World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
216
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA DORIVOR CHUFA (CUPERUS
ESCULENTUS LATIVUM) NI INRODUKSIYA QILISHNING AHAMIYATI
Eshmurodova Mavluda Qodiralievna
O‘zbekiston Respublikasi G‘alla va dukkakli ekinlar
ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti
eshmurodovamavluda52@gmail.com.,
https://orcid.org/0009-0006-5441-6791
Naralieva Nasiba Mamanovna
Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika
kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori (DSc), professor
https://orcid.org/0000-0002-6720-2083
Mamaxanova Jumagul Niyozbekovna
https://orcid.org/0009-0007-3442-5508
Аннотация
.Yo’lbars yong’oqlari fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va temir kabi
minerallarga boy. Shuningdek, uning tarkibida E va C, B1 vitaminlar ko’p miqdorda
mavjudligi tufayli markaziy nerv sistemasi ishini barqarorlashtirish, va stress
xolatlarini boshqarishda yordam beradi.Bundan tashqari, chufa ichak epiteliysi
faoliyatini tiklanishiga, ichak peristaltikasini normallashtirishda va qabziyatni
davolashga yordam beradi
Kalit so‘zlar:
stress xolatlar, organik tabiiy mahsulotlar, yashil biomassa, tropic,
subtropik, jele, balzam
ЗНАЧЕНИЕ ИНТРОДУКЦИИ КУПЕРУСА ЛЕКАРСТВЕННОГО
(CUPERUS ESCULENTUS LATIVUM) В УСЛОВИЯХ
ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА
Эшмуродова Мавлуда Қодиралиевна- докторант Научно-
исследовательский институт зерно и зернобобовых культур Республики
Узбекистана. eshmurodovamavluda52@gmail.com., https://orcid.org/0009-0006-
5441-6791
Наралиева Насиба Мамановна- заведующий кафедры Экология и
ботаники Андижанского госуниверситета, доктор биологических наук (DSc),
профессор (Узбекистан). n_naralieva@mail.ru., https://orcid.org/0000-0002-
Мамаханова Жумагул Ниёзбековна - независимый исследователь
Андижанского госуниверситета. mamaxanovjumagul@gmail.com .,
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
217
Аннотация
. Тигровые орехи богаты минералами, такими как фосфор,
калий, кальций, магний и железо. Он также содержит большое количество
витаминов E, C и B1, которые помогают стабилизировать центральную
нервную систему и справляться со стрессом.
Кроме того, чуфа способствует восстановлению функции эпителия
кишечника, нормализации перистальтики кишечника и лечению запоров.
Ключевые слова:
стрессовые состояния, органические натуральные
продукты, зеленая биомасса, тропический, субтропический, желе, бальзам.
THE SIGNIFICANCE OF INTRODUCTION OF CUPERUS ESCULENTUS
LATIVUM IN THE CONDITIONS OF CLIMATE CHANGE
Eshmurodova Mavluda Kodiralievna - doctoral student of the Research
Institute of Grain and Leguminous Crops of the Republic of Uzbekistan.
eshmurodovamavluda52@gmail.com., https://orcid.org/0009-0006-5441-6791
Naralieva Nasiba Mamanovna - Head of the Department of Ecology and
Botany of Andijan State University, Doctor of Biological Sciences (DSc),
Professor (Uzbekistan).
n_naralieva@mail.ru., https://orcid.org/0000-0002-6720-2083
Mamakhanova Zhumagul Niyozbekovna - independent researcher of Andijan
State University. mamaxanovjumagul@gmail.com., https://orcid.org/0009-0007-
3442-5508
Abstract.
Tiger nuts are rich in minerals such as phosphorus, potassium,
calcium, magnesium and iron. It also contains large amounts of vitamins E, C and B1,
which help stabilize the central nervous system and cope with stress. In addition,
chufa helps restore the function of the intestinal epithelium, normalize intestinal
peristalsis and treat constipation.
Key words:
stress conditions, organic natural products, green biomass, tropical,
subtropical, jelly, balm
Bugungi kunda butun dunyoda sogʼlom ovqatlanishni tashkil etish inson
umrining davomiyligiga taʼsir qiluvchi eng muhim omil deb hisoblamoqda. Shuning
uchun yangi oziq-ovqat manbʼalarini izlash va ulardan foydalanish kunnng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Bunday manbʼalardan biri chufa- (
Cyperus esculentus
Lativum
) oʼsimligidir.
Soʼnggi yillarda butun dunyoga noyob dorivor oʼsimliklardan un, jele, choy va
balzamlar, tabiiy ichimliklar taklif qiluvchi organik tabiiy mahsulotlar yetkazib
beruvchi tarmogʼ faol rivojlanmoqda.
Cyperus esculentus Lativum
oʼsimligi oziq-
ovqat ehtiyojlarini qondirishdan tashqari, tuproq unumdorligini oshirishda, uning
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
218
donalaridan parrandalarni, shuningdek yashil biomassasi va oʼsimlik qoldiqlaridan
chorva mollarini samarali boqish uchun ham foydalanish mumkin.
Yo’lbars yong’oqlari ko’proq istiqbolli foydalanishga ega oziq-ovqat va sanoat
uchun hom ashyo materiallari xisoblanadi; undan ichimliklar, sut yoki yogurt, un,
murabbo, pivo ishlab chiqarish, shokolad, ozuqa manbai, oziq-ovqat yog’i va sovun
olishda foydalanish mumkin (Achoribo va Ong, 2017).
Yo’lbars yong’og’i yoki
Cyperus esculentus
ba’zi ilmiy adabiyotlarda Afrika va
tropik Osiyodan kelib chiqqanligi yozilsa, boshqa mualliflar esa u butun dunyoning
tropik va subtropik mintaqalariga xos deb hisoblashadi. U ildizpoya va sharsimon
ildiz tuganak hosil qiluvchi Cyperaceae oilasiga mansub.
Cyperus esculentus
tez
o’sadi, balandligi 20 dan 70 sm gacha yetadi. Uni 20 ° C dan 30 ° C gacha bo’lgan
mo’tadil iqlimli mintaqalarda sho’rlangan tuproqdan tashqari barcha tuproqlarda
yetishtirish mumkin.Yo’lbars yongʼogʼini quruq, xom, qovurilgan yoki maydalangan
holda isteʼmol qilish mumkin, shuningdek yongʼoqchalaridan olingan maxsulotdan
“Horchata” deb ataladigan sut olish mumkin. Yo’lbars yong’og’ini oziq-ovqat
maqsadlarida o’ziga xos shirinligi tufayli kleykovinasiz un, muzqaymoqli sut
ekstraktini olishda asosan xom iste’mol qilinadi.
Cyperus esculentus ko’plab shifobaxsh xususiyatlariga ega.Xususan
qimmatbaho moy manbayi mavjudligi hamda tarkibidagi kraxmal, glyukoza, oqsil va
minerallar va bo’lganligi sababli, yo’g’on ichak saratoni xavfini kamaytiradi, yurak
stimulyatori sifatida ishlatiladi, diareyaga qarshi samarali vosita sifatida ishlatiladi.
Yo’lbars yong’oqlari fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va temir kabi minerallarga
boy. (Ma duka va Ire, 2018). Shuningdek, uning tarkibida E va C, B1 vitaminlar ko’p
miqdorda mavjudligi tufayli markaziy nerv sistemasi ishini barqarorlashtirish, va
stress xolatlarini boshqarishda yordam beradi (David, 2005).
Bundan tashqari, chufa ichak epiteliysi faoliyatini tiklanishiga, ichak
peristaltikasini normallashtirishda va qabziyatni davolashga yordam beradi (Maduka
va Ire, 2018).
Ayni shu xususiyatlarini hisobga olgan holda biz ilmiy tadqiqot ishimizda bu
oʼsimlikning introduktsiyasi, bioekologiyasi, mamlakatimizning turli tuproq – iqlim
sharoitlari va yekologik omillarining chufa hosildorligiga taʼsirini oʼrganib uni
asoslashni oʼz oldimizga maqsad qilib qoʼydik.
Yo’lbars yong’og’i (
Cyperus esculentus Lativum
) Cyperaceae oilasiga mansub
oʼsimlik boʼlib, u turli mamlakatlarda chufa, sariq yong’oq, yer bodom va
maydalangan bodom kabi boshqa nomlar bilan ham ataladi.
Cyperus esculentus
Lativum Osiyo, Sharqiy Afrika, Yevropaning bir qismida, xususan Ispaniyada,
shuningdek, Arabiston yarim orolida keng tarqalgan ko’p yillik o’simlikdir
(Abdelkader va boshqalar, 2017).
Chufa qadimdan madaniylashtirilgan oʼsimlik hisoblanib, uning quruq ildiz
mevalari Misrda taxminan 6000 yil oldingi qabrlardan topilgan va u muhim oziq-
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
219
ovqat bo’lib, oʼsha davr aholisi bu oʼsimlik ildizlarini shirin go’sht sifatida
ishlatishgan (Zohary, 1986). Taxminan 4000 yil oldin yo’lbars yong’og’i yog’i
(TNO) misrliklar tomonidan kosmetika va tibbiyotda ishlatilgan (Mohdaly, 2019).
Yo’lbars yong’og’i tik oʼsuvchi poyaga ega barglari sarg’ish-yashil rangda,
poyasi uchburchak shaklda,balandligi taxminan 20 dan 70 sm ni etadi. Gullari oltin
jigarrang tusda, popuk ildiz sistemasiga ega. Ildizlarida koʼplab oqsillar, kraxmallar
va boshqa oziq moddalarni saqlaydigan ildiz tuganakchalari mavjud. O’simlikning
nozik tolali ildizlari tuproq ostiga chuqur kirib bormaydi, ildizlarida uzunligi 8 mm
dan 16 mm gacha bo’lgan bir oz uzun yoki yumaloq ko’rinadigan sharsimon sayoz er
osti tizimini hosil qiladi (Abdelkader 2017).
Cyperus esculentus Lativum
20 °C dan yuqori haroratda, pH 5,0-7,5 oralig’ida
boʼlgan qumli yoki qumloq tuproqlarda yaxshi rivojlanadi va yaxshi o’sadi
(Dyer,2009).
Chufa Oʼrta yer dengizi mintaqasida, Afrika, Hindiston, Shimoliy Amerika,
Meksika, Peru va boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi (CABI, 2020). Yoʼlbars
yongʼogʼini Gʼarbiy Afrika mamlakatlari Nigeriya, Senegal va Gana, Ispaniya kabi
davlatlar yaxshi ishlab chiqaruvchi va eksprotchilari hisoblanadi (Ezeh va boshqalar,
2014).
Yoʼlbars yongʼoqlarining vegetatsiyasi 90 dan 110 kungacha davom yetishi
mumkin aprel-iyul oylarida ekiladi va sentyabr-noyabr oylarida yigʼib olinadi.
(Maduka va Ire,2018).U ozgina kislotali va neytral (pH 5,0 dan 7,5 gacha),
tuproqlarda yaxshi rivojlanadi, kunduzi va kechasi oʼrtasidagi oʼzgaruvchan harorat
30 ° C va 20 ° C boʼlganda chufa yaxshi oʼsib rivojlanadi. Yorug‘lik va namlikka
talabchan o‘simlik bo‘lganligi sababli tomchilatib sugʼorish chufa hosildorligini
oshiradi.
Dala tajribalarimiz 4 qaytariqdan iborat xolatda bir yarusda joylashtirildi. Bizga
maʼlumki tuproq introdutsient oʼsimliklarning oʼsishi va rivojlanishiga taʼsir etuvchi
muxim edafik omil xisoblanadi. Introdkutsiya qilinayotgan oʼsimliklar ham
tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga va agrotsenozda mavjud barcha biotik tarkibiy
qismlarga taʼsir etadi.
Cyperus esculentus Lativum rivojlanishi va yer osti tuganaklari
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
220
Shu maqsadda chufa urugʼlarini ekishdan oldin mazkur tuproqning kimyoviy va
fizik xolatlarini oʼrganish maqsadida tuproqning 0-25-240 sm gacha boʼlgan
qatlamidan naʼmunalar oldik va laboratoriya taxlillarini oʼtkazdik. Taxlillar natijasiga
koʼra tajriba maydoninig tuprogʼi oʼrta qumoq tuproq ekanligi aniqlandi. Chufa qumli
tuproqlarda, pH 5,0 dan 7,5 gacha gacha boʼlgan tuproqlarda oʼsaoladigan oʼsimlik
boʼlganligi uchun mazkur tuproqqa urugʼ ekish rejalashtirildi.[1]
Dorivor Chufa (
Cyperus esculentus Lativum
) ning ontogenezini oʼrganish
natijasida maʼlum boʼldiki, urugʼlarining unuvchanlik xususiyati yuqori boʼlib,
yekish oldidan skarifikatsiya yoki stratifikatsiya qilish shart emasligi aniqlandi.
Laboratoriya sharoitida dorivor
Cyperus esculentus Lativum
ning urugʼ
unuvchanligini eng maqbul variantini aniqlash uchun quyidagi +10
о
С ,+15
о
С, +20
о
С,
+25
о
С, +30
о
С, +35
о
С haroratlarda termastatga qoʼyilib kuzatishlar olib borildi.
Bizning tajribalarimiz koʼrsatishicha urugʼlar laboratoriya sharoitida 5-6 kunlari
unib chiqa boshladi. Tadqiqotimizning laboratoriya taxillarida Chufa (
Cyperus
esculentus Lativum
) urugʼining unib chiqishi uchun optimal harorat 20°C ekanligi
aniqlandi. Urugʼlar ekilgandan keyin uchinchi kuni 6,6 ta, beshinchi kuni 18,6 ta, oʼn
beshinchi kuni 62,7 ta, yigirmanchi kuni 78,8 ta va yigirma beshinchi kuni yesa 93,6
ta urugʼ unib chiqdi jami ekilgan urugʼning 93,44% ini tashkil etdi. Bu gradusda
keyingi kunlari urugʼning unib chiqish jarayoni kuzatilmadi. Haroratning maksimal
darajasi urugʼlarning unib chiqishiga salbiy taʼsir etib,urugʼlarning qurib qolishiga
olib keldi.
Tajribalar natijalariga koʼra, Chufa (
Cyperus esculentus Lativum
) oʼsimliklar
urugʼ unuvchanligining unib chiqishi uchun haroratning eng maqbul varianti +20°C
ekanligi kuzatilib, ushbu variantda unuvchanlik koʼrsatkichi 20°C tashkil etdi.
АDАBYOTLАR.
1. AbdelKader H, Ibrahim F, Ahmed M, El-Ghadban E. 2017. Effect of Some
Soil Additives and Mineral Nitrogen Fertilizer at Different Rates on Vegetative rowth,
Tuber Yield and Fixed Oil of Tiger Nut (Cyperus esculentus L.) Plants. J Plant
Prod,8(1):39–48.
2. Achoribo ES, Ong MT. 2017. Tiger nut (Cyperus esculentus): Source of natural
anticancer drug? Brief review of existing literature.Euro Medit Bioml J, 12: 91–94.
3. Maduka N, Ire SF. 2018. Tigernut Plant and Useful Application of Tigernut Tubers
(Cyperus esculentus) - A Review. Current J App Sci and Tech, 29(3): 1–23.
4. David AB. 2005. Tiger nut. A Dictionary of Food and Nutrition.URL:
ttps://www.encyclopedia.com/education/dictionaries thesauruses-pictures-and-press
releases/tiger-nut. (access date: 21.02.2020).
5. AbdelKader H, Ibrahim F, Ahmed M, El-Ghadban E. 2017. Effect of Some
Soil Additives and Mineral Nitrogen Fertilizer at Different Rates on Vegetative
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
221
Growth, Tuber Yield and Fixed Oil of Tiger Nut (Cyperus esculentus L.) Plants. J
Plant Prod, 8(1): 39–48.
6. Dyer AR. 2009. “The ecology of chufa (Cyperus esculentus sativus)”. Report
from University of South Carolina Aiken. Columbia.
7. Dyer AR. 2009. “The ecology of chufa (Cyperus esculentus sativus)”. Report
from University of South Carolina Aiken. Columbia.
