Authors

  • Xidirov Furqat Shukurullayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.101092

Abstract

Annotatsiya: Harakatlar strategiyasi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish muammosi ichki ishlar organlariga fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, huquq va erkinliklari, mulk va jamiyat manfaatlarini jinoiy va boshqa qonunga xilof tajovuzlardan himoya qilishga qaratilgan vazifalar va boshqalar.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

160

JAMOATCHILIK NAZORATI FAOLIYATINING

MAHALLA MASKANLARIDAGI O’RNI

Xidirov Furqat Shukurullayevich

Annotatsiya:

Harakatlar strategiyasi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi

qonuni, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni, ichki ishlar organlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish muammosi ichki
ishlar organlariga fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, huquq va erkinliklari, mulk va
jamiyat manfaatlarini jinoiy va boshqa qonunga xilof tajovuzlardan himoya qilishga
qaratilgan vazifalar va boshqalar.

Аннотация:

Стратегия действий, Закон «Об общественном контроле»,

Закон «Об органах внутренних дел», проблема формирования эффективной
системы общественного контроля за деятельностью органов внутренних дел,
возложенные на органы внутренних дел задачи по защите жизни, здоровья, прав
и свобод граждан, собственности и интересов общества от преступных и иных
противоправных посягательств и др.

Abstract:

The Strategy of Actions, the Law "On Public Control", the Law "On

Internal Affairs Bodies", the problem of forming an effective system of public control
over the activities of internal affairs bodies, the tasks assigned to internal affairs
bodies to protect the lives, health, rights and freedoms of citizens, property and the
interests of society from criminal and other unlawful encroachments, etc.


Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar

strategiyasining

birinchi

yo‘nalishida

jamoatchilik

nazorati

mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy
axborot vositalari rolini kuchaytirish vazifasi belgilab berilgan. Xususan, bu borada,
O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni (2018-yil
12-aprel) qabul qilinganligi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari
faoliyatining ijtimoiylashuvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini
boshlab berdi.

Ma’lumki, ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri

fuqarolik jamiyati institutlari bilan konstruktiv muloqotni amalga oshirishga
qaratilgan jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu bois,
mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining
faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning
mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-son Farmonida
ichki ishlar organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan jamoatchilik


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

161

nazoratini kuchaytirish vazifasi alohida belgilab berildi”

1

.

Aytish o‘rinliki, ichki ishlar organlari va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarning xususiyati mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning muhim
ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi, chunki aholi ichki ishlar organlari misolida davlat
vakilini ko‘radi. Shu boisdan bejizga emas, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-
yilning 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyatida, tizimda mavjud muammo va
kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqida “Ichki ishlar organlari
shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin”, deb alohida ta’kidlagan.
Buning zamirida ichki ishlar organlariga yuksak mas’uliyat yuklatilishi barobarida
davlatning xalq bilan bevosita ish olib boruvchi vakili – ichki ishlar organlari
xodimlariga, ham ishonch, ham yuksak mas’uliyatni his etgan holda xalq manfaati
yo‘lida fidoiylik bilan xizmat qilish vazifasini yuklaydi. Shuning uchun ham ichki
ishlar organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi
fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Chunonchi, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik

nazoratini amalga oshirish orqali, jamiyat uchun muhim bo‘lgan maqsadlarga
erishiladi, ya’ni u orqali ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlari va
erkinliklarining himoya qilinishi, fuqarolar va jamoatchilik tashkilotlarining qonuniy
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qarorlar qabul qilinishida jamoatchilik
fikrining inobatga olinishi ta’minlanadi. Aynan jamoatchilik nazorati ichki ishlar
organlari faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, uning faoliyati samaradorligini
oshirish, qonunga xilof va jamoat manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlarni qabul qilish va
amalga oshirish xavfini bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.

Shuni qayd etish joizki, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy

me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini
bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud hujjatlar asosida
qo‘yilishini taqozo etadi.

Jumladan ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati

O‘zbekiston Respublikasining Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonuni talablari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari
huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3837-son qarori, 2020-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5980-son
Farmoni

hamda

Ichki

ishlar

vazirining

2018-yil

28-martdagi “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”gi 83-sonli, 2018-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi

1

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni

// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2016. – № 38. – 438-m.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

162

Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 164-sonli, 2018-yil
20-iyundagi “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibini tuzish
haqida”gi 165-sonli, 2019-yil 14-noyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi
Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 381-son buyruqlari
va boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari

to‘g‘risida”gi qonunida ichki ishlar organlarining jamoatchilik nazorati ob’ektlariga
aniqlik kiritilmagan, garchi, ushbu Qonunning 9-moddasi (Ochiqlik va shaffoflik
prinsipi) jismoniy va yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
foydalanilishi qonun bilan cheklangan axborotlardan tashqari ichki ishlar
organlarining faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan haqqoniy axborotni
olish huquqini beradi.

Vaholanki, jamoatchilik nazorati ob’ektini tegishli normativ hujjatda aniq

ifodalanmasligi olimlar tomonidan bahs-munozara

2

ga sabab bo‘layotgan holatdan

hisoblanadi. Chunki sub’ekt tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan
qanday maqsad ko‘zlanganligini va uning muayyan sohaning aynan qaysi ob’ektiga
yo‘nalganligi anglanmasdan turib, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Ammo,
yuqorida ta’kidlaganimizdek, biror bir normativ hujjatda ichki ishlar organlarining
qaysi tuzulmalari faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ekti bo‘lishi mumkinligi
hamda ularning jamoatchilik nazorati sub’ektlari bilan hamkorligini ta’minlashga oid
alohida tartib nazarda tutilmagan. Shundan kelib chiqib, ichki ishlar organlari
faoliyatida jamoatchilik nazorati ob’ekti haqida gapirilganda, avvalambor, ichki
ishlar organlari tizimi haqida batafsil tassavvurga ega bo‘lish talab etiladi. Binobarin,
ushbu sohada jamoatchilik nazorati ob’ektini aniq belgilash uchun mamlakatimizning
ma’muriy-hududiy tuzilishi va shunga mos tarzda shaklantirilgan ichki ishlar
organlarining ma’muriy tizimlashtirilganligini tahlil qilish lozim bo‘ladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga

muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Shunga
muvofiq ichki ishlar organlarida vertikal va gorizontal boshqarish tizimini joriy qilish
hamda mamlakatimizning ma’muriy-hududiy tuzilishi bo‘yicha aholiga samarali
xizmat ko‘rsatadigan va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan hududiy
tuzilmalari shakllantirilgan. Shu nuqtai nazardan, “Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq (13- modda), “Ichki ishlar organlari tizimiga
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki

2

Xoliqova Sh.A. Jamoatchilik nazorati shakllari va ularni yanada takomillashtirish muammolari // Huquqiy tadqiqotlar

jurnali. –2019. – №2. – B. 52- 60;
Криская М.С. Объекты и субъекты общественного контроля за деятелностю политсии в условиях
детсентрализатсии государственного управления // Вестник ДВЮИ МВД России. – 2016. – № 3 (36). – С. 98-
105.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

163

ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar
boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari),
transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish
muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlardagi
bo‘linmalari, shaharcha ichki ishlar bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining tayanch
punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linma
va tashkilotlar, shuningdek, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qo‘shinlari hamda xalqaro
aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlar kiritilgan.

Ko‘rib turganimizdek, bunday yondoshuv, albatta, keng ko‘rinishga ega, ammo

samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish oldida turgan vazifalar majmui,
bunday ob’ektlar tizimiga muayyan sohaning barcha tuzilmalarini maksimal darajada
kiritilishini taqozo etadi. Demak, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratining ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, uning
sohaviy va hududiy tuzilmalari, shuningdek ichki ishlar organlari zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan boshqa bo‘linma va
tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga muvofiq, ichki

ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi. Shu jihatdan, Ichki
ishlar vazirligi davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholini
mamlakatdagi kriminogen vaziyat, huquq-tartibotni muhofaza qilish va jamoat
xavfsizligini ta’minlash holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek Vazirlik va ichki
ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishi
to‘g‘risida tizimli ravishda xabardor qilib boradi. Shuning uchun, ichki ishlar
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish
muammosi ichki ishlar organlariga fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, huquq va
erkinliklari, mulk va jamiyat manfaatlarini jinoiy va boshqa qonunga xilof
tajovuzlardan himoya qilishga qaratilgan vazifalar ijrosini samarali hal qilish bilan
bevosita bog‘liqdir. Biroq, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishning asosiy ob’ektlaridan tashqari, huquqni muhofaza
qilish funksiyasi yuklatilmagan uning tarkibiy tuzilmalaridan iborat bo‘lgan
qo‘shimcha ob’ektlarini ham ajratish talab etiladi. Ayni paytda bunday tuzilmalar
Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat olib boradi. Masalan, Ichki ishlar
vazirligining Kadrlar bosh boshqarmasi, Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh
boshqarmasi, Tibbiyot boshqarmasi, Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni
himoyalash boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari va boshqa shu


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

164

kabilar bunga misol bo‘la oladi. Shu sababli, jamoatchilik nazorati nafaqat ichki ishlar
organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib
qolmasdan, balki uning mazkur yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalariga
ham qaratilishi lozimdir.

Bundan tashqari, e’tiborga olish kerakki, ichki ishlar organlari o‘z funksiyasiga

ko‘ra maxfiy ma’lumotlar bilan ishlaydigan bo‘linmalariga ham ega hisoblanadi. Shu
bois ichki ishlar organlarining bunday bo‘linmalari faoliyati jamoatchilik
nazoratining ob’ekti bo‘lishi mumkin emas yoki u ma’lum darajada cheklangan
xususiyatga ega bo‘ladi. Zero, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga
muvofiq, “Jamoatchilik nazorati sub’ektlarining axborot olishga bo‘lgan huquqi, agar
mazkur axborot shaxsga doir ma’lumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa,
cheklanishi mumkin”.

Biz ko‘rib chiqadigan dolzarb masalalardan yana biri ichki ishlar organlari

faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatishi mumkin bo‘lgan sub’ektlar
muammosi hisoblanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik

nazorati turli sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xususan, “Ichki ishlar
organlari to‘g‘risida”gi Qonunda (9-modda) “Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini
ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari
bilan hamkorlikda amalga oshiradi”

3

, deb belgilangan. Bundan tashqari,

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida, O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat
tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlari sifatida
nazarda tutilgan. Shuningdek, ushbu normaga muvofiq jamoatchilik nazorati
jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari
tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkinligi
ko‘rsatilgan.

Ko‘rib turganimizdek, qonunda jamoatchilik nazorati sub’ektlariga davlat

organlaridan holi va ulardan deyarli mustaqil bo‘lgan toifadagi sub’ektlar kiritilgan.
Ammo qayd etish kerakki, yuridik adabiyotlarda jamoatchilik nazorati sub’ektlari
borasida yagona to‘xtamga kelinmagan. Jumladan, bu borada I.O.Skvirskiy,
“Jamoatchilik nazorati sub’ektlari faqat muayyan davlatning fuqarosi bo‘libgina
qolmasdan, balki unga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham

3

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 16 sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni //

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2016. – № 38. – 438-m.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

165

kiritilishi lozim”

4

, deb yozadi. Ammo biz jamoatchilik nazorati muayyan davlatda

iste’qomat qiluvchi fuqarolar va jamoatchilik manfaatlariga qaratilishini inobatga
olib, ushbu fikrni, qo‘llab-quvvatlamaymiz.

Bundan tashqari, A.B.Didikin “Jamoatchilik nazorati sub’ektlari qatoriga inson

huquqlari, bola huquqlari va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish
bo‘yicha vakillarni ham kiritish lozim”

5

ligini

tavsiya

qiladi.

Garchi,

mamalakatimizda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, bola huquqlari
bo‘yicha vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilining
vakolatlari va huquqlari tegishli qonun hujjatlarida aniq belgilanganligi hamda ular
tegishli davlat organi tomonidan lavozimga tayinlanishini inobatga olib, jamoatchilik
nazorati sub’ektlari qatoriga kiritishni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz.

Shuningdek, O.S.Sokolova “Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati

sub’ekti bo‘lishi mumkin emas, chunki ular axborot tarqatish vositasi hisoblanadi
xolos”

6

, deb yozadi. M.S. Kriskaya esa, “Davlat ommaviy axborot vositalari va davlat

byudjetidan to‘la yoki qisman moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalarini
jamoatchilik nazorati sub’ekti deb hisoblamaslik lozimligini

7

bildiradi.

Shu o‘rinda, aytish joizki, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning

2017-yil 3-avgust kuni milliy madaniyatimiz namoyandalari, ijod ahli bilan
uchrashuvida bu sohadagi ijodkorlarga nisbatan “Nima uchun madaniy hayotimizda
tanqidiy ruh sezilmaydi? Sog‘lom tanqid, bahs va tortishuv bo‘lmagan joyda
chinakam ijod bo‘lishi mumkinmi o‘zi?”

8

deb murojaat qilganligini eslash diqqatga

sazovordir. Chunki, bahs-munozara, oshkoralik, shaffoflik bo‘lmagan joyda hech
qachon taraqqiyot, rivojlanish bo‘lmaydi. Zero, oshkoralik korrupsiya yoki
fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilishini oldini oladi, bu sohadagi mavjud
muammolarga haqqoniy va o‘z vaqtida yechim topadi. Shu bois fikrimizcha,
mamlakatimizda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, mamlakat media-bozorini
rivojlantirish orqali ommaviy axborot vositalarini tom ma’nodagi “to‘rtinchi
hokimiyat” darajasiga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilayotganligini inobatga olib, ommaviy axborot vositalari davlat yoki nodavlat
xususiyatga ega bo‘lishi yoxud davlat byudjetdan moliyalashtirilishi yoki
moliyalashtirilmasligidan qat’i nazar jamoatchilik nazorati subekti sifatida tan

4

Сквирский И.О. Понятие и основные признаки общественного контроля в современной административно-

правовой доктрине Украины // Административное право и протсесс. – 2013. – № 4. – с. 65-66.

5

Дидикин А.Б. Правовые формы участия граждан в общественном контроле // Гражданское общество в России

и за рубежом. – 2015. – № 1. – С. 122-127.

6

Соколова О.С. Правовое регулирование участия граждан в общественном контроле // Административное и

мунитсипалное право. – 2015. – № 2. – С. 61-63

7

Криская М.С. Объекты и субъекты общественного контроля за деятелностю политсии в условиях

детсентрализатсии государственного управления // Вестник ДВЮИ МВД России. – 2016. – № 3 (36). – С. 98-
105.

8

Mirzieyov Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning

mustahkam poydevoridir. Xalq so‘zi. – 2017. – 4 sent.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

166

olinishi maqsadga muvofiqdir.

Demak, aytilganlardan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlari faoliyati

ustidan jamoatchilik nazorati to‘g‘ridanto‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy
axborot vositalari, shuningdek, jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa
jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Negaki,
ushbu sub’ektlar ichki ishlar organlarining ayrim xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan
xato va kamchiliklar, qonun buzilish holatlari to‘g‘risida ob’ektiv va ishonchli
ma’lumot olishdan manfaatdor hisoblanadi. Zotan, fuqarolar jamoatchilik nazoratiga
oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘proq manfaatdor bo‘ladilar, chunki davlat
hokimiyati organlari tomonidan qonun buzilish holatlarining oqibatlari birinchilardan
bo‘lib ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham aynan fuqarolar davlat
organlarini mavjud qonunbuzilish holatlariga nisbatan e’tiborini qarata olishlari va
ularni barataraf etishga yo‘naltira olishlari mumkin. Garchi, O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini
belgilab beruvchi mezondirki, bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida
ifodalanadi

9

. Negaki, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati ustidan

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayoniga jalb qilish orqali jamoatchilikning
ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, ichki ishlar organlari
xodimlarining korrupsion xattiharakatlariga nisbatan murosasizlik kayfiyatini
shakllantirish hamda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish kabi
muhim vazifalar hal qilinadi.

Shu sababdan jamoatchilik nazorati sub’ektlari qatorida O‘zbekiston

Respublikasining fuqarolari alohida o‘ringa ega hisoblanadi. Ular o‘z navbatida
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok
etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish davlat organlarining faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Fuqarolar jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda bevosita yoki jamoat
birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tarkibida ham ishtirok etish
huquqiga ega. Ayni paytda fuqarolarning jamoatchilik nazoratida ishtirok etishi erkin
va ixtiyoriy bo‘lishi lozim. Hech kim fuqaroga uni jamoat nazoratida qatnashishga
majburlash uchun ta’sir o‘tkazishga, shuningdek uning jamoat nazoratida ishtirok
etish huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga haqli emas.

9

Nurmuxammedova G.B. Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati

sub’ektlarining vakolatlari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. –2018. – №7. – B. 51.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

167

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. //

https://lex.uz/docs/6445145

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 16-
sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami. – 2016. – № 38. – 438-m.

3.

Xoliqova Sh.A. Jamoatchilik nazorati shakllari va ularni yanada takomillashtirish
muammolari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. –2019. – №2. – B. 52- 60;

4.

Криская М.С. Объекты и субъекты общественного контроля за деятелностю
политсии в условиях детсентрализатсии государственного управления //
Вестник ДВЮИ МВД России. – 2016. – № 3 (36). – С. 98-105.

5.

Сквирский И.О. Понятие и основные признаки общественного контроля в
современной

административно-правовой

доктрине

Украины

//

Административное право и протсесс. – 2013. – № 4. – с. 65-66.

6.

Дидикин А.Б. Правовые формы участия граждан в общественном контроле
// Гражданское общество в России и за рубежом. – 2015. – № 1. – С. 122-127.

7.

Соколова О.С. Правовое регулирование участия граждан в общественном
контроле // Административное и мунитсипалное право. – 2015. – № 2. – С.
61-63

8.

Криская М.С. Объекты и субъекты общественного контроля за
деятелностю политсии в условиях детсентрализатсии государственного
управления // Вестник ДВЮИ МВД России. – 2016. – № 3 (36). – С. 98-105.

9.

Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz
ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. Xalq so‘zi. – 2017.
– 4 sent.

10.

Nurmuxammedova G.B. Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining vakolatlari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. –
2018. – №7. – B. 51.


References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/6445145

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2016. – № 38. – 438-m.

Xoliqova Sh.A. Jamoatchilik nazorati shakllari va ularni yanada takomillashtirish muammolari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. –2019. – №2. – B. 52- 60;

Криская М.С. Объекты и субъекты общественного контроля за деятелностю политсии в условиях детсентрализатсии государственного управления // Вестник ДВЮИ МВД России. – 2016. – № 3 (36). – С. 98-105.

Сквирский И.О. Понятие и основные признаки общественного контроля в современной административно-правовой доктрине Украины // Административное право и протсесс. – 2013. – № 4. – с. 65-66.

Дидикин А.Б. Правовые формы участия граждан в общественном контроле // Гражданское общество в России и за рубежом. – 2015. – № 1. – С. 122-127.

Соколова О.С. Правовое регулирование участия граждан в общественном контроле // Административное и мунитсипалное право. – 2015. – № 2. – С. 61-63

Криская М.С. Объекты и субъекты общественного контроля за деятелностю политсии в условиях детсентрализатсии государственного управления // Вестник ДВЮИ МВД России. – 2016. – № 3 (36). – С. 98-105.

Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. Xalq so‘zi. – 2017. – 4 sent.

Nurmuxammedova G.B. Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati sub’ektlarining vakolatlari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. –2018. – №7. – B. 51.