World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
344
DAVLAT VA NODAVLAT OLIY TA'LIMNI BOSHQARISHDA
XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Axmadjanov Firdavs Pazliddin o‘g‘li
Namangan davlat unversiteti tayanch doktoranti
13.00.07-Ta’limda menejment
Annotatsiya
: Ushbu maqola davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari xorij
tajribasini o‘rganish, oliy ta’lim tizimida faoliyat jarayonining sifatini oshirishni tahlil
etish, tashqi va ichki mehnat bozorida raqobatga bardosh beradigan mutaxassislarni
tayyorlash va xorij tajribasini o‘rgangan holda mehnat unimdorligini oshirish haqida
so’z boradi.
Kalit so‘zlar:
Oliy ta’lim muassasalari, rivojlangan davlatlar tajribasi, xizmat
ko‘rsatish sohasi, iqtisodiy sektor, model.
Abstract:
This article discusses the study of foreign experience of state and non-
state higher education institutions, the analysis of improving the quality of the activity
process in the higher education system, the preparation of specialists who can
withstand competition in the external and internal labor markets, and the study of
foreign experience to increase labor productivity.
Keywords:
Higher education institutions, experience of developed countries,
service sector, economic sector, model.
Аннотация:
В данной статье рассматривается изучение зарубежного
опыта государственных и негосударственных высших учебных заведений,
анализ повышения качества процесса деятельности в системе высшего
образования, подготовка специалистов, способных выдерживать конкуренцию
на внешнем и внутреннем рынках труда, а также изучение зарубежного опыта
повышения производительности труда.
Ключевые слова:
Высшие учебные заведения, опыт развитых стран,
сфера услуг, сектор экономики, модель.
KIRISH
Vatanimiz ta`limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini
amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan
ko’zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik
tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl
va
uslubini
kompleks
yangilash
va
yanada
takomillashtirishdan
iboratdir.Yangilangan ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr
demakdir. Hozirgi davrda ta’limning qadr -qimmati, obro va nufuziga teng darajada
unnig ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo’lmogi zarur.
Ta’limdagi muvvafaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo’ladi. Dadil
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
345
harakat, shijoat tufaylifdir. Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining
mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm- ma’rifat baxsh
eta oladi. Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan.Bilimdon kishilar esa el- yurt
ardog’ida bo’lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni
mamlakatimiz xizmati yo’lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir.Bu
vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va
pedagogikasi tajribalari o’rganishdir.
Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim tarbiyada
qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos
bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ega
bo’lamiz.
Mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan keng ko‘lamli islohatlarning
asosiy maqsadi ham aynan shularga qaratilgan. Sohadagi barcha yo‘tuq va
kamchiliklarimiz sarhisob qilinib, ta’lim sohasi yangi pog‘anaga ko‘tarilishi borasida
keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan mamlakatni
rivojlantirishning
2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasida va bir qancha farmon hamda qarorlarda mazkur soha tubdan
takomillashtirilgan holda davom ettirilmoqda. Hozirgi vaqtda davlat va nodavlat oliy
ta’lim faoliyatidan ilmiy-texnik va innovatsiyalar sohasida natija sifatida yuqori
qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lish qobiliyati talab qilinmoqda. Bu esa davlat va
nodavlat oliy ta’lim tizimida faoliyat jarayonining sifatini oshirishni tahlil etish,
iqtisodiy, moliyaviy va boshqaruv jarayoni muammolarini aniqlash, endogen va
ekzogen omillarning ta’sirining o‘zgarishi sharoitida muayyan maqsadlarga erishish
qobiliyatini baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek: “...ta’lim-
tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga
etkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda
butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professoro‘qituvchilarning eng
muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk
insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari
yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan
ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda”[1].
Davlat va Nodavlat oliy ta’lim sifatini oshirishning samarali tizimini yaratish
strategik ahamiyatga ega ustuvor vazifa bo‘lib, oliy ta’lim siyosatining barcha
sub’ektlarini (milliy, hududiy, institutsional, xalqaro) faol o‘zaro munosabatda
faoliyat yuritishini zarurat etadi. Jahonda amal qilayotgan ta’lim sifatini ta’minlovchi
turli milliy tizimlar bir-biridan ko‘pgina jihatlari bo‘yicha farqlanadi. Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda oliy ta’lim tizimi quyidagi
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
346
mezonlarga ko‘ra guruhlanadi: oliy o‘quv yurtlari soni, oliy ta’limni boshqarish
tarkibi, oliy o‘quv yurtlarini guruhlanishi, tashkiliy avtonomiya darajasi.
Davlat va nodavlat oliy ta’lim tizimida sifatni oshirishning
“Amerika modeli”
OTMlari va ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalashga asoslangan hamda
“Fransuz”
va
“Ingliz”
modellarining samarali uyg‘unligidan iborat. Hozirgi vaqtda AQSH
universitetlarida o‘z-o‘zini baholash tizimi rivojlangan bo‘lib, amerika oliy ta’limi
ustun darajada OTMlar tomonidan nazorat qilinadi. Xorijlik talabalar oqimini jalb
qilish orqali milliy oliy ta’lim tizimi nafaqat jamiyatni baynalmilallashtirish, balki
jozibador kapitallarni ham kiritmoqda. Ayniqsa, o‘z mamlakati va o‘qigan mamlakat
madaniyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan milliy universitetlarning xorijlik
bitiruvchilar uchun iqtisodiy nuqtai nazardan fan, ta’lim va ishlab chiqarish
integratsiyasi innovatsion iqtisodiyotda rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahondagi, xususan, MDH davlatlarida OTMlar jahon bilimlari
iqtisodiyoti talablariga javob berish zarurati bilan bog‘liq holda universitetlari
funksional va tarkibiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda.
Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini
ta’minlash muammosi har doim eng muhim dolzarb masalalardan biri bo’lib kelgan.
Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan ishlab chiqarish korxonalaridagi
mulkchilikka bo’lgan munosabat va talablarning o’zgarishi hamda raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlash pedagoglar, talabalar va ota-onalar, shuningdek, jamiyatning
hamma tizimlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Shuning uchun oldimizda turgan asosiy vazifalaridan biri, bu ta’lim sifatini
ta’minlash va uni mazmunini boyitish va zamonaviy innovacion va pedagogik
texnologiyalarini tadbiq etish, jahon tajribasini qo’llashda uning samarasini oshirish
va ta’lim sifatini ta’minlash bilan boǵliqligini doim ustivor yo’nalishligini bilishimiz
kerak.
Demak, bugungi kunda sifatni ta’minlashning yo’nalishlaridan biri davlat va
nodavlat oliy ta’lim muassasalarida nafaqat mamlakat ichkarisida, balki xorijiy
mamlakatlar bilan shakllanishi albatta eng taraqqiy etgan ta’lim usullarni tadbiq
etishni taqozo etadi. Buning asosida video konferenciyalar, masofaviy ta’lim turlarini
amalga oshirish mumkin. Onlayn rejimida o’tkaziladigan bunday faol muloqot
jarayonida, ikki tomondagi olimlar o’rtasida dolzarb muammolar bo’yicha baxs-
munozaralar, ularning yechimlari, ma’lum bilim sohalari bo’yicha tajriba almashish
kabi vazifalar amalga oshirilishi lozim. Etirof etish kerakki, rivojlangan xorijiy
davlatlarda ta’lim mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayondir.
Shu tufayli yurtimizda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan
mablaǵlar miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bilan birga respublikamizda
ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish va ularni
natijaviyligini ta’minlash bu borada ta’lim tizimi sifatini nazorat qilishning
zamonaviy usullarini qo’llash zaruratini keltirib chiqaradi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
347
XULOSA
Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan fikr qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha xorijning ilg‘or
tajribalaridan foydalanish ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni
jadallashuviga zamin yaratadi. Xususan, xorijiy mamlakatlarda OTMlarning
raqobatbardoshligini ta’minlash holatini tahlil qilgan holda, respublikamiz ta’lim
xizmatlari bozorini kelajakda samarali rivojlanishini ta’minlash uchun quyidagilarni
amalga oshirish zarur: davlat tomonidan oliy o‘quv yurtiga nisbatan paternalizm
siyosatini amalga oshirish, oliy o‘quv yurtlarining akademik va moliyaviy
mustaqilligini ta’minlash; ta’lim tizimida nodavlat mulkining ulushini oshirish; oliy
ta’lim sifatini baholashning qulay bo‘lgan mezonlaridan foydalanish; tashqi va ichki
mehnat bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash;
universitetda mutaxassislar tayyorlash uchun sifat menejmenti tizimining mavjudligi;
mehnat bozorini to‘liq qondirish uchun ta’lim dasturlarining mobilligini ta’minlash;
kompetensiyalar va talab etilgan ko‘nikmalarni fuqarolar va ishchilar olishlari uchun
volontyorlikni rivojlantirish hamda hamjamiyatning yangi sektoriga ko‘rsatiladigan
xizmatlarning ko‘lami va harakatlanishini kengaytirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi
nutq.-T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. – B. 13-14.
2. Vaxabov A.V., Raxmonov N.R. Oliy ta’lim sifatini oshirishning xorij
tajribasidan o‘zbekiston oliy ta’lim tizimini isloh etishda foydalanish imkoniyatlari
“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy jurnali. № 4, avgust, 2020 yil.
3. Inson taraqqiyoti. Darslik. I.f.d., professor Q.X.Abduraxmanov tahriri ostida.
– T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. – 476 bet.
4. Pardayev M.Q. va boshqalar. Ta’lim xizmatlari va ularning samaradorligini
oshirishmasalalari. Monografiya. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa
uyi”, 2020. – 200 b
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi - Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarida faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha
choratadbirlar to’ǵrisidagi PQ-3775-sonli qarori.
5. Muxtorov A., Sultonov T., Mustafakulov Sh.I. Ta’lim sohasini rivojlantirish
bo’yicha xorijiy tajribalar Iqtisodiyot va innovacion texnologiyalar. 2012. 4. 9 b.