Xodimni jinoiy jazoga hukm qilinishining mehnat munosabatlariga ta’siri

CC BY f
60-63
10
1
Поделиться
Исмаилов, К. (2023). Xodimni jinoiy jazoga hukm qilinishining mehnat munosabatlariga ta’siri . Узбекистан-2030: наука, образование и экономика в развитии, 1(1), 60–63. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/uzbekistan-science-education/article/view/25018
Камолиддин Исмаилов, Ферганский межрайонный суд по гражданским делам

судья

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada xodimga nisbatan tayinlangan jinoiy jazolarning mehnat shartnomasini bekor qilishga ta'siri ko'rib chiqilgan. Shuningdek, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo'yicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo'natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar hamda harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi qo'shimcha jazoning xodimni ishdan bo'shatishga olib kelish ehtimollari o'rganilgan.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

60

XODIMNI JINOIY JAZOGA HUKM QILINISHINING MEHNAT

MUNOSABATLARIGA TA’SIRI

Ismoilov Kamoliddin Abdusamin o‘g‘li

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi sudyasi

Annotatsiya:

mazkur maqolada xodimga nisbatan tayinlangan jinoiy

jazolarning mehnat shartnomasini bekor qilishga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari,

axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy

qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish

kabi asosiy jazolar hamda harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi

qo‘shimcha jazoning xodimni ishdan bo‘shatishga olib kelish ehtimollari

o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

jinoyat, javobgarlik, jazo, xodim, ishdan bo‘shatish, ishga

tiklash.

Mehnat qilish huquqi insonlarning muhim, ajralmas va tabiiy huquqlaridan

biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42

-

moddasiga ko‘ra

har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va

gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati

uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan

eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek

ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega [1].

Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng

imkoniyatlarga ega bo‘lib, xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu

jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat

sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqi

ning davlat

kafolatlarini belgilash mehnat qonunchiligining asosiy vazifalaridan biri

hisoblanadi [2].

Mehnat qilish insonni barqaror ish va daromad bilan ta’minlaydi.

Fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilish, shuningdek ishdan g‘ayriqonuniy

ravishda mahrum qilish taqiqlanadi. Biroq qonuda belgilangan asoslar mavjud

bo‘lganda xodimlarni ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yiladi. Shunday asoslardan biri

xodimning jinoiy javobgarlikka tortilishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168

-moddasining uchinchi

bandiga asosan xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish

imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, o‘sha sud hukmining
qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bunday


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

61

holda mehnat shartnomasi taraflar xohish-

irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga

ko‘ra amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

-protsessual kodeksining 54-bobi (454-

477-

moddalar) hukmga bag‘ishlangan. Shunga qaramasdan mazkur bobda hukm

tushunchasi berilm

agan. Hukmning ta’rifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumining 2014 yil 23 maydagi 7-

sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorida

berilgan. Ushbu Qarorning 1-bandiga asosan sud hukmi, jinoyat sodir etgan har

bir shaxsga adolatli jazo berilishi yoki bosh

qa ta’sir chorasi qo‘llanilishi hamda

aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi

haqidagi jinoyat sud ish yurituvining asosiy vazifalarini hal etadigan, sud

muhokamasiga yakun yasaydigan O‘zbekiston Respublikasi nomidan

chiqariladigan odil sudlovning muhim hujjatidir [3].

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168

-moddasi birinchi qismi

3-

bandini qo‘llashda Jinoyat

-protsessual kodeksidagi hukm haqidagi qoidalarni

bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, mehnat shartnomasini bekor qilishni

nazarda tutuvchi Mehnat kodeksining 3-bandida jazo tayinlash haqidagi sud

hukmi qabul qilinishi va uning qonuniy kuchga kirishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168

-

moddasi birinchi qismi 3-band

ini qo‘llashda jinoyat qonunchiligini jazo tayinlash

haqidagi qoidalarini ham o‘zlashtirish lozim bo‘ladi. Gap bu yerda O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida qayd etilgan jazo tizimi haqida

ketmoqda. Mazkur moddada jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish,

majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni

cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod

ozodlikdan mahrum qilish asosiy jazolar sifatida keltirib o‘tilgan. Bulardan

tas

hqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi qo‘shimcha jazo ham

qo‘llanilishi mumkin

[4].

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan statistikaga

qaraydigan bo‘lsak, birinchi instansiya sudlarida 2019 yilda 36845 nafar, 2020

yilda 38137 nafar, 2021 yilda 61263 nafar, 202 yilda 75078 nafar shaxsga

nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlangan, ya’ni jazo tayinlanib hukm

chiqarilgan hamda shartli hukm qilingan shaxslar 2019 yilda 27603 nafarni, 2020

yilda 27999 nafarni, 2021 yilda 45010 nafarni, 2022 yilda 56542 nafarni tashkil

qilgan [5] .

Xodim tomonidan jinoyat sodir qilinishi har doim ham u bilan mehnat

shartnomasini bekor qilinishiga olib kelmaydi. Jinoyat sodir qilish bog‘liq holda

mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayyan yuridik faktlar mavjud

bo‘lishi talab etiladi.

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat

shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning

qo‘llanishi haqida”gi qaror loyihasining

sud hukmi bilan tayinlangan jazo sababli

mehnat shartnomasini bekor qilish haqida

gi qoidalar o‘rin olgan. Qaror


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

62

loyihasining 48-bandida xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy

kuchga kirganligi va xodimni sudning qaroriga ko‘ra ixtisoslashtirilgan davolash

-

profilaktika muassasasiga yuborilganligi MKning 168-moddasi birinchi qismi 3-

bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishga asos bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Quyidagi shartlar mavjud bo‘lgan taqdirda mehnat shartnomasi ushbu asos

bo‘yicha bekor qilinishi mumkinligi keltirilgan:

-xodimning jinoyat sodir etganligi sudning hukmi bilan isbotlangan va

mazkur hukm qonuniy kuchga kirgan bo‘lishi;

-sud hukmi bilan tayinlangan jazo va ushbu jazoning ijro qilinishi xodimni

mazkur tashkilotda qolib ishlashini istisno etishi va mehnat munosabatlari davom

etishiga imkon bermasligi lozim.

Sudlarning e’tibori xodimni jinoyat sodir qilganlikda ayblovchi hukmi

qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ham, basharti sud hukmida nazarda tutilgan

jinoiy jazo uni tashkilotda ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilmasa (masalan,

jarima, majburiy jamoat ishlari

, axloq tuzatish ishlari kabi jazolar qo‘llanilganligi),

bunday holda ish beruvchi xodim bilan bunday asosga ko‘ra mehnat

shartnomasini bekor qilishga haqli emasligiga qaratilishi lozim.

Mazkur moddada jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy

jam

oat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash,

intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan

mahrum qilish asosiy jazolar sifatida keltirib o‘tilgan. Bulardan tashqari harbiy

yoki maxsus unvonda

n mahrum qilish kabi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi

mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 9 ta asosiy va

1 ta qo‘shimcha jazoning mehnat munosabatlarini davom ettirishga ta’sirini

o‘rganish talab etiladi. Chunki, odatda, is

h beruvchilar xodimga nisbatan ayblov

e’lon qilinishi bilan ishdan bo‘shatish chorasini ko‘rishadi. Davlat xizmatida hatto

qamoqqa olish kabi ehtiyot choralari qo‘llanganda, bunday chora qo‘llanishidan

2-

3 kun ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq chiqarib qo‘yadi.

Ta’kidlash kerakki, barcha jinoiy zaolar xodimni ishini davom ettirishga

to‘sqinlik qilmaydi. Xususan, jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish

ishlari, ozodlikni cheklash kabi jazolar shular jumlasidandir.

Aksincha, muayyan huquqdan mahrum qilish, ozodlikdan mahrum qilish,

umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar esa mehnat shartnomasining

bekor qilinishiga olib keladi. Shuningdek, masalan, axloq tuzatish ishlari mehnat

shartnomasining bekor qilinishiga olib kelishi ham, olib kelmasligi ham mumkin,

bu ushbu jazo turini ijro qiluvchi inspeksiyalarga bog‘liq.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar

tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi

qonunlarning qo‘llanishi haqida”gi q

aror loyihasida jinoiy jazolar, sudlanganlik,

huquqiy ta’sir choralarining mehnat munosabatlariga ta’siri yuzasidan sudlarga

tushuntirishlari berilishi lozimligini ta’kidlash o‘rinlidir. Bunday tushuntirish ish


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

63

beruvchilar tomonidan suiis’temolchiliklarni

oldini olish, xodimlarning buzilgan

huquqlarini tiklash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

:

1.

https://lex.uz/docs/6445145#6445578

2.

https://lex.uz/docs/6257288

3.

https://lex.uz/docs/2413562#2413574

4.

https://www.lex.uz/acts/111453

5.

https://stat.sud.uz/file/2023/03.05.pdf



Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов