Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Bolalar axloqiy tarbiyasining erta yoshdayoq boshlanishi, uning jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiyaviy jarayonda ota-onalar, pedagoglar va atrof-muhitning ta’siri, axloqiy sifatlar – halollik, mehribonlik, hurmat, vatanparvarlik kabi fazilatlarni rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy tarbiya metodlari, didaktik o‘yinlar, ertaklar va namuna orqali ta’sir ko‘rsatish uslublariga ham e’tibor qaratilgan.