Authors

  • Ismoilova Moxigul Yunus qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.100628

Abstract

2-tur  qandli  diabet  (T2QD)  bilan  og‘rigan  bemorlarda  metformin  eng  ko‘p 
qo‘llaniladigan preparatlardan biri hisoblanadi. Uning uzoq muddatli qabul qilinishi 
ba'zi  holatlarda  vitamin  B12  darajasining  pasayishiga,  natijada  gipergomosistein 
darajasining ortishiga olib keladi. Bu holat yurak-qon tomir, neyropatik va kognitiv 
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
Gomosistein  —  bu  organizmda  metionin  almashinuvi  natijasida  hosil 
bo‘ladigan aminokislota bo‘lib, uning me’yordan ortiq darajada to‘planishi yurak-qon 
tomir  kasalliklari,  asab  tizimi  buzilishlari,  homiladorlikdagi  asoratlar  va  hatto 
onkologik holatlar bilan bog‘liqdir. 


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_Iyun-2025

13

2-TUR QANDLI DIABET VA GIPERGOMOSISTEIN

Ismoilova Moxigul Yunus qizi


Maqsad: Metformin terapiyasida bo’lgan T2QD bemorlarida gomosistein,

vitamin B12 darajalari va ularning asoratlari bilan bog‘liqligini baholash.
Gipergomosistenemiyaning oldini olish, metfarnin terapiyasida bo’lgan T2QD
bemorlarda vitamin B12 nazorat qilish.

Kirish

2-tur qandli diabet (T2QD) bilan og‘rigan bemorlarda metformin eng ko‘p

qo‘llaniladigan preparatlardan biri hisoblanadi. Uning uzoq muddatli qabul qilinishi
ba'zi holatlarda vitamin B12 darajasining pasayishiga, natijada gipergomosistein
darajasining ortishiga olib keladi. Bu holat yurak-qon tomir, neyropatik va kognitiv
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Gomosistein

— bu organizmda metionin almashinuvi natijasida hosil

bo‘ladigan aminokislota bo‘lib, uning me’yordan ortiq darajada to‘planishi yurak-qon
tomir kasalliklari, asab tizimi buzilishlari, homiladorlikdagi asoratlar va hatto
onkologik holatlar bilan bog‘liqdir.

Gipergomosisteinemiyaning salbiy ta’siri
1.

Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri:

Gomosistein yuqori darajada bo‘lsa, qon tomir endoteliyasini shikastlaydi, bu

esa ateroskleroz, ishemik yurak kasalligi, miokard infarkti va insultga olib keladi. U
LDL-xolesterinning oksidlanishini kuchaytiradi va tromboz xavfini oshiradi.

2.

Asab tizimi buzilishlari:

Gipergomosisteinemiya neyrodegenerativ kasalliklar, xususan, Alzheimer va

Parkinson kabi demensiya shakllari bilan bog‘liq. U neyronlar faoliyatini pasaytirib,
kognitiv buzilishlarga olib keladi. Ba’zi tadqiqotlar uni depressiya va boshqa psixik
holatlar bilan ham bog‘laydi.

3.

Homiladorlikdagi xavf:

Homilador ayollarda gomosistein darajasining oshishi preeklampsiya, platsenta

yetishmovchiligi va tushish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, bu holat homilada
neyral nay anomaliyalari (masalan, spina bifida) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

4.

Koagulatsiya tizimidagi buzilishlar:

Gipergomosisteinemiya qon ivish tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu

holatda fibrinogen, D-dimer va PAI-1 darajalari ortadi, bu esa venoz tromboz, o‘tkir
emboliyalar va boshqa tromboembolik holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

5. Kognitiv buzilishlarda ham sabab bo’ladi.
Kognitiv buzilishlar turlari:
• Engil kognitiv buzilish (MCI) – kundalik faoliyatga sezilarli ta’sir qilmaydi,

biroq yoshga nisbatan me’yorda emas.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_Iyun-2025

14

• Demensiya (masalan, Alzheimer kasalligi) – chuqur xotira, nutq, orientatsiya

va ijtimoiy faoliyat buzilishi bilan kechadi.

Oldini olish va davolash choralar
Gomosistein darajasini nazorat qilish va pasaytirish quyidagilar orqali amalga

oshiriladi:

- Vitamin B6, B12 va foliy kislotasini yetarli qabul qilish;
- Sog‘lom ovqatlanish: sabzavotlar, dukkaklilar, mevalar, yong‘oqlar;
- Chekishdan voz kechish, jismoniy faollik;
- Davriy laborator tahlillar orqali monitoring;
- Zarurat bo‘lsa, dorivor terapiya (vitaminlar, statinlar yoki antitrombotik dori

vositalari).


Materiallar va usullar
Tadqiqotda 3 guruh shakllantirildi:
- 1-guruh: 50 nafar bemor, qandli diabet yangi aniqlangan, metformin terapiyasi

endigina boshlangan.

- 2-guruh: 50 nafar bemor, 5 yildan ortiq qandli diabet 2 tur bilan og‘rigan, 5 yil

davomida metformin terapiyada bo‘lgan.

- 3-guruh: 42 nafar bemor, 5 yildan ortiq qandli diabet 2 tur, lekin metformin

emas, boshqa gipoglikemik dorilar yoki insulin oluvchi.

Bu 3 guruh bemorlar Toshkent shahar shoyhontoxur tumani 45- Oilaviy

poliklinikada ro’yxatda turuvchi bemorlardadan tashkil qilinib, ular mumtazam
nazoratga olindi. Har 6 oyda ulardan Gomosistein, vitamin B 12, koagulogramma,
xolesterin ko’rsatgichlari labaratoriyada tekshirildi. Nevropatolog, Okulist, Kardiolog
va Endokrinolog ko’rigidan har 6 oyda o’tishdi.

Natijalar
Quyidagi jadvalda guruhlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar keltirilgan:

Ko‘rsatkich

1-guruh (Yangi)

2-guruh (5 yil

Metformin)

3-guruh (5 yil,

metformin emas)

p-qiymat

Gomosistein

(µmol/l)

12.8 ± 2.1

18.2 ± 4.8

14.7 ± 2.9

< 0.01

Vitamin B12

(pmol/l)

320.5 ± 105.6

145.3 ± 87.1

498.2 ± 195.3

< 0.001

Diabetik

neyropatiya (%)

10%

42%

24%

< 0.05


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_Iyun-2025

15

Yurak-qon tomir

asoratlari (%)

8%

36%

20%

< 0.05

Kognitiv

buzilishlar (%)

6%

30%

14%

< 0.05

Izoh: Jadvalda statistik ahamiyatga ega farqlar p < 0.05 bo‘yicha belgilangan.

Grafik

Quyidagi grafikda 3 guruh o‘rtasida asosiy ko‘rsatkichlarning taqqoslanishi aks

ettirilgan:

Xulosa

- Metformin qabul qiluvchi T2QD bemorlarida vitamin B12 darajasini

muntazam nazorat qilish lozim.

- Vitamin B12 yetishmovchiligi aniqlansa, uni qo‘shimcha tarzda qabul qilish

tavsiya etiladi.

- Gomosistein darajasining oshishi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi

mumkin.

Metformin terapiyasi davomiyligi gomosistein va vitamin B12 darajalariga

sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. 5 yildan ortiq metformin qabul qilgan bemorlarda
gomosistein darajasi eng yuqori va B12 darajasi eng past bo‘ldi. Bu holat neyropatiya,
yurak-qon tomir va kognitiv asoratlar xavfini oshiradi. Metformin bilan
davolanayotgan bemorlar gomosistein va vitamin B12 darajasi bo‘yicha muntazam
monitoringdan o‘tishlari zarur.