o‘zini

yo‘qotishini ta’kidlaydi. Shuningdek, u botin dunyosini — ilohiy nur, ruhiy kuch manbai

sifatida talqin etadi. Ushbu fikrlar "ko‘zgu", "nurlar", "soyalar", "dengiz", "mum" kabi

badiiy timsollar orqali ifodalanadi.

Badiiy ifoda vositalari:

Rumiyning hikmatli so‘zlari poetik jihatdan ham yuqori darajada. U ko‘p hollarda

quyidagi badiiy usullardan foydalangan:

1. Tashbih — “Inson qalbi ko‘zgu kabi, uni faqat tozalash kerak.”

2. Isti’ora — “Yuragingni yondir, shunda qorong‘ilik nurlanadi.”

3. Antitezalar — “Sen yo‘qsan, ammo mavjudsan. Sen jim, ammo sening sukunating

dunyoni larzaga soladi.”

Bu kabi san’at vositalari yordamida u murakkab tushunchalarni sodda, ammo ta’sirli

shaklda ifoda etishga erishgan.

1

Sultonov, M. Tasavvuf — ma’naviyat manbai. — Toshkent: O‘zbekiston, 2002. — B. 97.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 350

Rumiy ijodining markaziy g‘oyasi — ilohiy muhabbatdir. Uning fikricha, haqiqiy

sevgi — bu nafsiy ehtiros emas, balki qalbning Haqqa intilishi, mavjudlik asosiga yetmoq

istagidir.

“Muhabbat — bu Haqdan bo‘lak barcha narsani unutmoqdir.”

U sevgi orqali inson o‘z “men”idan voz kechadi, o‘zligini Haq bilan

uyg‘unlashtiradi.

2

Bu g‘oya Rumiy asarlarida doimiy ravishda badiiy obrazlar vositasida

ifodalanadi: yongan sham, erigan mum, sahroga aylangan ko‘ngil, dervish raqsi kabi.

Rumiyning hikmatlarida inson — ruhiy sayohatchi sifatida tasvirlanadi. U hayot

yo‘lini “sayr suluk” deb ataydi. Bu yo‘lda sabr, tavozu, o‘zini anglash, Haqni izlash muhim

qadriyatlar hisoblanadi. Rumiyning quyidagi fikri buning yaqqol dalilidir:

“Sen yur, yo‘l o‘zi ochiladi.”

3

Bu yerda badiiy timsol — yo‘l — inson hayotining o‘xshatmasidir. Harakat,

izlanish, harakatdagi baraka g‘oyalari tasviriy ifodaga ega bo‘lgan. Rumiyning asarlarida

Haq ta'rifi juda ko'p keltirilgan. Ollohning buyukligi, uning mehribonligi va barchaga

tengligi go'zal misralarda tasvirlanadi: Haq o'zi jonlarga deb nur yog'durur, Baxtiyorlar

unga doman to'ldirur.Umuman, Haq va haqiqatdan olis, na olam, na odam hikmatini

anglamaydigan kimsalarga oddiy hayot haqiqatlari misolida borliqni, Ollohni anglash yo'li

ko'rsatiladi. "Taom bilan to'lgan medada hikmat bo'lmas", deydi Z.Misriy. Bu - nafs, xirs,

ta'ma bandalari hikmatdan uzoqligi bildiradi. Chunki, hikmat pokiza ko'ngil va taskin

topgan ruhlarga Olloh tomonidan tuhfa yuboriladigan ilohiy so'z hamda ma'nolardir.

Hikmat nurlari chin faqir, orif, diydortalab oshiqlarga foydaliroq bo'lgay, ular bu nurlardan

ko'proq bahra oladilar va shukrona qiladilar. Ularning ilmi haqiqiy ilm, onglari, vujudlari

ma'rifat nuri bilan jilolangan bo'ladi. Bu kabi toza qalb sohiblari Sharq tarixida ko'plab

uchraydi. Ularning asarlarida ham rumiyyona falsafa yetakchilik qiladi.

4

Boshqacharoq

2

Sultonov, M. Tasavvuf — ma’naviyat manbai. — Toshkent: O‘zbekiston, 2002. — B. 97.

3

¹Rumiy, Jaloliddin. Masnaviy Ma‘naviy. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2012. — B. 75.

4

Mamatqulov, O. Tasavvuf va mumtoz she’riyat. — Toshkent: Fan, 2006. — B. 123.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 351

aytganda, ular qalbining pokizalanishida Rumiy ijodiyotining o'rni beqiyosdir. Jumladan,

Mashrab asarlarida ham Rumiy fikrlariga hamohanglik kuzatiladi:

Ham Avvaldur, ham Oxirdur va ham Zohir-u ham Botin, Muhaqqaq bandalar hozir

bilur bir zoti Allohni.

Mavlono Rumiy komil inson deganda mehr-muruvvatli, adolatli, to'g'ri so'z,

vijdonli, or-nomusli, irodali, tadbirkor, matonatli, o'z ishiga fidoyi, ma'naviyati yuksak

kishilarni tushungan. Komil insonni shakllantirish Vatanga sadoqat, yurt tinchligini

saqlash tuyg'usi bilan bog'liq ekan, uning quyidagi jihatlariga e'tiborni qaratishimiz lozim.

Rumiy ijodida inson erki, ma'naviy komillik, o'zlikni anglash, tavakkul, Olloh ishqi,

ma'rifat, shariat, tariqat, shukr qilib yashash, nafsni yengish, qanoat, haqiqat, adolat, xayr-

u saxovat kabi o'ndan ortiq g'oyalar yetakchilik qiladi. Jaloliddin Rumiyning hikmatlari —

bu nafaqat tasavvufiy ta’limot, balki badiiy ifoda san’atining namunasi hamdir. Uning har

bir hikmati o‘zida ruhiy teranlik, axloqiy tarbiya, falsafiy chuqurlik va badiiy go‘zallikni

mujassam etgan. Rumiy fikrlarining zamonaviy inson uchun ham dolzarbligi shundaki,

ular har doim ichki uyg‘onish, ruhiy poklanish va insoniylik sari undaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Руми, Джалал ад-Дин. Маснави-и маънави / Перевод с персидского,

комментарии и вступительная статья — Н. Османов. — М.: Наука, 1989. — 608 с.

2. Rumiy, Jaloliddin. Masnaviy Ma‘naviy (tanlangan hikmatlar). — Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2012. — 320 b.

3. Mamatqulov, O. Tasavvuf va mumtoz she’riyat. — Toshkent: Fan, 2006. — 248 b.

4. Sultonov, M. Tasavvuf — ma’naviyat manbai. — Toshkent: O‘zbekiston, 2002. —

176 b.

5. Badiiy adabiyot ensiklopediyasi. 2-jild. — Toshkent: Fan, 1981. — 500 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари