Authors

  • Roziqova Sayyora Habibullayevna
  • Boymirzayev Muhammad Mustafaqul o‘g‘li
  • Shaniyeva Jasmina Musurmon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.100617

Keywords:

Kalit soʻzlar: Maqollar leksik tahlil izoh tarjima.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqollar arab tilidan tarjima qilinib, leksik tahlil qilindi .Maqollarning izohi keltirilgan.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

78

ARAB TILIDA MAQOLLARNING SHARHI

Roziqova Sayyora Habibullayevna

DTPI Filologiya fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi

katta o‘qituvchisi

Shaniyeva Jasmina Musurmon qizi

DTPI filologiya filologiya va tillarni oʻqitish:

Oʻzbek tili yoʻnalishi 3-kurs talabasi

Boymirzayev Muhammad Mustafaqul o‘g‘li

DTPI Filologiya va tillarni oʻqitish: Oʻzbek tili yoʻnalishi

3-kurs talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada maqollar arab tilidan tarjima qilinib, leksik

tahlil qilindi .Maqollarning izohi keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Maqollar,leksik tahlil,izoh,tarjima.

Annotation:

In this article, proverbs are translated from Arabic and lexically

analyzed. An explanation of the proverbs is provided.

Keywords:

Proverbs, lexical analysis, explanation, translation.


Hozirgi o‘zbek tilining lug’at tarkibi bu tilning uzoq yillar mobaynida butun

taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Shu sababli undagi mavjud so‘zlarning
paydo bo‘lish, davri va kelib chiqish manbai (asosi) ham har xildir. Umuman, har
qanday til o‘z lug’at tarkibi va grammatik qurilishiga ega bo‘ladi. Har bir til, asosan
o‘z lug’at boyligi va grammatik qurilishi asosida o‘z taraqqiyot qonunlari bo‘yicha
shakllanib, o‘sib, takomillashib boradi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq tarixiy davrlar
mobaynida davom etadigan turli iqtisodiy, siyosiy,

madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham, lug’at tarkibiga ham, shubhasiz,

o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada, aslida bir tilga xos bo‘lgan fonetik, leksik va boshqa
bir qator elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib, unga o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro
ta’sir qilish boshqa qatlamlardan ko‘ra, ayniqsa, tilning leksik qatlamida kuchliroq
bo‘ladi va aniqroq namoyon bo‘ladi.

O‘zbek xalqi ham, shu qatorda, o‘z rivojlanish tarixining turli davrlarida va

bosqichlarida boshqa ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro turli iqtisodiy, madaniy va siyosiy
aloqada bo‘lgan, hamda bu xalqlarning tili, shubhasiz, o‘zbek tiliga ham ma’lum
darajada o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. Xususan, boshqa tillar leksikasidan
o‘zbek tili leksikasiga juda ko‘plab so‘zlar o‘zlashganligini shu ta’sir orqali
izohlashimiz mumkin. Natijada o‘zbek tili lug’at tarkibida shu tilning o‘ziga xos
leksik qatlam bilan bir qatorda yana o‘zlashgan leksik qatlam ham yuzaga kelgan.
O‘zbek tilining lug’at boyligi so‘zlar va iboralardan iborat. Uning bu boyligi hamma
uchun umumiy bo‘lib, hamma tomonidan birday qo‘llanilishi mumkin. Bu boylik


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

79

tilning tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida, tilning tarixiy
taraqqiyoti hisobiga ham, shu bilan birga boshqa turli xalqlar bilan ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy aloqalari davrida o‘zlashtirgan leksik birliklari hisobiga ham amalga oshgan.
Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, hozirgi o‘zbek tili lug‘at
boyligida ikkita yirik qatlam : o‘z va o‘zlashgan qatlam borligi ma’lum bo‘ladi.

O‘z qatlam deganda azaldan aslan faqatgina shu tilniki bo‘lgan leksemalar va

shular asosidagi yasalishlar, shuningdek, o‘z affiks bilan boshqa til leksemalaridan
yasalishlar tushuniladi. O‘z qatlamga oid so‘zlarning tilda mavjudligi juda qadimga
borib taqaladi. U Oltoy oilasidagi tilda so‘zlashuvchi xalqlar ham ajralib ketishga
ulgurmay, tillari hali yagona bo‘lgan davrda yuzaga kelishni boshlagan.

Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz,

grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli.
Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari,
jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari
mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda
poetik shaklga kelgan.

Maqol – sifatli fikr ifodasi boʻlib, X.R.P. Diksonning fikriga koʻra “arablar

maqollarni keltirganlarida, tarixni gapirib berayotganlardek huzurlanadilar”.
Adabiyotshunoslar maqollarni masal, matal, mitala, misl, hikma, nodira, qavl, vaʼz
kabi bir qator terminlar bilan ataydilar va maqollarni:1)islomgacha va islomning ilk
davridagi qadimiy maqollar, 2) aralash yoki yangi va 3) zamonaviy maqollar guruhiga
ajratadilar. Arab maqollari boshqa xalqning hikmatlarini ham qamrab olganliklari
bois, qiyosiy oʻrganish ob’ekti boʻlishlari mumkin. Arab maqollarini tadqiq etish VIII
asrdan boshlangan. Arab adibi Ubayd Jurjumiy(VIII asr) Sahar ibn Dabiy, fors adibi
Abu Fadl Maydoniy kabi bir qator olimlar kabi Mahmud Zamaxshariy ham “al-
Mustaqso min amsali–arab” nomli kitobini tuzgan. Quyida arablarga oid maqollarnin
bir qanchasini keltirib, ularni izohlab o‘tamiz.

قيضلا تقو قيدصلا-

Muhtoj do'st, albatta, do'stdir.

‘‘Muhtoj do'st, albatta, do'stdir’’

degan maqol do'stlikning chinakam

mohiyatini anglatadi. Haqiqiy do'st faqat yengil kunda emas, balki qiyin vaziyatlarda
ham yonimizda bo‘ladi. Muhtoj bo‘lgan paytda yordamga shoshilgan inson do'stlikka
sodiq ekanini isbotlaydi.

لصب مويو لسع موي

-

Bir kun asal, bir kun piyoz.

"Bir kun asal, bir kun piyoz"

maqoli hayotning turfa ko‘rinishlarini tasvirlaydi.

Hayotda har doim shirinlik va zavq bo‘lmaydi, gohida achchiq va qiyinchilik ham
uchraydi. O‘zbek tilida ham bu maqolning variant mavud.

‘‘ Oyning o‘n beshi yorug‘,

o‘n beshi esa qorong‘i ’’

ushbu maqollarda hayotning har doim ham bir xil

bo‘lmasligi, baland - pastiklardan iboratligi anglashiladi.

ةولح هترمثو رم ربصلا-

Sabr achchiq, mevasi shirindir.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

80

"Sabr achchiq, mevasi shirin"

maqoli sabr-toqat va uning natijasini go‘zal

tarzda ifodalaydi. Qiyin vaziyatlarga bardosh berish va sabr qilish oson emas, u
ko‘pincha "achchiq" yoki mashaqqatli bo‘ladi. Ammo, bu jarayonning oxirida
erishilgan natija, ya'ni "meva", shirin va qoniqarli bo‘ladi.

ةحار ةحارصلا -

Halollik yengillikdir

.

"Halollik yengillikdir"

degan hikmatli so‘z insonning pokiza va to‘g‘ri yo‘lda

yurishining naqadar ahamiyatli ekanini anglatadi. Halol bo‘lgan inson o‘z hayotini
og‘irlashtiradigan yolg‘on, aldov yoki nohaqlikdan yiroq bo‘ladi. Chunki halollik
vijdon xotirjamligini beradi, bu esa inson uchun eng katta yengillikdir.

هسفن عفني هسرض ىلع لكأي يذلا-

Tishi bilan ovqatlangan kishi o'ziga foyda keltiradi.

"Tishi bilan ovqatlangan kishi o‘ziga foyda keltiradi"

maqoli insonning mehnati

va o‘z kuchi bilan hayotda erishgan narsalari haqiqiy foyda keltirishi haqida so‘z
yuritadi. O‘z mehnati bilan topilgan rizq barokatli bo‘lib, u insonni mustaqil va o‘ziga
ishongan qiladi.

دبت ليم فللأا ةلحر

ةوطخب أ

-Ko'z aqlli, qo'l qisqa.

"Ko'z aqlli, qo‘l qisqa"

maqoli inson istaklari va imkoniyatlari o‘rtasidagi

tafovutni anglatadi. Ko‘z ko‘p narsani xohlaydi, ya’ni inson orzulari va maqsadlari
cheksiz bo‘lishi mumkin. Ammo, qo‘l qisqa bo‘lishi, ya’ni imkoniyatlarning
cheklanganligi sababli, barchasiga erishish qiyin bo‘lishi mumkin.

مهارم مهاردلا-

Dirhamlar malhamdir.

"Dirhamlar malhamdir"

maqoli pulning kuchi va ahamiyatini ifodalaydi.

Dirham (pul) ko‘pincha inson hayotidagi muammolarni hal qilishda, qiyinchiliklarni
yengishda "malham", ya’ni yechim bo‘lib xizmat qiladi. Pul orqali inson sog‘liqni
tiklashi, ehtiyojlarini qondirishi yoki muammolarni bartaraf etishi mumkin.

لمح امب لمجلا لكأ-

Tuya ko‘targanini yebdi.

"Tuya ko‘targanini yebdi"

maqoli insonning imkoniyatlariga qarab harakat

qilishi va o‘z kuchiga yarasha sarf-xarajat qilishi kerakligini bildiradi. Tuya kuchli
hayvon sifatida ko‘p yuk ko‘taradi, lekin bu yukning o‘ziga foydali qismini iste'mol
qiladi.

Shunday qilib, biz o‘zbek tili leksikasining ko‘pgina qismini tashkil etgan

arabizm - arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning kirib kelish jarayoni, uning o‘zlashishi,
singishi, ma’nolarining arab tilida qanday bo‘lsa shunday ma’noda
qo‘llanilayotganligi yoki birlamchi ma’nosini yo‘qotib, boshqa ma’noda, ba’zan,
asliga zid ma’no anglatadigan shakllari haqida tasavvurga ega bo‘ldik. Zero, arab tili
mutaxassisi bo‘la turib, o‘zining ona tilidagi o‘zlashgan arab so‘zlarining kirib kelish
tarixini bilmaslik haqiqiy arab tili mutaxassisga to‘g’ri kelmaydi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

81

Adabiyotlar:

1.

Bu haqda qarang: Firdavsiy. Shohnoma.1 tom. Nauchno-kriticheskiy tekst,
raznochteniya, primechaniya i prilojeniya M.N.Osmanova.M.,1991.5s.

2.

P.Shamsiyev. O‘zbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar.Toshkent.1986. 27-bet.

3.

Alisher Navoiy. Sab’ai sayѐr. Ilmiy-kritik tekst. Nashrga tayѐrlovchi
P.Shamsiyev.Toshkent.1956. 7-bet

4.

Bu haqda qarang:Rahmon V. Mumtoz so‘z sehri.T., 2015.

5.

Hayitmetov A. Matnshunoslik muaammolari. Sharq yulduzi. 1982.№3 169

6.

Nabiyeva, N. (2024). O 'ZBEK MUMTOZ ŞOYRALARI IJODIDA ISHQ
MAVZUSI TALQINLARI. TAMADDUN NURI CÜRNELI, 8(59), 26-28.

7. Nabiyeva, N. (2022). O 'ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY

BOSQICHLARI. Bilim ve yenilik, 1(B6), 858-864.


References

Bu haqda qarang: Firdavsiy. Shohnoma.1 tom. Nauchno-kriticheskiy tekst, raznochteniya, primechaniya i prilojeniya M.N.Osmanova.M.,1991.5s.

P.Shamsiyev. O‘zbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar.Toshkent.1986. 27-bet.

Alisher Navoiy. Sab’ai sayѐr. Ilmiy-kritik tekst. Nashrga tayѐrlovchi P.Shamsiyev.Toshkent.1956. 7-bet

Bu haqda qarang:Rahmon V. Mumtoz so‘z sehri.T., 2015.

Hayitmetov A. Matnshunoslik muaammolari. Sharq yulduzi. 1982.№3 169

Nabiyeva, N. (2024). O 'ZBEK MUMTOZ ŞOYRALARI IJODIDA ISHQ MAVZUSI TALQINLARI. TAMADDUN NURI CÜRNELI, 8(59), 26-28.

Nabiyeva, N. (2022). O 'ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY BOSQICHLARI. Bilim ve yenilik, 1(B6), 858-864.