World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
94
RESPUBLIKAMIZDA INVESTITSION
LOYIHALARNING O’RNI VA AHAMIYATI
Raximova Dilrabo Oktyabrovna
Qarshi davlat texnika universiteti
“Biznes va boshqaruv “kafedrasi dotsenti
Bahriddinova Ruxshona Furqat Qizi
Qarshi davlat texnika universiteti
logistika fakulteti talabasi
Annotatsiya
;
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan investitsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil
qilinadi. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish, texnologik modernizatsiya, ish o‘rinlari
yaratish va xalq farovonligini oshirishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqiladi.
Mualliflar investitsion loyihalarning asosiy maqsadlarini aniqlab beradi hamda ularni
amalga oshirishda uchraydigan asosiy muammolar — byurokratik to‘siqlar,
moliyalashtirish, infratuzilma, kadrlar va huquqiy muhitdagi muammolarni tahlil
qiladi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan davlat siyosati,
huquqiy islohotlar, soliq imtiyozlari va boshqa chora-tadbirlar yoritiladi. Maqola
iqtisodiy siyosat shakllanishida va investitsiya muhiti rivojida amaliy ahamiyatga ega
bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar
. Investitsion loyihalar, Iqtisodiy o‘sish, Xorijiy investitsiyalar
Muammolar va yechimlar , Innovatsion rivojlanish, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
O‘zbekiston iqtisodiyoti
Kirish.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri – iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va
uni barqaror rivojlantirishdir. Ushbu jarayonda investitsion loyihalarning oʻrni va
ahamiyati beqiyosdir. Investitsiyalar – bu nafaqat moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
vositasi, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalarni
joriy etish, ish oʻrinlarini yaratish va xalq farovonligini yuksaltirishning muhim
omilidir.
O‘zbekiston iqtisodiyotini 2017-yildan liberallashuvi xalqaro moliya
tashkilotlari, ilg‘or mamlakatlarning yetakchilari, taniqli tadbirkorlar tomonidan
ijobiy baholanmoqda, shu bilan birga iqtisodiyotga katta investitsiyalarni kirib kelishi
ham jadallashmoqda. O‘z navbatida investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyoti
manfaatlari nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish zarurati
oshmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tarkibiy qayta qurish,
iqtisodiyotni barqaror, yuqori surʼatlarda o‘sishini taʼminlash vazifalari,
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
95
iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini to‘xtovsiz o‘stirishni, har
bir so‘mlik investitsiyani eng zarur, eng ko‘p samara beradigan obyektlarga, o‘sish
nuqtalariga sarflanishini talab etadi. Ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ham katta kuch-g‘ayratni talab etmoqda.
Qulay investitsiya muhitini yaratilishi, davlat tomonidan investitsiya faoliyati
qonun yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan, investitsiya jarayonlarida bir
qator muammolar saqlanib kelmoqda. Bunday holatning sabablariga pishiq – puxta
biznes loyihalarining kamligi, mutaxassislarda kichik va mikrofirma doirasida biznes
loyiha ishlab chiqish tajribasi va ko‘nikmalarining talab doirasida emasligi, vakolatli
idoralarda texnik-iqtisodiy asoslangan biznes loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish
muddatlari cho‘zib yuborilayotganligini kiritish mumkin.
Shu jihatdan talabalarga biznes loyihalarni tuzish, tahlil qilish va amalga
oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berish, ularga zarur maslahatlar
berish va o‘z biznesini ochishni xohlovchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash zarur
bo‘lmoqda. Darslik oliy taʼlim muassalarining iqtisodiyot, biznes taʼlim
yo‘nalishlari bitiruvchi talabalariga nazariy va amaliy bilim berish, ularning biznes
g‘oyalarini rag‘batlantirib, amaliyotga tatbiq etishlari uchun ko‘mak berish
maqsadini ham nazarda tutadi.Bu borada
O‘zbekiston Prezidentining 2020-2021-yillarda qabul qilgan farmon va
qarorlari, pandemiya sharoitida ishsizlarni ish bilan taʼminlash masalasining yanada
dolzarbligi ushbu darslikni qayta tayyorlab nashr etishga katta turtki bo‘ldi.
Respublikamizda investitsion loyihalarning maqsadi
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar
mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan. Ularning
asosiy maqsadi – iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish,
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalq farovonligini oshirishdan iborat.
Investitsion loyihalarning quyidagi asosiy maqsadlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
1. Yangi ish o‘rinlarini yaratish – aholining bandligini ta’minlash va ishsizlik
darajasini kamaytirish.
2. Mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish – raqobatbardosh va eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarish.
3. Hududiy rivojlanishni ta’minlash – sanoat va infratuzilmani chekka va kam
rivojlangan hududlarda kengaytirish.
4. Texnologik yangilanish – ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy uskunalarni
mamlakatga olib kirish.
5. Energiya va resurslardan samarali foydalanish – ekologik toza va barqaror
ishlab chiqarish tizimlarini yaratish.
6. Tashqi investitsiyalarni jalb etish – xalqaro hamkorlikni kengaytirish va
xorijiy sarmoyadorlar ishonchini oshirish.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
96
7. Iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlash – yalpi ichki mahsulot (YaIM)
hajmini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash.
Investitsion loyihalarda noaniqlik va qaltisliklarni aniqlash va ularni boshqarish
ularni har bir bosqichida juda muhimdir. Biz xohlamagan narsa yoki voqeaning sodir
bo‘lish ehtimolini qaltislik deb ataymiz. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu
loyihalarda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir. Buning natijasida
investorlarning loyihani moliyalashtirishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi yoki loyiha
umuman investorlarni qiziqtirmay qolishi mumkin. Iqtisodiy qaltislik deganda, pul
ko‘rinishida ifodalanishi mumkin bo‘lgan turli zararlarning yuzaga kelish ehtimolligi
tushuniladi.
Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- Zarar ko‘rish xavfi, ehtimolligi mavjud. Qaysidir mahsulotni ishlab chiqarish
zarar keltirishi mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida hatto eng yirik
xalqaro kompaniyalar ham ba’zi sohalarini yoki mahsulotlarini ishlab chiqarishni
to‘xtatib qo‘ydi, uning o‘rniga ekologik sof va tannarxi arzon mahsulotlar ishlab
chiqarishga o‘tdilar.
-Noaniqlik, oldindan ko‘ra bilish imkoniyati yo‘qligi. Ya’ni bozorning
o‘rganilmaganligi yoki boshqa sabablar tufayli ma’lum bir loyiha uchun yakuniy
moliyaviy natija qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin bo‘ladi. Firmada ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan ularning ikki turi ko‘riladi:
1.Moliyaviy qaltisliklar.
2.Firma xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qaltisliklar.
Bu turdagi qaltisliklarni firma boshqara oladi va yechimini topadi. Ular ichki
qaltisliklardir. Tashqi qaltisliklarga firma yoki firma rahbarlari ta’sir eta olmaydi.
Shuning uchun tashqi qaltisliklarni identifikatsiya qilinishi va unga moslashib
samarali faoliyat qilish chora-tadbirlarini belgilab olishi kerak.
Respublikamizda investitsion loyihalardagi muammolar:
O‘zbekiston Respublikasi miqyosida investitsion loyihalarda uchrayotgan
muammolar umumiy global muammolar bilan o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim jihatlari
mahalliy iqtisodiy, huquqiy, va siyosiy sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq. Quyida
respublikamizdagi investitsion loyihalarda keng tarqalgan muammolar tahlili;
1. Byurokratik to‘siqlar va hujjatlashtirishdagi muammolar
Investitsiya loyihalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsatnomalar olish ko‘p vaqt
oladi.
Davlat organlari o‘rtasida koordinatsiya yetishmasligi sababli hujjatlar aylanishi
sekinlashadi.
Ba’zi holatlarda korrupsiya omillari loyihalarning kechikishiga sabab
bo‘lmoqda.
2. Moliyalashtirishdagi muammolar:
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
97
Ichki kapital bozorining rivojlanmaganligi sababli mahalliy sarmoyadorlar soni
cheklangan.
Kreditlar stavkasi yuqori bo‘lgani uchun kichik va o‘rta biznes uchun
investitsiya olish qiyin.
Chet el investorlari uchun valyuta ayirboshlash va mablag‘larni chiqarib
olishdagi cheklovlar xavf sifatida qaraladi.
3. Yer ajratish va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar
Investitsiya loyihalari uchun yer ajratishda shaffoflik yetishmaydi.
Ayrim hududlarda elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti yetarli darajada emas.
Hududiy infratuzilmaning sust rivojlangani investorlarni chetlab o‘tishga
undaydi.
4. Kadrlar yetishmovchiligi
Muhandislik, IT, marketing kabi sohalarda malakali kadrlar yetishmaydi.
Chet ellik investorlarga til va madaniyat bo‘yicha moslashish muammolari
yuzaga keladi.
Ta’lim tizimi investitsion sohalar ehtiyojiga yetarli javob bera olmayapti.
5. Bozor va marketing muammolari
Ayrim investorlar uchun ichki bozor hajmi kichik bo‘lib, eksport yo‘nalishi talab
etiladi.
Mahsulotlarni xorijiy bozorga chiqarishdagi logistika va sertifikatlash to‘siqlari
mavjud.
Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun texnologiya va innovatsiyalar
yetishmaydi.
6. Huquqiy muhitdagi barqarorlik masalalari
Soliq, bojxona va investitsiya qonunchiligida tez-tez o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ba’zida mahalliy hokimiyat qarorlari markaziy qarorlar bilan ziddiyatga tushadi.
Investorlar uchun yuridik himoya kafolatlarining amalda bajarilishi doim ham
to‘liq emas.
7. Tashqi omillarga bog‘liqlik
Geosiyosiy o‘zgarishlar (Rossiya-Ukraina mojarosi, Xitoy bilan savdo
munosabatlari) O‘zbekiston eksport imkoniyatlariga ta’sir qilmoqda.
Global iqtisodiy inqirozlar valyuta kurslari va import narxlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda investitsion loyihalardagi muammolarni bartaraf etish
yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tavsiya etiladigan yechimlar.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar:
1. Huquqiy bazani mustahkamlash
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun (2020-yil) qabul
qilindi — bu qonun investorlar huquqlarini himoya qilish va yuridik kafolatlarni
ta’minlashga qaratilgan.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
98
Investorlarga xalqaro arbitrajga murojaat qilish huquqi berilgan.
2. Soliq va bojxona imtiyozlari
Erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan investorlar uchun soliq va
bojxona imtiyozlari berilmoqda.
Kichik va o‘rta biznes uchun soddalashtirilgan soliq tizimi joriy etilgan.
3. Ma’muriy islohotlar va raqamlashtirish
“Yagona investitsiya oyna”si orqali hujjat topshirish va loyihalarni ro‘yxatdan
o‘tkazish onlayn shaklga o‘tkazilmoqda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari orqali investorlar uchun tezkor
xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
4. Infratuzilma loyihalari
Energetika, transport va logistika infratuzilmasi uchun xalqaro moliya
institutlari bilan hamkorlikda yirik investitsiyalar yo‘naltirilmoqda (masalan,
Toshkent-Velikiy Novgorod temiryo‘l yo‘li, “Yangi Toshkent” loyihasi).
Hududiy rivojlanish dasturlari orqali viloyatlarda industrial zonalar tashkil
etilmoqda.
5. Kadrlar tayyorlash va innovatsiyalar
IT Park, InnoTexnopark kabi innovatsion markazlar orqali texnologik loyiha va
startaplar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida klaster va dual
ta’lim tizimi rivojlantirilmoqda.
Xulosa va takliflar
:
1. Xususiy sektorni faolroq jalb etish
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida loyihalar sonini oshirish.
Mahalliy biznesga ham ustuvorliklar berib, ichki investorlarni faollashtirish.
2. Kafolatlangan investitsiya muhiti
Sud tizimi mustaqilligini kuchaytirish va investitsiya nizolarida tezkor yechimlar
ishlab chiqish.
Investorlar mablag‘ini olib chiqish va foydani konvertatsiya qilish bo‘yicha
soddalashtirilgan mexanizmlar yaratish.
3. Sektorlar bo‘yicha aniq strategiyalar
Energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, IT va turizm kabi ustuvor tarmoqlarda
alohida investitsiya strategiyalari ishlab chiqish.
4. Hududlararo muvozanatni ta’minlash
Faqat poytaxtga emas, balki viloyatlarga ham katta loyihalarni yo‘naltirish.
Uzoq hududlar uchun qo‘shimcha rag‘batlar (imtiyozlar, subsidiyalar) taqdim
etish.
O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash uchun qabul qilinayotgan
islohotlar salmoqli natijalar bermoqda. Biroq mavjud muammolarni hal qilish,
xususan qonunchilik barqarorligi, hududiy muvozanat, va zamonaviy infratuzilma
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
99
ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha choralar zarur. Kelajakda investitsion siyosatni
sektorlar bo‘yicha diversifikatsiya qilish, innovatsion loyihalarni ko‘paytirish muhim
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, 2020-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Investitsiya statistikasi,
2024-yil.
3. World Bank. (2023). Uzbekistan Country Economic Update.
4. UNCTAD. (2023). World Investment Report.
5. Rakhmatov A. (2022). “Investitsion muhit va iqtisodiy o‘sish”, Iqtisodiyot va
innovatsiyalar, №4.
6. Karimov I.A. (1997). O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lida.
Toshkent: O‘zbekiston.
