Authors

  • Salimova Sitora-Bonu Nuritdin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.101089

Keywords:

Kalit so‘zlar: Mahmud Zamaxshariy “Asosu-l-balog‘a” arab tilshunosligi balog‘at ilmi lug‘atshunoslik fasohat semantika Qur’on hadis frazeologizm maqol she’riy parchalar.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va tilshunos Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari tahlil qilinadi. Asarning arab tilshunosligi va balog‘at ilmi rivojidagi o‘rni, tuzilishi, ilmiy-uslubiy yondashuvlari, so‘zlarning semantik va majoziy ma’nolari, shuningdek, asarda ishlatilgan manbalar asosida tahlil beriladi. Zamaxshariyning lug‘atshunoslikdagi uslubi, tilning fasohat va balog‘at jihatlarini yoritishda tutgan yondashuvi zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham tahlil etiladi. Maqolada “Asosu-l-balog‘a” asarining lug‘atshunoslikda tutgan o‘rni, uning uslubiy yangiliklari va boy ilmiy merosi yoritilgan.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

180

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “ASOSU-L- BALOG‘A” ASARI: ARAB

TILSHUNOSLIGI VA BALOG‘AT ILMINING NOYOB NAMUNASI

Salimova Sitora-Bonu Nuritdin qizi

“Ziyo-zukko umumta’lim maktabi” NTM arab tili o‘qituvchisi,

Xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti

sitora9353@gmail.com


Annotatsiya

. Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va tilshunos Mahmud

Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari tahlil qilinadi. Asarning arab tilshunosligi
va balog‘at ilmi rivojidagi o‘rni, tuzilishi, ilmiy-uslubiy yondashuvlari, so‘zlarning
semantik va majoziy ma’nolari, shuningdek, asarda ishlatilgan manbalar asosida tahlil
beriladi. Zamaxshariyning lug‘atshunoslikdagi uslubi, tilning fasohat va balog‘at
jihatlarini yoritishda tutgan yondashuvi zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan
ham tahlil etiladi. Maqolada “Asosu-l-balog‘a” asarining lug‘atshunoslikda tutgan
o‘rni, uning uslubiy yangiliklari va boy ilmiy merosi yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Mahmud Zamaxshariy, “Asosu-l-balog‘a”, arab tilshunosligi,

balog‘at ilmi, lug‘atshunoslik, fasohat, semantika, Qur’on, hadis, frazeologizm,
maqol, she’riy parchalar.


Mahmud Zamaxshariy — o‘rta asrlar arab tilshunosligi va adabiyoti sohasida

muhim shaxs hisoblanadi. U nafaqat mashhur tafsirchi va hadisshunos, balki arab
tilshunosligi va balog‘at ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Uning
“Asosu-l-balog‘a” asari, arab tilining grammatikasi va lug‘atshunosligiga oid ulkan
ilmiy meros sifatida tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. Asar tilning nafaqat
grammatika, balki uning leksik tarkibiga oid muhim nazariyalar va tushunchalarni o‘z
ichiga olgan. Zamaxshariyning lug‘atshunoslikka bo‘lgan qarashlari, shu davrning
ilmiy an’analari bilan bog‘liq bo‘lib, u tilning o‘zaro aloqalarini, o‘zgarishlarini va
rivojlanishini tasavvur etishda yangi bir nazariy yondashuvlarni taklif etgan.

Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari, arab tili haqidagi ilmiy tafakkurni

o‘zgartirishda muhim rol o‘ynadi. Olim arab tilining leksik tarkibini tahlil qilib,
so‘zlarning etimologiyasi, semantikasini va qo‘llanilishini ilmiy asosda izohlagan. U,
shuningdek, so‘zlarning o‘zaro aloqalarini, ma’nolarining o‘zgarishini va til
o‘zgarishlarini chuqur o‘rgangan.

Asar arab lug‘atshunosligida ham muhim ahamiyatga ega asar sifatida e’tirof

etiladi. A.Rustamovning fikricha, “Zamaxshariy o‘zining “Asosu-l-balog‘a” asari
bilan arab lug‘atshunosligini bir necha pog‘ona yuqori ko‘targan”. Zamaxshariy
mazkur lug‘atda so‘zlarni ularning barcha o‘zak undoshlarini hisobga olgan holda
alifbo tartibida joylashtirgan. Shu bilan birga, lug‘atdagi so‘zlarni o‘sha davrda


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

181

iste’molda bo‘lgan jumla va iboralar tarkibidan ajratmagan holda bergan. Bu usul so‘z
ma’nolarini har tomonlama va batafsil izohlash uchun o‘ziga xos zamin yaratadi.

Mahmud Zamaxshariy “Asos-ul-balogʻa”da arab adabiy tilining fasohatini aks

ettirishga harakat qilgan. Lugʻatning muqaddima qismida yozishilicha, muallif bu
usul bilan u soʻzga chechan kishilar, yetuk adiblar yetishtirishni oʻz oldiga maqsad
qilib qoʻygan. Aynan shuning uchun u oʻz asarini “ةغلابلا

ساسا ” , ya’ni “Balogʻat

asoslari” deb nomlagan. Lugʻat arab alifbosiga muvofiq 28 harfga boʻlingan boʻlib,
3742 ta lugʻat maqolani oʻz ichiga oladi. Muallif har bir harf qismini «bob» deb
nomlagan. Boblar esa o‘z navbatida so‘zning ikkinchi o‘zak undoshiga muvofiq
ajratilgan va ular “fasl” deb nomlangan.

Mahmud Zamaxshariyga mazkur asarni yaratishda uning tilshunoslik,

lugʻatshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix kabi sohalarda toʻplagan bilim va tajribalari
yaqindan yordam bergan. V.M.Belkinning fikriga koʻra, “odatda oʻz lugʻatlarida arab
tili leksikasining sofligini qayd etgan va uni kafolatlagan lugʻatshunoslar grammatik
masalalar bilan shugʻullanmaganlar. Faqatgina Mahmud Zamaxshariy ham
grammatika, ham lugʻatshunoslikda original asarlar yarata olgan”

1

.

Mahmud Zamaxshariy tomonidan rivojlantirilgan lugʻat maqolalarni alifbo

tartibida berish usuli bugungi kun lugʻatshunosligida keng qoʻllanilmoqda.

“Asosu-l-balog‘a” lugʻati nafaqat Mahmud Zamaxshariyning leksikografik

merosida, balki an'anaviy arab lugʻatshunosligining rivojlanish tarixida ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Shu oʻrinda Fozil Solih as-Samaroiy shunday deydi: “Asosu-l-
balog‘a” boshqa lugʻatlardan ajralib turadigan lugʻatdir. Undan avval ham, keyin ham
lugʻatshunoslik ilmida bunday uslubda lugʻat tuzilmagan. Bu lugʻat soʻzlarning
joylashtirilishi osonligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan boshqa lugʻatlar uning oʻrnini
bosa olmaydi. Agar boshqa lugʻatlar oʻz kuchini yoʻqotsa ham, “Asosu-l-balog‘a” oʻz
kuchida qoladi”.

“Asosu-l-balog‘a”da jami 3742 ta lugʻat maqola boʻlib, ular tarkibiga ko‘ra

quyidagi qismlardan iborat:

a) bosh soʻz;
b) bosh soʻzning asosiy ma’nosi;
v) bosh soʻz hosilalari (fe’llarning boblari (oʻtgan va hozirgi zamon), aniq va

majhul daraja sifatdoshlari, masdarlari va hokazo) ishtirok etgan jumlalar;

g) bosh soʻzni izohlash uchun qoʻllanilgan Qur’on oyatlari, hadislar, xalifa va

sahobalarning soʻzlari, she’riy asarlardan olingan parchalar, frazeologizmlar,
maqollar;

d) soʻzning majoziy ma’nosi;
e) bosh soʻz majoziy ma’noda ishlatilgan jumlalar.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

182

“Asosu-l-balog‘a”da lugʻat maqolalarni hajmiga koʻra qisqa lugʻat maqolalar,

oʻrtacha hajmga ega lugʻat maqolalar hamda uzun lugʻat maqolalarga ajratish
mumkin. Asardagi umumiy lug‘at maqolalar 3742 tadan iborat boʻlsa, ulardan 480
tasini qisqa lugʻat maqolalar tashkil etadi. Qisqa lugʻat maqolalar hajman kichik
boʻlib, ularda bosh soʻzning ma’nosi bir yoki ikki jumla bilan izohlangan. Bosh
soʻzning faqatgina haqiqiy ma’nosi berilgan. “Asosu-l-balog‘a”dagi qisqa lugʻat
maqolalarni tashkil etuvchi bosh soʻzlarning aksariyati oʻsha davrda nisbatan kam
ishlatiladigan soʻzlardan iborat boʻlgan.

Oʻrtacha hajmdagi lugʻat maqolalarda qisqa lugʻat maqolalardan farqli oʻlaroq,

bosh soʻzning haqiqiy ma'nosi bilan birga majoziy ma'nosi ham berilgan. Soʻzlarni
izohlashda illyustrativ materiallardan kam foydalanilgan.

Uzun lugʻat maqolalarda bosh soʻzning hamma ma’nolari aks etadi. Ularning

izohi yarim betdan ikki betgacha boʻlishi mumkin. Bunday lugʻat maqolalarning
deyarli barchasida soʻzning haqiqiy ma’nosi bilan birga majoziy ma’nosi ham
izohlangan boʻladi.

Mahmud Zamaxshariy soʻzlarni asosan quyidagi manbalarga tayangan holda

izohlagan. Ular: Qur’on, hadis, frazeologizmlar, maqollar va she’riy parchalar.
“Asosu-l-balog‘a”dagi 447 ta misol Qur’ondan olingan. Bu hodisa Qur’onning o‘sha
davrda ham adabiy, ham ilmiy manba sifatida keng iste’molda boʻlganini koʻrsatadi.

Bundan tashqari, lugʻatda soʻzlarni izohlashda paygʻambar Muhammad (s.a.v.)

hadislaridan ham keng foydalanilgan. Hadislar asosan ta’lim-tarbiyaga, odob-axloqqa
doir bo‘lib, pand-nasihatlarga boy bo‘lganligi sababli olim ulardan mohirona
foydalangan.

“Asosu-l-balog‘a”da soʻzlarning koʻchma ma’nolarini izohlashda frazeologizm

va maqollar asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. Ularning bir qismi hozirga kelib
iste’moldan chiqqan boʻlsa, bir qismi arab adabiyotida hozirgacha ishlatiladi. Shu
bilan birgalikda, lugʻat maqolalarda soʻz ma’nolarini ochishda XI-XII asrda yashab,
ijod qilgan yaqin shoirlarning asarlaridan olingan.she’riy parchalardan
foydalanilgan.

“Asosu-l-balog‘a” asari Zamaxshariyning arab tili balogʻati, uning grammatik

xususiyatlarini mukammal bilishini koʻrsatadi. Muallif asarda mavjud bosh
soʻzlarning nozik farqlariga ham e’tibor bergan holda izohlagan. Olim arab tili bilan
bogʻliq boʻlgan barcha ilmlarni, Qur’on, hadis, frazeologizmlar, maqollar, arab
shoirlarining asarlarini mukammal bilgan va ulardan oʻz asarlarida keng foydalangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ADABIYOTI:

1.

. .ج .دوسلا نويع لساب دمحم قيقحت .ةغلابلا ساسا .ىرشخمزلا

١

توريب

راد :نانبل

بتكلا.

. ,ةيملعلا

١٩٩٨

٧١٩

ص

.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

183

2.

. .ج .دوسلا نويع لساب دمحم قيقحت .ةغلابلا ساسا .ىرشخمزلا

٢

توريب

بتكلا راد :نانبل

.

. ,ةيملعلا

١٩٩٨

٦٦٩

ص

3.

Белкин В. М. Арабская лексикология. – М.: Издательство Московского

университета, 1961. – 200 с.

4.

Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy. Nozik iboralar Sharhlar muallifi va

tarjimon U. Uvatov. – T.: Kamalak, 1992. – 80 b.

5.

Rustamov A. Mahmud Zamaxshariy. – T.: Fan, 1971. – 32 b.

6.

Fozil Solih as-Samaroiy. Ad-dirasat-in-nahviyya va-l-lugʻaviyya ‘inda-z-

Zamaxshariy. – Bagʻdod, 1970. – 142 b.

7.

Islomov Z. M. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddamatu-l-adab» asarida

turkiy fe'llar tahlili. Fil. fan. nomz. diss. – T.: 1993. – 161 b.

8.

Islomov Z. M. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddamatu-l-adab» asarining

qoʻlyozma manbalari va arabcha-turkiy fe'llar soʻzligining yigʻma ilmiy-tanqidiy
matni (Toshkent qoʻlyozmalari asosida). Fil. fan. dok. diss. – T.: 1998. – 234 b.

9.

Sulaymonova N.A. Mahmud Zamaxshariy «Asos-ul-balogʻa» asarining

manbashunoslik tadqiqi. PhD diss. - t.: 2007. -198 b.














References

الزمخشرى. اساس البلاغة. تحقيق محمد باسل عيون السود. ج. .١ – بيروت – لبنان: دار الكتب.

العلمية, .١٩٩٨ – ٧١٩ ص .

الزمخشرى. اساس البلاغة. تحقيق محمد باسل عيون السود. ج. .٢ – بيروت – لبنان: دار الكتب .

العلمية, .١٩٩٨ – ٦٦٩ ص

Белкин В. М. Арабская лексикология. – М.: Издательство Московского университета, 1961. – 200 с.

Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy. Nozik iboralar Sharhlar muallifi va tarjimon U. Uvatov. – T.: Kamalak, 1992. – 80 b.

Rustamov A. Mahmud Zamaxshariy. – T.: Fan, 1971. – 32 b.

Fozil Solih as-Samaroiy. Ad-dirasat-in-nahviyya va-l-lugʻaviyya ‘inda-z-Zamaxshariy. – Bagʻdod, 1970. – 142 b.

Islomov Z. M. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddamatu-l-adab» asarida turkiy fe'llar tahlili. Fil. fan. nomz. diss. – T.: 1993. – 161 b.

Islomov Z. M. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddamatu-l-adab» asarining qoʻlyozma manbalari va arabcha-turkiy fe'llar soʻzligining yigʻma ilmiy-tanqidiy matni (Toshkent qoʻlyozmalari asosida). Fil. fan. dok. diss. – T.: 1998. – 234 b.

Sulaymonova N.A. Mahmud Zamaxshariy «Asos-ul-balogʻa» asarining manbashunoslik tadqiqi. PhD diss. - t.: 2007. -198 b.