Annotatsiya: Ushbu maqolada Shaxriyor Shvkatning “Xayol og’ushi” she’ri badiiy ko‘chimlar va sheriy ohangdorlik elementlari asosida tahlil qilinadi. Metafora, metonimiya, simvol va personifikatsiya kabi badiiy ko‘chimlar yordamida she’rda chuqur ma’no va obrazlar yaratilgani ko‘rsatildi. Shuningdek, she’rning ritmi, qofiyasi va takrorlanishlari orqali musiqiylik va hissiy ohangdorlik ta’kidlandi. Maqola o‘zbek adabiyoti va she’riyatining badiiy vositalari hamda ohangdorlik jihatlarini chuqur anglashga xizmat qiladi.